Ikkinchi jahon urushi yillarida o’zbek xalqining fashizm ustidan qozongan g’alabaga qo’shgan hissasi


O`zbekistonliklarning urush janggohlarida


Download 67 Kb.
bet3/4
Sana04.01.2023
Hajmi67 Kb.
#1078409
1   2   3   4
Bog'liq
17-m Ikkinchi jahon urushi yillarida o`zbek xalqining fashizm ustidan qozongan g`alabaga qo`shgan hissasi

O`zbekistonliklarning urush janggohlarida
ko`rsatgan jasoratlari

Ikkinchi jahon urushi frontlarida O`zbekistonlik jangchilar o`zlarining botir, mard, qo`rqmaslik xislatlarini namoyon qilib, qahramonlik namunalarini ko`rsatdilar.


Sovet siyosiy rahbarlarining razvedka ma`lumotlari yetarli bo`lishiga qaramasdan 1941 yilda Germaniya SSSRga hujum qilmasligiga ishonchi, g`arbiy frontda charchab qolgan kapitalistlar ustiga hujum qilish maqsadida chegarada qo`shin va qurollarni to`plash bilan mudofaa inshootlarini barpo etmaganligi, 1937 yilda armiyadagi ommaviy qatag`onlar natijasida sovet qurolli kuchlarining jangovar qobiliyatiga berilgan zarbaning o`rni to`ldirilmaganligi, qo`mondonlar kasbiy tayyorgarligining past darajadaligi sababli urushning dastlabki kunlarida shiddat bilan bostirib kirgan dushman qo`shinlari to`xtatib qolinmadi va ko`plab kishilarning qurbon bo`lishiga sabab bo`ldi. Buning uchun Stalin boshliq sovet hukumati rahbarlari javobgardirlar.
Chegara qo`shinlarida xizmat qilayotgan sovet jangchilari orasida O`zbekistonliklar ham ko`pchilikni tashkil qilar edi. Ular o`z zastavalarini himoya qilishda qahramonlik namunasini ko`rsatib, oxirgi o`qlari qolguncha dushmanga qarshi jang qildilar. Ular halok bo`lganlaridan keyingina dushman zastavalarga kirish imkoniga ega bo`ldi. Grodno yaqinida leytenant Usov, siyosiy rahbar Sharipov, Brest qal`asi mudofaasida Ahmad Aliyev, Doniyor Abdullayev, Bobokomil Kashanov, Uzoq O`tayev, Nurum Siddiqov, Madamin Hojiyev, Ya.Liss, Rahimboy Arslonboyev, Saidahmad Boytemirov, F.Layenkov kabi o`zbekistonliklarning ko`rsatgan jasoratlari Vatan himoyachilari qahramonona jasoratining ramzi bo`lib qoldi.
Dushmanning shiddatli hujumi, yagona frontni tashkil qilish, umumiy aloqaning yo`qligi, tartibsizliklar mudofaa janglarida qahramonliklarni qo`llash imkonini bermadi. Nemis-fashistlar sutkasiga 30 km sur`at bilan hujum qilib, qisqa vaqt ichida mamlakatning markaziy rayonlariga yetib keldi. SSSR qurolli kuchlardagi 2 mln.dan ortiq odami, 43,3 mingta to`pi, 8,3 mingta tanki, 8,2 mingta samolyotidan mahrum bo`ldi. Bu juda katta yo`qotish edi. Stalin ma`muriy-qatag`on vositalari bilan armiya tarkibini qo`rqitish choralarini amalga oshirdi. 1941 yil 1 avgust qarorida asirga tushganlarni harbiy xizmatni tashlab ketgan, ularning oilasini "Vatanni sotganlarning oilasi sifatida qamash" kabi ko`rsatmalar berildi.
Ikkinchi jahon urushida Smolensk, Odessa Leningrad, Moskva mudofaalari sovet jangchilarining haqiqiy qahramonlik mo`jizalari bo`ldi desak xato qilmaymiz. Bu janglar dushmanni to`xtatib qolish imkonini berdi. Gitlerning yashin tezligida urush olib borish rejasi barbod bo`ldi.
Moskva mudofaasiga yetib kelgan, Turkiston harbiy okrugida tuzilgan, general-mayor I.V.Panfilov qo`mondonlik qilgan, tarkibida 180 dan ortiq harbiy va harbiy siyosiy bilim yurtlarini tamomlagan komandirlari bo`lgan 316-o`qchi diviziya Volokolamsk, Dubasekova, Novo-Petrovsk yonidagi janglarda qahramonona kurashdi. O`zbekistonlik Abdulla Tog`ayev, Mamadali Madaminov, leytenant Pilyugin boshliq to`qqizta jangchi jasoratlarini alohida qayd qilish mumkin. Moskva uchun olib borilgan janglarda o`zbek xalqi qahramon qizlarining jasorati namunasini ko`rsatgan Zebo G`aniyeva Qizil Bayroq ordeni bilan taqdirlandi. Moskva ostonasida fashist qo`shinlarini tor-mor qilishda ko`rsatgan jasoratlari uchun 1753 O`zbekistonlik jangchi "Moskva mudofaasi uchun" medali bilan taqdirlandi. S. Qosimxo`jayev Sovet Ittifoqi qahramoni unvoniga sazovor bo`ldi.
Moskva yonidagi g`alaba sovet rahbarlarida 1942 yildayoq urushni yakunlash, mamlakatni ozod qilish fikrini vujudga keltirdi va butun front bo`ylab hujum qilish haqida buyruq berildi. 1942 yildagi qishki hujumlarda mardlik va jasorat namunasini ko`rsatib, mahorat bilan jang qilgan Qo`chqor Turdiyevga 1942 yil may oyida Sovet Ittifoqi qahramoni unvoni berildi. Jangchilarimizning jasorati hali o`z harbiy kuchining asosiy qismini saqlab, dushman qo`shinlarini tamomila yo`q qilishga, sovet rahbarlarining xatolari o`rnini qoplashga kamlik qilar edi. Buning uchun dushmannikidan kuchli harbiy-texnika, qurol yaroq va taktika kerak edi.
1942 yil may-iyun oylaridagi sovet qo`shinlarining hujumkor operatsiyalarini to`xtatgan dushman 25 iyunda Volga va Shimoliy Kavkaz yo`nalishida hujumga o`tdi. Mamlakatda yana qaltis vaziyat vujudga keldi. Ana shunday bir paytda o`zbek xalqi o`zbek jangchilariga ochiq maktub bilan murojaat qilib, o`z farzandlarini vatanga sodiqlik va jangda qo`rqish nimaligini bilmaslikka chaqirdi. Bu chaqiriqqa o`z qahramonliklari bilan javob bergan jangchilarimizdan 1974 nafari "Kavkaz mudofaasi uchun" medali bilan mukofotlandi.
Adabiyotlar ro`yxati:



Download 67 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling