Ikkinchi jahon urushining Lotin Amerikasi davlatlari uchun oqibatlari


Download 185.84 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/4
Sana16.06.2023
Hajmi185.84 Kb.
#1503412
1   2   3   4
Bog'liq
Lotin Amerikasi davlatlari - Vikipediya

Milliy islohotchilik
Milliy islohotchilikning yetakchi kuchi
milliy burjuaziya edi. Ular millatni
iqtisodiy va ijtimoiy taraqqiyot hamda
davlat suverenitetini mustahkamlash
yoʻlida birlashishga da'vat etdilar. Milliy-
islohotchilik harakatlari va partiyalarini
tuzdilar.
Milliy-islohotchilik harakati Argentinada
katta quloch yoydi. Bu yerda u peronizm
nomi bilan ataladi. Peronizm keyinchilik
Argentina
 prezidentligiga saylangan


general Xuan Domingo Peron nomidan
olingan.
D. Peron 1943-yilning 4-iyunida
o'tkazilgan davlat toʻntarishi natijasida
hokimiyat tepasiga keldi.
U argentinaliklami qaramlik, qoloqlikni
tugatish va turli ijtimoiy tabaqalar
hamkorligiga asoslangan adolatli jamiyat
qurish yoʻlida jipslashishga chaqirdi.
Imperializmni, oligarxiyani tanqid qildi.
Qashshoqlarni himoya qilish zarurligini
ta'kidladi. Millionlab aholi D. Peron
timsolida oʻzlarining himoyachisi va
homiysini koʻrdilar. Argentinadagi kuchli
kasaba uyushmasi — «Mehnat umumiy


konfederatsiyasi» — uning tayanchi
boʻldi.
1946-yilda D. Peron mamlakat
prezidentligiga o'tkazilgan saylovda
gʻalaba qozondi. D. Peron chuqur ijtimoiy
o'zgarishlarni amalga oshirdi. Chunonchi,
ish haqi oshirildi. Umumiy pensiya
ta’minoti va haq toʻlanadigan ta'til joriy
etildi. Fuqarolaming ijtimoiy huquqlari
1949-yilda qabul qilingan yangi
Konstitutsiyada mustahkamlab qoʻyildi.
Iqtisodiy siyosatda chet el
kompaniyalariga qarashli mulklarni sotib
olish yoiini qoiladi. Temir yoi, aloqa,
Markaziy bank va boshqa muhim sanoat
korxonalari milliylashtirildi.


Mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy
taraqqiyotining 5 yillik rejasi ishlab
chiqildi. Milliy sarmoya rag'batlantirildi.
Chetdan keltiriladigan mahsulotlarni
Argentinaning oʻzida ishlab chiqarishga
ixtisoslashtirilgan sanoat tarmogʻini
yaratish siyosati yuritildi.
Biroq 50-yillarning o'rtalariga kelib vaziyat
o'zgardi. Eksport tovarlarining narxi
pasayishi davlat daromadining
pasayishiga olib keldi. Mamlakatda
iqtisodiy oʻsish sur’ati ham pasaydi. Uni
yuqori darajada saqlab turish uchun
mablag1 yoʻq edi. Valuta zaxirasining
katta qismi chet elliklarga qarashli


kompaniyalarni sotib olishga sarflab
qoʻyilgan edi.

Download 185.84 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling