Ikkinchi qism toshkent – 2023
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati
Download 4.07 Mb. Pdf ko'rish
|
TO\'PLAM II
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kalit so‘zlar
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati: 1. Новиков A.M. Методология учебной деятельности. - М.: Издательство “Эгвес”, 2005. - С. 176. 2. Новиков A.M., Новиков Д.А. Образовательный проект. Методология практической образовательной деятельности. -М.: Эгвес, 2004. - С. 168. 3. Uzluksiz majburiy ta’lim tizimi bitiruvchilarining tayyorgarlik darajasiga va zaruriy bilimlar mazmuniga qo‘yiladigan talablar. – T.: RTM, 2015. – 208 b. KOMIL INSONNI TARBIYALASHDA TA’LIM-TARBIYA VA ILM-MA’RIFATNING O‘RNI HAQIDA BUYUK AJDODLARIMIZ QARASHLARI Ismadiyorov Komil Maxamadiyorovich Andijon davlat pedagogika instituti Ijtimoiy fanlar kafedrasi assistent o‘qituvchisi, Annotatsiya. Maqolada buyuk ajdodlarimizning komil inson tarbiyasidagi qarashlari tadqiq etilgan. Komil inson tarbiyasi hamma davrlarda ham jamiyatning bosh maqsadi bo‘lib kelgan. Komil inson g‘oyasi va komil inson konsepsiyasi ilm-ma’rifat orqali amalga oshiriladi. Bugungi kunda komil inson g‘oyasida ajdodlarimizning ilm-ma’rifatni o‘rganishga doir ilgari surgan qarashlari barcha davrlar, xususan, bugungi kunimiz uchun ham yuksak ahamiyatga ega. Muallif komil inson tarbiyasidagi ta’lim-tarbiya va ilm- ma’rifatning ahamiyatini buyuk ajdodlarimiz qarashlarini tahliliy tadqiq etgan. Kalit so‘zlar: komil inson, ta’lim-tarbiya, ilm-ma’rifat,buyuk ajdodlar, konsepsiya, adolat, jamiyat. Komil inson tarbiyasi hamma davrlarda muhim ijtimoiy vazifa hisoblanib, yaxshi tarbiya ko‘rgan insonga jamiyat boyligi deb qaralgan. Inson ziynati u egallagan bilimlari bilan o‘lchangan. Islom dini ta’limotida bilimli insonlar yetuk deb sanalsa, mutafakkirlarimiz qarashlarida komil 220 inson bo‘lish uchun ko‘pgina xususiyatlarni egallash lozimligi o‘z aksini topganini ko‘rishimiz mumkin. Komil insonni tarbiyalashda ta’lim-tarbiya va ilm-ma’rifatning o‘rni haqida buyuk ajdodlarimiz qarashlari bugungi kunda davlatimizda har tomonlama barkamol avlodni tarbiyalsh konsepsiyasida yuksak ahamiyat kasb etadi. Buyuk mutafakkir ajdodlarimizdan Forobiy, Beruniy, Ibn Sino, Kaykovus, Yusuf Xos Hojib, Mirzo Ulug‘bek, Alisher Navoiy, Bobur Mirzo va Husain Voiz Koshifiy kabi allomalar ham o‘z asarlarida komil inson tarbiyasi bilan bog‘liq qimmatli fikrlar bayon qilganlar. Xususan, Abu Nasr Forobiy deydiki, inson kamolotga yolg‘iz o‘zi erisha olmaydi. U boshqalar bilan aloqada bo‘lish, ularning ko‘magi yoki munosabatlariga muhtoj bo‘ladi. Bunga ta’lim-tarbiyani to‘g‘ri yo‘lga qo‘yish orqali ham erishish mumkin. Chunki, maqsadga muvofiq amalga oshirilgan ta’lim-tarbiya insonni ham aqliy, ham axloqiy jihatdan kamolga yetkazadi. Natijada inson tabiat va jamiyat qonun-qoidalarini to‘g‘ri bilib oladi, hayotda to‘g‘ri yo‘l tutadi, boshqalar bilan yaxshi munosabatda bo‘ladi. Komil insonni shakllantirish tarbiyaning bir butun, yaxlit ikki yo‘nalishi ekanligiga urg‘u beradi. Abu Rayhon Beruniyning komil inson tarbiyasidagi qarashlariga to‘xtaladigan bo‘lsak, komillikning asosini ilmli bo‘lishda deb hisoblaydi va barcha illatlarning asosiy sababi ilmsizlikdir, deya urg‘u beradi. Allomaning fikricha, axloqiylik, to‘g‘rilik, odillik, tadbirkorlik, o‘zini vazmin tutish, kamtarlik, insof, ehtiyotkorlik, shuningdek, adolatli va vijdonli bo‘lish komil inson qiyofasida aks etishi zarur bo‘lgan eng asosiy sifatlardir. Beruniynig ushbu qarashlari hamma davrlarda ham o‘z ma’no-mazmuni bilan naqadar yuksak ahamiyatlidir. Komillik g‘oyasi zaminimizda chuqur ildiz otgan, uning ta’sirini barcha zamon olimlari ijodida, mutafakkirlari faoliyatida yaqqol ko‘rish mumkin. “Qobusnoma” asarini yozgan Kaykovusning fikrlariga to‘xtaladigan bo‘lsak, u asarida o‘z o‘g‘liga murojaat orqali kelajak avlodning mukammal qiyofasini yaratishni, barkamol avlodni tarbiyalashni maqsad qilibolganini anglashimiz mumkin. Farzandlarni komil inson qilib tarbiyalashda ilm va hunar o‘rganishga va balki har bir ota-onani o‘z farzandiga ilm va hunar o‘rgatishga davat etadi. Yusuf Xos Hojib har bir kishi jamiyatda munosib bo‘lib kamol topmog‘i kerak, degan qarashni ilgari suradi. Buning uchun u tug‘ilgan kunidan boshlab zarur tarbiyani olmog‘i lozim. Oilada qobil qizni tarbiyalash haqida fikr yuritar ekan, engavvalo, onalarning ma’rifatli bo‘lishlari muhimligini ta’kidlaydi. Farzand tarbiyasi qancha erta boshlansa, shundagina ularning |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling