Ikkinchi jahon urushi yillarida o’zbek xalqining fashizm ustidan


Ko‘p partiyaviylik tizimining qaror topishi


Download 139.38 Kb.
bet17/28
Sana31.03.2023
Hajmi139.38 Kb.
#1312399
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   28
Bog'liq
3 мавзу сиртқи

Ko‘p partiyaviylik tizimining qaror topishi.



Ko‘p partiyaviylik tizimi. Milliy siѐsat Muxolif partiyalar va harakatlar demokratik jamiyat qurishning zaruriy sharti 80 – yillarning oxirlaridan boshlab O‘zbekistonda bir qator ijtimoiy harakatlar paydo bo‘ldi. Mustaqillik yillari mamlakatimizda 5 ta siѐsiy partiya tashkil topdi. O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi 1991 yil noyabrda faoliyat ko‘rsatib, o‘z safida 420 mingdan ziѐd a’zoni birlashtirgan. Oliy majlisning 69 ta deputati – uning a’zosi edi. “Vatan taraqqiѐti” partiyasi 1992 yil may oyida tuzilgan bo‘lib, uning sarflarida 35 mingdan ortiq a’zo bor edi. Uning 14 a’zosi Oliy Majlisiga deputat etib saylangan, “Adolat” sotsial – demokratik partiyasi 1995 yil fevralda tashkil topgan bo‘lib, 30 mingdan ortiq a’zosi bo‘lib, Oliy majlisga 47 deputati saylandi. “O‘zbekiston Milliy Tiklanish demokratik partiyasi” 1995 yil iyunda tashkil topgan. Sarflarida 6 mingga yaqin a’zosi bo‘lgan. 1998 yil “Fidokorlar” milliy – demokratik patiyasi tashkil topgan. Mamlakatimizda partiya va harakatlardan tashqari 200 ga yaqin kasaba, tadbirkorlar, ѐshlar, fahriylar kabi ijtimoiy uyushmalari ham mavjud. Bular orasida eng ommaviysi kasaba uyushmalari bo‘lib, tarkibida 7,5 mln a’zo bor. O‘zbekiston haѐtida ѐshlarning o‘rni beqiѐsdir. 1991 yil oxirida O‘zbekiston ѐshlar ittifoqi tuzilgan. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1997 yil 7 yanvar farmoni bilan iqtidorli ѐshlarni xorijdagi ilg‘or taraqqiy etgan oliygohlarda bilim olishlarini tayѐrlash, tashkil etish uchun “Umid” jamg‘armasi tuzildi. Hozirgi kunda 2300 jamoat birlashmalari va nodavlat tashkilotlari faoliyat ko‘rsatmoqda. Prezident I.A.Karimov “Bu tashkilotlar faqat xayriya va muvvaqat muassasalariga aylanib qolmasdan demokratik qadriyatlarni, kishilarning qonuniy haq – huquqlarini va erkinliklarini himoya qilishlari kerak”, deb vazifa qo‘ydi. • Bugungi kunda mamlakatimida jamiyat haѐtining turli sohalarida 5100 dan ziѐd nodavlat notijorat tashkilotlari faoliyat yuritmoqda va bu ko‘rsatgich 2000 yilga qaraganda 2,5 barobar ko‘pdir. Fuqarolar yig‘inlari va o‘zini o‘zi boshqarish organlari-mahallalar soni 10 mingdan ortig‘ini tashkil etadi. Bular qatorida “Kamolot”YoIH, O‘zbekiston xotin- qizlar qo‘mitasi, ”Sog‘lom avlod uchun”, “Nuroniy” jamg‘armalari, ”Ijod” fondi, Nodavlat notijorat tashkilotlar milliy assotsiatsiyasi va boshqa jamoat tashkilotlari. O‘zbekiston Respublikasi 120 dan ortiq millatlar va elatlarni birlashtirgan ko‘p millatli davlat. Bugungi kunda respublikada yashovchi har bir fuqaro millati kelib chiqishi, dini va irqidan qat’iy nazar teng huquq va imkoniyatlariga ega. Aynan mana shu tamoyil milliy siѐsatimizning asosini tashkil etadi. Respublikadagi barcha millatlarni rivojlanishiga katta e’tibor qaratilib, ularning tili va dinini hurmat qilish, milliy va xalq an’analarini saqlash, erkin va har tomonlama taraqqiѐtni ta’minlash maqsadida 110 ga yaqin milliy markazlar tashkil etilgan. bularning faoliyatini 1993 yil yanvarida tashkil etilgan Respublika baynalmilal madaniy markazi boshqarib boradi. Respublikamizda millatlararo munosabatlarda barqarorlikka erishilgan, bu O‘zbekistonda demokratik jamiyat qurishning garovidir. Millat va elatlarga o‘zaro hurmatda bo‘lish – jamiyat ma’naviy barkamolligining belgisidir. Bu holat davlatdagi milliy barqarorlikdan tashqari, bu barqarorlikning yanada mustahkamlanishi uchun zamin yaratadi.

Download 139.38 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   28




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling