Ikkinchi qism toshkent – 2023
Download 4.07 Mb. Pdf ko'rish
|
TO\'PLAM II
Kalit so‘zlar: falsafa, falsafiy bilim, ong, tafakkur, taraqqiyot, qadriyat,
fan, tabiat, olam, fikrlash, mantiq, haqiqat, ezgulik. Mamlakatimiz taraqqiyotining yangi bosqichida ta’lim muhitini o‘zgartirish milliy manfaatlarni umuminsoniy manfaatlar bilan uyg‘unlashtirish, falsafiy ta’limni rivojlantirish – milliy taraqqiyot sharti [1] sifatida ko‘rsatilmoqda. Bilim – bu inson hayoti, uning kamoloti uchun ma’naviy yuksalish pog‘onasi, tafakkur ozuqasi, dunyoqarashning asosidir. Insonning bilimi uni hayvondan farqlagan bo‘lsa, uning tili esa zohiran va botinan ijtimoiylashuvini boshlab berdi. Insonning bilish darajasi yuksalgan, bilish imkoniyatlari kengaygan hozirgi davrda falsafiy bilimlarning ahamiyati yanada ortadi. Negaki, falsafiy bilim umumiy, maxsus va kasbiy bilimlarni bir-biriga yaqinlashtirib, sistemaga soluvchi omildir. Chunki, falsafiy saboqlar, munozarayu baxslardan bezgan inson ham o‘zi anglamagan, sezmagan holda falsafiy bilimlarga tayanadi. Bilimli va ma’naviyati yuqori bo‘lgan olim insonlar tabiatan falsafiy bilimlarga qiziquvchan bo‘ladilar. Falsafiy bilimlar, shu bois ham barcha mutaxassislar uchun zaruriy hisoblanadi hamda ular ta’limning yuqori bosqichlarida o‘qitiladi. Tarix fani o‘tmishdan voz kecha olmagani kabi insoniyat o‘zining ko‘p ming yillik qadriyatlaridan ham yuz o‘gira olmaydi. Zero, davrlar-siyosatlar, saltanatlar yo‘q qila olmagan va yo‘q qila olmaydigan qadriyatlar baribir o‘zining kerakli ekanligini bildirib turaveradi, ularsiz insoniyat go‘yoki o‘z aqli va idrokini yo‘qotib qo‘ygandek. Falsafa ko‘p qirralik, ko‘p jihatlik, ko‘p mazmunlilikni yoqtiradi. Tushunish va anglash ham biror predmet yoki hodisaga nisbatan turlichalikka falsafa qarshi emas. Hayotni, turli odamlar turlicha talqin qiladilar. Chunki odamlarning saviyalari, ichki dunyolari, bilimlari har xil. Teran tafakkur esa chuqur bilim, tiniq fikrlik, o‘tkir mushohada bilan amalga oshadi. Falsafa bamisoli ummon, unga sho‘ng‘igan odam yo marvarid, yoki keraksiz, qadrsiz tosh olib chiqishi ham mumkin. Kimda mantiqiy tafakkurlash ustuvor bo‘lsa, u yangilik yaratuvchidir, aksincha bo‘lsa, jo‘yali biror narsaga ega bo‘lmaydi. Falsafiy bilimning shakllanishi boshqa dalillarni o‘rtaga olib o‘t oluvchi ichki aktdir. Bu harakat tufayli intellektual shijoatni talab qiluvchi tafakkur mashinasi ishga tushadi va tashqaridan kelgan faktlardan ilmiy manzara yaratiladi. Shu sababdan yagona fikrga asoslanadigan va aylanadigan 226 dunyoqarashga faqat o‘qitish (ma’ruza va seminarlar bilan) orqali erishsa bo‘ladi. Lekin ochiq-oydinki, o‘qitish jarayonida qaysidir muallif nuqtayi nazarini tinglovchiga to‘kib solasiz. Keng fikrlaydigan, mantiqiy xulosalar yasaydigan, xulosalarini boy hayotiy material asosida chiqaradigan faylasufni ma’ruza va seminarlarda o‘qitish yoki boshqa yo‘llar bilan falsafadan xabardor qilish orqaligina tayyorlab bo‘lmaydi. Faylasuf bahs- munozara, chuqur tafakkur yuritish mashqlarida tug‘iladi. Har bir ilm sohasining suyanadigan g‘oyaviy qoyasi, asosi bor. Falsafaning ana shunday asosi haqiqat yoki barcha olamlarning sir asrorlaridir. G‘irrom g‘oyalar, asossiz nuqtayi nazarlar doimo falsafa ortiga berkinadilar. Kezi kelganda ta’kidlash joizki, faylasuflikka da’vogar har bir insonning bu olamda o‘zining aytar so‘zi bo‘lishi kerak. Boshqalar so‘zlaridan keltirish ta’lim jarayonida u yoki bu fikrni isbotlash uchun qo‘l keladi, lekin ilmiy faoliyatda xulosa va hukmlar muallif tomonidan chiqarilishi kerak. Jaloliddin Rumiy do‘sti Shamsiddin Tabriziy bilan bir majlisda o‘tirganlarga “Asl mohiyati bilan o‘zingizniki bo‘lgan so‘zlarni qachon so‘zlaysiz?”[2], deya murojaat etgan edi. Boshqalarning so‘zlarini parda qiluvchilar boshqalarning qo‘shig‘ini taqlid qilib kuylayotgan qo‘shiqchiga o‘xshaydilar. Inson tanasini sog‘lomlashtiradigan omil sport, mehnat hamda muhit bo‘lsa, uning ma’naviyatini sog‘lomlashtiradigan omillar sog‘lom g‘oya yoki uni bunyod etgan falsafiy bilimlardir. Inson o‘z fikriy xulosasida boshqa bilimlarga katta urg‘u berib e’tiroz yoki shubhaga borsa, ta’kidlash joizki, barcha bilimlardagi haqiqat mezoni yoki uning salmog‘i falsafiy bilimlar va falsafiy tafakkur bilan yaratiladi. O‘z o‘tmishini hikoya qilib yuruvchi, lekin odamlar ma’naviy olamidan bexabar ijodkor, faylasuf nafosat sahrosiga kelib qolgan qaroqchiga o‘xshaydi. Bugun u bor, ertaga esa-yo‘q! San’at va falsafa sohasida yulduzlar juda ozchilikni, bugun ochilib ertaga to‘zib, yo‘q bo‘ladigan qizg‘aldoqlar esa ko‘pchilikni tashkil etadi. Keyingilarning dastidan ommaviy axborot vositalarida iqtidorli ijodkorlarga navbat ham tegmay qolishi mumkin. Falsafiy bilim doimo qadri baland bilimdir. U olamga, odamga qaratilgan qarashlar sistemasidir, tushunarli bo‘lgan xulosalar olamidir. Har bir davr o‘z faylasuflari oldiga qator savollarni ko‘ndalang qo‘yadi, javobini kutadi. Barcha bilimlarimizning universal manbasi insoniyat tajribasidir. Tahlil, mushohadalar pirovardida falsafiy bilimlar bo‘y ko‘rsatadi. Hayot tajribasi, kuzatuv narsa-hodisaning “nimaligini” anglashga yordam beradi. 227 Nega shundayligining sababini anglash bilan esa falsafa boshlanadi. Olamni anglash – tafakkur – sababiyat formulasi bilan odam faol faylasuflikka yaqinlashadi. Falsafaning muhokama doirasi shuncha keng-ki, falsafa nima, degan savoldan ko‘ra nima falsafa emas, – degan savolga javob berish osonroq. Chunki bu nima, degan savoldan ko‘ra, bu nega shunaqa, – degan savolga javob berish qiyindir. Tibbiyot jasad muammolarini yechish, uni hal etishga qaratidgan faoliyat bo‘lsa, falsafa inson ruhi va ma’naviyati, dunyoqarashi bilan shug‘ullanadi. Faylasuf falsafaning asosi haqiqat bo‘lgani bois u ba’zi holatlarda jamiyatga, insonga yoqmagan. Insoniyat tarixida faylasuflarning ko‘pchiligi uchun hayotlari fojea bilan yakunlangan. Chunki, siyosiy tizimlarning ko‘plab boshqaruvi falsafa tomonidan qattiq tanqid qilingan. Shunga qaramay, falsafa o‘z tadqiqot o‘zanini, haqiqatparvarligini hech narsaga almashtirmadi. Falsafa xolislik va adolatchilik uzra o‘z qanotlarini yoygan qushga o‘xshaydi. Chigal masalalar ko‘ndalang kelganda, bu haqda falsafa nima deydi, degan savol qo‘yiladi. Haqiqat faylasuf uchun asosiy asos bo‘lganida edi, ikki karra ikkini to‘rtligini ham, to‘rt emasligini ham isbotlay oladigan insonni haqiqiy faylasuf sanagan bo‘lar edim. Buning uchun qomusiy bilim va ishontirish san’ati kerak bo‘ladi. Falsafaning “men” degan lafzida insonning o‘ziga xosligi, betakrorligi, o‘zligi yashiringan. “Men” insonning shaxsiyatli individualligidir [3]. Inson o‘z shaxsiy manfaati ketidan boshqalar manfaatlariga zid yo‘lni tanlashi egoizmga olib boradi. Egoizm odamni o‘ziga bo‘lgan o‘z muhabbatining yetishmasligidir. Ilm fanda shubhaning o‘rni beqiyos, lekin olimlarga nisbatan shubhada bo‘lmoqlik durust emas. Sizga yetib kelgan shubhali ma’lumot, isbotlanmagan xulosadan voz kechishdan oldin qalbingiz bilan his qiling, unga quloq soling: uning yechimidan fanga, odamlarga va o‘zingizga naf bormi? Agar yo‘q bo‘lsa, vaqtingizni behuda sarflamaganingiz ma’qul. Shuningdek, tabiat, jamiyat, insonning o‘zi tangri bizlarga bergan buyuk ustozlardir. Ulardan o‘rganib biz voyaga yetamiz. Demak, bizlarni ko‘p sonli ustozlar qurshab turibdi, ular mehribon va benazir. Ularning o‘gitlari va bilimlarini olish yoki olmaslik bizning ixtiyorimizda. Modomiki, bilimlar inson kamolotining asosi ekan, kamolot sari ko‘tarilib boruvchi inson odamlarga naf keltirmasa, olgan bilimidan ma’no yo‘q, u – xudbin. 233 "Doiralar" sxemasi bo‘yicha faoliyat holatlari mavjud; "kvadratchalar" - madaniyat birliklari; "Kvadratchalardagi doiralar" - bu madaniy me’yorlar sifatida "ishlaydigan" vaziyatlardagi faoliyat modellarini belgilaydigan normalar. Biz yangi normalarni yaratish jarayonining barcha bosqichlarini ko‘rib chiqamiz. "Precedent" bosqichida faol shaxs (chiziq ostidagi raqam) ushbu ta’lim muassasa uchun yangi bo‘lgan faoliyat holatini yaratadi. Yangi madaniy shakl hali mavjud emas, faqat davom etishi mumkin bo‘lgan precedent mavjud yoki yo‘q. Download 4.07 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling