Ikki oshna yoshlikdan birga o‘sdilar. Davr kelib ikkalasi ham o‘z baxtini izlab yo‘lga chiqsalar, ikki yo‘l uchraydi. Biri bir tomonga, ikkinchisi boshqa tomonga yo‘l oladilar


Download 394.99 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/7
Sana29.12.2022
Hajmi394.99 Kb.
#1072309
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Ona tili va adabiyoti fanidan DIKTANTLAR

(116so‘z. U. Mahkamov, “Axloq-odob masalalati”) 
Qush tili 
Alisher Farididdin Attorning «Mantiq ut-tayr»ini zavq bilan o‘qiydi. Bu kitobni 
o‘qiganda u o‘zini ajoyib bir bog‘ ichida yurgandek his qiladi. Bugun ham uning ko‘z 
o‘ngida bahaybat semurg‘ qushining Xitoy ustida parvoz qilib yurgani gavdalandi. Semurg‘ 
qanotidan bir pat yerga tishib, butun mamlakatni nurga g‘arq qilib yubordi. Nurga cho‘mgan 
bir vodiyda kengash qurib o‘tirgan to‘ti, hudhud, qumri, tovus, bulbul, lochin va boshqa 
parrandalar Semurg‘ qushini o‘zlariga boshliq qilib olishga qaror qilib, uni topib keltirish 
uchun parvoz qildilar. Biroq yo‘lda qushlarning ba'zilari charchab, izlariga qaytmoqchi 
bo‘ladi. Ularga boshchilik qilgan hudhud ajoyib hikoyalarni aytib, yarim yo‘ldan qaytish 
yaramasligini tushuntiradi: Qushlar uning gapini ma'qul ko‘rib, yana parvoz qiladilar. 
Parrandalardan faqat o‘ttiztasi bir manzilga borib yetadi. Semurg‘ qush bunda ham 
topolmaydilar. Nihoyat, ular Semurg‘ o‘zlari ekanini, tojikcha «simurg‘» o‘ttiz qush demak 
ekanini anglaydilar. Charchamay-hormay bir maqsadga intilish ularni semurg‘ darajasiga 
ko‘targan. 
(137so‘z. Mirkarim O) 
KEKSALIK – DONOLIK 
Haqiqatan ham, keksalar juda dono bo‘lishadi. Chunki ular o‘z umrlari davomida ko‘p 
narsalarni ko‘rib-bilib, kerakli xulosalar chiqaradilar. Xalqimiz keksalarni e'zozlab: «Qarisi 
bor uyning parisi bor» yoki «Qari bilganni pari bilmas» maqollarini yaratgan. Bu maqollarda 
chuqur ma'no bor. Qariyalar bor uy fayzli bo‘ladi, chunki ular yoshlarga yo‘l-yo‘riq 
ko‘rsatib, to‘g‘ri yo‘lga boshlaydilar. Ularning ibratlari va nasihatlariga amal qilsangiz 
xonadoningiz nurga to‘ladi.


Otaxon shoirimiz Quddus Muhammadiy «Aziz bobom» she'rida qariyalarni:
Bir aziz bobom bor dunyoda tanho,
Xushtabiat, xushqomat, muloyim, dono,
Ko‘nglining kengligi yer, kurra, osmon.
Ko‘zlari nuroniy oynayi jahon,
deb maqtaganlar. Inson hayoti bamisoli aylanguvchi charxpalakka o‘xshaydi. U - bugun 
bola, so‘ngra ulg‘ayib ota-ona, keyin esa bobo, buvi bo‘ladi. Buvilik, bobolik baxtiga 
muyassar bo‘lganlar farzand va nabiralarini mehr-muhabbat bilan tarbiyalab, voyaga 
yetkazadilar.
Shuning uchun ham biz keksalarni doim e'zozlashimiz lozim. Birinchi Prezidentimiz 
2015-yilni «Keksalarni e’zozlash yili» deb e'lon qilganlari bejiz emas.
NAVRO‘Z 
Navro‘z — quyosh yil hisobida yilning birinchi kuni. O‘rta Osiyo va Sharq 
mamlakatlarida yashovchi xalqlarning qadimiy, an’anaviy bayrami. Bahorgi teng kunlikka
ya’ni Quyoshning Hamal burjiga kirishiga to‘g‘ri keladi. Xivada «Navro‘z» bayrami 
shodiyonasini boshlash bayrami ham hisoblanadi. Navro‘z bayramida ommaviy xalq sayillari 
uyushtirilgan, yangi ungan ko‘katlardan tansiq taomlar pishirilgan, ba’zi ekinlarni ekish 
boshlangan. Dastlab, Navro‘z bayramini o‘tkazish o‘troq dehqonlarda rasm bo‘lgan, 
keyinchalik ular orqali yarim o‘troq va ko‘chmanchi turkiy xalqlarning ham urf-odatlariga 
aylangan. Asrlar o‘tishi bilan turli xalqlarda Navro‘z bayramini o‘tkazish marosimlari 
ularning turmush tarziga, mafkurasiga moslashgan. 
Tarixiy manbalarga ko‘ra, Navro‘zni bayram qilish ahamoniylar davridan boshlangan 
va O‘rta Osiyo, Eron, Afg‘oniston xalqlarida eng katta bayramlardan biri hisoblangan. Bu 
o‘lkalarga islom dini kiritilganidan keyin Navro‘z bayrami man qilingan, ammo xalq o‘z 
sevgan bayramini nishonlashda davom etgan. O‘rta Osiyo va Eron xalqlari arab xalifaligi 
hukmronligidan qutulgan davrdan boshlab, Navro‘z bayramini o‘tkazish yana rasmiy tus 
olgan. 
NON HIKMATI 
Nonning nomi ulug‘, nomidan ham o‘zi ulug‘. Bolaga ins-jins ziyon yetkazmasin deb, 
ona o‘z go‘dagi yostig‘i ostiga non qo‘ygan. Ota o‘g‘lini o‘zga yurtga safarga otlantirib, oq 
fotiha berarkan, «balo-qazolardan saqlaydi» degan ma’noda farzandining qo‘liga non 
tutqazgan. 


Yo‘lga chiqqan bahodirga ota-onasi yoki suyuklisi non tishlatgan. Toki non-nasiba 
tortib, u uyga sog‘-salomat, beshikast qaytsin. Xastani, keksalarni ko‘rish, ustozni ziyorat 
qilish, hol-ahvol so‘rash uyiga non tugib borishdan boshlangan.

Download 394.99 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling