Ikkilamchi energiya resurslari


Rasm. Issiqlik nasosining printsipial sxemasi


Download 0.68 Mb.
bet6/7
Sana13.04.2023
Hajmi0.68 Mb.
#1352088
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Ikkilamchi energiya resurslari

3.3. Rasm. Issiqlik nasosining printsipial sxemasi
1 – bug‘latgich, 2 – kompressor, 3 – elektr dvigateli,
4 – kondensator, 5 – sovutgich, 6 – drossel.
Nasos bir pog‘onali kompression hisoblanadi. Issiqlik nasosi ikkita agregatdan avtomalashtirilgan tizimli kompressor va kondensatorli bug‘latgichdan tashkil topgan.
Ikkala agregat ya’ni kompressorli va kondensatorli bug‘latgich bir qatorda o‘rnatiladi va so‘rish orqali ular orasi bog‘lanib, asosga qattiq qilib mahkamlanadi. Issiqlik nasosi o‘rnatmalarining ishlashi uchun doimiy suv manbasi zarur.
Zavod ma’lumotlariga ko‘ra an’anaviy metod bilan taqqoslash orqali TN ning afzalliklari quyidagilardan iborat:

  • issiqlik nasoslari – issiqlik energiyasini 3-7 martagacha kattalashtirishga olib keluvchi yagona o‘rnatma bo‘lib, eng samarali yuqori potentsialli issiqlik manbasi hisoblanadi;

  • gazli qozonlarning eng samarali TN ni ishlatish;

  • o‘rta va kichik quvvatli ko‘mirli va mazutli qozonlarda markazlashgan issiqlik ta’minotini;

  • 1 Gkal/s quvvatli issiqlik stantsiyasida bir yilda 2100 t ko‘mirni tejash;

  • qozonda xizmat qo‘rsatuvchi ishchi talab etilmaydi;

  • atrof-muhitga zarar yetmaydi;

  • qozonning yer osti yo‘li va yoqilg‘i ombori uchun etarli hudud talab etilmaydi;

  • isiqlik nasosini boshqarish ishonchli va oddiy hisoblanadi.

Bugungi kunda Rossiyada va yaqin davlatlarda 50 MVt dan yuqori quvvatli issiqlik nasoslarining 70 turi ishlatilmoqda. Issiqlik nasoslarining kapital remontgacha ishlash muddatlari quyidagicha: porshenli kompressorli (300 kVt gacha) issiqlik nasoslari uchun 45 000 soat; vintli (buramali) kompressorli issiqlik nasoslari uchun 60 000 soat.
3.2-jadvalda isitish tizimi uchun issiqlik nasoslarining texnik parametrlari ko‘rsatilgan.
3.2-Jadval
Issiqlik nasoslarining asosiy tavsiflari.


Download 0.68 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling