Ikki vektor qachon teng deyiladi?


Fazoda ixtiyoriy joylashgan kuchlar sistemasi muvozanatda bo‘lishi uchun


Download 19.36 Kb.
bet4/5
Sana04.02.2023
Hajmi19.36 Kb.
#1166543
1   2   3   4   5
Bog'liq
nazariydan

Fazoda ixtiyoriy joylashgan kuchlar sistemasi muvozanatda bo‘lishi uchun. : fazoda ixtiyoriy joylashgan juftlar sistemasi o’zaro muvozanatda bo’lishi uchun ular momentlarining geometrik yig’indisi nolga teng bo’lishi zarur va yetarlidir.

  • Bog‘lanish deb nimaga aytiladi? Bog’lanishni jismga bergan ta’sirini ekvivalent kuch bilan almashtirish mumkin, uni bog’lanish reaksiyasi deb aytiladi. Jismning bog’lanishga ta’siri bosim deb aytiladi.

  • Bog‘lanishdan bo‘shatish prinsipi bu - Har qanday bog’lanishdagi jismni erkin jism deb qarash uchun bog’lanishlarni bog’lanish reaksiya kuchlari bilan almashtirish kerak. Bu aksioma bog’lanishdan qutulish prinsipi deyiladi. By aksiomaga asosan jismga ta’sir etayotgan kuchlar sistemasi qatoriga bog’lanish reaksiya kuchlarini ham qo’shish kerak.

  • Agar jism sterjenlar vositasida bog‘langan bo‘lsa, sterjen reaksiya kuchlari qanday yo‘naladi? Bog’lanish uchlari sharnirlar bilan biriktirilgan AB va CD sterjenlar vositasida bajariladi. Sterjen og’irliklarini e’tiborga olmay, u sterjenning A va B (C va D) sharnirlariga qo’yilgan ikki kuch ta’sirida muvozanatda bo’ladi. Binobarin reaksiya kuchlari sterjenlarning uchlaridagi, sharnirlardan o’tuvchi o’qlar bo’ylab yo’nalgan bo’ladi

  • Juft kuch deb qanday kuchlar sistemasiga aytiladi? Miqdorlari teng, o’zaro ma’lum oraliqda parallel va qarama-qarshi yo’nalgan ikki kuchdan iborat sistema juft kuch deb ataladi (35-shakl). Juft kuch yotgan tekislik juftning ta’sir tekisligi deb ataladi. Juft kuch tashkil etuvchi kuchlarning ta’sir kuch chiziqlari orasidagi eng qisqa masofa d juft yelkasi deb ataladi. Juft kuch jismni juft tekisligiga perpendikulyar o’q atrofida burishga intiladi. Juft kuchni biror kuch bilan almashtirib bo’lmaydi, binobarin, juft kuch teng ta’sir etuvchiga ega bo’lmaydi.

  • Qaysi bir holatda kuchning berilgan nuqtaga nisbatan momenti nolga teng bo‘ladi? Agar tekislikda ixtiyoriy joylashgan kuchlar sistemasini bosh vektori nolga teng bo’lib, biror markazga nisbatan bosh momenti nolga teng bo’lmasa, u holda bunday sistema bir juftga keladi. Bunday holda bosh momenti keltirish markazining tanlanishiga bog’liq bo’lmaydi, haqiqatan ham, agar R'=0 bo’lsa, u holda (3.17) formuladan M01=M0 ekanligi kelib chiqadi. . Agar kuchning ta’sir chizig’i O nuqtadan o’tsa, berilgan F kuchining O nuqtaga nisbatan kuch momenti nolga teng bo’ladi

  • . Kuchning berilgan nuqtaga nisbatan yelkasi deb nimaga aytiladi? Agar kuch jismni O nuqta artrofida soat mili yo’nalishi bo’yicha burishga intilsa, u holda moment manfiy deb qabul qilinadi (31-b shakl). Berilgan F kuchdan O nuqtaga nisbatan olingan kuch momentini quyidagi ifoda bilan belgilaymiz m0( F ). U holda m0( F )=± F h h ga F kuchning O nuqtasiga nisbatan yelkasi deb aytiladi. O nuqta moment markazi deb ataladi.


  • Download 19.36 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  • 1   2   3   4   5




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling