Иккиламчи уй-жой бозоридан


Download 373.63 Kb.
bet3/8
Sana08.03.2023
Hajmi373.63 Kb.
#1252360
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
poyonov elbek moliya fanidan tayyor kurs ishi

Kapital bozori - boʻsh turgan pul mablagʻlarini toʻplash, ularni ssuda kapitaliga aylantirish, soʻngra uni i.ch. jarayonlari ishtirokchilari (banklar, korxonalar, firmalar, shuningdek, mamlakat aholisi) oʻrtasida taqsimlash munosabatlari; qimmatli qogʻozlar, korxonalarning aksiyalari hamda davlat obligatsiyalari bilan oldisotdi operatsiyalari olib boriladi. Pul kapitalining qayta taqsimlanishida ishtirok etadigan banklar, fond birjalari va b. moliya-kredit muassasalari majmuini oʻz ichiga oladi. Kapital bozori pul bozori bilan birga iqtisodiyotning tarmoqlari va hukumat uchun tashqi kapital manbai hisoblanadi, ssuda kapitaliga talab va taklifni shakllantiradi. Kapital bozori kompaniyalar va davlatning qisqa muddatli qimmatli qogʻozlari bilan ham shugʻullanadi. K.b. qimmatli qogʻozlarni sotuvchilar va sotib oluvchilar, ixtisoslashgan fond brokerlari, savdo va tijorat banklari, markaziy bank, pensiya fondi, sugʻurta kompaniyalari, investitsiya kompaniyalari, sanoat korxonalari, xorijiy investorlar, korxonalar, tashkilotlar ishtirok etadilar. Kapital bozori ikki asosiy vazifani bajaradi: a) birlamchi bozor yoki yangi emissiya bozori. Bunda investitsiya va b. maqsadlar uchun zarur boʻladigan kapital yangi aksiya, obligatsiya va b. qimmatli qogʻozlarni chiqarish hisobiga shakllantiriladi; b) ikkilamchi bozor. Bunda mavjud qimmatli qogʻozlar bilan operatsiyalar olib boriladi. Ikkilamchi bozor qimmatli qogʻozlarni sotuvchilardan haridorlar qoʻliga oʻtishni yengillashtiradi. K.b. mamlakat moliya tizimida muhim oʻrin egallab, aholining jamgʻarilgan mablagʻlarini investitsiyalarga va investitsiyalarni qimmatli qogʻozlar portfeliga aylantirish mexanizmi boʻlib xizmat qiladi. Oʻzbekistonda 200 dan ortiq brokerlik idoralariga ega boʻlgan "Toshkent" fond birjasi 1994-yildan qimmatli qogʻozlar savdosi bilan shugʻullanadi.
Fond bozori, qimmatli qogʻozlar bozori — moliya bozorining qimmatli qogʻozlar emissiyasi va ularning oldi-sotdisi bilan shugʻullanadigan sohasi. Fond bozorining asosiy vazifasi: investitsiyalarni, yaʼni, kengaytirilgan takror ishlab chiqarishga va texnika ravnaqiga zarur investitsiya mablagʻlarini toʻplash hamda taqsimlash; qimmatli qogʻozlar paketlaridan foydalangan hodda mulk egaligini oʻzgartirish; qimmatli qogʻozlar oldisotdisi yoʻli bilan bozorni qayta taqsimlash; qimmatli qogʻozlar chiqarish yordamida davlat qarzini moliyalashtirish va boshqa Fond bozori qatnashchilari kapital "isteʼmolchilari" (emitentlar) va uni "takdim etuvchilar" (investorlar)dir. "Isteʼmolchilar" davlat, mahalliy hokimiyat organlari, yirik milliy va xalqaro kompaniyalar hisoblanadi. Investorlar esa institutsional (qimmatli qogʻozlar bilan ish yurituvchi har xil moliyaviy kredit institutlari: tijorat va investitsiya banklari, sugʻurta jamiyatlari, pensiya fondlari va boshqalar) va yakka (xususiy shaxslar, shu jumladan, venchur biznesining uncha katta boʻlmagan korxona egalari) guruxlarga boʻlinadi. Fond bozori ishlari uning professional xodimlari: brokerlar (bitimda oʻz kapitali bilan qatnashuvchi vositachilar), boshqaruvchilar (ishonib topshirilgan qimmatli qogʻozlarni idora qiladigan shaxslar), kliringlar (oʻzaro majburiyatlarni aniqlash bilan shugullanuvchi tashkilotlar), depozitariylar (qimmatli qogʻozlarni saqlash boʻyicha xizmat koʻrsatadi); reyestr yurituvchilar (qimmat qogʻozlarni roʻyxatdan oʻtkazish ishini bajaradi); savdo-sotiqni tashkil etuvchilar (qimmatli qogozlar bilan bitam tuzishga yordam berish xizmagini bajaradi); jobberlar (qimmatli qogʻozlar bozori konʼyunkturasi boʻyicha mutaxassislar) orqali amalga oshiriladi. Ular bilan birga qimmatli qogʻozlar bozoriga bank xizmatchilari, investitsiya fondlari xodimlari, shuningdek, moliyaviy bozor uchun zarur boʻlgan qonunchilik va nazoratni taʼminlovchi davlat xizmatchilari va yuristlar xizmat koʻrsatadi. Fond bozori infratuzilmasini fond birjasi, roʻyxat (reyestr)ga oluvchi muassasalar, depozitariylar tizimi tashkil etadi.

Download 373.63 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling