Ikki o’lchovli koordinatalar sistemasi
Download 15.39 Kb.
|
Tekislikda ikkita o’zaro perpendikulyar to’g’ri chiziq o’tkazamiz:biri-gorizontal,ikkinchisi-vertikal.Ularning kesisish nuqtasini O harfi bilan belgilaymiz.Har bir to’g’ri chiziqdabir xil uzunlik birligini ajratamiz.Hosil bo’lgan sistemaga ikki o’lchovli koordinatalar sistemasi yoki Dekart koordinatalar sistemasi deb nomlaymiz.
M nuqtaning absissasi va ordinatasi M nuqtaning koordinatalari deyiladi.M(x;y) yozuv M nuqta x absissaga va y ordinataga ega ekanligini bildiradi.Bu holda M nuqta (x;y) koordinatalarga ega deb ham aytiladi. Masalan,M(3;5) yozuvda 3 soni-absissa,5 soni ordinata.
y miqdorning x miqdorga bog’liqligini takidlash uchun ko’pincha y(x) deb yoziladi(o’qilishi:”igrek iksdan”).Bunda x erkli o’zgaruvchi,y(x) esa erksiz o’zgaruvchi yoki funksiya deyiladi. Agar biror sonlar to’plamidan olingan x ning bir qiymatida biror qoida bo’yicha y son mos qo’yilgan bo’lsa, u holda shu to’plamda funksiya aniqlangan deyiladi. Masalan,kvadratning yuzi uning x tomoni uzunlgining funksiyasi bo’ladi,ya’ni y(x)=x2. Bunday yozuvda y(2) Tomoni 2 ga teng bo’lgan kvadratning yuzini bildiradi,ya’ni y(2)=22=4.Xuddi shunday,y(5)=25,y(6)=36. Download 15.39 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling