Ikkinchi jahon urushi va uning yakunlari I reja: Ikkinchi jahon urushi haqida


I.3 Sovet davlatihududining yanadakengayishi. Buyuk Britaniyagaqarshi harbiyharakatlar


Download 31.27 Kb.
bet4/5
Sana19.06.2023
Hajmi31.27 Kb.
#1610636
1   2   3   4   5
Bog'liq
II jahon urushi (2)

I.3 Sovet davlatihududining yanadakengayishi. Buyuk Britaniyagaqarshi harbiyharakatlar
Sovet qo’mondonligi niqob sifatida tutun tarqatish vositasini qo'lladi. Minglab tank va samolyotlar dahshat solib hujumga tashlandi va bular nemis qo’shinini sarosimaga solib qo’ydi.
Italiyada ham fashizm keskin zarbaga uchradi. Ko’p joylar fashistlardan ozod qilindi. 29-aprel kuni Italiya partizanlari Mussolinini asir oldilar va otib tashladilar.
Gitlerchilarning insoniyatga qarshi qilgan jinoyatlari uchun qasosdan qochib qutulolmasligi muqarrar bo’lib qoldi. 30-aprel kuni Germaniya rahbarlari A. Gitler, Gimmler, Gebbelslar o’z jonlariga qasd qildilar. Gitlerning jasadi benzin sepib yoqib yuborilgan. Bu voqea sovet jangchilari tomonidan reyxstag binosiga qizil bayroq — g’alaba bayrog’i ilingan kunda sodir bo’ldi. Insoniyat jallodining qismati ana shunday poyoniga yetdi.
2-may kuni Berlin garnizoni taslim bo’ldi. 8 maydan 9 mayga o’tar kechasi Berlin yaqinidagi Karlxorst deb ataladigan binoda Germaniyaning so’zsiz taslim bo’lganligi haqida hujjat imzolandi. Hujjatni g’oliblar — Sovetlar davlati nomidan marshal G. K. Jukov, Buyuk Britaniya nomidan marshal A. Tedder, AQSH nomidan marshal K. Spaats, Fransiya nomidan general J. Delatr de Tassini imzoladilar. Mag’lub Germaniya nomidan esa feldmarshall Keytel imzo chekdi. Shu tariqa Yevropada urush tugadi.
1945-yilning 17-iyulida Germaniyaning Potsdam shahrida uch buyuk davlatlar rahbarlari (I. Stalin, U. Cherchill, G. Trumen) konferensiyasi ochildi. Germaniyani qurolsizlantirish, natsistlar partiyasini yo’q qilish, Germani-yani reparatsiya to’lashga majbur etish va asosiy jinoyatchilarni xalqaro harbiy tribunalga berish haqida kelishib oldilar. Konferensiya, bundan tashqari, chegara masalasini ham hal etdi. Chunonchi, Germaniya chegarasi 1938-yilgi holatiga nisbatan qisqartirildi. Germaniya — Polsha chegarasi Oder — Neyse daryolari bo’ylab o’tadigan bo’ldi.
Sharqiy Prussiyaning sohil bo’yi Kenisberg shahri bilan birga SSSRga berildi. Qolgan qismi Polshaga o’tkazildi. Polsha va SSSRga o’tgan hududlarda yashovchi 9 mln. dan ortiq nemislar ko’chirildi. Uch davlat ishg’ol etgan hududlarda saqlanayotgan harbiy asirlar almashiniladigan boidi. Germaniya toiaydigan tovon 20 mlrd. dollar miqdorida belgilandi. Uning 50 foizi SSSR ga berilishi to’g’risida kelishildi. Konferensiya qaroriga ko’ra, Germaniya yaxlit davlat bo’lib qolishi kerak edi.Ayni paytda Germaniyada so’z, matbuot, din erkinligi tiklanadigan bo’ldi.Kasaba uyushmalari va demokratik partiyalar faoliyatiga ruxsat berilishigakelishildi. Germaniyaga qarashli Kenisburg viloyati Sovet davlatiga berildi.Sovetlar Yaponiyaga qarshi urushga kirishi haqidagi qaroriga amal qilishiniyana bir bor tasdiqladi.Yaponiya taslim bo’lmaguncha ikkinchi jahon urushi tugamas edi. 1944-yilning oktabr oyida eng yirik harbiy-dengiz floti jangida AQSH Yaponiyaflotini tor-mor keltirdi. 1945-yilning aprel oyida AQSH armiyasi Okinava orolini egalladi. U Tokio shahridan 500 km uzoqlikda edi. Yozga kelib Yaponiya armiyasi Osiyoning katta qismidan quvib chiqarildi.
Biroq Yaponiyani taslim etish oson ish emas edi. Buning uchun AQSH Yevropadagi kuchlarini Yaponiyaga tashlashi zarur edi. Urush esa 1946-yilning oxirigacha cho’zilar va AQSH odam va aslaha jihatidan juda katta zarar ko’rar edi. Shuning uchun ham Sovet davlatining Yaponiyaga qarshi urushga kirishi nihoyatda zarur edi. 26-iyul kuni AQSH, Sovet davlati va Xitoy Yaponiyadan so’zsiz taslim bo’lishni talab etdilar. Biroq Yaponiya bu talabni rad etdi. 8-avgust kuni Sovet hukumati Yaponiyaga urush e'lon qildi. 9-avgustda esa Shimoliy-Sharqiy Xitoy, Shimoliy Koreya, Janubiy Saxalin va Kurill orollarida joylashgan Yaponiya armiyasiga qarshi hujumga o’tdi. Shu orada Xirosima va Nagasaki shaharlariga AQSH aviatsiyasi atom bombasini tashladi. Bu ikki atom bombasidan 100 mingdan ortiq kishi halok bo’ldi. 400 mingdan ortiq kishi esa radiaktiv nurlandi.
Atom bombasining ishlatilishi va Sovet davlatining urushga kirishi Yaponiyani mag’lubiyatga uchraganligini tan olishga majbur etdi va 2-sentabr kuni Yaponiya taslim bo’lganligi haqidagi hujjat imzolandi.
Shunday qilib, Yaponiya mustamlakachilik imperiyasi quladi va Yaponiyaning taslim boiishi bilan ikkinchi jahon urushi ham tugadi.
Dunyoning asosiy davlatlarini o’z domiga tort-gan ikkinchi jahon urushida 40 davlatning hu-dudida harbiy harakatlar olib borildi. Urushdabehisob qurbonlar berildi va juda katta vayrongarchilik yuz berdi. Urushda fashistik Germaniya, Italiya va militaristik Yaponiya tor-mor etildi. Ular vaqtinchalik buyuk davlatlar qatoridan tushib qoldi. Ayni paytda fashizm halokatga uchradi, fashistlar partiyasi va tashkilotlari faoliyati taqiqlandi. Uzoq va og’ir kurashda demokratik va antifashistik kuchlar g’alaba qo-zondi.
Birlashgan Millatlar Tashkiloti tuzildi va uning Ustavi 1945-yilning 24-oktabridan kuchga kirdi. Mustamlakachi imperiyalarning yemirilishi boshlandi. o’nlab yangi mustaqil davlatlar vujudga keldi. Buyuk Britaniya va Fransiya sezilarli darajada zaiflashdi. AQSH esa dunyoning ikki o’ta
BMT Deklaratsiyasiga qo'1 qo’yish. Vashington. 1-yanvar 1945-y.
qudratli davlatidan biri bo’lib qoldi. Sovet davlati ham urush natijasida mislsiz talafotlar ko’rgan bo’lsa-da AQSH kabi dunyoning o’ta qudratli davlatiga aylandi. Hozirgi bosqichda Sovet davlati merosxo’ri Rossiya bilan AQSH dunyoni muvozanatda saqlab turibdi. Bugungi kunda Yer yuzida mustahkam tinchlikning o’rnatilishi, yangi qirg’inbarot urushlarning ro’y bermasligi uchun barcha davlatlar (birinchi navbatda, buyuk davlatlar) hamda jahon jamoatchiligi mas'uldir.
o’zbekiston 1991-yilda mustaqillik e'lon qilingun-cha Sovet davlati tarkibida edi. Binobarin, Ikkin-chi jahon urushi yillarida ham o’zbekiston ulkan mustamlakachi imperiya — Sovet davlati tarki-— bida urushda qatnashdi. Sovet davlati tarkibiga majburan biriashtirilgan xalqlar yagona nom bilan sovet xalqi deb atalardi. o’zbek xalqi fashizmdan Sovet davlatinigina emas, ayni paytda o’zbekistonni ham himoya qildi.
o’z yurtiga bo’lgan chinakam yuksak muhabbat va fashizmga nafrat tuyg’usi sotsialistik tuzum deb atalgan mustabid tuzum o’zbek xalqiga yetkazgan g’am-alamni orqaga surib qo’ydi. o’zbekiston xalqlari ham fashizmga qarshi kurashning adolatli ekanligini anglab yetgan edilar.
Ikkinchi jahon urushida o’zbekistonliklarning ishtiroki xususida I. A. Karimov bunday deb yozgan edi: «Ikkinchi jahon urushiga qanday qaralmasin, bu urush qaysi g’oya ostida va kimning izmi bilan olib borilgan bo’lmasin, o’z Vatani, el-yurtining yorug’ kelajagi, beg’ubor osmoni uchun jang maydonlarida halok bo’lganlarni, o’'z umrlarini bevaqt xazon qilgan insonlarni doimo yodda saqlaymiz. Bu achchiq, lekin oddiy haqiqatni unutishga hech kimning haqqi yo’q va bunga yo'1 ham bermaymiz». («Vatan sajdagoh kabi muqaddasdir». T., 1996, 81-bet).
O’zbek xalqi fashizmga qarshi koalitsiyadagi boshqa xalqlar bilan yelkama-yelka bir safda turib kurashdi va uning ustidan qozonilgan buyuk g’alabaga baholi qudrat hissa qo’shdi. Urushning dastlabki kunlaridayoq 14 ming kishidan o’z ixtiyori bilan armiya safiga jo’natishni iltimos qilib ariza tushdi. Frontga umumxalq yordamini ko’rsatish o’zbekiston aholisi vatanparvarligining yorqin namunasi boidi.
Chunonchi, o’zbekistonliklar urush yillarida mamlakat mudofaa jamg’armasi uchun jami 649,9 mln. so’m pul, 22 kg oltin va kumushto’pladilar. o’zbekiston kolxozchilari 1942-yilda tank kolonnasi qurishga o’z shaxsiy jamg’armalaridan 260 mln. so’m topshirdilar. Urushning dastlabki yarim yili ichida 420 mingdan ortiq turli issiq buyumlar yuborildi.
1941-yilning dekabriga keliboq, o’zbekistondajami 293 korxona mudofaa uchun mahsulot ishlab chiqara boshladi. Urush yillarida o’zbekistonga sovetlarning dushman bosib olgan yoki bosib olishi mumkin bo’lgan hududlaridan 104 fabrika va zavod ko’chirib keltirildi. Bu fabrika va zavodlarni ishga tushirishda o’zbekiston aholisi mislsiz fidokorona mehnat qilgan. Korxonalar uzog’i bilan bir oyda ishga tushirilganligi buning yorqin isbotidir.
Bu bunyodkorlik ishida aholining barcha tabaqasi, shu jumladan ayollar va bolalar ham faol ishtirok etdi. Chunonchi, 1942-yilga kelib sanoat sohasida mehnat qilayotganlarning 63,5 foizi ayollardan iborat edi (bu ko’rsatkich 1940-yilda 34 foizni tashkil etgan).
O’zbekiston xalqi urush yillarida frontga jami 2100 ta samolyot, 17342 ta aviamotor, 2 mln. 318 ming dona aviabomba, 17100 bronopoyezd va boshqa harbiy texnika hamda anjomlar yetkazib berdi. o’zbekistonning o’zida urush yillarida 280 ta yangi korxona qurildi.
Dushmanni tor-mor etish uchun olib borilgan umumxalq kurashida dehqonlar ham fidokorona mehnat qildilar. Urush yillarida davlatga jami 4 mln. 148 ming tonna paxta, 82 mln. pud g’alla, 54067 tonna pilla, 159 ming tonna go’sht va boshqa qishloq xo’jalik mahsulotlari yetkazib berildi.
Urush yillarida o’zbek xalqi yuksak insonparvarlik xislatini namoyon etdi. o’zbekistonga jami 1 mln. dan ortiq kishi, shu jumladan 200 ming bola keltirildi. Xalqimiz ularni mehmondo’stlik, bolajonlik bilan qabul qildi, ularga o’z uyidan turar joy berdi, topgan nonini ular bilan baham ko’rdi, ularga kiyim-kechak berdi.
O’zbekiston oilalari ota-onasiz qolgan bolalarni o’z bag’riga oldi. Bu o’rinda toshkentlik temirchi Sh. Shomahmudov va uning turmush o’rtog’i B. Akramovalarning nomlari tariximizga zarhal harflar bilan bitilgan. Ular turli millatga mansub 14 nafar bolani o’z tarbiyasiga oldilar.
Ikkinchi jahon urushi frontlariga o’zbekistondan 1 mln. 433200 kishi safarbar etildi. 1941-yilda respublika aholisi 6,5 mln. kishini tashkil etgani hisobga olinsa, bu katta raqamni tashkil etadi. Binobarin, o’zbekiston aholisining 22 foizi jangmaydonlarida qatnashdi. Bu jami mehnatga yaroqli aholining 40—42 foizi degani edi. Urushda ishtirok etganlardan 268005 kishi halok bo’ldi, 132670 kishi bedarak yo’qoldi, 60452 kishi esa mayib-majruh bo’lib qoldi. Frontda ko’rsatgan jasoratlari uchun o’zbekistonliklardan jami 120 ming jangchi hukumat ordeni va medallari bilan mukofotlandi. Ulardan 280 kishi Qahramon unvoniga sazovor boidi. 32 kishi «Shuhrat» ordenining haruchala darajasi bilan taqdirlandi. S. Rahi-mOv general darajasiga erishdi. Ularning jasorati bugungi avlod uchun namuna yulduzidir.
Hamyurtlarimizdan bir necha minggi Italiya, Buyuk Britaniya, Fransiya, Yugo-slaviya, Polsha, Chexoslovakiya, Vengriya kabi davlatlarning orden va medallari bilan mukofotlandilar. Ba'zilarining xoki begona va olis yurtlarda qolib ketdi. Ozodlik va erk uchun, Vatan uchun jon fido qilganlarni doimo yodda saqlash uchun 9-may «Xotira va qadrlash kuni» deb e'lon qilindi. Zero xalq uchun qilingan ish, ko’rsatilgan jasorat mangulikka daxldordir. U hech qachon unutilmaydi.



Download 31.27 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling