2-jahon urushi yillarida O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi


Download 0.6 Mb.
bet1/2
Sana23.12.2022
Hajmi0.6 Mb.
#1048594
  1   2
Bog'liq
2-jahon urushi davrida qishloq xo\'jalik


2-jahon urushi yillarida O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi.
Reja.
Kirish.

Kirish.


Urish boshlanishi bilan respublika qishloq xo'jaligida ham front va frontortini qishloq xo'jalik mahsulotlari bilan, sanoatni esaxom ashyo bilan ta'minlash vazifasi turardi. Buninguchun xalq xo'jaligining barcha sohalari kabi, qishloqxo'jaligini ham harbiy izga solish, texnik ekinlar, don, poliz va sabzavot ekinlarini ko'paytirish, chorvachilikmahsulotlarini oshirish zarur edi.
Bu jiddiy muammolarni tez hal qilish bir nechasabablarga ko'ra og'irlashdi. Avvalo, Markaz hukumati paxta yakkahokimligiga yo'l berganligi sababli, respub-likaning dehqonchiligi asosan paxta ekishga moslashibbo'lgan edi. Endi donni O'zbekistonda yetishtirishmuammosi ko'ndalang bo'ldi. Markaz O'zbekistonoldiga oziq-ovqat bilan ta'minlash vazifasini qo'yarkan, paxta maydonlarini kamaytirmashkni ham talab qildi.Chunki mudofaa sanoati uchun paxta muhim xom ashyosanalardi. Ikkinchi tomondan, urush boshlanishi bilanMTS va sovxozlarga yangi traktorlar, qishloq xo'jalikmashinalari va ularga ehtiyot qismlar kelishi barhamtopdi, yoqilg'i va mineral o'g'itlar berilishi kamaydi.Aksincha, traktorlar, avtomobillar va otlarning bir qismiharakatdagi armiya ehtiyojlari uchun ulardan olibqo'yildi. Natijada qo'l mehnatiga ehtiyoj oshdi, yerho'kizlarda omoch va pluglar bilan haydala boshlandi.
Navbatdagi muammo — kadrlar masalasi edi.Malakali kadrlar va qishloq aholisining mehnatga yaroq-li asosiy qismi frontga safarbar etildi. Mehnatga layoqatlinecha-necha ming qishloq ahli sanoat va qurilishga jalbetildi. Shu sababli 1941—1942-yillarda mehnatkaslidehqonlar soni 20 foizga,1945-yilga kelib 40 foizgakamaydi. Ayniqsa, mexanizatorlar soni kamayib ketdi —30 mingdan 3 mingga tushdi. Urushga ketganlarningo'rnini ayollar, qariyalar va o'smirlar egalladilar.
1941-yildayoq qishloq xo'jaligining barcha bo'g'in-laridagi ish tartibini qat'iylashtirish yuzasidan sho-shilinch choralar ko'rildi. Kolxozlarda eng kam miq-dordagi majburiy mehnat kunlari soni urushdan oldingi-ga qaraganda 1,5 baravar oshirildi. O'smirlar uchunham,12 yoshdan boshlab, eng kam miqdordagi mehnatkunlari belgilandi. Belgilangan miqdordagi mehnat kun-larini ishlab bermagan kolxozchilar va ularning oila a'zo-lari sudga berilar edi.
Ushbu choralar qishloqda qolgan kam sonli mehnat-ga layoqatli aholining kuch-qu vvatini eng muhimqishloq xo'jalik ishlarini bajarishga qaratdi. Biroq, qishloq mehnatkaslilarining tabiati bunday qattiqchoralarni talab qihnas edi.Barcha qiyinchiliklarga qaramay, qishloq ahli frontnizarur mahsulotlar bilan ta'minlash uchun fidokorona mehnat qildi. 1941-yili davlatga 1,6 mln tonnadan ziyodpaxta topshirildi, sabzavot, poliz ekinlari, meva, pilla, jun, go'sht topshirish majburiyatlari oshig'i bilan bajaril-di. Don va texnik ekinlarni ko'paytirish harakati nati-jasida 1942-yil bahorida qo'shimcha 220,5 ming gektaryer o'zlashtirildi. Qishloq xo'jalik ekinlarining miqdoriham o'zgardi. Urushgacha ekin maydonlarining 90 % idapaxta ekilgan bo'lsa, urush yillarida bu ko'rsatkich anchakamaydi. Chunonchi, Farg'ona viloyatida paxta may-doni 51 % ga kamaydi. Natijada oziq-ovqat mahsulotlaritayyorlash imkoni oshdi.
Urushning suronli yillaridagi mashaqqatli mehnatnatijasida don muanimosi hal etila boshlandi. Bu yillar-da davlatga 82 mln pud don,213 ming sentner sholi top-shirildi. Don ekini maydonlarini kengaytirish va respub-lika uchun yangi ekinlar — qand lavlagi, kanop vaboshqalar ishlab chiqarish ham kun tartibida bo'ldi.
Urush yillarida qishloq xo'jaligini tashkil etish.Qishloq xo'jaligi mahsulotlarini ko’proq ishlab chiqarish masalasi sug’oriladigan dehqonchilik sharoitlarida boshdan-oyoq irrigatsiya quv-vatlariga bog'liq edi. Bu qu vvatlarni oshirish va shu asos-da ekin maydonlarini kengaytirishni ta'minlash muhimxalq xo'jaligi vazifasiga aylandi. Respublikada irrigatsiyaqurilishi yuksak sur'atlar bilan davom etib bordi:Shimoliy Toshkent kanaUni barpo etish 15 ming gektaryerni sug'orish imkonini berdi. Buxoro viloyati Koson, Qarshi va Beslikent tumanlarining kolxozchilari Ruda-soy suv omborini qurdilar. Kolxoz dehqonlari va butun O'zbekiston mehnatkaslilarining kuchlari bilan YuqoriChirchiq, Shimoliy Farg'ona, So'h-Shohimardon, Uchqo'rg'on kanallari, Kosonsoy suv ombori bunyodetildi.
Kattaqo'rg'on suv ombori suvga to'ldirila bosh-landi. Natijada respublika sug'oriladigan yerlariningmaydoni faqat 1942—1943-yillar mobaynida 546 minggektarga kengaydi. Samarqand, Farg'ona, Toshkentviloyatlarida qand lavlagi uchun unumli yerlar ajratilib,1943-yili 1,5 mln sentnerdan ortiq lavlagi davlatga top-shirildi. O'zbekistonga ko'chib kelgan Ukraina va Belorussiya olimlari, kokozchilari, agronomlari bebahoyordam ko'rsatdilar. Qand lavlagini qayta ishlovchiZirabuloq, Qo'qon va Yangiyo'l qand zavodlari qurildi.Urush yillarida respublika butun mamlakatda ishlabchiqiladigan qandning to'rtdan bir qismini berar edi.Bundan Tashqari kungaboqar, zig'ir, kanop, makka-jo'xori, kunjut kabi oziq-ovqat mahsulotlari yetishtirishham yo'lga qo'yildi va yildan-yilga oshib bordi.
Respublika qishloq xo'jaligining xalq xo'jaligi vamudofaada katta o'rin tutgan sohasi ipakchilik bo'libqolaverdi. Qorako'lchilikka ham ahamiyat berilar edi.Chorvachilik juda tig'iz vazifalarni bajarib bordi, go'sht, yog' va sutga ortib borayotgan talablarnigina emas, teriva junga bo'lgan talablarni ham ta'minladi.
Urush yillarida O'zbekiston meva, uzum, sabzavot vapoliz mahsulotlari ishlab chiqarishda alohida o'rin tutdi.Sabzavot maydonlari 1942-yili 1939-yilgi 16,5 mingdan29 ming gektarga oshdi. Uzumzorlar maydoni 1940-yili26,6 ming gektar bo'lsa,1943-yili 31,7 ming gektargayetdi. Respublikada mustalikam oziq-ovqat bazasi yaratishyuzasidan qo'yilgan vazifa bajarilgan edi. Respublikaichki talablarni qondirish bilan cheklanmay, frontni va ozod etilgan shahar va tumanlarni qishloq xo'jalik mah-sulotlari bilan ta'minlashda ham qatnaslidi, shuningdek, ozod etilgan rayonlarga talay chorva, urug'lik va qishloqxo'jalik texnikasi yuborildi.
Urush yillarida paxta ishlab chiqarishni oshirish engmuhim vazifa bo'lib qoldi. Qishloq xo'jaligini qayta qu-rishning murakkab sharoitlarida harbiy talablargamuvofiq, respublika 1941-yili paxta topshirish rejasinimuvaffaqiyat bilan bajardi. Lekin keyingi ikki yil davo-mida paxta tayyorlash rejasi bajariimay qoldi, Chunkig'o'za ekiladigan maydonlar salmog'i keskin kamayib, g'o'za hosildorligi pasayib ketgan edi. Mexanizatsiyadarajasining pasaygani, mineral o'g'itlardan foydalanishqisqargani va paxta yetishtirish agrotexnikasi yomonlash-gani ham ta'sir o'tkazdi. Chopiq, sug'orish, irrigatsiyatarmoqlarini tozalash ishlarmi muntazam olib borishuchun ishchi kuchi yetishmas edi.
Biroq urush davri sharoitidagi bu obyektiv omillarniMarkaz hukumati rahbariyati inkor etdi. Shunday og'irsharoitda o'zbek qishloq ahli 1942—1943-yillarda mar-donavor mehnat qilganligi inobatga olinmadi. Aksincha, paxta tayyorlash rejasi bajarilmagani uchun javobgarlikmahalliy partiya va xo'jalik organlari bo'yniga qo'yilib, ular qishloq xo'jaligini boshqarishni operativ ravishdaqayta qurishga layoqatsizlikda ayblandilar va jazolandi-lar. Hatto O'zbekistonning o'sha paytdagi rahbari Usmon Yusupov qattiq ogohlantirish bilan jazolandi.Holbuki, u urush yillari O'zbekistonga mohirlik bilanrahbarlik qilgan edi.
Paxtachilikni yuksaltirish vazifalari 1944-yil yanvari-da o'tkazilgan birinchi respublika paxtakorlari qurultoyi-da jiddiy muhokama qilindi. Paxtakor xo'jaliklarniTashkiliy jihatdan yiriklashtirish zarurligi e'tirof etildi.Tajribali paxtakorlar xalq xo'jaligintng boshqa uchast-kalaridan paxta dalalariga qaytarib kelindi, suvdan foy-dalanish, dalalarni o'g'itlar bilan ta'minlash ishlari yax-shilandi. Davlatga 820 ming tonna,1943-yilga nisbatan325 ming tonna ko'p paxta topshirildi.
Shunday qilib, urush yillarida O'zbekiston qishloqxo'jalik ahli eng murakkab va og'ir sharoitlarda mehnat qilib,4 mln tonnadan ziyod paxta xom ashyosi,82 mlnpud don,55 ming tonna pilla,1,1 mln tonna sholi,57,5ming tonna meva va uzum,36 ming tonna meva,159,3ming tonna go'sht,22,3 ming tonna jun va boshqa mah-sulotlar yetkazib berdilar. Bu fasliizm ustidan qozonilgang'alabaga qo'shilgan munosib hissa edi.

2-reja
Urushning dastlabki kunlaridayoq urushgacha sovet davlatida ishlab chiqariladigan temirning 68 foizini, po‘latni 58 foizini, alyuminning 60 foizini beradigan G‘arbiy rayonlardagi sanoat korxonalarining ko‘pchiligini dushman bosib olgan edi. Shu bois dushman ustidan g‘alabani ta’minlaydigan sanoat ishlab chiqarishini yo‘lga qo‘yish kerak edi. Bu masalada O‘zbekiston ham alohida o‘rin egallashi zarur edi.


Buni anglab yetgan Respublika Komfirqasi Markaziy Qumitasi o‘zining 1941 yilning 25 avgustida bo‘lib o‘tgan byurosida respublikamizdagi mavjud sanoat korxonalari faoliyatini urush manfaatlariga qaratib qayta tashkil qilish tug‘risida qaror qabul qildi. Bunga asosan urushgacha tinchilik davriga xos mahsulotlar ishlab chiqarayotgan korxonalar front uchun qurol-yaroq, texnika ishlab chiqaradigan korxonalarga aylantirildi.
1941 yilning oxirlariga kelib 300 zavod va fabrika front uchun mahsulot berayotgan edi. Bundan tashqari elektr energiyasi, yoqilg‘i bazalarini rivojlantirishga ham katta e’tibor berildi.
Urushning dastlabki kunlaridan boshlab O‘zbekiston mehnatkashlari milliy harbiy qismlarni respublika hududida tuzish tashabbusi bilan chiqdilar. I.V.Stalin boshchiligida 1941 yil 30 iyunda tuzilgan Davlat mudofaa Qumitasi bu tashabbusni qo‘llab-quvvatladi va 1941 yilning 13 noyabridan bunday milliy harbiy qismlar tuzishga ijozat berdi.
Shundan keyin respublikamizda ko‘plab bunday qismlar tuzilib, ularning jangchilari jang maydonlarida mardlik va jasorat namunalarini ko‘rsatdilar.
Mehnatga yaroqli erkaklarning deyarli aksariyati frontga safarbar etilganligini o‘z mahsulotlari bilan front ehiyojlarini qondirishi havodek zarur bo‘lgan respublika zavob va fabrikalarida ishchi kuchi, ayniqsa malakali injener-texnik xodimlar yetishmas edi. Bu muammoni hal qilish maqsadida respublikada bir qancha hunar bilim yurtlari qisqa muddatli kurslar, oliy o‘quv yurtlari yangidan tashkil qilindi.
Vatan uchun o‘ta og‘ir bo‘lgan bu urush yillarida O‘zbekiston xotin-qizlari mamlakat boshiga tushgan fojiani o‘z fojialari deb bilib, o‘zlarining bor kuch imkoniyatlarini uning himoyasiga uni har tomonlama qo‘llab-quvvatlashga qaratdilar. Hali 1941 yilning iyul oyidayoq Ursatvevsk stansiyasida 300 dan ortiq Samarqand shahrida 250 dan ko‘proq «Tashselmash» zavodida 220, Andijon paravoz deposida 120 dan ortiq xotin-qizlar frontga ketgan erkaklar o‘rnida mehnat qilishga kirishdilar. Xotin-qizlarning bunday tashabbuslari tez orada butun respublika hududlari bo‘ylab ommaviy tus oldi.
Urushning dastlabki kunlaridanoq Respublikada umumxalq mudofaa fondi tashkil qilinib, bu fondga hali 1941 yilning 21 avgustigacha 5 million 293 ming so‘m pul, zayom obligatsiyalari va qimmatbaho buyumlar topshirildi. Mudofaa fondiga topshirilgan bunday mablag‘lar butun urush yillarida ham davom etib, uning hajmi doim ortib bordi. Buni biz 1941-45 yillar davomida bu fondga Respublikamiz mehnatkashlari tomonidan t650 million sum pul va zayom obligatsiyalari,22 million so‘mlik qimmatbaho buyumlar, 55 kg qimmatli metallarni topshirilganida yaqqol ko‘rishimiz mumkin.
Shunday qilib O‘zbekiston mehnatkashlari ikkinchi jahon urushi yillarida Gitlerchilar va Germaniyasining sobiq Sovet ittifoqiga qilgan yovuzlarcha hujumini, o‘z boshiga tushgan fojia, og‘ir hayot mamot sinovi deb baholab, o‘zlarining barcha kuch va imkoniyatlarini umumiy, Vatan himoyasiga qaratdilar.
Mamlakat boshiga tushgan harbiy holat front orqasini mustahkamlashga qaratilgan kechiktirib bo‘lmaydigan vazifalarni amalga oshirishni talab qilar edi.
Mamlakatni xalq xo‘jaligini harbiy maqsadlarga qaratib qayta qurish mamlakatni yagona harbiy lagerga aylashtirishga qaratilgan umumiy dasturning muhim tarkibiy qismi qilib qo‘yilgan edi.
Bu masalada Sharqiy rayonlarga, jumladan O‘zbekistonga katta e’tibor berildi. Respublika yuqorida aytib o‘tilganidek, bu davrda soyet armiyasining orqadagi mustahkam istehkomi, tayanchi bo‘lishi kerak edi. Shuning uchun urushning dastlabki oylaridan boshlab mamlakatning boshqa Sharqiy rayonlari kabi O‘zbekisonga sovet Ittifoqining ichkari rayonlaridan yuzlab sanoat korxonalari, kolxoz va sovxozlarning mol-mulklari, madaniyat va maorif muassasalari yuz minglab odamlar, bolalar evakuatsiya qilindi. (ko‘chirildi) O‘zbekistonga 100 dan ortiq sanoat korxonalari ko‘chirib kelingan bo‘lib bular jumlasiga V.P.Chkalov nomidagi Moskva aviatsiya ishlab chiqarish korxonasi, Lenigrad to‘qimachilik mashinalari zavodi, Rostselmash, Krasno‘y Aksay, Sumo shahridan keltirilgan kompressor, Leningraddan keltirib Samarkand shahrida o‘rnatilgan KINAP zavodi, Moskvadan keltirilgan «Podyemnik» «Elektrostanok» zavodlari Stalingrad ximkombinati va o‘nlab korxonalar kiradi.
Mamlakat ichkaridan respublikamizga ko‘chirib kelingan bu korxonalarni juda qisqa vaqt ichida o‘rnatib, ularda mahsulot ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish zarur edi. Chunki mamlakat boshiga tushgan vaziyat shuni taqozo qilardi.
Respublika rahbariyati, uning mehnatkashlari buni anglagan holda bu ishga o‘zlarining butun kuch va imkoniyatlarini ishga soldilar. Natijada ko‘chirib kelingan korxonalarning barchasi qisqa vaqtlarda o‘rnatilib ishga tushirildi.
«Rostselmash» zavodining ayrim sexlari uch hafta ichida qurilib, frontga mahsulot berishni ta’minlangan bo‘lsa bu zavodning o‘zi ikki oy ichida qurib bitirilgan edi. 1941 yilning oxiriga kelganda Respublikamizga ko‘chirib kelingan korxonalardan 50 tasi (yarmi) qurilib bo‘lib, ulardan juda zarur front mahsulotlari olinayotgan edi.
Yuqorida aytib o‘tganimizdek, yrik sanoat korxonalaridan tashqari Respublikamizga bu og‘ir yillarda boshpanasiz qolgan oilalar, yetim go‘daklardan 7-6 ming kishi keltirib joylashtirildi. Faqat 1941 yildagina 200 ming bola baolalar uyiga joylashtirilgan edi. O‘zining baynalminallik burchiga doim sadoqatli bo‘lib qolib kelayotgan o‘zbek xalqi ko‘chirib keltirilgan aholiga, bolalarga mehribonlik bildirib, ularga mehr – oqibat ko‘rsatdi, kiyim-kechak, oziq-ovqat berdi.
Yuzlab, minglab o‘zbek oilalari yetim bolalarni saqlab olib ularni o‘z bolalari kabi ardoqlab, avaylab, o‘stirib, voyaga yetkazib uyli joyli qiladi.
Jumladan, Toshkentlik temirchi Shoahmad Shomahmudov o‘z turmush o‘rtog‘i Bahri opa bilan ota-onasiz yetim qolgan bolalardan 16 tasini olib tarbiyalab voyaga yetkazdilar va mustaqil hayotga uzatdilar.Bunday misollar bu yillarda respublikamizda ko‘plab topilar edi.
Shunday qilib, respublikamiz, uning mehnatkashari urush yillarida fashizmga qarshi hayot-mamot janglarini olib borayotgan sovet armiyasining front orqasidagi haqiqiy ishonchli va qudratli tayanchiga aylandi. Bu esa mamlakatning Germaniya va uning ittifoqchilari ustidan qozongan g‘alabasini ta’min etishga katta rol o‘ynadi.
Mamlakat urushga tortilib uning barcha hududlarida umumiy safarbarlik e’lon qilinib, butun kuch va imkoniyatlar urushga, dushman ustidan qozoniladgan g‘alabalaga qaratilar ekan, bunda shu g‘alabani ta’min etish imkoniyatini berdigan xo‘jalikni barpo etish o‘ta dolzarb masalalardan biri qilib qo‘yilgan edi. Bu masalani shu davrda bunday o‘tkir qilib qo‘yilishi biz bundan yuqoridagi fikrlarimizda aytib o‘tganimizdek, urushgacha mamlakat og‘ir sanoati mahsulotining 60 –70 foizini qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini ham talay qismini yetkazib berayotgan g‘arbiy rayonlar dushman qo‘liga tushib qolgan edi.
O‘zbekiston respublikasi rahbariyati mamlakatda vujudga kelgan bu vaziyatdan kelib chiqib 1941 yilning 25 avgustida respublika Komfirqasi Markaziy Qumitasining byurosini chaqirib, unda sanoat korxonalari ishiga rahbarlik qilish uchun hukumat komissiyasini tuzdi. Bu komissiya respublikadagi shu vaqtgacha faoliyat ko‘rsatayotgan sanoat korxonalarini urushga kerakli mahsulotlar ishlab chiqaradigan korxonalarga aylantirdi, g‘arbiy rayonlardan keltirilgan zavod-fabrikalarni respublika hududlarilda o‘rnatib harbiy mahsulotlar ishlab chiqarishni ta’min etdi. Bundan tashqari komissiya mudofaa sanoati korxonalarni kerakli yoqilg‘i, elektr quvvati va metall bilan ta’minlash borasida ham katta ishlarni amalga oshirdi. Xususan, 1942 yil noyabrigacha Chirchiq, Toshkent energetika sistemalarining quvvatini 160-170 ming kilovatga yetkazish, 4-5 oy ichida Toshkent yaqinida ko‘mirda ishlab 60-70 ming kilovatt elektr energiyasi bera oladigan issiqlik elektro stansiyasi qurish rejalashtirildi. Bundan tashqari bu yillarda respublikada ko‘mir, neft va metall ishlab chiqarishni kuchaytirish choralari belgilandi. Natijada Solar, 1-quyi Buzsuz (birinchi navbatini) 2-Oqqovoq (ikkinchi navbatini), Farhod gidroelektro stansiyalarini qurish boshlab yuborildi. Xullas 1942 yilga kelib respublikada xalq xo‘jaligini harbiy izga solish ishlari asosan yakunlandi.
Respublika mehnatkashlarining front orqasidagi mehnat jasoratlari tufayli 10 oy ichida Sirdaryo jilovlanib, Farhod GESi bunyod etildi. Uning ikki agregati (birinchi navati) 1946 yili ekspluatatsiyaga topshirildi. Respublikada urush yillarida Tovoqsoy, Oqtepa, Oqqovoq, Qibray, Solar, Qutbozsuv va boshqa gidroelektrostansiyalar qurilib ishga tushirildi. Natijada respublikada elektroenergiya ishlab chiqarish 1940 yildagi 482 million kv soatdan 1945 yilda 1.187 million kv soatga ko‘paytirildi. Urush yillarida respublikada yoqilg‘i sanoatini rivojlantirishga ham katta e’tibor berildi.
Respublikadagi mavjud eski neft, ko‘mir konlari kengaytirilib, Angren, Sharg‘un, Qizil qiya va boshqa yangi konlar ochilib ishga tushirildi. Ayniqsa bu yillarda respublikamizda qurilgan sanoat korxonalari ichida yetakchisi bo‘lgan Bekobod metollurgiya zavodining 1944 yilning mart oyida qurilib ishga tushishi katta ahamiyatga ega bo‘ldi.
Urush yillarida Olmaliq shahrida mis koni topilib, ishga tushirilgan bo‘lsa, Chirchiq, Qo‘qon shaharlarida yirik ximiya sanoati korxonalari bunyod etildi. Shuningdek, bu yillarda to‘qimachilik, poyabzal yengil va oziq-ovqat sanoati va transport tarmoqlarini rivojrivojlantirish masalalarida ham ancha ishlar qilindi. Bular natijasida 1941-1945 yillar ichida respublikada 280 ta yangi sanoat korxonalari qurib ishga tushirildi. Natijada O‘zbekistonda 1945 yilda 1940 yilga qaraganda sanoat mahsuloti ishlab chiqarishning umumiy hajmi 7 baravarga o‘sishi ta’min etilib frontga katta hajmdagi xarbiy sanoat mahsulotlari yuborilishi yo‘lga qo‘yildi.
Urush yillarida respublikamiz sanoati fronga 2090 samolyot, 17342 aviamotor 2318 000 aviabomba, shuncha minomyot, 22 million mina, 560 ming snaryad, 1 millionga yaqin granata, 330 ming poroshyut, 5 bronopoyezd va boshqa mahsulotlar yetkazib berdi.
Biz ma’ruzamizning boshida aytib o‘tganimizdek urushning dastlabki 5 oyi ichida fashistlar Germaniyasi qo‘shinlari 1941 yilning iyunigacha 75 mln aholi yashab turgan 1,5 mln kv km mamlakat yerini bosib olgan edi. (Sovet Ittifoqining urush arafasidagi aholisining soni 194 mln kishini tashkil etganini hisobga olsak 75 mln juda katta raqam edi.)
Urushning boshida dushman bosib olgan katta hududning anchasi qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishi rayonlari edi.
Shuning uchun mamlakat aholisining, frontni oziq ovqat kiyim-kechak, sanoat korxonalarini xom-ashyo bilan ta’minlash ishida katta qyinchiliklar yuzaga keldi.
Mamlakatda vujudga kelgan bu og‘ir vaziyatni muhimligini tushungan O‘zbekiston qishloq mehnatkashlari urush sharoitida mamlakatga kerak bo‘lgan qishloq xo‘jalik mahsulotlarini yetkazib berishga qaratib o‘z faoliyatini qayta qurishga kirishdilar.
Biroq bu osonlikcha kechmadi. Urush tufayli markaziy rayonlardan traktorlar, mashina mexanizmlari va boshqa texnika vositalarining respublikaga keligi uzilib qolganligi, qishloq xo‘jaligida mehnat qiladigan ishchi kuchining asosiy qismini fronga ketganligi (kolxozchilarning 30 foizini fronga ketgan edi.), o‘g‘it va yoqilg‘i bilan qishloq xo‘jaligini yomon ta’minlanganligi katta qiyinchiliklarni keltirib chiqardi.
Urushgacha asosan paxta ishlab chiqarishga ixtisoslashtirilgan respublika endi paxtachilik bilan birga qishloq xo‘jaligini boshqa tarmoqlarini ham rivojlantirishi, frontga, aholiga paxta bilan birga ko‘p miqdorda don, qand lavlagi, pilla, poliz mahsulotlari yetkazib berishi kerak edi.
Bu vazifalarni bajarish o‘z-o‘zidan bo‘lmay qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishni tashkil etishga endi qattiqroq, jiddiyroq qarashni talab qilardi. Buni hisobga olgan holda, urushning dastlabki oylaridan boshlab respublika qishloq xo‘jaligida ish sharoiti sezilarli darajada og‘irlashtirildi. Kolxozlarda majburiy mehnat kuni minimumi urushdan oldingi davrga qaraganda 1,5 marta ko‘paytirildi, 12 yoshdan boshlab bolalarga mehnat kuni minimumi belgilandi. Belgilangan mehnat kuni minimumini bajarmagan kolxozchi va ularning oilalari sud javobgarligiga tortilgan.
Respublikamiz qishloq mehnatkashlari shunday og‘ir sharoitlarda ham o‘z ustilariga yana oshirilgan majburiyatlarni olib, o‘zlarining kundalik ish formalarini 1,5 –2 marta oshirib bajardilar.
Urush yillarida qishloq mehnatkashlarining mehnat jasoratlari tufayli respublikada yangi suv inshootlari qurildi, yangi yerlar ochilib, ekin maydonlari kengaytirildi. Jumladan bu yillarda Shimoliy Toshkent kanali, Yuqori Chirchiq, Shimoliy Farg‘ona, Sox-Shohimardon, Uch-qurg‘on kanallari Kosonsoy suv ombori qurildi, Katta-qurg‘on suv omborini suv bilan to‘ldirish boshlandi.
Bu suv inshootlarining qurilishi natijasida faqat 1942-1943 yillardagina respublikaning sug‘oriladigan yerlar maydoni 546 ming gektarga ko‘paydi. Buning natijasida respublika ham 1942 yili 1940 yildagiga qaraganda g‘allani 45% ga ortiq topshirdi.
Biroq shuni alohida qayd qilish zarurki, urush yillarida ham respublikamiz mamlakatni asosiy paxta yetkazib beradigan rayoni bo‘lib qolayotgan edi. Ayniqsa frontni bu mahsulotga bo‘lgan talabini qondirishda respublika asosiy o‘rinni egallashi kerak edi. Buni idrok etgan respublika qishloq ahli 1941 yilda paxta tayyorlash bo‘yicha davlat topshirig‘in oshirib bajardilar. Shu yili davlatga 1645, 7 ming tonna yoki 1940 yilga nisbatan 200 ming tonna paxta topshirdilar. Shuningdek 1941 yilda 1940 yilga nisbatan 3 marta g‘alla topshirildi.
Respublikamiz qishloq mehnatkashlari urushning keyingi yillarida ham jonbozlik ko‘rsatib, mehnat qildilar. Bu yillarda «Hamma narsa front uchun, hamma narsa g‘alaba uchun!» degan shiorlar ostida mehnat qilish dehqonlarimiz uchun an’anaga aylanib qolgan edi. Ular o‘z ustilariga yildan yilga oshirilgan majburiyatlar olib, «o‘n ming kilogrammchilar», «O‘n besh ming kilogrammchilar» harakatini keng quloch yoydirib mehnat qila boshladilar.Albatta bunday mehnat o‘zining ijobiy samarasini bermay qolmadi.1944-45 yillarda urush sharoitida soha uchun katta qyinchiliklar mavjud bo‘lishiga qaramasdan, davlatga paxta va boshqa qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetkazib berishda yuqori natijalarga erishildi.
Respublikamiz 1944 yilda paxta tayyorlash yillik rejasini muddatdan oldin oshirib bajarib, davlatga 820 ming tonna paxta yetkazib berdi. Bu 1942 yildagiga nisbatan 325 ming tonna ko‘p edi. Dehqonlarimiz 1945 yilda ham paxta tayyorlash rejasini muddatdan oldin 100, 6 foiz qilib bajardilar.
Xullas, O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi mehnatkashlari urush yillarida mamlakatga 4 million 806 ming tonna paxta, 1 mln 282 ming tonna don, 159 ming tonna go‘sht, 54,1 ming tonna meva va boshqa qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetkazib berib umumiy g‘alabaga o‘zlarining munosib hissalarini qo‘shdilar.
Garchand chor hukumati ag‘darilgan bo‘lsa-da, lekin uning mustamlakachilik siyosati va milliy zulmi sho‘ro davlati tomonidan izchillik bilan davom ettirildi. Chorizm davridagi haq-huquqsizlik, adolatsizlik, qirg‘in-barot va milliy boyliklarning talanishi eng yuqori cho‘qqiga ko‘tarildi. Tarixda ko‘rilmagan bunday fojialarning barchasi saltanatparastlik va kommunistik g‘oyaning mahsuli edi, xolos. XX asr 30-yillarida Olmoniyada hokimiyatni egallagan fashistlarning g‘oyasi ham ulug‘millatchilik va saltanatparastlik asosiga qurilgan edi. Ularning irqchilik nazariyasi insoniyat boshiga ne-ne qirg‘in-barotlarni keltirmadi, deysiz.

Fashistlar 1939 yilda Ikkinchi jahon urushini boshlab yubordilar. 1941 yil 22 iyunda esa sobiq Sovet Ittifoqiga hujum qildilar.
Ushbu urush bir xalq va bir mamlakatning boshiga tushgan ofat bo‘lmay, umumjahon hayoti va kelajagini barbod etuvchi dahshatli hodisa edi. Shu munosabat bilan O‘zbekistonning bu urushdagi ishtiroki qanday bo‘lgan, degan savol tug‘ilishi tabiiydir.O‘zbekiston mudofaaning moddiy ehtiyojini ta’minlashda oldingi saflarda turib, nimaiki zarur bo‘lsa, barchasini ayamay sarfladi. Chunonchi, urush yillarida aholi tomonidan mudofaa jamg‘armasiga 649,9 milyon so‘m naqd pul, 4 milliard 226 milyon so‘m zayom puli, 52,9 kilo oltin va kumush topshirildi. Armiyaga 7 518 800 gimnastyorka, 2 636 700 paxtalik, 2 221 200 etik va qo‘njli botinka yuborildi. Yengil sanoat vazirligi korxonalari tomonidan frontga 246 918 700 so‘mlik mahsulot jo‘natilgan.
Qiyinchilik va xomashyo yetishmasligiga qaramasdan, Toshkent to‘qimachilik kombinati front uchun 410 milyon metr gazlama ishlab chiqardi. Shuningdek, ko‘p miqdorda oziq-ovqat mahsulotlari jo‘natildi. Chunonchi, 1 282 000 tonna g‘alla, 482 000 tonna kartoshka va sabzavot, 1000 tonna poliz mahsuloti, quruq va ho‘l mevalar shular jumlasidandir. Faqat 1941 yilning ikkinchi yarmida 59 ming bosh ot frontga olib ketildi. Respublikaning har bir viloyati, shahar va tumani hamda ayrim shaxslar jangchilarga yordam qo‘llarini cho‘zdilar. Masalan, 1942 yilning boshlarida Buxoro viloyatidan 4059 juft issiq kiyim, 9380 juft jun paypoq va qo‘lqop, 5660 qalpoq, 2750 shim, 3000 po‘stin, 18,5 ming litr vino, quruq mevalar olindi. 1943 yilning boshlarida Leningradga Andijon viloyatidan 7884 kilo un va bug‘doy, 5496 kilo yorma bug‘doy, 1160 kilo guruch, 418 bosh qo‘y, 8510 kilo quruq meva, Qoraqalpog‘istondan 224916 so‘m naqd pul, 21614 kilo bug‘doy, 5819 kilo go‘sht, 3700 kilo guruch jo‘natildi. Qoraqalpog‘istondagi Mo‘ynoq baliq kombinatidan 20 milyon banka go‘sht va baliq konservasi olingan edi. Surxondaryo va Toshkent viloyatlari ham jangchilardan hech nimani ayamadilar. 1942 yilning kuzida Surxondaryodan 5998 bosh qoramol, 18 tonna asal, 28 tonna yog‘, 31 tonna quruq meva, 3000 litr vino olindi. Toshkentdan 52 vagonda oziq-ovqat mahsulotlari yuborildi. 1943 yili Surxondaryo viloyati front ehtiyojlari uchun 14 milyon so‘m naqd pul, 330 tonna go‘sht va yog‘, 530 tonna bug‘doy, 180 tonna quruq meva, 33168 dona teri topshirdi.
Kiyim-bosh va oziq-ovqat mahsulotlarini Samarqand, Namangan, Xorazm va boshqa viloyatlar ham frontga jo‘natib turganlar. Shuningdek, hukumat vakillari tomonidan vagonlarda katta miqdorda sovg‘alar olib ketilganligi haqida ma’lumotlar mavjud.
Masalan, 1942 yili respublikaning bir guruh vakillari Leningradga 600 vagon un va go‘sht, 100 vagon guruch, 60 vagon quruq meva olib borganlar.
Urushning to‘rt yili davomida O‘zbekiston davlatga 4 806 000 tonna paxta, 54067 tonna pilla, 1 066 000 tonna g‘alla, 195 000 tonna sholi, 108 000 tonna kartoshka, 374 000 tonna sabzavot va ho‘l meva, 35289 tonna quruq meva, 57444 tonna uzum, 1 593 000 tonna go‘sht, 5 286 000 dona teri topshirgani ma’lum. Ular ham mudofaa ehtiyojlariga sarflangan, albatta. Bundan tashqari, urush yillarida O‘zbekiston aholisi mudofaa jamg‘armasiga jami 649 900 000 so‘m naqd pul o‘tkazib bergan.
O‘zbek xalqi harbiy xizmatchilarning oilalariga ham katta yordam bergan. Chunonchi, 1943 yili ularga 13 858 500 so‘m pul, 1 308 400 kilo oziq-ovqat, 20 750 kiyim-bosh, 40 000 kubometr yoqilg‘i, 73 500 pud g‘alla, 10 000 bosh qo‘y, 2000 bosh qoramol topshirilgan, 350 uy qurib berilgan. Shuningdek, o‘zbek xalqi Rossiya, Ukraina, Belorussiya, Moldaviya va boshqa joylardan ko‘chirib keltirilgan o‘n minglab kishilarga boshpana berib, mehribonlik va g‘amxo‘rlik namunalarini ko‘rsatdi. Jang bo‘layotgan hududlardan ko‘chirilgan bir milyon erkagu xotin va bola boshpana, kiyim-bosh va oziq-ovqat bilan ta’minlandi. 200 ming yetim bolaning talay qismini o‘zbek oilalari o‘z qaramog‘lariga oldilar, farzandlaridan kam ko‘rmay tarbiyaladilar. O‘zbek xalqi jangga ketgan turli millat vakillarining oilalaridan ham moddiy yordamini ayamadi. Minglab bolalar Bolalar uylariga joylashtirildi. Davlat tomonidan berilgan yordam yetarli bo‘lmagani uchun o‘zbek xalqi ularni iqtisodiy jihatdan qo‘llab-quvvatlab turdi. O‘zbekiston 113 harbiy kasalxona — gospitalni ham otaliqqa oldi.
1943 yilning o‘zida harbiy xizmatchilarning oilalariga 24 milyon so‘m naqd pul, 300 ming kiyim-kechak, 50 ming bosh qoramol, 40 ming tsentner g‘alla, 20 ming tsentnerdan oshiq sabzavot berildi.
O‘zbeklarning talay qismi “Ishchi bataloni”ga — Rossiyaga safarbar qilindi. Ularning orasida 16 yoshdan oshgan va hunar bilim yurtini tamomlagan yoshlar ham bor edi. 1943 yilga tegishli ma’lumotda ko‘rsatilishicha, “Ishchi bataloni”dagilarning soni 155 ming kishidan iborat bo‘lgan. Ularning yoshi asosan 40-50 va undan ham ortiqroq edi. Ko‘pchiligi qishloq aholisi hisoblanib, rus tilini bilmasligi va sovuq havoga moslashmagani orqasida ko‘p qiyinchilik va mashaqqatlarni boshdan kechirgan. Yashash sharoitlarining og‘irligi va o‘zlarining eskirgan kiyimlarida ishlashlari oqibatida nihoyatda azob-uqubat chekkanlar. Men o‘zim Sibir gospitalida davolanayotganimda, o‘lkamizdan borganlarning gadoychilik qilib yurganligining guvohi bo‘lganman. Ularning soch-soqollari o‘sgan, kiyimlari yamalgan va kir bosgan edi. Ularning aytishiga qaraganda, ochlik va kasallikdan o‘layotganlar oz bo‘lmagan. “Ishchi bataloni”dagi kishilar O‘rol, Qarag‘anda, Kuybishev, Saratov, Gorkiy, Omsk, Novosibirsk, Moskva, Tula, Yaroslavl, Krasnoyarsk, Xabarovsk, Kemerovo, Chelyabinsk, Sverdlovsk, Perm, Irkutsk, Arxangelsk, Boshqirdiston, Tatariston, Udmurtiya va boshqa joylardagi sanoat korxonalari va konlarda yarim och holda mehnat qilganlar. Kim qanchasi ona yurtidan uzoq joylarda kafansiz ko‘milganlar.
Fashistlarning tor-mor qilinishida O‘zbekistonda urush yillarida ishlab chiqarilgan qurol-aslahalar katta ahamiyat kasb etdi. Sanoatning asosiy qismi harbiy qurol ishlab chiqarishga yo‘naltirilib, ular jang maydoniga uzluksiz yuborib turildi. Ayrim ma’lumotlarga ko‘ra, 2100 samolyot, 17342 samolyot motori, 17100 minomyot, 27 000 tankka qarshi otadigan zambarak qismlari, 60 000 harbiy kimyoviy anjom, 22 milyon mina, 560 000 snaryad, 2 milyon 318 ming aviatsiya bombasi, 1 milyon dona granata,100 chaqirimdan ziyod sim, dala radiostantsiyalari, tank va samolyotlar uchun 3 milyondan ortiq radiolampa, 5 bronepoyezd, 18 harbiy-sanitar va hammom o‘rnida foydalaniladigan hamda kir yuviladigan poyezd, 2200 ko‘chma oshxona olib ketildi.
Shuningdek, o‘zbek xalqining shaxsiy pullari hisobidan tayyorlanib, jang maydoniga yuborilgan qurol-aslahalar ham kam bo‘lmagan. Masalan, tank koloniyasi va aviaeskadiriliya qurish uchun aholidan 320 000 000 so‘m to‘plangan.
O‘zbekiston 1943 yili nemis-fashistlaridan ozod qilingan hududlarga yordam berishni boshlab yubordi. Masalan, mazkur yilning oktyabrida O‘zbekistondan Belorussiya, Ukraina va Rossiyaning dushmandan tozalangan yerlariga 800 nafar vrach safarbar qilindi. 1944 yilning birinchi yarmida esa Ukrainaga 300 tonna g‘alla, 8300 bosh qoramol, 6700 bosh qo‘y jo‘natildi. 1943-44 yillarda ozod etilgan shaharu qishloqlarga Qoraqalpog‘istondan 45 800 000 bosh qoramol va qo‘y yuborildi.
Toshkent temiryo‘lchilari vagonlarda turli xil jihozlarni yubordilar. Sobiq Stalingradni tiklash uchun 350 nafar quruvchi bordi. Xorazmliklar Xarkovga har xil qishloq xo‘jalik texnikasini jo‘natdilar. 1943 yil avgust oyida respublikadan ozod qilingan joylarga 1152 traktor, 25 kombayn, 1138 omoch, 38 seyalka olib ketildi. Sentyabr oyining oxirlarida oziq-ovqat mahsulotlari va jihozlar to‘ldirilgan 374 vagon jo‘natildi. 12 oktyabrda Ukrainaga 450 vagonda sovg‘alar bilan birga 300 tonna g‘alla, 8300 bosh qoramol, 10 ming juft oyoq kiyim, 200 ming gazlama mollari, kasalxona, maktab va radiouzellar uchun jihozlar yuborildi. Voronej va Kursk shaharlariga 275 bosh qoramol, 72 tonna g‘alla, 24 tonna quruq meva olib ketildi.
Bulardan tashqari, respublika bo‘yicha 300 tonna g‘alla, 180 tonna quruq meva, 10 ming juft oyoq kiyim, 200 ming metr gazlama, 2600 ming so‘m naqd pul, yuk mashinasi, telefon stantsiyasi jo‘natildi. Ukraina uchun 350 traktor, 200 avtomashina, 50 kombayn, 1500 omoch berildi. Stavropol o‘lkasiga 1142 traktor, 400 seyalka 1142 nafar agronom va haydovchisi bilan jo‘natildi. Ozod qilingan joylarga Surxondaryo, Qashqadaryo va Buxoro viloyatlari 50 ming bosh qo‘y va 190 ming bosh qoramol yuborgan. Shuningdek, nemis-fashistlaridan tozalangan respublika va viloyatlarga 1944 yili 100 000 kitob sovg‘a qilingan edi.1943-44 yillarda ozod qilingan yerlarga.
O‘zbekistondan 13 000 dan ortiq temiryo‘l mutaxassisi, hunar bilim yurtlaridan 15 000 yosh yigit sobiq Leningrad, Kiyev va Dunayga yo‘l oldi. O‘zbek xalqining ozod qilingan joylarga ko‘rsatgan yordami aslida serob. Ammo umumiy tushuncha uchun keltirib o‘tilganlari yetarli, deb o‘ylayman. O‘zbekiston sanoat sohasida ham katta ishlarni amalga oshirib, Rossiya, Ukraina va boshqa joylardan ko‘chirib keltirilgan o‘nlab korxonalarni joylashtirib, ularning ishchi-xizmatchilarini boshpana va oziq-ovqat bilan ta’minladi.
O‘zbekistonda harbiy sohada ham beqiyos ishlar amalga oshirildi. Xususan, respublikada 15 diviziya va brigada tuzilib, ularda o‘zbeklar salmoqli o‘rinni egalladilar. O‘sha harbiy qismlardan tashqari o‘n minglab navqiron yigit harakatdagi armiya saflariga yuborildi. Toshkentdagi harbiy bilim yurtlari front uchun bir necha ming komandir va siyosiy xodimlarni tayyorladi. Urushning dastlabki oylarida Toshkent shahrining o‘zidan 100 ming yigit va qisman ayollar harbiy xizmatga jalb qilindi. Ayrim ma’lumotlarga ko‘ra, O‘zbekistondan bir milyon kishi frontga olingan. Biroq bu raqam unchalik to‘g‘ri emas, deb hisoblayman. Chunki Olmoniyada tuzilgan “Turkiston legioni” 1 milyon 800 ming kishini o‘z ichiga olgan. Bu legionning rahbarlaridan birining so‘zicha, uning tarkibida tojik, qozoq, turkman va qirg‘izlardan tashqari o‘zbeklar ham bo‘lgan. Ma’lumki, jang maydonlarida yarim milyonga yaqin o‘zbek halok bo‘lib, qolgan yarim milyoni vataniga qaytgan. Bu ikki raqam bir-biriga qo‘shilsa, bir milyon bo‘ladi. Endi “Turkiston legioni”dagilar hisobga olinsa, jangga tortilgan o‘zbeklarning soni ancha oshib ketadi.
O‘zbeklar Ukraina, Belorussiya, Moskva, Stalingrad, Kavkaz, Qrim, Kursk, Dnepr, Markaziy va Janubi-sharqiy Yevropadagi janglarda qatnashib, Berlingacha bordilar. Shuningdek, Yaponiya bilan urushda ishtirok qildilar, partizan urushlarida mardonavor kurashdilar. Shu tariqa o‘zbek xalqi Ikkinchi jahon urushida fashistlarni tor-mor etishga molini ham, jonini ham tikdi. Bamisoli topgan bitta nonini to‘rtga bo‘lib, bittasini o‘ziga, qolganini bevosita frontga, so‘ng respublikaga ko‘chirib keltirilganlarga, jangga ketganlarning oilalariga, harbiy gospitallarga, fashistlardan ozod qilingan hududlarning och-nochor aholisiga berdi. Ayni paytda bir milyondan oshiq farzandlari fashistlarga qarshi janglarda mardonavor kurashdi. Ulardan bir necha yuz ming kishi halok bo‘ldi va jarohatlandi. Ayni paytda o‘zbeklardan tuzilgan “Ishchi batalon”lar Rossiya va boshqa turli joylarda front uchun fidokorona mehnat qildilar.
Bevosita janglarda 27 000 000 kishining yostig‘i qurigan, boshqa talofatlarni ham qo‘shganda 30 000 000 kishi nobud bo‘lgan Ikkinchi jahon urushi o‘zbek xalqiga ham beqiyos katta talofat keltirdi. Minglab ayollar beva va bolalar yetim bo‘lib qoldilar. Ota-onalar farzandlari dog‘ida qayg‘u-alam bilan bu dunyodan ko‘z yumdilar. Urush yillarida chek-chegarasi yo‘q xarajatlar xalqni shu darajada qashshoqlashtirdiki, ta’riflashga qalam ojizlik qiladi. Qanchadan-qancha odamlar ochlik va kasalliklardan o‘ldi. Urush o‘zbek xalqining bor-yo‘g‘idan tamomila ayirdi, ko‘rpa-yostig‘i, boshqa ro‘zg‘or anjomlaridan mosuvo bo‘ldi, uy-joyi xarobaga aylandi, och va yupun bo‘lib qoldi. Ocharchilik va kasalliklar qishloqlarda avjiga minib, ko‘p odamlarning yostig‘ini quritdi. Bolalarning orasida ham o‘lim ko‘p uchrardi.
Biroq sho‘ro davlatining e’tiborsizligi tufayli urush vaqtida orttirilgan qiyinchilik va azob-uqubatlar tamomila bartaraf qilinmadi. Ayniqsa, urush nogironlarining qadr-qimmati o‘rniga qo‘yilmay, ular o‘z holiga tashlab qo‘yildi.
Xullas, urush yillarida mashaqqatli mehnat va azob-uqubatdan boshqa narsani ko‘rmagan odamlarning ko‘pchiligi qayg‘u-alam girdobida jon berdilar. Shunga o‘xshash urush qatnashchilarining talay qismi yorug‘ kunlarni ko‘rmadi. Biroq shuni unutmaslik kerakki, ota-bobolarimiz misli ko‘rilmagan azob-uqubatlar va talofatlar hisobiga butun insoniyat boshiga tushgan ofatni bartaraf qilishga ulkan hissa qo‘shib, jahon tarixida o‘chmas iz qoldirishdi.
Bugun Mustaqillik sharofati ila o‘sha mudhish urush yillarining azobini tortgan va tirik qolgan baxtli kishilar hayot gashtini surish sharafiga muyassar bo‘ldilar. Men ham shular jumlasidanman. Shaxsan Yurtboshimiz Islom Karimovning tashabbusi bilan urush qatnashchilari va mehnat faxriylarining qadr-qimmati o‘rniga qo‘yilib, izzat va hurmat ko‘rsatilmoqda. Jang maydonlarida halok bo‘lganlarning ro‘yxatini o‘z ichiga olgan ko‘p jildlik “Xotira” kitobi chop etildi. Xotira maydonida ajoyib majmua qurilib, halok bo‘lgan har bir insonning nomi zar harflar bilan bitildi. Respublikaning boshqa shaharlarida ham Xotira yodgorliklari qad rostladi.
O‘ylaymanki, Birinchi va Ikkinchi jahon urushlari keltirgan dahshatli oqibatlar, umuman urush fojiasi haqidagi mulohazalarimiz hozirgi avlodlar uchun foydadan xoli bo‘lmaydi. Zero, ular bilan tanishgan har bir shaxs bugun ozod yurtimizda hukm surayotgan tinchlik va barqarorlikning qadriga yetishi kerak

Xulosa.
Urush davrida SSSR ning g’arbiy xududlaridan ko’chirilib keltirilgan olimlar O’zbekiston olimlari bilan mustahkam aloqada ish olib bordilar. O’zbek olimlarining urush davridagi ilmiy izlanishlari front, aholi, xalq-xo’jaligi va g’alaba uchun beqiyos ahamiyatga yega bo’ldi. Urush davridagi katta qiyinchiliklarga qaramay respublika oliy va o’rta maxsus o’quv yurtlari malakali kadrlar tayyorlash yuzasidagi o’z faoliyatlarini davom yettirdilar. Hammasi bo’lib 20 mingdan ortiq oliy va o’rta maxsus ma’lumotli mutaxassislar tayyorlandi. Qiyinchiliklarga qaramay oliy maktab rivojlanib bordi. 1945 yilga kelib oliy o’quv yurtlarning soni urushdan oldingi davrga nisbatan 3 taga ko’paydi. Urush umum ta’lim maktablarining faoliyatini g’oyat murakkablashtirib yubordi. O’qituvchilarning ancha qismi harbiy xizmatga chaqirilib, yuqori sinf o’quvchilarining ko’plari ishlab chiqarishga ketib qolishi oqibatida maktablar, o’qituvchi va o’quvchilarning soni birmuncha kamaydi. Bundan tashqari maktab binolarining bir qismi gospitallarga va harbiy mashq punktlarga aylantirilgan yedi. Natijada faqat 1942-43 o’quv yilida 210 ta maktab faoliyati to’xtatildi. Maktablarni yoqilg’i, darsliklar, o’quv qurollari bilan ta’minlash juda ham qiyinlashdi. Lekin sharoit og’irligiga qaramay boshlang’ich va o’rta maktablarining asosiy qismi o’z faoliyatini to’xtatmadi, ularning tarmog’i, ta’lim tizimi saqlab qolindi.
Og’ir sinov yillarida fashizmga qarshi umumxalq kurashiga o’zbek adabiyoti va san’ati ham o’z hissasini qo’shdi. Shoir va yozuvchilar, dramaturg va publisistlar xalqni fashistlarga qarshi chuqur nafrat va g’alabaga so’zsiz ishonch ruhida tarbiyalaydigan yangi-yangi asarlar ustida ish olib bordilar. Oybekning “Yovga o’lim” she’ri, “Navoiy” romani, H.Olimjonning “O’lim bosqinchilarga”, G’.G’ulomning “Sen yetim yemassan”, “Men yahudiy” kabi asarlari jamoatchilikning yuksak bahosiga sazovar bo’ldi. Uyg’un, Islom shoir, M.Shayxzoda, S.Abdulla singari shoirlar ham harbiy lirikaning maydonga kelishida faol ishtirok yetdilar.
Yozuvchilar va shoirlar o’z asarlari qahramonlarning obrazlarini bevosita frontlarda bo’lib, jangchilar bilan uchrashib, birga yashab ularning qahramonliklarini ba’zan hayotlarini xavf ostida qoldirib bo’lsada, o’z ko’zlari bilan ko’rib, undan g’oyaviy ta’sirlanib yaratdilar. O’zbekistonga urush yillari ko’plab yozuvchilar, shoirlar, san’atkorlar ko’chirib keltirildi. Ular orasida nafaqat mamlakat miqyosida, balki butun dunyoga tanilgan A.Axmatova, Ya.Kolas, N.Pogodin, A.Tolstoy, V.Yan kabi yozuvchilar, shoirlar bor yedi. O’zbek adiblari ular bilan hamkorlikda ko’plab kapital asarlar yaratdilar. “Biz yengamiz” almanaxi, “O’zbekistonlik shoirlar frontga” antalogiyasi shular jumlasidandir. Urush yillarida o’zbek teatr san’ati ham katta hajmdagi vazifalarni bajardi. Bu davrda O’zbekistonda 35 ta mahalliy, 56 ta yevakuasiya qilingan teatrlar ishladi. 1941 yilning iyulidan 1944 yilgacha ular 203 ta yangi postanovka qo’yib 13568 ta spektakl va konsert ko’rsatdilar. Urush yillarida respublika san’at xodimlari 30 dan ortiq konsert brigadalari tarkibida harakatdagi armiya qismlarida 35 mingdan ortiq konsert berdilar. Brigadalar tarkibida Tamaraxonim, H.Nosirova, S.Yeshonho’jayeva, M.Turg’unboyeva, A.Hidoyatov, O.Yoqubov, K.Zokirov, Sh.Burhonov va boshqa san’at arboblari bor yedi. Urushdagi g’alabaga o’zbek kino, sirk san’atlari ustalari, rassomlar, kompozitorlar, haykaltaroshlar, matbuot xodimlari xalq qahramonligini tarannum yetuvchi, xalqimizni vatanparvarlik, insonparvarlik ruhida tarbiyalashga hizmat qiluvchi asarlar bilan beqiyos hissa qo’shdilar.
Shunday qilib, urush davri o’zbek fani va madaniyati xalq va armiyani dushman ustidan yerishilajak g’alabaga safarbar yetish, xalqning ruhiy qudratini ro’yobga chiqarish, olamshumul tarixiy voqealarga oz bo’lsada ta’sir o’tkazishga qodir kuch yekanligini yorqin namoyish yetdi. Urushning og’ir yillarida o’zbek xalqining yuksak ma’naviy ahloqiy fazilatlari, uning insonparvarlik, baynalminalchilik, vatanparvarlik xususiyatlari namoyon bo’ldi. Umumiy ahvolning keskin yomonlashib, oziq-ovqat borasida qiyinchiliklar tug’ilganligiga, shaharlarda oziq-ovqat kartochka tizimi joriy qilinganligiga, sanoat mahsulotlarini taqsimlashning meyorli tizimiga o’tilganligiga, aholi turmush darajasining keskin pasayganligiga qaramasdan o’zbek xalqi urushning ayanchli yillarida dushman vaqtincha bosib olgan hududlardagi aholiga do’stona bag’rini keng ochdi, o’z yurtidan ayrilgan quvg’inlarni, urush qurbonlarini qalb harorati bilan isitdi, ularni g’amxo’rlik va mehmondo’stlik bilan ko’nglini ko’tardi, qardosh xalqlarga iqtisodiyotni tiklashda va madaniy qurilishni yo’lga qo’yishda yordam berdi. Urush yillarida respublikaga bir milliondan ortiq kishi, shu jumladan, 200 ming bola keldi. Kelganlar turar joy bilan ta’minlanib, ishga joylashtirildi. O’zbekiston aholisi o’zi nochor ahvolda bo’lishiga qaramasdan o’z noni, kiyim-kechagi, turar joyini ko’chib kelganlar bilan birga baham ko’rdi.
Mudofaa jamg’armasi tuzish umumxalq harakatiga o’zbekistonliklar o’zlari muhtoj yekanligiga qaramasdan katta hissa qo’shdilar. 1941-1945 yillar davomida mudofaa jamg’armasiga respublika mehnatkashlari pul va davlat zayomi obligasiyalari shaklida 650 mln so’mdan ziyod mablag’ topshirdilar. 22 mln so’mdan ortiq qimmatbaho buyumlar, 55 kg.ga yaqin qimatbaho metallar topshirdilar. Ana shu mablag’larga 3 ta bronepoyezd, avia yeskadrilya, tank kolonnalari va boshqa texnika qurilib, frontga jo’natildi.O’zbek xalqiga hos insonparvarlik fashistlardan ozod yetilgan hududlarda xalq xo’jaligini tiklashda bergan yordamida o’z ifodasini topdi. 1943 yilda O’zbekiston kolxoz va sovxozlari ozod qilingan tumanlarga 1152 traktor, 25 ta kombayn, 1138 ta plug 379 ta seyalka va boshqa texnika jo’natdilar. O’zbekistonliklar tumanlardagi maktablar va boshqa sohalar uchun pul va moddiy vositalar, darsliklar va o’quv qo’llanmalari, kitoblar, oziq-ovqatlar, kiyim bosh, poyafal va shu kabilarni yetkazib berdilar.
Urush xalqlar o’rtasidagi do’stlikni, baynalminal birlikni mustahkamladi. Lekin Stalin boshchiligidagi rahbariyat urush yillarida milliy siyosatda kechirib bo’lmas zo’ravonlikni amalga oshirdi. 1941-1945 yillarda Volga bo’yi nemislari, qalmiqlar, chechenlar, ingushlar, qrim tatarlari, qorachoylar, balqarlar, mesxeti turklariga mansub bo’lganlar to’lasincha, qisman litov, latish, yeston, polyak, yunonlar majburiy ravishda o’z ona yurtlaridan badarg’a qilindilar. Ularning umumiy soni 3 mln 226 ming kishidan ortiq yedi. Ko’chirish ular uchun chinakam fojiaga aylandi. Ko’chirish vaqtida, maxsus posyolka va lagerlarda deyarli 200 ming chechen va ingush, 120 ming qalmiq (xalqning yarmi), 40 ming qorachoylik (millatning uchdan bir qismi), 20 ming balqar (millatning yarmi) halok bo’lgan yedi. Stalin va uning atrofidagilar o’zlarining harakatlarini fashistlar okkupasiyasi davrida ayrim щaxs va guruhlarning xoinligi uchun berilgan jazo, sovet mamlakati xavfsizligini qo’riqlash deb bahona qildilar. Aslida bu zo’ravonlikdan ko’zlangan maqsad barcha milliy respublikalar aholisi ruhini tushirish, ularda qo’rquv hissini kuchaytirish yo’li bilan tuzumni mustahkamlashdan iborat yedi. O’zbekistonga 150 mingdan ortiq qrim tatarlar, 175 ming chechen, 157 ming ingush, 4,5 ming balkar, armani va greklar ko’chirib keltirildi. Keyinchalik mesxeti turklar ham ko’chirib kelindi. Stalin ma’muriyati tomonidan ular “dushman sheriklari” deb ye’lon qilinganligiga, majburiy-taqiqlovchi to’siqlar borligiga qaramay o’zbek xalqi ularga mehr-shafqat ko’rsatdi. Kelganlarga sharoitlar yaratib, uy, yer sotib olish va imorat qurish uchun qarz ajratildi, oziq-ovqat bilan yordam berildi.
Shunday qilib, o’zbek xalqining urush frontlaridagi jasorati, mamlakat ichkarisidagi fidokorona mehnati ikkinchi jahon urushi g’olibona tugallanishining bevosita tarkibiy qismi bo’ldi.
Urushdan keyingi yillarda halok bœlganlar xotirasini tiklash va qadrlash maqsadida «Xotira» kitoblari tuzildi. Bu xayrli ishga ayniqsa mustaqillik yillarida katta etibor berilmoqda. Poytaxtimiz Toshkenda Xotira maydoni va motamsaro ona yodgorlik majmuasi tiklandi. Viloyat markazlarida ham yodgorlik majmualari barpo etildi. Bu ishlarga boshchilik qilgan yurtboshimiz farmoni bilan 9 may «Xotira va qadrlash » kuni deb e’lon qilindi. 


Download 0.6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling