Ikkinchi jahon urushi va uning yakunlari I reja: Ikkinchi jahon urushi haqida


Download 31.27 Kb.
bet3/5
Sana19.06.2023
Hajmi31.27 Kb.
#1610636
1   2   3   4   5
Bog'liq
II jahon urushi (2)

Qrim konferensiyasi I Germaniyani butunlay tor-mor etish va ozod Yevropada birgalikda siyosat yuritishni kelishib olish maqsadida Sovet davlati, AQSH va Buyuk Britaniya rahbarlari 1945-yilning 4-fevralida Qrim viloyatidagi Yalta shahrida to’plandilar.
Konferensiyada Germaniyani so’zsiz taslim etish, uning qurolli kuchlarini vo'q qilish> harbiy jinoyatchilarni jazoga tortish, fashistlar tashkilotlarini, qonunlari va tartiblarini yo’q qilish, Germaniyani uning agressiyasiga duchor bo’lgan davlatlarga reparatsiya to’lashga majbur etishga kelishib oldilar. «Ozod Yevropa to’g’risidagi deklaratsiya» e'lon qilindi. Shuningdek bu maqsadlarni ro’yobga chiqarish uchun Germaniyani 3 ta okkupatsion hududga bo’lishga qaror qildilar.
Konferensiyada Sovet davlatining Yevropada urush tugaganidan keyin 2—3 oydan so’ng Yaponiyaga qarshi urushga kirishishiga kelishib olindi. Buning evaziga Mo’g’uliston Xalq Respublikasining oldingi holati saqlanib qolishi, Janubiy Saxalin va Kurill orollari sovetlarga berilishi hamda Xitoyga qarashli Port-Arturda sovetlaming harbiy-dengiz bazasi qurilishi lozim edi. Bundan tashqari, Qrim konferensiyasi qarorlariga ko’ra, xalqaro tashkilot — Birlashgan Millatlar Tashkiloti (BMT) tashkil etiladigan bo’ldi. Uning maqsadi dunyoda tinchlik va xavfsizlikni ta'minlashdan iborat bo’lishi zarur edi.
1945-yilning 25-aprelida AQSH ning San-Fransisko shahrida BMT ning Ta'sis konferensiyasi ochildi. Uning ishida Germaniyaga qarshi urush e'lon qilgan 42 ta davlat delegatsiyasi qatnashdi. Shu tariqa BMT vujudga keldi. 24-oktabr BMT tashkil etilgan kundir. Uning qarorgohi Nyu-York shahri deb belgilandi.
1945-yilning 16-aprel kuni Sovetlar armiyasi Berlinni qurshab oldi va ishg’ol etishga kirishdi. Shu tariqa Berlin operatsiyasi boshlandi. Ungamashhur rus sarkardasi G. K. Jukov qo’mondonlik qildi. 25-aprelda Sovet qo’shinlari hujumga o’tdi. 3000 ta projektor hujum qiluvchilarning yo’lini yoritib turdi. Projektor nurlari dushman jangchilari ko’zini qamashtirib yubordi.



Download 31.27 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling