Ikkinchi qism toshkent – 2023


Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati


Download 4.07 Mb.
Pdf ko'rish
bet77/165
Sana14.09.2023
Hajmi4.07 Mb.
#1678051
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   165
Bog'liq
TO\'PLAM II

 
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati:
 
1. Mishatkina T.V, Jaskevich J.S, Vjazovkin V.S. Fan etikasi. Oliy ta’lim 
instituti. Minsk; 2002: 58. (Rus tilida). 
2. Frolov I.T, Judin B.G. Fan etikasi: muammolar va munozaralar. Moskva: 
Politizdat; 2009:140, B. 150—159. (Rus tilida). 
3. Ponosov F.N. Muhandislik va texnika fanlarining zamonaviy falsafiy 
muammolari. Izhevsk: FGBOU VPO Izhevskaja GSHA; 2013:71. (Rus tilida). 
4. Lazar M.G. Fan etikasi fan sotsiologiyasining yangi ilmiy yo‘nalishi 
sifatida. Jurnali sotsiologiya va ijtimoiy antropologiya. Sankt-Peterburg: 
2001;(3). (Rus tilida). 
5. Falsafiy lug‘at. 7-nashr. Moskva: Respublika; 2001. 719-bet. 
6. RAS Falsafa institutining raqamli kutubxonasi. https://iphlib.ru/ 
greenstone3/library saytida mavjud. Kirish sanasi: 2023 yil 17-may. 
7. Lebedev S.A. Fan falsafasi: asosiy atamalar lug‘ati. M.: Akademiya 
loyihasi; 2014 yil.312—313, 133. (Ser. «Gaudeamus»). (Rus tilida). 
8. Tsvyk V.A. Kasbiy etika: umumiy nazariya asoslari. Tsvyk VA muharriri. 
Moskva: RUDN; 2012:32—133. (Rus tilida). 
9. Merton RK. Fan sotsiologiyasi: nazariy va empirik tadqiqotlar. Ed. va 
bilan Storer NW tomonidan kirish. Chikago va London: Chikago universiteti 
matbuoti; 1973. B. 267—278. 
10. Judin B.G. Fan etikasi. In: Etika: ensiklopedik lug‘at. (ed.) Apresyan RG, 
Gusejnov AA. Moskva; 2001: 593. (Rus tilida). 
11. Demina N.V. Fanning etikasi tushunchasi: Merton va boshqalar ijtimoiy 
geometriya izlashda normalari. Sotsiologik jurnal. 2005; (4): 9. (Rus tilida). 
12. Kochergin AN. Ilmiy ijod: ijtimoiy mas’uliyat va rag‘batlantirish 
muammolari. IlmiyMGTU GA byulleteni. 2010; (155):41. (Rus tilida). 





175 
Ofitser-o‘qituvchi (komandir) shaxs, jamiyat va davlat ehtiyojlaridan 
kelib chiqqan holda, ular manfaatini ifoda etib, ijtimoiy-ma’naviy darajasa 
yuksak sog‘lom bo‘lgan adolatli jamiyat qurish haqidagi g‘oyalarni harbiylar 
orasida yoyish borasida targ‘boti asnosida ularga ma’naviy, g‘oyaviy-siyosiy 
ta’sir ko‘rsatish sub’ektidir.
Harbiy ta’lim muassasalarida ijtimoiy-ma’naviy muhitni yanada 
sog‘lomlashtirish uchun ularda milliy o‘zlikni anglashni, millatga uning 
tarixiga mansubligini his qilishi shakllantirish kerak. Buning uchun esa 
harbiy ta’lim muassasalarida sog‘lom ijtimoiy-ma’naviy muhitni 
shakllantirish va uning targ‘botida uchun ofitser-o‘qituvchilar tomonidan 
ularda quyidagi kategoriyalarni shakllantirish maqsadga muvofiq bo‘ladi: 
-axloqiy fazilatlar kategoryasi; axloqiy qarash kategoryasi; axloqiy 
tarbiya kategoryasi; axloqiy madaniyat kategoryasi. 
Axloqiy fazilatlar kategoryasiinsonni yaxshilikka chorlaydigan
yomonlikdan qaytaradigan axloqiy qarashlarning doimiy odati, amaliy 
faoliyatiga aylanganini bildiradigan tushunchadir. U insonni axloq 
namunalarini o‘zida mujassam etadi va ma’naviyatning o‘zagini tashkil 
etadi. 
Axloqiy qarash kategoryasi- ijtimoiy voqea, hodisalar, o‘zgalar va 
o‘zining xatti-harakatlari, ijtimoiy hamda tabiiy borliqqa bo‘lgan 
munosabatlar mohiyatini axloqiy jihatdan tushunish; axloqiy nuqtai nazar. 
[5] Axloqiy me’yorlar tasnifi, ma’naviy-axloqiy yondashuv va shu asosda 
shakllangan tafakkur kategoriyasi. Tor ma’noda, falsafa, sotsiologiya va 
madaniyatshunoslik fanlari sohasida umuminsoniy axloqiy tamoyillarni 
ifoda etadigan tushuncha. Keng ma’noda, insoniyatga oid barcha ma’naviy 
hodisalarga axloqiy yondashuvni aks ettiradi. Axloqiy qarashlarda 
umuminsoniy qadriyatlar, qadrlash mezonlari, ijtimoiy ahamiyatga ega 
bo‘lgan ma’naviy qarashlar, ruhiy hodisalar aks etadi. Oila, qo‘ni-
qo‘shnichilik odobi, korxona va jamoa etikasi, fuqarolik burch-vazifalari 
hamda ularni o‘rgatuvchi mavzu hamda masalalar axloqiy qarash 
kategoryasiga kiradi. 
Axloqiy tarbiya kategoryasijamiyat ma’naviy hayotidagi muhim 
ijtimoiy hodisa bo‘lib, odob-axloq tizimini, axloqiy fazilatlarni zamon 
talablari asosida har qaysi avlodga singdirish shaklidir. “Axloq tarbiyasi: 
insonlarga eng muhim, ziyoda sharaf, baland daraja berguvchi axloq 
tarbiyasidur” deb yozadi Abdulla Avloniy. [3] 
Axoqiy madaniyat kategoryasijamiyatdagi axloqning yuksak 
darajasini, fuqarolarning axloqiy saviyasini aks ettiruvchi tushunchadir. U 


176 
shaxsning jamiyatdagi asosiy axloqiy me’yorlarni egallashi va o‘zgalar bilan 
shu asosda munosabatda bo‘lishi, o‘zini axloqiy tomondan muntazam 
takomillashtrib borishi singari jihatlarni o‘z ichiga oladi. 
Axloqiy madaniyatning eng muhim omillaridan biri – muomala odobi. 
Insonlar bir-biri bilan hamkorlik qilmasdan, o‘zaro tajriba almashmasdan, 
o‘zaro ta’sir qilmasdan yashashi mumkin emas. Binobarin, muloqot, 
muomala inson uchun asosiy ehtiyoj, zaruriyat. Muomala odobi o‘zgalar 
qadr-qimmatini, hurmatini joyiga qo‘yishni, an’anaviy axloqiy-me’yoriy 
talablarni bajarishni taqoza etadi. Ma’noli va ravon so‘zlash, suhbatdoshini 
tinglay bilish, nutq madaniyati muomalaning muhim jihatlarini tashkil 
etadi. Muomala odobida muloqotning asosiy vositasi bo‘lmish til katta 
ahamiyatga ega. Xalqimizda “siz” ham, “sen” ham bir nafasdan chiqadi 
degan dono naql bor. Sharqning buyuk mutafakkiri Kaykovus o‘zining 
“Qobusnoma” asarida “Suxandonlik ila baland martaba bo‘lmoq” zikrida 
shunday deydi: “Sovuq so‘zlik bo‘lmag‘il. Sovuq so‘z bir tuxumdur, undan 
dushmanlik hosil bo‘lur”. [4] Shu bois, ofitser-o`qituvchi(komandir)lar 
tomonidan muloqot paytida hurmat ifodasi sifatida har bir so‘zni 
suhbatdoshining ko‘ngiliga, qiziqish va kayfiyatiga qarab, yoshini, kasbu-
kori, ijtimoiy hamda oilaviy ahvolini e’tiborga olib, hurmatini joyiga qo‘yib 
gapirish, muloqot jarayonida o‘rinsiz harakatlarga yo‘l qo‘ymaslik lozim. Bu 
esa harbiy ta’lim muassasalarida sog‘lom ijtimoiy-ma’naviy muhitni 
shakllantirish va uning targ‘botida muhim ahamiyat kasb etadi. 
Shu bilan birgalikda, islom dinimiz, uning muqaddas kitobi Qur’on, 
unda keltirilgan oyat va suralardan, payg‘ambarimizning yuksak odob-
axloqini namoyon etadigan hadislardan harbiy ta’lim muassasalarida 
ijtimoiy-ma’naviy muhitni sog‘lomlashtirishdagi samarali targ‘ibot bo‘icha 
amalga oshiriladigan o‘quv-uslubiy, tarbiyaviy mashg‘ulotlarda ofitser-
o‘qituvchi (komandir) unumli foydalanmog‘i maqsadga muvofiqdir. Chunki 
Islom dini odamlarni iymonli bo‘lishga undaydi, uni o‘ziga xos mezoni qilib 
saxovat, jasorat, sabr-toqat, to‘g‘riliylik, vafodorlik va sodiqlik kabi 
xislatlarni birinchi o‘ringa qo‘yadi, odamlarni iymon, insof, diyonat, ezgu 
maqsad va to‘g‘rilikka undaydi. Masalan: Moida surasi 90-oyatda: «Ey 

Download 4.07 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   165




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling