Ikkinchi qism toshkent – 2023


Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati


Download 4.07 Mb.
Pdf ko'rish
bet79/165
Sana14.09.2023
Hajmi4.07 Mb.
#1678051
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   165
Bog'liq
TO\'PLAM II

 
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati:
 
1.Mirziyoyev Sh.M. Yangi O‘zbekiston strategiyasi. –Toshkent: 
“O‘zbekiston” nashriyoti, 2021. 
2. Mirziyoyev Sh.M. “Milliy armiyamiz - tinch, osuda va farovon 
hayotimizning mustahkam kafolati”. O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari 


178 
tashkil etilganining 25 yilligi munosabati bilan Vatan himoyachilariga yo‘llagan 
bayram tabrigidan.https://de-de. Fasebook.com. 
3.
 
Abdulla Avloniy. Tanlangan asarlar. 2-jild. Turkiy guliston yoxud axloq. 
Toshkent, “Ma’naviyat” 1998. 
4. Kaykovus. “Qobusnoma”. Toshkent, “Istiqlol”, 1994. 
5.http://hozir.org/b-abdullayeva-m-usmonbayeva-o-asqarova-f-
ehsonova-s-hakimov.html?page=50 
 
INNOVATSION TEXNOLOGIYALAR VOSITASIDA UMUMIY O‘RTA 
TA’LIM MAKTABLARIDA IJTIMOIY-MA’NAVIY MUHITNI TASHKIL 
ETISH VA BOSHQARISH MEXANIZMLARINI TAKOMILLASHTIRISH 
Boyzaqova Umida Ashirali qizi 
Namangan davlat universiteti tayanch doktoranti 
Annotatsiya: Maqolada umumiy o‘rta ta’lim maktalarida ijtimoiy-
ma’naviy muhitni tashkil etish va boshqarish muhim vazifalardan biri ekanligi 
ko‘rsatib o‘tilgan. Prezidentimiz Sh.Mirziyoyev ta’biri bilan aytganda, “Ijtimoiy-
ma’naviy muhitni ilmiy asosda tahlil qilishni davrning o‘zi talab etmoqda” 
buning uchun innovatsion texnologiyalar vositasida amalga oshirish yo‘llari va 
takliflari berib o‘tilgan. 
Kalit so‘zlar: innovatsiya, ta’limda innovatsion texnologiyalarni joriy 
qilish, ijtimoiy-ma’naviy muhit, plyuralizm.
Globallashuv sharoitida yuz berayotgan ilm-fan taraqqiyoti va 
texnologiyalar rivoji har qanday sohada innovatsion texnologiyalarni qo‘llashni 
talab etmoqda. Bugungi kunimizda an’anaviy uslublar va vositalarning o‘zi 
bilangina boshqaruvda samaradorlikka erishib bo‘lmaydi. Innovatsion 
texnologiyalar, birinchi navbatda raqamli texnologiyalar jamiyat kundalik 
hayotining ajralmas bo‘lagiga aylanib ulgurgani barchamizga birdek ma’lum. 
Shu o‘rinda, innovatsiya – muayyan tizimning ichki tuzilishini 
o‘zgartirishga qaratilgan faoliyat bo‘lib, ilmiy-texnika yutuqlari va ilg‘or 
tajribalarga asoslangan texnika, texnologiya, boshqarish va mehnatni 
tashkil etish kabi sohalardagi yangiliklar, shuningdek, ularning turli sohalar 
va faoliyat doiralarida qo‘llanishi ekanligi barchamizga birdek ma’lum [2]. 
An’anaviy ta’limda o‘quvchilarni tayyor bilimlarni egallashga o‘rgatib 
kelinganligi, bu esa o‘quvchilarning tashabbuskorligi va kreativ fikrlash 
qobiliyatlari rivojlanishiga etarli imkon bermaganligini ta’lim tizimi 


179 
tajribasidan kuzatishimiz mumkin. Fan, texnika va innovatsion 
texnologiyalarning rivojlanishi orqali ta’lim-tarbiya jarayonida interfaol 
uslublar (innovatsion pedagogik va axborot texnologiyalari)dan foydalanish 
orqali ta’limning samaradorligini kuchaytirish masalalari tobora jiddiy 
ahamiyat kasb etmoqda. Ta’limda innovatsion texnologiyalar qo‘llash 
natijasida o‘quvchilar egallaydigan bilimlar mustahkamlanib, ularda tahlil 
qilish va xulosa chiqarish kto‘g‘ri xulosalar chiqarish ko‘nikmalarini 
shakllantirmoqda. Umumta’lim maktablarida ijtimoiy-ma’naviy muhitni 
tashkil etish va boshqarish uchun mas’ul bo‘lgan pedagogik jamoa bu 
jarayonda shaxs va jamoaning rivojlanishi, shakllanishi, bilim olishi va 
tarbiyalanishiga, shuningdek, erkin fikrlab tengdoshlari bilan o‘zaro 
hamkorlikda ishlash va harakat qilishlariga sharoit yaratadi. Shuningdek, 
ta’lim-tarbiya jarayonlarida boshqaruvchilik, yo‘naltiruvchilik vazifasini 
bajaradi. Ta’lim-tarbiya jarayonida umumta’lim maktabi rahbariyati, 
pedagoglar va o‘quvchilar, yaxlit qilib oladigan bo‘lsa umumta’lim maktabi 
jamoasi markaziy ishtirokchiga aylanadi. Innovatsion texnologiyalar 
asosida o‘tkazilgan o‘quvlar o‘quvchilarning muhim hayotiy yutuq va 
muammolariga o‘z munosabatlarini bildirishlariga intilishlarini qondirib, 
ularni fikrlashga, o‘z nuqtai nazarlarini asoslashga imkoniyat yaratadi. 
Ta’limda innovatsion texnologiyalarni joriy qilish deganda, 
tasavvurimizda zamonaviy axborot texnologiyalarini qo‘llash paydo bo‘ladi. 
Ijtimoiy-ma’naviy muhitni tashkil etishda, uni boshqarish va boshqaruvda 
samaradorlikka erishishda zamonaviy axborot texnologiyalarini qo‘llash 
lozimdir. Shu o‘rinda tadqiqotlarimiz va olimlarning fikrlari natijasida 
kelgan hulosamizga ko‘ra ijtimoiy-ma’naviy muhit tushunchasiga ta’rif 
berib o‘tsak, ijtimoiy-ma’naviy muhit bu – shaxs shakllanishiga ta’sir 
etuvchi ahloqiy, madaniy, diniy, g‘oyaviy qarashlarni ifodolovchi borlqi yoki 
bularni o‘zida aks ettiruvchi makondir. Prezidentimiz Sh.Mirziyoyev 
ta’kidlaganidek: “Ijtimoiy-ma’naviy muhitni ilmiy asosda tahlil qilishni 
davrning o‘zi talab etmoqda” [1]. Bu esa, birinchi navbatda jamiyatning eng 
muhim instituti sifatida ta’lim muassasalarida boshqaruv mexanizmlarini 
to‘g‘ri tashkil etish kerakligini, metod va mexanizmlarni joriy etish 
kerakligini ifodalaydi.
Ta’kidlash kerakki, zamonaviy texnologiyalarning shakli va 
mazmunining xilma-xilligi o‘quvchilarning qiziqishi, imkoniyati va shaxsiy 
xususiyatlaridan kelib chiqib taklif etilayotgan holatlardan tanlash 
imkoniyatini beradi. Bunday imkoniyat ijtimoiy-ma’naviy muhitni tashkil 
etish tizimida ham o‘z aksini topishi zarur. Ijtimoiy-ma’naviy muhitni 
tashkil etish jarayoni va boshqarishda jarayonni axborot-texnologiyalari 
asosida tashkil etishi bunday muammoning echimi bo‘la oladi. Ijtimoiy-


180 
ma’naviy muhitni tashkil etishni raqamlashtirish, ta’lim-tarbiya jarayoniga 
axborot texnologiyalarini joriy etish maqsadga muvofiqdir.
Umumta’lim maktabida ijtimoiy-ma’naviy muhitni tashkil etish 
jarayonida shaxsning butun umri davomida ta’lim olishi zarur, ya’ni ta’lim 
uzluksiz bo‘lishi kerakligi unutmaslik kerak. SHundan kelib chiqadigan 
bo‘lsak, uzluksiz ta’lim – davr talabidir. Ushbu masala zamonaviy axborot 
texnologiyalariga bo‘lgan ehtiyojni yanada oshirishi shubhasiz. XXI asr – 
axborotlashtirish asrida ta’lim sohasini axborotlashtirish, har bir ta’lim 
muassasasidan: 
– o‘qitish va o‘qish jarayonining; 
– ta’lim muassasasi boshqarilishining; 
– ta’lim muassasasi bo‘linmalarining; 
– ta’lim muassasasi faoliyati muhitining axborotlashtirilishini talab 
qiladi. 
Raqamli texnologiyalaridan foydalanish jarayonida, pedagog va 
o‘quvchilar uning mazmuniga ko‘ra bir qancha vazifalarni bajarishi 
mumkin. Faol foydalanish imkoniyatiga ega raqamli texnologiyalari 
quyidagi asosiy didaktik funksiyalarni bajaradi: 
– multimedia texnologiyasini qo‘llash evaziga o‘quvchilarda fanlarga 
qiziqishni rivojlantiradi; 
– bunda ta’limning interfaolligi tufayli o‘quvchilarning fikrlash 
qobiliyatlarini faollashtiradi va o‘kuv materialini o‘zlashtirilishining 
samaradorligi oshadi; 
– real holatlarda namoyish qilinishi qiyin yoxud murakkab bo‘lgan 
jarayonlarni modellashtirish va ko‘rish imkoniyatini berishi bilan muhim 
hisoblanadi; 
– o‘kuv materiallarini o‘zlashtirilishi faqat darajasiga ko‘ra emas, balki 
o‘kuvchilar erishgan mantiq va qabul qilishlarining darajasiga ko‘ra ham 
samarali hisoblanadi; 
– masofadan turib ta’lim olishni faqat o‘zlashtiruvchi o‘quvchilar yoki 
internet ta’limi uchungina emas, bapki sababsiz dars qoldirgan o‘kuvchilar 
uchun ham tashkil etish imkoniyatini beradi; 
– o‘kuvchilarga mustaqil izlanish yo‘li bilan materiallarni izlash, topish 
hamda muammoli masalalarga javob topish orqali ma’lum tadqiqot ishlarini 
bajarish uchun imkoniyat yaratadi; 
– o‘quvchilarning yangi mavzuni o‘zlashtirishi, misollar echishi, insho, 
bayon yozish ishlarida, o‘quv materiallari bilan mustaqil tanishish, tanlash 
va axborot hamda ma’lumotlarni tahlil etish kabi masalalarni tez bajarish 
uchun sharoit yaratadi.[3] 


181 
Zamonaviy yoki raqamli texnologiyalar asosida o‘qituvchi o‘z 
pedagogik mahoratini oshirish, ijtimoiy-ma’naviy muhitni tashkil etish 
uchun mustaqil faoliyatida kuyidagi vazifalarni bajaradi: 
1. O‘kuv jarayonini bir bugun guruh va bir butun fan (o‘quv jarayonining 
rejasi, tashqi tashxis, nazorat ishlari va boshqalar) sifatida tashkil etish. 
2. Ijtimoiy-ma’naviy muhitni tashkil jarayonida sinf yoki o‘quvchilar 
guruhini faollashtirish, muvofiqlashtirish, o‘quvchilarning jarayondagi 
vazifalari yoki rollarini taqsimlash, ko‘rsatmalar, guruh ichida boshqarish va 
boshqalar. 
3. O‘quvchilarni har birini alohida alohida kuzatish, individual yordam 
ko‘rsatish, har bir o‘quvchi bilan yakka tartibda muloqot olib borish. 
Raqamli texnologiyalar va maxsus dasturlar asosida eshitish va ko‘rish 
imkoniyatlari, individual o‘qitish, qarashlarni shakllantirishning eng 
samarali shakllariga erishiladi. 
4. Axborot muhitining tashkiliy qismlari (shaxsiy kompyuter, o‘quv va 
namoyish kurilmalarining har xil turlari, dasturiy vositalar va tizimlar, 
o‘quv-metodik ko‘rsatma, qo‘llanmalar va boshqalar) ijtimoiy-ma’naviy 
muhitni tashkil etish jarayonidagi umumta’lim maktabi oldiga qo‘ygan 
asosiy maqsad mazmuni bilan aniqlangan bog‘liqlik asosida tayyorlanadi. 
O‘z navbatida raqamli texnologiyalarni ijtimoiy-ma’naviy muhitni 
tashkil etish va boshqarishda qo‘llash, pedagoglarning jamoa bo‘lib 
harakatlanishlariga ham turtki bo‘ladi. Chunki, dasturning shaffof va 
mukammal ishlashi har bir o‘qituvchiga, boshqaruv bo‘g‘ining har bir 
a’zosiga, dasturni muvofiqlashtirish uchun mas’ullarning yaxlit tizim 
sifatida harakatlanishiga bog‘liq bo‘lib qoladi. O‘z navbatida bu jamoadagi 
munosabatlarning yaxshilanishi, o‘zaro kommunikativ aloqalarning 
mustahkamlanishi, ijtimoiy-ma’naviy muhitning barqarorligi uchun 
birlashgan sub’ektlarning o‘zaro kelishgan holda yaxlit mexanizm sifatida 
harakatlanishiga olib keladi. Innovatsion texnologiyalarni qo‘llanilishi 
umumta’lim maktablaridagi ijtimoiy-ma’anviy muhitni tashkil etish va 
boshqarishning an’anaviy metodlaridan farqli va ijobiy jihati ham shundaki, 
an’anaviy jarayonda rahbarlik bo‘g‘inlari strategiya va maqsadni belgilovchi 
sifatida ishtirok etsa, bunda barcha sub’ektlar jamoaviy harakatlanishi, 
qarorlar qabul qilishda jamoa rolini oshiradi. 
Albatta bu ijobiy jarayon hisoblanadi, ijtimoiy-ma’naviy muhitni tashkil 
etish va boshqarishda fikrlar xilma-xilligi (plyuralizm) yuzaga keladi. YAna 
bir muhim jihati jarayonda ishtirok etayotgan o‘quvchilar ham bir vaqtning 
o‘zida ishtirokchiga va shu vaqtning o‘zida qarorlar qabul qilishga ta’sir 
etuvchi sub’ektga aylanadilar. Innovatsion texnologiyalar yordamida 
o‘tkaziladidan tahlillar amalga oshirilayotgan metodlar, loyihalarning qay 









189 
avvalo, onaning homiladorlik davrini to‘g‘ri tashkil etish, go‘daklar va 
bolalarni ma’naviy tarbiyalash bo‘yicha asosiy yo‘nalishlarni belgilash. 
3. Yoshlarda Vatanga sadoqat, tadbirkorlik, irodalilik, mafkuraviy 
immunitet, mehr-oqibatlilik, mas’uliyatlilik, bag‘rikenglik, huquqiy 
madaniyat, innovatsion fikrlash, mehnatsevarlik kabi muhim fazilatlarni 
bolalikdan boshlab bosqichma-bosqich shakllantirish; 
4. Homiladorlik davridan boshlab 30 yoshgacha davom etadigan 
uzluksiz ma’naviy tarbiyani amalga oshirishda ota-ona, tarbiyachi, 
o‘qituvchi, uzluksiz ta’lim muassasalari va mahalla jamoatchiligining o‘zaro 
samarali hamkorligi mexanizmini ishlab chiqish va hayotga joriy etish. 
5. Aholining farzand tarbiyasi bo‘yicha bilimlarini, pedagogik 
madaniyatini oshirish, fuqarolarni uzluksiz ma’naviy tarbiyaning jahon 
tajribasida sinovdan o‘tgan samarali pedagogik texnologiyalari, usullari va 
amalga oshirish shakllari bilan muntazam tanishtirib boorish. 
6. Ommaviy axborot vositalari, shu jumladan, Internet jahon axborot 
tarmog‘i orqali tarqatilayotgan g‘arazli axborotlar, odob-axloqni yemiruvchi 
illatlar, yoshlarni zalolatga boshlovchi buzg‘unchi g‘oyalarga karshi sog‘lom 
dunyokarashni shakllantirish. 
7. Uzluksiz ma’naviy tarbiyani tashkil etishda davlat tashkilotlari, 
fuqarolik jamiyati institutlari, ommaviy axborot vositalari va xususiy 
sektorning hamkorligini samarali yo‘lga qo‘yish. Uzluksiz ma’naviy tarbiya 
konsepsiyasi joylarda amaliy faoliyat olib botishning asosiy mezoni 
hisoblanadi. Bir xalqning yuksalishi, taraqqiy etishi uchun unga 
yetakchi(lar) kerak. Rivojlanish yo‘lida xalqqa yo‘l ko‘rsatadigan, zulmatda 
nur bo‘ladigan oydinlarga doim ehtiyoj sezilgan. Jadidlarning shiorini 
bilasizmi? Ularning shiori “Jasorat. Ma’rifat. Fidoiylik” edi. Xalq ma’rifatini 
yuksaltirish, ijtimoiy-siyosiy ongini o‘stirish, qaramlikdan chiqib 
mustaqillikka erishish kabi bir qator ishlarni o‘zlariga maqsad qilib olishgan 
edi. Ana shunday oydinlardan biri Munnavar qori Abdurashidxonovdir. 
“Qanday qullik tushdi”dir. Unda muallif xalqlar qanday qilib qaram bo‘lib 
qolishgani, o‘z erkinini qanday qo‘ldan boy bergani obrazli tarzda oddiy usul 
bilan yoritib berilgan. Bu uni o‘quvchiga tushunishiga qiyinchilik 
tug‘dirmaydi, eng asosiysi esa mohiyatni anglashiga sabab bo‘ladi. Jadid 
adabiyotining yetakchilaridan biri Fitratning “Najot yo‘li” kitobida 
yoshlarni ilm olishga, yurt qayg‘usi bilan yashashga, harakatdan 
to‘xtamaslikka chorlashi bo‘ldi. Fitratning g‘oyalari, she’rlari biz yoshlar 
uchun juda katta motivatsiya vazifasini bajara olar ekan. Ayovsiz 
raqobatbardoshlikka asoslangan bozor iqtisodiyoti tezkor, tadbirkor, har 


190 
qanday sharoitga ko‘ra ish tuta biladigan, maqsadga erishish vositalarini 
to‘g‘ri tanlaydigan, ularni zamonaviy talablariga ko‘ra jadallik bilan yangilay 
oladigan faol shaxslarga juda katta ehtiyoj, muhtojlik sezmoqda. Bunday 
yangi avlod kadrlari qanday yuzaga chiqadi? Ularga ta’lim-tarbiya berishda, 
zamonaviy boshqarishda nimalarga e’tibor qaratish lozim? Yosh avlodni 
tarbiyalashda, ijodkor yoshlarni boshqarish va o‘qitish metodikasida ham 
evolyusion o‘zgarishlarni taqazo etadi. To‘g‘ri, ijodkorlarni o‘qitishda 
adabiyot fani – bu fanning tarixi va rivojlanish bosqichlarini o‘rganish, bu 
bosqichlarning har biriga xos bo‘lgan asosiy unsurlarni tahlil qilish, badiiy 
asarni qiyoslash. Mushohada qilish va uni o‘quvchilar tomonidan qabul 
qilinishidagi o‘ziga xos xususiyatlarni ko‘rsatish, badiiy asarni tahlil qilishda 
ularning tur va janr xususiyatlariga e’tibor berish, ta’lim bosqichlarida faqat 
badiiy asarning o‘zini emas, balki ularga bog‘liq ravishda adabiy nazariy 
tushunchalarni ham o‘rganish zaruriyatini va yo‘l yo‘riqlarini ko‘rsatish, 
boshqaruv pedagogikasining ijtimoiylashuvida, maxsus darslarini tashkil 
etishda, fanlardan sinfdan tashqari va mustaqil ishlarni tashkil etish, 
ularning og‘zaki va yozma nutqlarini o‘stirish yo‘llarini ko‘rsatish 
lozimligini asoslaydi. Ijodiy tafakkur sohibini tarbiyalashda asosiy 
pedagogik—ijtimoiy omillar sifatida quyidagilarga asosiy e’tibor qaratish 
kerak: birinchidan, o‘quvchilar mustaqil faoliyat yuritishlariga, ikkinchidan, 
ko‘proq kichik tadqiqotlar o‘tkazishga yo‘naltirilganida, uchinchidan, 
ularning o‘z ustilarida muntazam ishlashi uchun sharoit yaratilganida, 
to‘rtinchidan, ijodiy ishlarni tashkil etish yo‘llarini ko‘rsatilishi kabilarga 
e’tibor berish zarur bo‘ladi. Ijodkor o‘quvchi ma’naviyati adabiyot, tarix 
fanlarini o‘qitish metodikasi orqali ko‘proq shakllanadi. Mazkur fanlarni 
chuqur o‘rganish ta’limga bo‘lgan e’tibor tufayli o‘zining asl o‘zanlarini 
topib bormoqda. Endilikda ijtimoiy fanlarni o‘qitish nazariyasi va 
amaliyotida bir xillikdan qochish, rang-baranglikka intilish tamoyillarining 
tobora kengroq tarzda ko‘zga tashlanayotgani seziladi. Bu adabiy 
hodisalarga nisbatan estetik yondashuvning ustuvorlashib borayotganida, 
madaniy merosga nisbatan munosabatlarning haqqoniylashayotganida, 
ko‘plab adabiy hodisalarga nisbatan ilmiy baholarning o‘zgarib, ularning 
o‘zlariga xos va mos xususiyatlaridan kelib chiqilayotganligida namoyon 
bo‘lmoqda. Ayniqsa, pedagogika va ijtimoiy fanlarni o‘qitish tizimiga oid 
ta’limda davlat ta’lim standarti va milliy ta’lim konsepsiyasini 
yaratilganligining o‘ziyoq, ijtimoiy hayot – jamiyat uyg‘unligining asosiy 
mezoni ekanligiga yana bir karra insoniyatni ishontiradi. Ta’limdagi 
ochiqlik va shaffoflik uning bevosita takomillashib, maksimal darajaga 


191 
ko‘tarilayotganligining o‘zi, jarayonning uzluksiz davomiyligiga ishoradek. 
Ushbu tizimda an’anaviy ta’limdagi eng yaxshi yutuqlarni saqlab qolgan 
holda jahon ilm-fani, xususan, boshqaruv psixologiyasi, pedagogikasi 
hamda metodikasi sohasidagi yangi va yaxshi na’munalarga uyg‘unlashish 
tamoyilini yaqqol yuzaga chiqmoqda. Ayniqsa, O‘zbekiston Respublikasi 
Prezidenti SHavkat Mirziyoevning 2017 yil 22 dekabrda Oliy Majlisga qilgan 
murojaatnomasida, “Bugun biz davlat va jamiyat hayotining barcha 
sohalarini tubdan yangilanishiga qaratilgan innovatsion rivojlanish yuliga 
o‘tmokdamiz. Bu bejiz emas, albatta, chunki zamon hiddat bilan rivojlanib 
borayotgan hozirgi davrda kim yutadi? Yangi fikr, yangi g‘oyaga va 
innovatsiyaga tayangan davlat yutadi. Innovatsiya, bu - kelajak degani. Biz 
buyuk kelajagimizni barpo etishni bugundan boshlaydigan bo‘lsak, uni 
aynan innovatsion g‘oyalar, innovatsion yondashuv asosida boshlashimiz 
kerak” – deb ta’kidlagan edi.[1]  
Ijodkor yoshlarga ta’lim va tarbiya berish borasidagi ustuvor vazifalarga 
muvofiq holda kadrlar tayyorlashning mazmunini tubdan qayta ko‘rib 
chiqish, xalqaro standartlar darajasida oliy malakali mutaxassislar 
tayyorlash uchun lozim bo‘lgan shart-sharoitlar yaratish masalalariga 
alohida e’tibor qaratish, o‘qitishdagi ta’limiy, tarbiyaviy, rivojlantiruvchi 
maqsadlar uyg‘unligi metodologik asos sifatida qabul qilinmoqda. 

Download 4.07 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   165




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling