Ikki oshna yoshlikdan birga o‘sdilar. Davr kelib ikkalasi ham o‘z baxtini izlab yo‘lga chiqsalar, ikki yo‘l uchraydi. Biri bir tomonga, ikkinchisi boshqa tomonga yo‘l oladilar
Download 394.99 Kb. Pdf ko'rish
|
Ona tili va adabiyoti fanidan DIKTANTLAR
Yunus Rajabiy
O‘zbek xalqi dunyoga fan va madaniyatning boy yodgorliklarini berdi. Sharq olimlari qoldirgan asarlar hali ham o‘z ahamiyatini yo‘qotgani yo‘q. Ular respublikamizda fan va madaniyatning rivojlanishi va gullab yashnashiga katta ta'sir etmoqda. Boshqa ilmlar qatorida musiqa ham san'atga oid fanlarning yirik tarmog‘i - qadimiy merosidir. Xalq yaratgan kuy va qo‘shiqlar avloddan – avlodga o‘tib, hozirgi kungacha yetib keldi. O‘zbek musiqasining bilimdonlaridan biri bastakor va olim Yunus Rajabiy bu sohada faol ish olib bordi. U o‘zbek musiqasini o‘rgandi, to‘pladi, qayta ishladi. 1960 yilda Yunus Rajabiyning «O‘zbek xalq musiqasi» nomli besh tom`li kitobi nashr etildi. Bu besh to‘mlik asar o‘zbek musiqa madaniyatida katta voqea bo‘ldi. Xalq madaniy merosini hurmat ila saqlab kelgan, o‘zbek musiqasini yanada rivojlantirgan akademik Yunus Rajabiy haqiqiy musiqashunos olim edi. (98 tа so‘z) Vatan tuyg‘usi Bizning orzu- niyatlarimiz ko‘p va ulug‘. Xalqimizda o‘zi pok, dili pok, niyati holis kishilarni yaratganing o‘zi qo‘llaydi, degan gap bor. Maqsadlarimizga erishish uchun oldimizda turgan to‘siq va g‘ovlarni yengib o‘tishimizga ishonchim komil. Butun aql – zakovatimiz, salohiyatimizni yurtimizning gullab –yashnashi, xalqimizning farovon hayoti, xalqaro maydondagi obro‘-e'tiborining yanada oshishi uchun safarbar eta olishimizga shubha yo‘q. Bugun har bir vatandoshimizning Vatan menga nima berdi, deb emas, men o‘zim xalqim, jonajon vatanim uchun nima qilmoqdaman, mustaqillikka, elimga qanday hissa qo‘shmoqdaman, degan tuyg‘u bilan yashashiga erishsak, yurtimiz obod, davlatimiz ozod, bobolarimiz ruhi shod bo‘lar edi. Bobur Bugun o‘n yetti kundirki, Bobur Hirotda, Alisher Navoiy istiqomat qilgan muhtasham Unsiyada yashaydi. Unsiyaning baland peshtoqlari, milliy gumbazi, oftobda jilolangan rang - barang naqshlari Boburga Samarqanddagi Ulug‘bek madrasasini eslatadi. Lekin Unsiyaning to‘rt tomonidagi to‘rtta minorasi Ulug‘bek madrasasinikidan balandroq, binoning hajmi, bezaklari yap-yangi edi. Unsiyaning ichidagi xonalardan bir qanchasini Navoiyning shaxsiy kutubxonasi egallagan. Bobur kutubxonadagi kitoblarni varaqlaganda, ularning ba'zi joylarida ulug‘ shoirning dastxatini ko‘rdi-yu, Samarqandda undan olgan maktubni esladi. Navoiyni ko‘rishga muyassar bo‘lolmagani uchun yuragini ma'yus tuyg‘ular chulg‘adi. Kutubxona eshigi oldiga chiroyli bir javonga o‘xshash katta soat qo‘yilgan. Belgili vaqtlarda bu soatning tepasidagi jajji haykalcha harakatga keladi-yu, oltin bolg‘achalar bilan ohangdor qilib zang chaladi. Bunday soat yasash g‘oyasini soatsozga Navoiyning o‘zi aytib, maxsus buyurtma bergan edi. (109 tа so‘z) Ulug‘bek Ulug‘bek yoshlik davrida bobosi Amir Temur bilan ko‘p yurishlarda qatnashgan. Temur vafotidan keyin hokimiyat Ulug‘bekning otasi Shohrux qo‘liga o‘tdi. Shohruh Xurosonda hukmronlik qiladi. Movarounnahrni o‘g‘li Ulug‘bekka topshiradi. U vaqtda Ulug‘bek 15 yoshda edi. Ulug‘bek «Bibixonim» masjidi, «Go‘ri Amir» maqbarasi, «Shohizinda» inshootlarining qurilishini tamomladi. U ko‘p yerlarda bog‘lar yaratdi. 1417- 1420 yillarda ajoyib madrasa qurdirdi. Bu madrasa tarixda Ulug‘bek madrasasi deb ataladi. Ulug‘bek keyinchalik Samarqandda rasadxona qurdirdi.Rasadxonani o‘sha vaqtdagi eng mukammal asboblar bilan ta'minladi. Ulug‘bek o‘z davrining buyuk olimi, astronomi, shoiri va faylasufi edi. U rasm, musiqa kabi san'at turlari bilan ham shug‘ullangan. Ulug‘bek davrida Samarqand ilm markaziga aylangan edi. Ulug‘bek yaratgan ilmiy ishlarning eng kattasi «Astronomiya jadvali» asaridir. U o‘rta asr Sharq astronomiyasining eng so‘nggi asari hisoblanadi. 97 tа so‘z Abu Rayhon Beruniy O‘rta asrning buyuk qomusiy olimi Abu Rayhon Beruniy 973- yili Xorazmda tug‘ildi. U boshlang‘ich ma'lumotni shu erda oldi. O‘sha vaqtda Xorazmda fanning turli sohalarida shuhrat qozongan ko‘plab olimlar yashagan. Abu Rayhon Beruniy ulardan ta'lim olgan. U sharqning boy fan va madaniyatini yaxshi o‘rgangan, qadimgi yunon klassik ilmi bilan tanishib, yirik olim bo‘lib etishgan. U Xorazmdan ketgandan keyin, Hindistondagi Nandna qal'asida yashaydi. Hindistonda sanskrit tilini o‘rganadi. Bu uning hind madaniyati, adabiyotini o‘rganishiga va Hindistonning o‘sha davr olimlari bilan tanishishiga, bu mamlakat haqida o‘lmas asarlar yaratishga imkon beradi. Olimning «Hindiston» asarida hind adabiyoti, falsafasi, geometriya, etnografiya, din, hind yozuvchilarining turlari kabi masalalar yoritiladi. Buyuk olim 1035-36-yillarda o‘z ilmiy ishlarning ro‘yxatini tuzadi. Bunda o‘sha vaqtgacha yozgan asari 113 taga etganini ko‘rsatadi. Keyingi asarlarini ham qo‘shsa, u qoldirgan meros 152 kitobdan iborat bo‘ladi. Abu Rayhon Beruniyning nomini abadiylashtirish maqsadida Abu Rayhon Beruniyning nomini abadiylashtirish maqsadida Abu Rayhon Beruniy nomidagi O‘zbekiston Davlat mukofoti ta'sis etilgan. (140 tа so‘z) ASALARI Asalning asalari uyasidagi mum kataklaridan olinishini hamma yaxshi biladi. Asalarilarni bolari deb ham atashadi. Asalari ne'matidan qadim zamonlardan beri foydalanib kelinayotganiga qaramay, yaqin-yaqingacha odam uning fe'1-atvori haqida deyarli hech narsa bilmas edi. Kuzatishlardan shu narsa ma'lum bo‘ldiki, «razvedkachi» asalari-ning raqsga tushishiga qarab boshqa asalarilar uyadan qancha masofa uzoqda gulzor borligini, ular qanday gul ekanligini va oz-ko‘pligini bilib olishar ekan! Bo‘lajak ona asalarini boqadigan maxsus aralashma - asalari suti qimmatbaho shifobaxsh dori hisoblanib, u yurak faoliyatini yaxshilaydi. GIGIYENA O‘quvchilar lagerida hamshira qizlar tinib-tinchimaydilar. Har bir kishidan gigiyenaga rioya qilishini talab qiladilar, chunki gigiyenaga rioya qilish -sog‘liqning garovi. Ertalab yuzlarni yuvish va tishlarni to-zalash yaxshi odatdir. Voleybol, basketbol yoki boshqa o‘yinlardan ke-yin, albatta, qo‘lni yuvish kerak. Ovqatlanishdan oldin ham qo‘lni yuv- masdan dasturxon atrofiga o‘tirish juda yomon. Qo‘l yuvilmasa, odam tanasiga har xil zararli bakteriyalar, mikroblar kirib olishi mumkin. Ularni maxsus mikroskoplar yordamidagina ko‘rsa bo‘ladi. Bunday zararli bakteriyalar to‘planadigan joy - tirnoqlar osti. Shuning uchun tirnoqlarni olib, qo‘llarni yuvib, tishlarni doim tozalab yuvish kerak. Bolalar, siz bu qoidalarga doimo rioya qiling! (85 so‘z) SARISHTALIK - NOYOB FAZILAT Uy tartibi, intizomi, saranjomligi, asosan, oila bckasining zimmasida bo‘lishi tabiiy. Bunga e’tiroz yo‘q, lekin oilada zahmatkash onadan boshqa liech kirn yo‘qmi? Ishga yaroqli boshqa erkaklar, o‘g‘il bolalar-chi? Nahotki hamma ishni oila bekasiga tashlab qo‘yilsa. Bu vijdon burchidan faqat qo‘lidan ish kelmaydigan kichkina bolalaru qarilargina ozod, xolos. Supurgi hamma vaqt bir yerda tursin! Pichoq, sanchqi, qoshiq, taqsimcha, lagan, kosa, xullas, shularga o‘xshash narsalarni doimo tayinli joyga qo‘yinglar. Qaychi, ip, tugma, ignalarni hamma vaqt bir joyda saqlang, olib ishlatgandan keyin yana joyiga keltirib qo‘ying. Ko‘zga xunuk narsalarni ko‘zdan qochirishga harakat qiling. Yana bir xil oilalarda oshxonadagi idishlari yuvilmasdan pashsha bosib yotadi, qani endi parvoyiga kelsa? Bolalar! Bilib qo‘yinglar, har qaysi inson saranjom, toza, tartibli bo‘lishi kerak! Download 394.99 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling