Ikki o’lchovli koordinatalar sistemasi


Download 15.39 Kb.
Sana25.04.2023
Hajmi15.39 Kb.
#1398313

Tekislikda ikkita o’zaro perpendikulyar to’g’ri chiziq o’tkazamiz:biri-gorizontal,ikkinchisi-vertikal.Ularning kesisish nuqtasini O harfi bilan belgilaymiz.Har bir to’g’ri chiziqdabir xil uzunlik birligini ajratamiz.Hosil bo’lgan sistemaga ikki o’lchovli koordinatalar sistemasi yoki Dekart koordinatalar sistemasi deb nomlaymiz.





Gorizontal to’g’ri chiziq Ox bilan belgilanadi va absissalar o’qi deyiladi:
Vertikal to’g’ri chiziq Oy bilan belgilanadi va ordinatalar o’qi deyiladi:

M nuqtaning absissasi va ordinatasi M nuqtaning koordinatalari deyiladi.M(x;y) yozuv M nuqta x absissaga va y ordinataga ega ekanligini bildiradi.Bu holda M nuqta (x;y) koordinatalarga ega deb ham aytiladi.
Masalan,M(3;5) yozuvda 3 soni-absissa,5 soni ordinata.




1-rasmda koordinatalar sistemasining choraklari ko’rsatilgan:
2-rasmda esa M(3;5) nuqtaning joylashgan o’rni ko’rsatilgan



y miqdorning x miqdorga bog’liqligini takidlash uchun ko’pincha y(x) deb yoziladi(o’qilishi:”igrek iksdan”).Bunda x erkli o’zgaruvchi,y(x) esa erksiz o’zgaruvchi yoki funksiya deyiladi.
Agar biror sonlar to’plamidan olingan x ning bir qiymatida biror qoida bo’yicha y son mos qo’yilgan bo’lsa, u holda shu to’plamda funksiya aniqlangan deyiladi.
Masalan,kvadratning yuzi uning x tomoni uzunlgining
funksiyasi bo’ladi,ya’ni
y(x)=x2.
Bunday yozuvda y(2) Tomoni 2 ga teng bo’lgan kvadratning yuzini bildiradi,ya’ni y(2)=22=4.Xuddi shunday,y(5)=25,y(6)=36.
Download 15.39 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling