Иккиламчи уй-жой бозоридан
Download 373.63 Kb.
|
poyonov elbek moliya fanidan tayyor kurs ishi
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2. Foiz stavkasiga ta’sir etuvchi omillar va to’lov hisob-kitob pul birligining ta’siri.
Valyuta bozori — talab va taklif asosida chet el valyutasi oldi-sotdi qilinadigan doyra. Birja (Oʻzbekistonda 1992-yil iyun oyidan OʻzR Valyuta birjasi ishlaydi) va birjadan tashqari (banklararo) Valyuta bozoriga boʻlinadi. Shuningdek, Valyuta bozori valyuta xatarini sugʻurtalash valyuta zahiralarini diversifikatsiyalash valyuta sarflari bilan bogʻliq turli tadbirlarni ham qamraydi. Xoʻjalik hayotining baynalmilal-lashuvi natijasida yirik xalqaro Valyuta bozorilari AKSH, Germaniya, Buyuk Britaniya, Fransiya, Shveysariya, Yaponiya, Singapur va b. mamlakatlarda muvaffaqiyat bilan faoliyat yuritmoqda. V.b.da muomalalar valyutani nakd yet-kazib berish (spot) bilan yoki valyutani kelishilgan vaqtdagi kurs.boʻyicha maʼlum muddatda (1—3 oy va undan keyin) yetkazib berish (forvard) shaklida amalga oshiriladi. Aksariyat valyuta muomalalari AQSH dollarida olib boriladi. 1999 yil. 1-yanvardan Yevropa mamlakatlarining umumiy pul birligi - yevro ham valyuta muomalalariga jalb etildi.
2. Foiz stavkasiga ta’sir etuvchi omillar va to’lov hisob-kitob pul birligining ta’siri. Foiz stavkasi o’zgarishining iqtisodga, xususan kompaniyalarga, iste’molchilarga, aksiya bozoriga ta’siri katta. Odatda, mamlakat iqtisodi qiyin ahvolga tushganda foiz stavkalar pasaytiriladi. Bundan maqsad – qarz mablag’larini arzonlashtirish va kompaniyalar ko’proq arzon qarz olishini va o’z faoliyatini rivojlantirishni rag’batlantirish. Arzon qarzlar kompaniyalar uchun yangi ish o’rinlari yaratish, ishlab chiqarishni kengaytirish va iqtisodni qayta tiklanishiga xizmat qiladi. Iste’molchilar uchun qarzlar (kreditlar) arzon bo’lsa, ular ham ko’proq pul sarflaydi, foizi past ipoteka kreditlari bilan yirik haridlar qilishi ko’payadi va bular hammasi iqtisodni yaxshilanishi uchun xizmat qiladi. Aksiya bozori uchun ham past foiz stavkasi ijobiy holat hisoblanadi. Chunki, kompaniyalar arzon qarz/kreditlar olib rivojlanishi tezlashadi va bundan tashqari, past foizli obligatsiyalarga qaraganda investorlar uchun aksiyalar yaxshiroq tanlov bo’lib ko’rinadi. Foiz stavkalarining juda past bo’lishining salbiy tomonlari ham bor. Bulardan biri – inflyatsiya. Arzon qarz/kreditlarga bo’lgan talabning oshishi iqtisodda umumiy talabning taklifdan keskin oshib ketishiga olib keladi va narx-navo ko’tarilib, valyuta o’zining qadrini yo’qotishi ortadi. Bunday holatda, inflyatsiyani jilovlash uchun qilinadigan monetar siyosatlardan biri – foiz stavkasini oshirish hisoblanadi. Foiz stavkasini oshirish yuqorida sanab o’tilgan kompaniya, iste’molchi va aksiya bozori uchun salbiy ta’sir ko’rsatadi. Aksiya bozorining misolida ko’rsak, foiz stavkasi oshirilsa, endilikda kompaniyalar banklardan oladigan kredit yoki boshqa qarzlarga ko’proq pul to’lashiga to’g’ri keladi. Bu esa, kompaniyalarning kelgusida kutilayotgan daromadlarini kamayishiga olib keladi va faoliyatini kengaytirishda qarz mablag’laridan foydalanishni cheklaydi. Ayniqsa, kichik va endi o’sib kelayotgan kompaniyalar uchun foiz stavkasini ko’tarilishi salbiy ta’sir qiladi. Umuman olganda, foiz stavkalari oshirilsa, aksiya bozoriga salbiy ta’sir qiladi. Bu salbiy ta’sir qiymat aksiyalariga nisbatan, qimmat baholangan texnologiya va o’sish aksiyalariga ayniqsa yomon ta’sir ko’rsatadi. So’nggi 5 yillikda AQSh foiz stavkasining o’zgarishi. Manba: Federal Rezerv 2020-yil mart oyida pandemiya boshlanganda, iqtisodni qo’llab-quvvatlash maqsadida Federal Rezerv foiz stavkasini 1.25% dan 0.25% ga tushirgan edi. Eng minimum hisoblangan bu foiz stavkasi hozirgacha o’zgartirilmadi. Bu esa yuqorida aytib o’tilganidek inflyatsiyani oshib ketishiga ta’sirini o’tkazmoqda. Shuning uchun ham, Federal Rezerv foiz stavkasini ko’tarishni rejalashtirmoqda. 2022-yilda AQSh foiz stavkasi kamida 3 marotaba ko’tarilishi kutilmoqda. Download 373.63 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling