Ikkinchi jahon urushi yillarida o’zbek xalqining fashizm ustidan


Urush yillarida O‘zbekistonning sanoati va qishloq xo‘jaligi


Download 139.38 Kb.
bet7/28
Sana31.03.2023
Hajmi139.38 Kb.
#1312399
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   28
Bog'liq
3 мавзу сиртқи

2.Urush yillarida O‘zbekistonning sanoati va qishloq xo‘jaligi.
Barcha sanoat korxonalari harbiy izga solinib, minomyot va avtomatlar, samolyot va tanklar uchun ehtiyot qismlar va boshqa harbiy qurollar ishlab chiqara boshladilar. 1941 yil dekabrigacha Toshkent shahridagi 137 sanoat korxonalarining 64 tasi qurol-yarog‘lar, front uchun zarur mahsulotlar ishlab chiqarishga kirishdi.
Ularning eng yiriklari Chkalov nomli 84-aviatsiya zavodi, Moskva kabel zavodi, Harkov elektrostanok zavodi, ko‘tarma kranlar zavodi, Rostovdan keltirilgan “Krasnыy Aksay”, Sulsk nasos zavodi, vagon-remont zavodi, “Krasnыy put” zavodi, Kiev “Transsignal” zavodi, “Kinap” zavodi va boshqalar edi.
Korxonalarda ishlayotganlarni asosan keksalar, yoshlar va xotin-qizlar tashkil etar edi. Urushning bir yarim yili mobaynida O‘zbekiston sanoatida ayollarning salmog‘i 29% dan oshib, 1943 yilda 63,5% ni tashkil qilar edi.
Respublika sanoat korxonalari quvvatlarining kengayishi, ko‘chirib keltirilgan zavodlarning ishga tushishi birinchi navbatda elektr energiya va yoqilg‘i ishlab chiqarishni keskin oshirishni talab qildi. 1942 yil 18 noyabrda VKP (b) MQ va SSSR Xalq Komissarlar Soveti “O‘zbekiston SSR da beshta gidroelektrostansiya qurilishi to‘g‘risida” qaror qabul qildi. O‘zbekistonda metallurgiya zavodi qurish, ko‘mir va neft qazib olishni ko‘paytirish tadbirlari ham belgilandi. O‘zbekistonda yangi sanoat korxonalari va energetika tarmoqlari qurilishi uchun 1 mlrd. so‘m ajratildi.
Urush yillarida Bo‘zsuv daryosi o‘zanlarida Tovoqsoy, Oqqovoq, Salar, Quyibo‘zsuv, Oqtepa, Qibray GESlari, Samarqand viloyatida Taligulyan GESi, 30 ga yaqin kichik kolxoz GESlari, shaharlar va yirik korxonalar yonida kichik GESlar qurilib ishga tushirildi. O‘zbekistonda elektr energiyasi ishlab chiqarish qariyb 2,5 baravarga, ya’ni 1940 yildagi 482 mln. kilovatt soatdan 1945 yilda 1187 mln. kilovatt-soatga ko‘paydi.


3.O‘zbekistonlik jangchilarning II jahon urushi janggohlaridagi jasoratlari.
Urush yillarida o‘zbekistonlik mard jangchilardan 1753 kishi “Moskva mudofaasi uchun” 2733 jangchi “Stalingrad mudofaasi uchun”, shuningdek, 5931 kishi Varshavani, 6846 kishi Pragani, 804 kishi Belgradni, 2430 kishi Budapeshtni, 2000 kishi Venani, 1706 kishi Berlinni olganligi uchun medallari bilan taqdirlandilar. 109208 jangchiga Germaniya ustidan qozonilgan g‘alaba uchun medali topshirildi.
Millatimiz, xalqimiz o‘g‘il-qizlarining jang maydonlarida afsonaviy qahramonlik namunalarini ko‘rsatgan 120 ming nafarlarini sobiq ittifoq orden va medallari bilan taqdirlanganligi, 300 nafar o‘zbekistonlik jangchiga Sovet davlatining eng yuksak unvoni “Sovet ittifoqi Qahramoni” berilganligi g‘alabaga qo‘shilgan ulkan hissaga berilgan baho edi.

Download 139.38 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   28




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling