Ikkinchi qism toshkent – 2023


Download 4.07 Mb.
Pdf ko'rish
bet44/165
Sana14.09.2023
Hajmi4.07 Mb.
#1678051
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   165
Bog'liq
TO\'PLAM II

Muhokama.Yurtboshimiz tomonidan yoshlar tarbiyasi sohasida 
belgilab berilgan konseptual vazifani bajarish esa, yoshlar tarbiyasidagi 
mavjud bo‘shliqlarni bartaraf etishni talab etmoqda.Kuzatish va tahlillar 
shuni ko‘rsatdiki, bugungi kunda yoshlar tarbiyasida ayrim bo‘shliqlar 
ko‘zga tashlanadi. 
Hozirgi paytda yoshlar tarbiyasida qanday bo‘shliqlar mavjud
Vatanga sadoqat, burch va mas’uliyat, tashabbuskorlik va boshqa 
fazilatlar yoshlar ongida nazariy tushunchalar sifatida qolib ketgani holda 
uning tabiatida amaliy odatlarga aylanmayapti. Buning oqibatida ularning 
ushbu fazilatlar haqidagi so‘zlari bilan amallari orasida tafovut namoyon 
bo‘lmoqda, bu esa har yili mustaqil hayotga kirib kelayotgan yigit-qizlarning 
hayotda o‘z o‘rinlarini topishlarida bir qator muammolarni yuzaga 
keltirmoqda. 
Ayrim o‘quvchi-yoshlarda yuksak maqsadlarning shakllanmaganligi, 
o‘zini o‘zi o‘qishga safarbar qilish, iroda, matonat, tirishqoqlik, harakat 
fazilatlari etarli rivojlanmaganligi ta’lim sifatiga ham zarar ko‘rsatmoqda. 
O‘zbekistonda yoshlar tarbiyasini zamonaviy asosda ilmiy-texnologik 
isloh qilish borasida olib borilayotgan ishlar uni bugungi kun ehtiyojlaridan 
kelib chiqqan holda ilmiy asoslangan tayanch kompetensiyalar, fazilatlar 
asosida shakllantirishni talab etmoqda. 
Globallashuv yanada chuqurlashib borayotgan davrda fan-texnika 
taraqqiyoti, innovatsion jamiyatga bo‘lgan ehtiyoj yoshlar uchun ko‘plab 
imkoniyatlar eshigini ochmoqda.Bugungi yoshlardagi mustaqil fikr, tezkor 
qarorlar qabul qilishi, innovatsion tafakkur, valelogik ong, intellektual 
salohiyatga kundalik hayot ehtiyoji sifatida qaralmoqda. 


102 
Umumta’lim maktablarining o‘rta va yuqori sinflari o‘quvchilarini 
ma’naviyaxloqiy tamoyillar asosida tarbiyalashda inobatga olinishi 

Download 4.07 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   165




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling