Ikkinchi qism toshkent – 2023


AXLOQIY QIYOFASINI SHAKLLANTIRISH MASALALARI


Download 4.07 Mb.
Pdf ko'rish
bet83/165
Sana14.09.2023
Hajmi4.07 Mb.
#1678051
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   165
Bog'liq
TO\'PLAM II

AXLOQIY QIYOFASINI SHAKLLANTIRISH MASALALARI 
(Talabalardan iborat folklor-etnografik jamolarni tashkil
etish uslublari misolida) 
 
Sunnatillayev Asatillo Sunnatovich,
Yunus Rajabiy nomidagi O‘zMMSI Ilmiy tadqiqotlar
 innovatsiyalar va ilmiy-pedagogik
kadrlar tayyorlash bo‘limi boshlig‘i, erkin izlanuvchi 
 
Annotatsiya: Bugungi kunda folklor-etnografik jamolari xalqimizning 
qadimiy an’analari, xalq og‘zaki ijodining noyob namunalarini saqlashda, ularga 
sayqal berib, yana xalqimizning o‘ziga qaytarishda jonbozlik va fidoyilik 
ko‘rsatuvchi ijodiy laboratoriya vazifasini o‘tab kelmoqda. Ushbu maqolada 
yoshlarni ma’naviy-axloqiy qiyofasini shakllantirishda, kelajagi buyuk o‘zbek 
yurtining haqiqiy egalari bo‘lgan har tomonlama yetuk komil insonni tarbiyalashga 
xizmat qilayotgan folklor-etnografik jamolariining o‘rni, qolaversa oliy ta’lim 
muassasalari qoshida folklore etnografik jamoalarni tashkil etish uslublari, 
ularning yoshlar tarbiyasidagi ahamiyati ilmiy tahlil etilgan. 
Kalit so‘zlar: Yoshlar, ma’naviyat, qadriyat, folklor, umuminsoniy qadriyat-
lar, milliy qadriyatlar, folklor-etnografik jamoalari, komil inson, tarbiya. 
Badiiy tafakkur rivojining hosilasi bo‘lgan xalq og‘zaki ijodi milliy 
ma’naviyatimizning asosiy negizlaridan hisoblanadi. Adolatli jamiyat qurish 
va barkamol shaxs tarbiyalash borasida ma’naviy merosning o‘rni benihoya 
kattadir. O‘z o‘tmishi, dini, tarixi, adabiyoti, madaniyati, tili, urf-odatlari-
dan bexabar xalq o‘z kelajagini qura olmasligini davr isbotlamoqda. Shu bois 
ham bugungi globallashuv sharoitida yuksak ma’naviyatli shaxsni tarbiya-
lash asnosida ajdodlarimiz tomonidan qoldirilgan boy ma’naviy merosni 
asrab avaylash, tadqiq etish, kelgusi avlodga yetkazishga burchlidirmiz.
Muhtaram Prezidentimiz Sh.M.Mirziyoevning ma’naviyat va ma’rifat 
hamda madaniyatimizni rivojlantirish yo‘lida olib borayotgan siyosatidan 
kelib chiqib, milliy ruhni o‘zida asrlar bo‘yi ortmoqlab kelayotgan, qadimiy 
an’analarni bugungi kunda ko‘z-ko‘z etayotgan, o‘z ortidan millionlab 
kishilarni ergashtirayotgan har tomonlama ibrat maktabi bo‘lib, omma 
mehrini qozonayotgan, yoshlar qalbiga ma’naviyat urug‘ini singdirayotgan 
ijodkorlardan biri bu - folklor-etnografik jamoalaridir. Bugungi kunda 
folklor-etnografik jamoalari xalqimizning qadimiy an’analari, xalq og‘zaki 
ijodining noyob namunalarini saqlashda, ularga sayqal berib, yana 


200 
xalqimizning o‘ziga qaytarishda jonbozlik va fidoyilik ko‘rsatuvchi ijodiy 
laboratoriya vazifasini o‘tab kelmoqda.
Inson qaysi jamiyatda yashamasin, u turli moddiy va ma’naviy qadriyatlar 
qurshovida bo‘lib, o‘z turmush tarzi, munosabati va xatti-harakati, xulq-odobi 
va urf-odatlarini namoyon etadi. Odam ibtidosidan boshlab son-sanoqsiz 
qadriyatlar olamida yashab kelmoqda. Umumbashariy, milliy va shaxsiy 
qadriyatlar majmuasi mavjuddir. Quyosh, yer, suv, havo, o‘simlik va hayvonot 
dunyosidan iborat umumbashariy tabiiy qadriyatlar jamiyat va inson bo‘lmasa 
ham yashay oladi, ammo inson bu qadriyatlarsiz yashay olmaydi. Qadriyat 
“inson va jamiyat ma’naviyatining tarkibiy qismi, olamdagi voqealar, hodisalar, 
jarayonlar, holatlar, sifatlar, talab va tartiblarning qadrini ifodalash uchun 
ishlatiladigan tushuncha”dir. [4; 89 b.] 
Inson va jamiyatning mavjudligini ta’minlaydigan qadriyatlar milliy 
tarbiya tufayli, ajdodlardan asta-sekin tadrijiy ravishda avlodlarga o‘tadi. 
Milliy tarbiya atamasi keng va tor ma’nolarda ishlatiladi. Keng ma’noda, u 
inson shaxsini shakllantirishga, uning ishlab chiqarish va ijtimoiy, madaniy, 
ma’rifiy hayotda faol ishtirokini ta’minlashga qaratilgan barcha ma’naviy 
ta’sirlar, tadbirlar, harakatlar, intilishlar yig‘indisini anglatadi. Bunday 
tushunishda milliy tarbiya. faqat oila, maktab, bolalar va yoshlar 
tashkilotlarida olib boriladigan tarbiyaviy ishlarni emas, balki butun ijtimoiy 
tuzum, uning yetakchi g‘oyalari, adabiyot, san’at, kino, radio, TV, OAV va 
boshqalarni ham o‘z ichiga oladi.
Ma’naviy-axloq qadriyatlarning jamiyat, xalq hayotida tutgan o‘rni 
beqiyosdir. Bunda ayniqsa, umuminsoniy qadriyatlar alohida o‘rin tutadi. 
Umuminsoniy qadriyatlar sermazmun va serqirra bo‘lib, ijtimoiy ma’no kasb 
etadi. Milliy qadriyatlar umuminsoniy qadriyatlar bilan har bir shaxsga xos 
bo‘lgan qadriyatlarni bog‘lovchi xalqalardan biri, jamiyat va uning 
fuqarolarini komillikka yo‘naltiruvchi ijtimoiy taraqqiyotning muhim omili 
milliy, ma’naviy va axloqiy qadriyatlardir. 
Milliy qadriyatlar millat, elatlarga xos moddiy, ijtimoiy, ma’naviy, 
axloqiy, madaniy, tarixiy belgilarni, xususiyat, munosabat, an’ana, urf-odat, 
udum, marosimlarni mujassamlashtirgan his-tuyg‘u, xislat-fazilat, 
ma’naviy axloqiy me’yor va qoidalarning yig‘indisidir. 
Faylasuf olim Q.Nazarov ta’rificha, milliy qadriyatlar tushunchasi 
muayyan millatning tabiiy, tarixiy va ijtimoiy rivojlanish jarayonida 
yaratayotgan moddiy va ma’naviy boyliklarinigina emas, balki hudud, 
madaniy-ma’naviy meros, milliy madaniyat, til, milliy ong, millat ruhi, 
tarixi, o‘tmishi, turmush tarzi, millat hayotining tartib-qoidalari hamda ular 
bilan bog‘liq milliy xususiyatlar, jihatlar va boshqalarni ifodalaydi. [5; 59 b.] 


201 
O‘zbek xalqining milliy qadriyatlariga asoslangan urf-odatlarimizning 
mohiyatini yoshlarga o‘rgatishda, ular qalbida mehr va muruvvat chechaklarini 
undirib-o‘stirishda folklor-etnografik ansambllari dasturlaridan foydalanish 
ijobiy samara beradi. So‘nggi yillarda folklor-etnografik jamoalar repertuarida 
milliy qadriyatlar va an’anaviy marosimlarining vositasi bo‘lmish mehr-
muruvvat, saxovat va insoniy fazilatlarni aks ettiruvchi sahna ko‘rinishlari 
shakllandi. Yuzaga kelgan ijodiy erkinlik, ruhiy yangilanish folklor asarlarini 
hayotga yanada keng targ‘ib qilish jarayonini boshladi. Masalan, xalqimiz 
badiiy salohiyatining eng go‘zal namunalarini o‘zida mujassamlashtirgan 
umumxalq shodiyonasi – Navro‘zi olam bilan bog‘liq qo‘shiqlar, udumlar va 
marosimlar qayta tiklandi. Navro‘z bayramining kelib chiqish tarixi, taraqqiyot 
bosqichlari, uning tarkibidagi folklor asarlarini badiiy xususiyatlari, bayramni 
o‘tkazilishi bilan bog‘liq lokal belgilar ro‘yobga chiqdi. “Yil boshi”, “Qozon 
to‘ldi”, “Sumalak pishirish”, “Hashar uyushtirish”, “Lola sayli”, “Gul sayli” kabi 
o‘zligimizni tarannum etuvchi qadimiy udumlarimiz yana hayotga qaytdi. 
Asrlar davomida shakllantirib va rivojlantirib kelingan an’ana va 
marosimlarda, o‘zbek xalq og‘zaki ijodida vatanparvarlik, adolat, 
millatparvarlik, insonparvarlik, yurtsevarlik, el-yurtni himoya qilish, 
Vatanga sadoqat va muhabbat kabi xislatlarni o‘zida jamlagan milliy 
dunyoqarashning asosiy unsurlari o‘z mujassamini topgan. Xalq og‘zaki 
ijodi - milliy g‘urur, or-nomus va qadr-qimmat, vafo va sadoqat, jasorat va 
matonat, olijanoblik va saxovatpeshalik, g‘amxo‘rlik, mehmondo‘stlik, qon-
qarindoshlik va o‘zaro yordam, oila sharafini va ayollar sha’nini saqlash, 
hayotdan ko‘z yumgan uzoq-yaqin kishilar xotirasini yodga olish, 
bag‘rikenglik va halollik kabi fazilatlar sandig‘idir. O‘zbek xalq og‘zaki ijodi 
yodgorliklari - bizning ham tarixiy, ham ma’naviy, ham madaniy, ham 
huquqiy merosimizdir. 
Jamiyat va uning fuqarolarini komilikka yo‘naltiruvchi ijtimoiy 
taraqqiyotning muhim omili milliy, ma’naviy va axloqiy qadriyatlardir. 
Chunki davlat barqarorligi va taraqqiyoti jamiyatning ijtimoiy-huquqiy, 
ma’naviy-ruhiy, madaniy-badiiy ildizlariga tayanadi. 
Folklor-etnografik jamoalari qayerda tashkil qilingan bo‘lsa, o‘sha 
yerlik xalqning milliy an’analarini, og‘zaki ijodning noyob namunalarini 
saqlashda, unga sayqal berib, xalqning o‘ziga qaytarishda jonbozlik 
ko‘rsatmoqdalar. Masalan, O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti 
“E’zoz” folklor-etnografik jamoasi dasturidan joy olgan “Bolangizga alla 
ayting onalar” mavzuidagi dasturida mehr-muruvvat tushunchasi ona allasi 
orqali tarannum etilgan. Allada iltijo-yu sehr, mehr qolaversa, bu dunyoda 
eng nozik his-tuyg‘ular, ezgu tilaklar mujassam. Chunki, ona allasigina jajji 


202 
chaqaloqning qalbiga mehr-muruvvat, muhabbat, oqibat, iymon va insof 
tuyg‘ularini singdira oladi. Ona allasidan bahramand bo‘lgan yurtimiz 
yoshlari momolari, ota-bobolari yaratgan qadriyatlariga mehr qo‘yib, ular 
an’anasini davom ettiradilar. Bundan tashqari jamoada “Sumalak sayli”, to‘y 
marosimlari bilan bog‘liq udumlar “Kelin salom”, “Beshik to‘yi” kabi bir 
qator dasturlarida qadimiy urf-odat va an’analarimiz o‘z ifodasini topgan.
Keyingi yillarda mamlakatimizda faoliyat olib borayotgan folklor-
etnografik ansambllari faoliyatida yuksak insoniy fazilat bo‘lmish mehr-
muruvvatni aks ettiruvchi folklor sahna ko‘rinishlari ko‘payib bormoqda. 
Folklor-etnografik ansambllari o‘z dasturidagi marosimlar, qo‘shiqlar, 
rasm-rusumlar, xalq ijodiyotining turli xil namunalarini o‘z muxlislariga 
tanishtirish orqali ona diyorimizning muqaddas an’analariga sodiq qolish, 
uni e’zozlashni ibrat qilib ko‘rsatishlari ahamiyatlidir. 
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 28-noyabrdagi 
“O‘zbekiston Respublikasida milliy madaniyatni yanada rivojlantirish 
konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi PQ-4038-son Qarori, 2022-yil 28-
yanvardagi “2022-2026-yillarga mo‘ljallangan yangi O‘zbekistonning 
taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risida”gi PF-60-son Farmoni, 2022-yil 2-
fevraldagi “Madaniyat va san’at sohasini yanada rivojlantirishga doir 
qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-112-son qarori, O‘zbekiston 
Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan 2019-yil 19-mart 
kuni ilgari surilgan 5 ta muhim tashabbus ijrosini ta’minlash, yoshlarni 
nomoddiy madaniy merosga bo‘lgan qiziqishlarini oshirish, yoshlarning 
bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish, xalq qadiryatlarida mujassamlashgan 
ezgu g‘oyalarni yoshlar ongiga singdirish maqsadida oliy ta’lim 
muassasalari qoshida “Folklor san’ati”, “Xalq ijodiyoti”, O‘zbekiston 
nomoddiy madaniy merosi”, “Folklor ijrochilik san’ati” deb nomlangan 
to‘garaklar tashkil etish maqsadga muvofiqdir. 
Bugungi globallashuv jarayonida nomoddiy madaniy meros muhofazasi 
juda ham dolzarb masalalardan biridir. Hozirgi kunda yoshlar ongini turli xil 
mafkuraviy tahdidlardan, qolaversa “ommaviy madaniyat” deb atalmush 
illatdan himoya qilishda xalqning noyob ma’naviy merosi, milliy 
qadiryatlarimiz asosiy omillardan hisoblanadi. Ommaviy madaniyat xoh 
G‘arb xoh Sharq bo‘lsin uning ma’naviy hayotiga sezilarli ta’sir 
ko‘rsatmoqda. U yildan yilga inson shaxsiga, uning estetik tafakkuriga juda 
katta kuch bilan daxl qiluvchi hodisaga aylanib bormoqda. Ommaviy 
madaniyat eng avvalo, milliy axloqqa zarba berib, jamiyatning g‘oyaviy 
tizimini izdan chiqarishi bilan xatarli.


203 
Xalq og‘zaki ijodiga oid doston, ertak, qo‘shiq, maqol va boshqa janrlarda 
ilgari surilgan g‘oyalar asrlar davomida xalqning yosh farzandni tarbiyalash 
vositasi bo‘lib kelgan. Ularda talaba-yoshlar o‘zbek uchun vatan, xalq, ona, ilm, 
g‘urur naqadar muqaddas tushunchalar ekanligini anglab yetadi. 
To‘garaklar badiiy havaskorlik san’atini rivojlantirish, yoshlarda milliy 
qadryatlarimizga bo‘lgan munosabatlarini shakillantirish, ushbu meros 
orqali o‘zligimizni anglatish, yoshlarni ota-bobolarimizdan meros qolgan 
betakror san’atga bo‘lgan mehrini oshirish, yoshlar orasida havaskor lapar, 
o‘lan, aytishuv, katta ashula ijrochilarini aniqlab, ularni keng targ‘ib qilish, 
talaba-yoshlarni nomoddiy madaniy meros bo‘yicha bilimlarini 
mustahkamlash, yoshlarni ijrochilik san’ati bo‘yicha iqtidorlarini ko‘rsata 
olish maqsadida tashkil etiladi.
To‘garak qatnashchilarini jalb etish muhum ishlardan hisoblanadi. Shu 
sababli ishni tashviqot yuritishdan boshlash lozim. Oliy ta’lim 
muassasasining barcha bino kirish qismida chiroyli e’lonlar yopishtirilishi 
lozim. E’londa to‘garak qachon, qayerda va kim tomonidan ishtirokchilar 
ro‘yxatga olinishi ko‘rsatilishi shart. Ansambl qatnashchilari birdaniga 
yeg‘ilmaydi. Qabul qilinganlar orasida faol qatnashadiganlarni aniqlab, ular 
orqali ham tashviqot ishlarini yuritish kerak.
Mashg‘ulotlarni tashkil etish – to‘garak mashg‘ulotlar xonasi jamoaviy 
faoliyat uchun moslangan bo‘lib, xushhavo bo‘lishi lozim. Javonlarda 
to‘garak ishiga zarur maxsus dastur, metodik qo‘llanmalar, nota to‘plamlari, 
disklar, video yozuvlar kabi vositalar bo‘lishi nazarda tutiladi. Shuningdek 
javonlarda esa ansambl ishtirokchilarining liboslari va taqinchoqlari 
saqlanadi. Xonada atoqli san’atkorlarning rasmlari, to‘garak faoliyatiga doir 
qo‘llanmalar, afishalar bo‘lishi maqsadga muvofiqdir. Mashg‘ulotlar asosan 
haftasiga 2 marta 3 soatdan otkazilishi maqsadga muvofiq. To‘garak 
mashg‘ulotlari bir vaqtda olib borilishi shart.
Badiiy rahbar to‘garakda mashg‘ulotlar o‘tkazar ekan talabalarga har 
tamonlama bilim berishga va ijro malakalarini shakillantirishga harakat 
qilishi lozim. Bunda o‘rgatilishi lozim bo‘lgan musiqiy asarlarning tarbiya-
viy ahamiyati va vazifalarini aniq belgilab olishi shart. To‘garak tarkibidagi 
har bir guruh bilan mashg‘ulotlarning natijasi tahlil qilib boriladi.
O‘quv soatlari yakka mashq, yalpi jamoa va raqs va sahna harakati shakli 
mashg‘ulotlariga bo‘linadi. Rahbar ishtirokchilarning tayyorgarlik 
darajalariga qarab birinchi soatni yakka, guruhli mashg‘ulotlarga, ikkinchi 
soatni jamoaviy (yalpi) mashg‘ulotlar, uchinchi soatni esa raqs va sahna 
harakatlariga ajratish ma’qul. Yangi kelgan ishtirokchilar uchun qo‘shimcha 
mashg‘ulot vaqti ajratish tavsiya etiladi.


204 
Ayni paytda vatanparvar, insonparvar, komil insonni umuminsoniy 
milliy qadriyatlar uyg‘unligida tarbiyalash mumkinligini hayotning o‘zi 
ko‘rsatmoqda. Bunda milliy o‘zlikni anglashga e’tibor qaratish, kishida 
milliy g‘ururni tarbiyalash, boshqa insonlarga hurmat tuyg‘usini qaror 
toptirish muhim sanaladi. Zotan, tug‘ilib o‘sgan joyiga muhabbat, oilaga, 
ona tiliga, milliy odatlar va an’analarga munosabat shaxsni fuqaro sifatida 
xarakterlaydi. Shu bois folklor-etnografik jamoalari ota-bobolarimiz asrlar 
bo‘yi asrab-avaylab kelgan qadriyatlar orqali yoshlarni ma’naviy-ahloqiy 
qiyofasini shakllantirishda, kelajagi buyuk o‘zbek yurtining haqiqiy egalari 
bo‘lgan har tomonlama yetuk komil insonni tarbiyalashga xizmat qilmoqda. 

Download 4.07 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   165




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling