Ikkinchi qism toshkent – 2023
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati
Download 4.07 Mb. Pdf ko'rish
|
TO\'PLAM II
- Bu sahifa navigatsiya:
- MAMLAKATIMIZ TARAQQIYOTINING HOZIRGI BOSQICHIDA YOSHLAR TARBIYASINING DOLZARB VAZIFALARI Bo‘stonov Abduqahhor Sodiqovich
- Annotatsiya
- Kalit so‘zlar
- Birinchidan
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati: 1. Yo‘ldasheva S. Folklor-etnografik jamoalar uslubiyoti. T.: Navro‘z – 2014. 2. Tuzuvchi va mas’ul muharir: Yo‘ldasheva S. Nomoddiy madaniy meros va etnomadaniy qadriyatlar. Ilmiy seminar materiallari. T.: Navro‘z – 2014. – 3. Tuzuvchi va mas’ul muharir: Yo‘ldasheva S. O‘zbek xalqining milliy folklor san’ati va etnomadaniy qadriyatlari. Ilmiy to‘plam. T:, Navro‘z – 2014. 4. Ma’naviyat: asosiy tushunchalar izohli lug‘ati. – T.: G‘afur G‘ulom nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi – 2007. 5. Nazarov Q.N Aksiologiya. Qadriyatlar falsafasi. – T.: Faylasuflar milliy jamiyati – 2004. MAMLAKATIMIZ TARAQQIYOTINING HOZIRGI BOSQICHIDA YOSHLAR TARBIYASINING DOLZARB VAZIFALARI Bo‘stonov Abduqahhor Sodiqovich Namangan viloyati pedagoglarni yangi metodikalarga o‘rgatish milliy markazi Ijtimoiy-iqtisodiy fanlar va tillarni o‘qitish metodikasi kafedrasi o‘qituvchisi Annotatsiya: maqolada hozirgi davr yoshlar tarbiyasining obyektiv omillariga, yoshlar tarbiyasida ta’lim muassasa, oila va ijtimoiy muhitning birligiga e’tibor qaratilgan. Ma’naviy-ma’rifiy tarbiya ishida amal qilishi lozim bo‘lgan tamoyillar hamda tarbiyaviy ishlarning dolzarb masalalari tushuntirilgan. 205 Kalit so‘zlar: ma’naviy-ma’rifiy tarbiya, ijtimoiy muhit, ta’lim-tarbiya, oila, tamoyil, uzviylik, pedagogik-psixologik. Bugungi kunda dunyoda globallashuv jarayonlari kuchayib, tinchlik va barqarorlikka yangi tahdid va xatarlar tobora ko‘payib bormoqda. Bunday murakkab va tahlikali vaziyat ma’naviy-ma’rifiy tarbiya sohasida amalga oshirilgan ishlarni tanqidiy baholab, uning faoliyatini zamon talablari asosida takomillashtirishni taqozo etmoqda[1] Har bir inson taraqqiyotning ma’lum bir bosqichidagi jamiyatda, ya’ni zamon va makonda yashaydi, davr va ijtimoiy muhit shaxs shakllanishida asosiy rol o‘ynaydi. Yoshlar tarbiyasida davrning hususiyatlaridan kelib chiqish zarur. Hozirgi davrning asosiy hususiyati bu – globallashuv va o‘ta axborotlashgan jamiyatda yashayotganligimizdir. Mamlakatimiz Prezidenti Shavkat Mirziyoyev so‘zlari bilan aytganda, “bugungi kunda shiddat bilan o‘zgarib borayotgan hayot oldimizga qo‘yayotgan bir-biridan murakkab va muhim masalalarni hal qilish haqida o‘ylar ekanmiz, ularning yechimi aynan ta’lim-tarbiya bilan, yoshlarning dunyoqarashini zamonaviy bilim, yuksak ma’naviyat va ma’rifat asosida shakllantirish bilan bog‘liq ekaniga yana bir bor ishonch hosil qilamiz”[2]. Ta’lim-tarbiyada yoshlarning hayotiy qiziqishlari va mo‘ljallari albatta hisobga olinishi kerak. Bunda masalaning ikki jihatini bilish va e’tiborga olish zarur. Birinchidan, o‘quvchi va talaba yoshlarning hayotiy qiziqishlari va mo‘ljallari ularning ehtiyoj va maqsadlari bilan mos bo‘lishi zarur. Download 4.07 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling