O`ZBEKISTON MILLIY UNIVERSITETI
TARIX FAKULTETI
Buxoro viloyati Shofirkon tuman XTBga qarashli
24-sonli umumiy o`rta ta`lim maktabi
amaliyotchi talabasi
Iskandarov Baxtiyor Iskandar o`g`lining
9-sinflarda Jahon tarixi fanidan
Ikkinchi jahon urushining boshlanishi va uning yakunlari
mavzusida yozgan bir soatlik
DARS ISHLANMASI
MAVZU: Ikkinchi jahon urushining boshlanishi va uning yakunlari
Dars turi: yangi tushuncha, bilimlarni shakllantiruvchi, interfaol.
Darsda foydalaniladigan metod: hikoya- suhbat usuli, Damino o‘yini, Tezkor savol-javob, “7+7” o’yini,
Darsning maqsadi:
Ta’limiy maqsad:o’quvchilarda Ikkinchi jahon urushi haqida tasavvur va tushunchalarni uyg’otish.
Tarbiyaviy maqsad: Mavzudagi vatanparvarlik va gumanizm g’oyalari aks etgan jabhalarini ochib berish va o’quvchilarga shu borada ta’sir o’tkazish.
Rivojlantiruvch maqsad: O’quvchilarni xalqaro munosabatlar ishiga xayrixohlik ruhida tarbiyalash;
Dars jihozlari:
10-sinf Jahon tarixi darsligi. 2. Dunyo xaritasi 3. Darsni mustahkamlash uchun yozilgan savollar matni, kompyuter, mavzuga oid ko’rgazmalar, doska, daftar.
Muhim tushunchalar va atamalar:Yuz yilik urushning sababi, urushning borishi, ishtirokchi davlatlar, davlatlarning imkoniyatlari.
I. Tashkiliy qism:
1.Sinfda o’quvchilarni darsga jalb qilib, ishchi muhitni yaratish. O’quvchilar 3 guruhga bo’lish.
2.Dunyoda va O’zbekistonda yuz bergan muhim yangiliklardan xabarlar.
II. O’tilgan mavzuni mustahkamlash:
Mavzuni mustahkamlash, tezkor savol-javob shaklida amalga oshiriladi.
III. Darsning mazmuni:
Dars mazmunini yoritishda mavzuga oid taqdimot va tarixiy voqelikka oid film parchasidan ham foydalaniladi.
Mavzuni tushuntirishda hikoyaviy so’zlab berish usulidan foydalaniladi.
V. O’RGANILGAN MAVZUNI MUSTAHKAMLASH:
Darsni mustahkamlashda “7+7” taqdimotli o’yinidan foydalaniladi.
Bunda har bir raqam ostida savol yashirilgan bo’ladi.
O’yin sharti har bir guruh tanlagan raqam ostidagi savolga javob berishi kerak.
VI. DARS YAKUNLARINI CHIQARISH:
O’qituvchi o’quvchilar bajargan yozma va og’zaki javoblar uchun qo’yilgan baholarni e’lon qiladi va yuzaga kelgan savollarga javob qaytaradi.
VII. UYGA VAZIFA:
1.Mavzuga oid eng muhum ma’lumotlarni daftarga yozish.
2.Mavzu yuzasidan xarita bilan ishlash.
3. Mavzu bo’yicha kamida 5 donadan test tuzish.
Do'stlaringiz bilan baham: |