Ikkilamchi polimerlarning tadqiqot obyektlari va usullari


Polimerlarning nomlari va plastifikatorlarning olingan nisbatlari


Download 0.83 Mb.
bet3/4
Sana04.02.2023
Hajmi0.83 Mb.
#1161531
1   2   3   4
Bog'liq
Ихтиёр22

Polimerlarning nomlari va plastifikatorlarning olingan nisbatlari


P-Y342 granulasi

120

Ikkilamchi PE

109,3

PE + plastifikator; 1 : 0,1

104,2

PE + plastifikator; 1 : 0,3

100,1

PE + plastifikator; 1 : 0,5

95,5

Polipropilen

140

Ikkilamchi PP

135,4

PP + plastifikator; 1 : 0,1

129,5

PP + plastifikator; 1 : 0,3

124,3

PP + plastifikator; 1 : 0,5

120,1

PVX smolasi

105

Ikkilamchi PVX

125,8

PVX + plastifikator; 1 : 0,1

121,2

PVX + plastifikator; 1 : 0,3

119,1

PVX + plastifikator; 1 : 0,5

116,8

Ikkilamchi PE, PP va PVX aralashmalari

142

Ikkilamchi PE, PP va PVX aralashmalari + plastifikator; 1 : 0,1

136,7

Ikkilamchi PE, PP va PVX aralashmalari + plastifikator; 1 : 0,3

130,2



Ikkilamchi PE, PP va PVX aralashmalari + plastifikator; 1 : 0,5

128,4

Ilova. Ikkilamchi aralash PE, PP, PVX chiqindilarini plastifikatsiya qilish uchun soapstok va dioktilftalat (DOF) aralashmasi 1:1 nisbatda olingan.
3.1.1.-jadvaldan ko‘rinib turibdiki, birlamchi PE, PP va PVX xom-ashyolarining yumshash haroratlari ikkilamchi PE, PP chiqindilarining yumshash haroratlaridan yuqori (qizil rangli to‘g‘ri chiziq) va PVX [127; 38-42-b. 131; 85-88-b. 133; 88-93-b.] chiqindilarining yumshash haroratlari esa uning tarkibidagi har xil qo‘shimchalar hisobiga mundan mustasno, ya’ni ancha past bo‘ladi.
Ushbu ikkilamchi chiqindilarning tarkibiga 1:0,1; 1:0,3; 1:0,5 % nisbatlarda plastifikator (soapstok va DOF) kiritilganda ularning yumshash haroratlari kamayib borganligini ko‘zatish mumkin.
Demak, plastifikatorlar aralashmasi polimer makromolekulalari orasiga suqilib kirib, ularning molekulalararo o‘zaro tortishish (Vander-Vals) kuchlarini susaytiradi va natijada polimerning ma’lum darajada egiluvchanligi oshadi, qayta ishlash vaqtida qoliplanish xususiyatlari yaxshilanadi hamda yumshash haroratlari kamayib boradi.
Bundan ko‘rinib turibdiki, ikkilamchi PE, PP va PVX asosidagi chiqindilar tarkibiga plastifikatorlarning kiritilishi polimer chiqindilardan har xil turdagi buyumlar ishlab chiqarish imkoniyatini berar ekan [127; 38-42-b. 131; 85-88-b. 133; 88-93-b.].

4-BOB. PLASTIFITSIRLANGAN, ARALASH POLIMER CHIQINDILARI ASOSIDA OLINGAN PVX POLIMER KOMPOZITSION MATERIALLARINING MUHIM XOSSALARI.


4.1. Ikkilamchi PE, PP va PVX dan polimer materiallar olish texnologiyasi va texnologik parametrlari
Ikkilamchi PP, PE va PVX kompozitsiyasini qayta ishlash texnologiyasi quyidagi bosqichlardan iborat: chiqindilarni saralash, maydalash, yuvish, quritish, plastifitsirlash, granullash; ekstruziyalash [127; 38-42-b. 131; 85-88-b. 133; 88-93-b.], bosim ostida quyish usuli yoki presslash orqali maxsus maqsadlar uchun buyumlar olish [127; 38-42-b. 131; 85-88-b. 133; 88-93-b.].
Quyida ikkilamchi polimer materiallarni qayta ishlab, granula olish texnologik liniyasining prinsipial sxemasi keltirilgan:

4.2.1- rasm. Ikkilamchi materiallarni qayta ishlab, granula olish texnologik liniyasining prinsipial sxemasi:
1-chiqindilarni saralash uzeli; 2-maydalagich; 3-magnitli ushlagich; 4-yuvish mashinasi; 5- mavhum qaynash qatlamli qurilma; 6-quritish qurilmasi; 7-plastifikator qo‘shish uchastkasi; 8- aralashtirgich; 9-granulyator.

Ikkilamchi PE, PP va PVX asosidagi aralash chiqindilarni qayta ishlab granula olish yoki list shaklidagi ikkilamchi qurilish materiali olish uchun ishlab chiqilgan texnologiyaning bosqichlari quyidagilardan iborat: PVX chiqindilarni saralash va tayyorlash (1), chiqindilarni maydalagichda maydalash (2), maydalash jarayonida hosil bo‘lgan metall zarrachalarini magnit ushlagichdan o‘tkazish (3), chiqindilar changlarini yuvish (4), maydalangan va yuvilgan chiqindilarni mavhum qaynash qatlamli qurilmadan o‘tkazish (5), chiqindilarni quritish qurilmasida (6) quritish, quritilgan chiqindilarga plastifikator (soapstok va DOF) qo‘shish (7), chiqindi va plastifikatorlarni aralashtirgichda aralashtirish (8), plastifitsirlangan chiqindilar aralashmasini granulyatorda granullash (9).


Ishchi kompozitsiyasini tayyorlashda oldindan tarozida o‘lchab olingan komponentlar parrakli aralashtirgichda aralashtirish yo‘li bilan tayyorlab olindi. Plastifitsirlangan va plastifitsirlanmagan boshqa ishlab chiqarish korxonalari chiqindilarning miqdorlari har xil nisbatlarda olindi. Shuning uchun ham tadqiq qilinayotgan polimer materiallari optimal deb tanlangan retsepturaga asosan tayyorlandi. Ikkilamchi PE, PP va PVX asosidagi aralash chiqindilardan tayyorlanadigan materialning retsepturasi quyidagi 4.2.1-jadvalda keltirilgan:
4.2.1-жадвал
Ikkilamchi PE, PP va PVX asosida tayyorlanadigan kompozitsion materialning ishchi retsepturasi



Download 0.83 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling