O‘zbekistonda erkin fuqarolik jamiyati asoslarining yaratilishi.
O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan demokratik o‘zgarishlarning farqi shundaki, mamlakatimizda fuqarolarning o‘zini-o‘zi boshqarish organlari ishi rivojiga keng ahamiyat berilmoqda.
«Fuqarolarning o‘zini-o‘zi boshqarish organlari to‘g‘risida»gi Qonunga binoan shahar, shaharcha, qishloq va ovullarda fuqarolarning o‘zini-o‘zi boshqarish organlari – mahalla qo‘mitalari tashkil etildi.
Bugungi kunda to‘qqiz ming olti yuz to‘qsonta fuqarolarning o‘zini-o‘zi boshqarish organlari milliy an’analarga muvofiq mamlakat ijtimoiy hayotida juda katta o‘rin tutmoqda. Respublikamiz aholisining mamlakat ijtimoiy va siyosiy hayotida ishtiroki ko‘lamini yanada kengaytirish avvalo mamlakatimizni modernizatsiya qilish borasida uzoqni ko‘zlaydigan «Kuchli davlatdan – kuchli fuqarolik jamiyati sari», degan tamoyilda o‘z ifodasini topmoqda.
Jamiyat hayotida nodavlat jamoat tashkilotlarining o‘rni va ahamiyatini keskin ko‘tarish, «Kuchli davlatdan kuchli jamiyat sari», degan tamoyilni hayotga joriy etish 2002 yil avgustda bo‘lib o‘tgan ikkinchi chaqiriq O‘zR Oliy Majlisining IX sessiyasida Prezidentimiz tomonidan yetti ustuvor yo‘nalishlarning biri qilib belgilandi.
Prezident I. Karimov 2005 yilning 28 yanvarida O‘zR Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senatining qo‘shma majlisida qilgan ma’ruzasida «Kuchli davlatdan – kuchli fuqarolik jamiyati sari», degan tamoyilni keng hayotga joriy etilishi
4. Millatlararo tinchlik va totuvlikning ta’minlanishi.
Mustaqillik yillarida olib borilgan milliy siyosat natijasida millatlararo tinchlik va totuvlik ta’minlandi. Respublikada 17 diniy konfessiya ro‘yxatga olinib, faoliyat ko‘rsatmoqda. 170 dan ortiq diniy tashkilotlar ishlab turibdi va ularda O‘zbekistonda yashovchi 130 millat va elat vakillari o‘zlarining diniy ehtiyojlarini qondirmoqdalar. Bu millat va elatlarning tillari, qadr-qimmati ham o‘z o‘rniga qo‘yilgan.
Mustaqillik yillarida demokratik institutlarning muhim tarmog‘i bo‘lgan erkin ommaviy axborot vositalari (OAV) vujudga keldi.
Bugungi kunda O‘zbekistonda 609 ta (1990 yilda-311 ta edi) gazeta, 162 ta (1990 yilda-65 ta edi) jurnal nashr etilmoqda.
Respublikada 3 ta axborot agentligi, 50 dan ortiq teleradiokompaniyalar va studiyalar ishlab turibdi. O‘zbekiston televideniyasining kundalik ko‘rsatuvlari hozirda 51,5 soatni tashkil etsa, respublika radiosi 100 soatlik eshittirish olib bormoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |