Ikki qanotlilar turkumi
Ikki qanotlilarning xilma-xilligi
Download 468 Kb.
|
Ikki qanotlilar turkumi
- Bu sahifa navigatsiya:
- 53-rasm. Har xil ikki qanotlilar
- YANGI MAVZUNI TOPSHIRIQLAR ORQALI MUSTAHKAMLASH
Ikki qanotlilarning xilma-xilligi. Ikki qanotlilardan bir qancha turlari odam va hayvonlarda parazitlik qiladi. Chivinlarning urg‘ochisi odam va hayvonlar qonini so‘radi. Erkak chivinlar o‘simlik shirasi bilan oziqlanadi. Chivinlarning qurtlari hovuz va ko‘lmak suvlarda rivojlanadi. Chivinlar qon so‘rib, odam va hayvonlarni bezovta qilish bilan birga bezgak kasalligini tarqatadi. Bahor va yoz mavsumida chivinlarning bir necha avlodi rivojlanadi. Turarjoylarning yerto‘lalarida ular qishda ham rivojlanishi mumkin.
Iskabtoparlar — chivinlarga o‘xshash mayda hasharotlar. Ular cho‘llardagi kemiruvchilar inida ko‘p uchraydi. Hayvonlar va odam qonini so‘radi. Odamga teri leyshmaniozi (yomon yara) kasalligi qo‘zg‘atuvchisini tarqatadi. Bu kasallik janubiy viloyatlarda uchraydi. So‘na va bo‘kalarning tashqi ko‘rinishi pashshalarga o‘xshash (53- rasm). So‘nalar hayvonlar terisini jag‘lari yordamida teshib, qonini so‘radi. Ular cho‘l mintaqalarida juda ko‘p uchraydi; issiq yoz 53-rasm. Har xil ikki qanotlilar: 1 — qoramol so‘nasi; 2 — bo‘ka; 3 — yashil go‘sht pashshasi; 4 — kulrang o‘laksa pashsha mavsumida uy hayvonlariga tinchlik bermaydi. Bo‘kalarning qurt- lari qoramollar terisi ostida, otlar oshqozoni va qo‘ylarning burun bo‘shlig‘ida parazitlik qilib, ularning mahsuldorligini kamaytiradi. YANGI MAVZUNI TOPSHIRIQLAR ORQALI MUSTAHKAMLASH: 1-shakl. Uy pashshasi qanday tuzilgan? Pashshaning qurtlari qanday rivojlanadi? Chivinlar qanday zarar yetkazadi? Iskabtoparlar qanday zarar yetkazadi? So‘nalarning zarari nimadan iborat? Bo‘kalar qanday ziyon keltiradi? 2-shakl. Uy chivini qurtining: boshi va oyoqlari rivojlanmagan; og‘iz organlari so‘ruvchi; d) qorin oyoqlari kalta. So‘na issiq yoz mavsumida: kam uchraydi; kechqurunlari uchadi; d) hayvonlarga tinchlik bermaydi. 3-shakl. Hasharotlar va ularning ahamiyatini juftlab ko‘rsating. uy pashshasi; 1) terini teshib, qon so‘radi; bo‘ka; 2) leyshmaniyani tarqatadi; so‘na; 3) bezgak yuqtiradi; iskabtoparlar; 4) ichburug‘ mikrobini yuqtiradi; chivin. 5) burun bo‘shlig‘ida parazitlik qiladi. 4-shakl. Jumboqni yeching. Pashshalar axlatxonalarni yaxshi ko‘rishsa-da, ozodalikka rioya qiladigan jonivorlar hisoblanadi. Axlat yalab, qorin to‘yg‘azgan pashsha iliq va yorug‘ joyga o‘rnashib olib, oldingi oyoqlari panjalarini obdon yalab tozalaydi. Pashshalar nima sababdan bunday qilishadi? Darsni yakunlash. Baholash. Uyga vazifa: mavzuni izchil va mazmunli o’qib o’rganish, turkum vakillarining rasmini chizish. Download 468 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling