Ikkinchi jahon urushi yillarida o’zbek xalqining fashizm ustidan


Sovet hokimiyatiga qarshi qurolli harakat, uning bosqichlari va natijalari. Xiva xonligi va Buxoro amirligining tugatilishi


Download 139.38 Kb.
bet3/28
Sana31.03.2023
Hajmi139.38 Kb.
#1312399
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   28
Bog'liq
3 мавзу сиртқи

Sovet hokimiyatiga qarshi qurolli harakat, uning bosqichlari va natijalari. Xiva xonligi va Buxoro amirligining tugatilishi.

O‘lka xalqlarining milliy ozodlik kurashiga shu kurashda xalq ichidan yetishib chiqqan qo‘mondonlar (qo‘rboshilar) rahbarlik qildilar. 1918 yilning fevralida Qo‘qonga yaqin Bachqir qishlog‘ida qo‘rboshilar qurultoyi bo‘lib, unda 40 ga yaqin qo‘rboshilar ishtirok etdilar. Qurultoyda sobiq Qo‘qon shahri militsiyasi boshlig‘i va muxtoriyatda ham yuqori lavozimni egallagan kichik Ergash musulmon lashkarlarining bosh qo‘mondoni etib saylandi.
Qo‘qon yaqinidagi (Bachqirda) jangda (1918 y. 27 fevral) kichik Ergash halok bo‘ladi. Uning o‘rnini Bachqir qishlog‘ilik katta Ergash (uni mulla Ergash ham deyishgan) egallaydi. 1918 yilning yozida harakat safiga Marg‘ilon shahrida militsiya boshlig‘i bo‘lib ishlagan Muhammad Aminbek Ahmadbek o‘g‘li (1892-1920) kelib qo‘shiladi. U avvaldan Rossiya mustamlakachiligiga qarshi o‘z harakatlari bilan nom qozongan bo‘lib, 14 yil surgunda bo‘lgan. U surgundan qaytgach, Sovet hukumati Marg‘ilon shahar militsiyasi boshlig‘i edi. Lekin Sovet tuzumining zo‘ravonlik siyosati va xunrezliklarini ko‘rgach, qurolli harakat qatnashchilari safiga kelib qo‘shildi. U o‘z oldiga sovet hokimiyatini ag‘darish va Farg‘ona muxtoriyatini tiklash vazifasini qo‘ygan edi. Muhammad Aminbek bu harakatdagi faoliyati bilan bosh qo‘mondonlik darajasigacha erishdi va tariximizga Madaminbek nomi bilan kirdi.
1918 yilning o‘rtalariga kelib Farg‘ona vodiysida 15 mingdan ortiq yigitlarni birlashtirgan 100 ga yaqin qo‘rboshilar o‘z guruhlari bilan sovet tuzumiga qarshi harakat qilayotgan edi.
Qo‘rboshilar maqsadlarining turlichaligi, ko‘p hollarda ularning jipslashib, birlashib harakat qilmaganligi, sovet tuzumining ustakorona, ayyorona ish tutishlari yurt mustaqilligi uchun olib borilgan bu harakatni mag‘lubiyatga olib keldi.
1920 yilning 27-30 aprel kunlaridagi Butunxorazm qurultoyida Xiva xonligi tugatilganligi va Xorazm Xalq Sovet Respublikasi (XXSR) tuzilganligi e’lon qilindi. Qurultoyda XXSR Muvaqat Konstitutsiyasi ham qabul qilindi. Shuningdek, unda 15 kishidan iborat hukumat – Xalq Nozirlar kengashi tuzilib, uning raisi etib Yosh xivaliklar rahbarlaridan biri-Polvonniyoz Yusupov saylandi.
1924 yildagi milliy davlat chegaralanishi natijasida esa Buxoro davlat sifatida tugatilib, O‘zSSR tarkibiga kiritildi.
Sovet hukumati XXSR ichki ishlariga aralashib, 1920 yil sentabrda XXSR bilan ittifoq shartnomasini ham tuzdi. Bundan maqsad bu yerdagi siyosatni o‘z manfaatlariga moslash edi. Sovet hukumati yo‘lidan yurmagan hukumat rahbarlari esa uch marta (1921 yil mart, sentabr, noyabrda) o‘zgartirildi.
Butun xorazm Sovetlarining 1923 yil oktabrida bo‘lib o‘tgan IV qurultoyida XXSR ni Xorazm Sovet Sotsialistik Respublikasi (XSSR) deb e’lon qilindi va respublikaning yangi Konstitutsiyasi qabul qilindi. Unda bu respublikaning endi sotsialistik taraqqiyot yo‘lidan borishi ta’kidlanib, yerga bo‘lgan xususiy mulkchilik bekor qilindi, ular umumxalq mulki deb e’lon qilindi.
Ana shu tariqa Xorazm xalqlarining xohish-istagiga zid ravishda boshqaruv sovetlar qo‘liga o‘tdi.




  1. Download 139.38 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   28




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling