Ikkinchi qism toshkent – 2023


Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati


Download 4.07 Mb.
Pdf ko'rish
bet86/165
Sana14.09.2023
Hajmi4.07 Mb.
#1678051
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   165
Bog'liq
TO\'PLAM II

 
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati:
 
1. https://stat.uz/uz/rasmiy-statistika/social-protection-2.O‘zbekiston 
Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi rasmiy veb-sayti. 
2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 8-oktabrdagi 
“O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish 
konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi PF-5847-son farmoni. 
3. A.Xayitov. “Inson resurslarini boshqarish” fani bo‘yicha o‘quv-uslubiy 
majmua.-Toshkent: Iqtisodiyot, 2018 yil, 43-bet. 
4. Abdurahmonov Q.X., va boshqalar., Inson taraqqiyoti.Darslik . T-«Fan 
va texnologiya».2014.-234 b. 
5. Карташева Л.В. Управление человеческоми ресурсами. Учебник. -
M.: INFRA-M, 2014.-456 s 
 
OLIY TA’LIMDA KOGNITIV FAOLIYATNI TAKOMILLASHTIRISHDA 
TA’LIM VA TARBIYANING UYG‘UNLIGI 
 
Yusupov Bekzod Ergashevich 
Qarshi muhandislik iqtisodiyot instituti, 
 katta о’qituvchi 
 
Annotatsiya. Ushbu maqolada ta’lim tizimini rivojlantirishga xos bо’lgan 
ilg‘or tamoyillarning tavsifi, uzviylik va uzluksizlik tamoyillarini tadqiq qilgan 
xorijiy olimlarning tadqiqot natijalari tahlili xususida fikrlar bayon qilingan. 
Kalit so‘zlari: ta’lim tizimi, shaxs, jamiyat, ilg‘or tamoyil, uzviylik, 
uzluksizlik, integrativlik 
 
Rus pedagog olimi A.M.Novikov pedagogik ta’limni bir butun tizim 
sifatida isloh qilishning asosiy yo‘nalishlarini aniqlab bergan bo‘lib, bunda 
u ta’lim maqsadlarining to‘rtta asosiy yo‘nalishlarini belgilab bergan: shaxs, 
jamiyat, ishlab chiqarish va ta’lim sohasining o‘zi. Unga ta’lim tizimini 
insonparvarlashtirish, demokratlashtirish, uning ilg‘or xususiyatga ega 


217 
bo‘lishi va inson hayoti davomida ta’lim olishi sifatida uzluksiz ta’limga 
yo‘nalganlik kabilar kiradi [1]. Aytib o‘tilgan yo‘nalishlarning adolatliligini 
tan olgan holda, ta’limni rivojlantirishga xos bo‘lgan ilg‘or tamoyillar 
ta’rifiga to‘xtalib o‘tamiz. 
Oliy ta’limdagi kognitiv faoliyat avvalambor ta’lim jarayonining 
uzluksizligi va uzviyligi prinsipiga asoslanadi. Ta’lim jarayonining 
uzluksizligi va uzviyligi barcha ta’lim dasturlari va turli darajada va 
yo‘nalishdagi ta’lim standartlarini ketma-ket o‘zlashtirish orqali 
ta’minlanadi. Bunda ta’lim dasturi muayyan tartibda tuzilgan bilimlarning 
majmuasini tashkil qilib, ularni egallash ta’lim oluvchilarga o‘qishni davom 
ettirish yoki ularga muayyan lavozimni egallashga imkon beruvchi malakani 
olishga imkon beradi. U muayyan darajadagi va yo‘nalishdagi ta’limning 
mazmunini mustahkamlaydi. 
Uzluksizlik ta’limning tizim hosil qiluvchi omili bo‘lib, har bir inson 
shaxsiyatining doimiy rivojlanishga bo‘lgan ijtimoiy ehtiyojiga xizmat 
qiladi. Bu bilan ko‘p sonli ta’lim tarkibiy tuzilishlari - asosiy, parallel, 
bazaviy va qo‘shimcha, davlat va jamoat, rasmiy va norasmiy turlarining 
kelib chiqishi bilan belgilanadi. Ularning o‘zaro aloqadorligi va o‘zaro 
shartlanganligi, o‘zaro bir-biriga darajalari bo‘yicha bo‘ysunganligi, 
yo‘nalganligi va maqsad-mohiyati bo‘yicha muvofiqlashuvi, ular orasida 
o‘zaro ta’sirning ta’minlanishi bu kabi tarkibiy tuzilishlarning butun 
majmuini yagona tizimga aylantiradi. 
Uzluksizlik ta’lim tizimini takomillashtirishning asosiy maqsadini 
ifodalaydi – bu ta’lim jarayonining yaxlitligi, undagi barcha bosqich va 
darajalarda integrasiyalashuv (umumlashganlik)dan iborat. Boshqacha qilib 
aytganda, ta’lim inson ta’limning bir shaklidan boshqa shakliga o‘tganligi 
sababli uzluksiz emas, aksincha muayyan darajadagi va xususiyatdagi 
malakani olish yoki ishlash orqali u parallel ravishda va zarur bo‘lgan 
hollarda uni boshqacha yo‘llar bilan kengaytirishi mumkin. Ham tashkil 
etilgan davlat va ijtimoiy ta’lim tizimi orqali, ham mustaqil ta’lim olish 
orqali va hokazo [2]. 
Integrativlik va uzviylik uzluksiz rivojlanib borayotgan jarayonga rejali 
boshlanishni kiritishni nazarda tutgan bo‘lib, u faqat keyingi 
tayyorgarlikning bazaviy qiymatini emas, balki uzviy rivojlanayotgan 
jarayonga rejali boshlanmani kiritishni hamda o‘zaro bog‘liq bir 
butunlikning kiritilishini nazarda tutadi.
Shaxs kognitiv faoliyatini rivojlantirish va bu asosda umumbazaviy 
bilimlarni egallashga yordamlashish, mustaqil o‘quv-bilish faoliyatini 
takomillashtirish, innovasion yondashuvlar asosida kreativlik sifatlarini 


218 
o‘stirish asosida kognitiv faoliyat mazmunini insonparvarlashtirish va bu 
asosda shaxsning ichki dunyosi va ma’naviy sohadagi faoliyatini aks 
ettiruvchi gumanitar bilimlarni ajratish; ijtimoiy fanlar (huquq, falsafa, 
etika, estetika, adabiyot, psixologiya va boshq.), dunyoni bilish va qayta 
qurishda ishtirok etuvchi shaxsning o‘zini o‘zi anglashini shakllantirishga 
yordam beruvchi, inson huquqlari, erkinliklari, uning sha’ni va etnomadaniy 
xususiyatlarini hurmat qilish, madaniy qadriyatlar va axloq normalarini 
egallash, qurilayotgan jamiyatga, tabiatga g‘amxo‘r munosabatda bo‘lishga 
moslik; gumanitar ta’lim mazmunini optimizasiya qilishni bildiradi. Bundan 
tashqari, mazkur tamoyil pragmatizasiya (aytib o‘tilgan fanlar mazmuni-
ning tayyorgarlik yo‘nalishi, bitiruvchining pedagogik faoliyati xususiyatiga 
yaqinligi), diversifikasiya (majburiy va elektiv (talabaning tanloviga ko‘ra) 
gumanitar fanlar doirasini kengaytirish) va integrasiya (fanlararo kurslarni 
o‘qitish va o‘rganishni tashkil qilish)da o‘z aksini topadi.
Shuningdek, shaxs kognitiv faoliyatini rivojlantirish uchun unga 
qaratilgan tarbiya tizimini ham isloh qilish, ta’limni tarbiya bilan 
uyg‘unlikda olib borish talab etiladi. Tarbiya insonga muayyan (jamiyat 
tomonidan har bir tarixiy taraqqiyot davrida ijtimoiy muhim, ijobiy) 
qadriyatlar, xulq-atvor prinsiplari, baholash tizimi, o‘ziga, atrofdagi 
odamlarga, mehnatga, jamiyatga munosabatni shakllantirish maqsadga 
yo‘naltirilgan ta’sir o‘tkazishni nazarda tutadi. Ta’lim-tarbiya butun ta’lim 
muhitining bir butun ta’siri sifatida ko‘rib chiqiladi, vaholanki, tahliliy va 
pedagogik maqsadlarda u axloqiy, estetik, mehnat, jismoniy va boshqalarga 
ko‘ra taqsimlanadi. 
Rus olimi O.A.Nikiforov ta’lim va tarbiya jarayonlarida to‘rtta o‘zaro 
aloqadorlik jarayonlarini ajratib ko‘rsatadi: 

tarbiyani ta’limdan ajratib bo‘lmaydi, u o‘quv jarayoniga kiradi 
hamda tarbiyalovchi ta’lim sifatida talqin qilinadi. Tarbiyalovchi ta’lim– bu 
shunday ta’lim turi bo‘lib, unda ogohlantiruvchi ta’lim jarayoni va ta’lim 
oluvchilarning shaxs sifatlari majmuini shakllantirish orasida o‘zaro uzviy 
bog‘liqlikka erishiladi; 

ta’lim jarayonida tarbiya ta’limdan tashqari muayyan tizim yoki 
muassasa doirasida, unga parallel ravishda (to‘garaklar, jamoat ishi, mehnat 
tarbiyasi) amalga oshiriladi; 

tarbiya ta’lim jarayonidan tashqari (biroq uning umumiy maqsad va 
qadriyatlariga mos ravishda) oilada, mehnat jamoasida, guruhda, 
jamoatchilik tomonidan amalga oshiriladi; 

tarbiya boshqa muassasalar (ta’limiy emas) jamoalar (klublar, 
diskotekalar, davralar va hokazolar) tomonidan amalga oshiriladi. 


219 
Xulosa qilib aytganda ta’lim va tarbiya birligining psixologik mazmuni 
shundaki, uning asosida shaxs, sifat, dunyoqarash, talabalarning axloqiy 
sifatlari, ulardagi aqliy qobiliyatlar, estetik ehtiyojlar, did va jismoniy 
sifatlarning rivojlanishi muhim ahamiyatga ega hisoblanadi. 

Download 4.07 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   165




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling