Ikkinchi jahon urushi yillarida o’zbek xalqining fashizm ustidan


Milliy g‘oyani aholi ongiga singdirish zaruriyati, uning maqsadi, vazifalari va ahamiyati


Download 139.38 Kb.
bet21/28
Sana31.03.2023
Hajmi139.38 Kb.
#1312399
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   28
Bog'liq
3 мавзу сиртқи

5. Milliy g‘oyani aholi ongiga singdirish zaruriyati, uning maqsadi, vazifalari va ahamiyati
Mustaqilligimizning mohiyati, mazmuni, ahamiyatinin mafkuraviy vositalar bilan xalqimiz ongiga yetkazish yangi, milliy istiqlol mafkurasini yaratishni talab qilardi. Shuning uchun ham Prezidentimiz mustaqilligimizni dastlabki paytlaridanoq bu masalani dolzarb vazifa qilib qo‘ydi. 1992 yilda I.Karimovning nashr etilgan «O‘zbekistonning o‘z istiqlol va taraqqiyot yo‘li» nomli asarida shunday deyiladi. «Umuminsoniy qadriyatlarga sodiqlik, xalqimizning ma’naviy merosini saqlash va rivojlantirish: inson o‘z imkoniyatlarini erkin namoyish qilishi: vatanparvarlik tamoyillari istiqlol mafkurasi uchun asos bo‘luvchi qoidalardir». 1993 yil 23 aprelda Prezident bir guruh adiblar bilan bo‘lgan uchrashuvda ham ushbu masalada jiddiy suhbatlashdi. Milliy istiqlol mafkurasi O‘zbekistonning mustaqillikka erishish haqidagi siyosiy, ilmiy, nazariy, tarixiy, falsafiy, badiiy va diniy qarashlar majmui, xalqni kelajakka ishonch, e’tiqod ruhida tarbiyalovchi - g‘oyaviy qurol ularni birlashtiruvchi omil hisoblanadi.

  1. O‘zbekiston Respublikasi tashqi siyosatining asosiy tamoyillari va yo‘nalishlari.

Davlatimizning tashqi siyosat bobidagi tamoyillari quyidagilardir:

  1. Mafkuraviy qarashlardan qat’iy nazar hamkorlik uchun ochiqlik, umuminsoniy qadriyatlarga, tinchlik va xavfsizlikni saqlashga sodiqlik;

  2. Davlatlarning suveren tengligi va chegaralar daxlsizligini hurmat qilish;

  3. Boshqa davlatlarning ichki ishlariga aralashmaslik;

  4. Nizolarni tinch yo‘l bilan hal etish;

  5. Kuch ishlatmaslik va kuch bilan tahdid qilmaslik;

  6. Inson huquqlari va erkinliklarini hurmatlash;

  7. Ichki milliy qonunlar va huquqiy normalardan xalqaro huquqning umum e’tirof etilgan qoidalari va normalarining ustuvorligi;

  8. Davlatning, xalqning oliy manfaatlari, farovonligi va xavfsizligini ta’minlash maqsadida ittifoqlar tuzish, hamdo‘stliklarga kirish va ulardan ajralib chiqish;

  9. Tajovuzkor harbiy bloklar va uyushmalarga kirmaslik;

  10. Davlatlararo aloqalarda teng huquqlilik va o‘zaro manfaatdorlik, davlat milliy manfaatlarining ustunligi;

Tashqi aloqalarni ham ikki tomonlama, ham ko‘p tomonlama kelishuvlar asosida rivojlantirish, bir davlat bilan yaqinlashish hisobiga boshqasidan uzoqlashmaslik.
Mustaqil davlatimiz xalqaro huquqning umumjahon e’tirof etgan normalariga sodiqligini bildirib, uni o‘z Konstitutsiyasida ham mustahkamladi. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi Xalqaro huquq tamoyillari va normalarining butun bir majmui – BMT Ustaviga, Inson huquqlari Deklaratsiyasiga va inson huquqlariga oid boshqa xalqaro huquq bitimlaridan – Xelsinki bitimi, Parij va Madrid xartiyalariga asoslandi. Shuningdek, Asosiy Qonunga kiritilgan qonunlarni rivojlantirish maqsadida “Diplomatik munosabatlarni o‘rganish tartibi”, “O‘zbekistonda xalqaro shartnomalarni tuzish, ijro etish va bekor qilish” haqida aktlar ham qabul qilindi. Ularda tashqi siyosatning har tomonlama asoslangan tamoyillari o‘z aksini topdi.
Hozirgi kunda dunyoda har xil mazmun va maqsadga bo‘ysundirilgan 2,5 mingdan ortiq xalqaro tashkilot mavjud. Jahonda 350 dan ortiq hukumatlararo tashkilot faoliyat ko‘rsatmoqda.
Xalqaro tashkilotlar davlatlar o‘rtasidagi munosabatlarda maqsad va manfaatlari, harakat yo‘nalishlariga, jahon siyosatida tutgan o‘rni va roliga qarab turlicha ahamiyat kasb etadi. Ular turli tarixiy sharoitlarda vujudga kelgan bo‘lib, siyosiy faoliyat sub’ektlari sifatida bir-biridan farq qiladi va xalqaro siyosatda turlicha mavqeni egallaydi.
Xalqaro tashkilotlar maqsad va vazifalariga, ularning xalqaro munosabatlarda va jahon siyosatidagi tutgan o‘rniga qarab bir necha guruhlarga bo‘linadi.
O‘zbekiston mustaqillikning dastlabki kunlaridanoq o‘z xalqi manfaatlarini ko‘zlab, dunyodagi deyarlik barcha tashkilotlar bilan hamkorlik qilishga kirishdi.
Islom Karimov davlat rahbari sifatida chet el investitsiyalarining respublikaga keng ko‘lamda oqib kelishi uchun qulay shart-sharoit zarurligini teran angladi va 1994 yil 5 mayda O‘zbekiston Respublikasining “Chet el investitsiyalari va chet ellik investorlar faoliyatining (kafolatlari) to‘g‘risida” gi Qonun qabul qilindi.
Iqtisodiy islohotlarning ikkinchi bosqichiga qadam qo‘yar ekan, mamlakat rahbari sifatida Islom Karimov O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining birinchi sessiyasida (1995 yil, fevral) qilgan ma’ruzasida uning asosiy vazifalarini belgilab berdi.
Asosiy vazifalarning biri sifatida ishlab chiqarishni kengaytirish, jahon andozalari darajasidagi mahsulotlar ishlab chiqarish, ularning raqobatbardoshligini oshirish belgilandi.
Bu vazifalarni hal etish qo‘shimcha kapital mablag‘larni, birinchi navbatda, chet ellik investorlarni jalb qilishni talab etar edi. Shu munosabat bilan 1998 yil aprelda mamlakat parlamenti tomonidan yangi hujjatlar – “Chet el investitsiyalari to‘g‘risida”gi hamda “Chet ellik investorlar huquqlarining kafolatlari va ularni himoya qilish choralari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining Qonunlari qabul qilindi. Bu hujjatlar O‘zbekiston iqtisodini rivojlantirish va chet el investitsiyalari oqimini rag‘batlantirish yo‘li bilan uning jahon iqtisodiy tizimiga integratsiyalashuviga ko‘maklashish, shuningdek, xorijning moliyaviy, moddiy, intellektual va boshqa resurslaridan, zamonaviy chet el texnologiyasi va boshqaruv tajribalaridan oqilona foydalanishga qaratilgan edi. Bu hujjatlar va amalga oshirilgan ishlar islohotlarimizga ijobiy natijalar berdi.
Respublikada mustaqillik yillarida Vazirlar Mahkamasi huzurida investitsiyalarga ko‘maklashish muassasalari – chet el investitsiyalari bo‘yicha agentlik, tovar ishlab chiqaruvchilar va tadbirkorlar palatasi, Lizing kompaniyasi tashkil etildi. Respublikamizda xorijiy investitsiyalarni jalb etish uchun imtiyozlar tizimi, ular uchun imtiyozli soliqlar joriy etildi. Ustav fondida chet el sarmoyasining ulushi 30 foizdan oshiq bo‘lgan qishloq xo‘jalik mahsulotlari, iste’mol buyumlari ishlab chiqaradigan korxonalar ro‘yxatdan o‘tgan kundan boshlab 2 yil davomida soliq to‘lashdan ozod qilindilar. Bunday imtiyozlar mustaqil yurtimizga xorijlik investitorlarning kirib kelishini kuchaytirdi.
Shuni alohida ta’kidlash lozimki, davlatimiz rahbarining xorijiy davlatlarga qilgan tashriflarida, xorijiy davlatlar rahbarlarining mamlakatimizga qilgan tashriflari chog‘ida imzolangan hujjatlar va kelishuvlarda o‘zaro iqtisodiy hamkorlik hamda jahon hamjamiyatiga integratsiyalashuv masalalari muhim o‘rinni egalladi.

Download 139.38 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   28




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling