Ikkinchi mashg’ulot mavzu: Kasb psixologiyasining tadqiqot metodlari (2 soat)


Download 35.15 Kb.
bet13/13
Sana25.02.2023
Hajmi35.15 Kb.
#1227468
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
2-seminar KP

Eksperimental usullar (tajriba usullari). Eksperiment metodi-psixologik reallik mexanizmi va qonuniyatlarini o`rganish bo`yicha asosiy metod hisoblanadi. Uning asosiy mohiyati nazorat qilinadigan va boshqariladigan sharoitlarda yangi ilmiy bilimlarni olishga qaratilgan. Eksperimentning asosiy nomutaxassislik vazifasi-sabab-natija aloqalarini o`rganish va psixologik jarayonlar va hodisalarni tushuntirishdan iborat. Eksperiment o`tkazishda farq va rozilik qoidasini qo`llaydilar (J.S.Mill) A, B guruh voqealar guruhi ketidan D voqeasi kelsa, ammo B, V ketidan A kelmasa, unda A, a, ning sababidir. Ikkala voqealar guruhidan birinchisi eksperimental sifatida ko`rib chiqiladi, ikkinchisi-nazorat guruhi deb ko`riladi. Ularni yagona farqlovchi voqea mustaqil o`zgaruvchi deyiladi va u jarayonning davomida turli o`zgarishlarga duch kelishi mumkin.
Eng tarqalgan eksperiment modeli quyidagi jadvalda ko`rsatilgan bo`lib, unda tadqiqotchi tahlil natijalarida sub`ektiv baholardan foydalangan holda, ya`ni x2 x1 dan katta, y2 esa y1 dan katta degan xulosani ta`kidlab qolmasdan balki, hech bo`lmaganda umumiy hollarda qay darajada kattaligini aniqlashi kerak bo`ladi. Aks holda, eksperiment va nazorat guruhlaridagi o`zgarishlarni tasdiqlashning o`zi bo`lmaydi.
Eksperiment modeli

Guruh

Guruhning eksperimentgacha holati

Guruhning eksperimentdan so`nggi holati

Bo`lib o`tgan o`zgarishlar



Eksperimental nazorati

Х1
У1

Х2
У2

Х1- Х2
У1 - У2

Eksperimental tadqiqotni kasbiy tanlov misolida ko`rib chiqamiz. Korxonada mutaxassislar murakkab mexanik agregatlarni qabul qilishda ishlab




___________
3 Trierweiler, S.J., & Stricker, G. (1998).The scientific practice of professional psychology. New York: Plenum Press.

turgan muhandislar ko`p deffektlarni o`tkazib yuborganliklari sabab, ishchilar orasidan nazoratchilarni tanlash zaruriyati kelib chiqadi. Eksperimentning mazmuni shundan iborat-ki, nazoratchi uchun muhim bo`lgan qobiliyatlarni tashxis qilib beruvchi (diqqqatni jamlay olish, mustaqillik, sensor farqlash darajasi, keng fikrlash) test loyihalashtiriladi. Eksperimentni o`tkazishda o`rganilayotgan jarayon o`tadigan sharoitlarni keng miqiyosda o`zgartiriladi, o`zgaruvchan omillar ta`sirini ajratish, ularning o`zaro aloqasini aniqlash va shu tariqa psixik hodisalarning qonuniyatlari va mexanizmlarni o`rgatish mumkin4.


Eksperiment metodining muhim sifati shundaki - o`rganilayotgan jarayoniga to`g`ri baho berish, ma`lumotlarning miqdoriy hisobini olish imkonini beradi, bu esa tadqiqot natijalariga ishlov berish muhim statistik xulosa chiqarishga imkon beradi. Eksperimental usulning 3 turi mavjud: tabiiy, modellashtiruvchi va laboratoriya eksperimentlaridir. Tabiiy eksperiment psixik hodisalarni odatiy tabiiy sharoitlarda o`rganishni nazarda tutadi (darsda, mehnat topshirig`ini bajarish jarayonida va hokazo).
Nazorat savollari:
1. Kasb psixologiyasining asosiy metodlarini tavsiflang.
2. Test metodlari afzalliklarini va kamchiliklarini izohlang.
3. Texnik qobiliyatlar deganda nimalar tushuniladi?
4. Eksperimental metodlar turlarini izohlang.
5. Psixometrik usullarga nimalar kiradi?
Download 35.15 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling