Ikkinchi qism toshkent – 2023
PEDAGOGLAR MEHNATINI HUQUQIY TARTIBGA SOLISH –
Download 4.07 Mb. Pdf ko'rish
|
TO\'PLAM II
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kalit so‘zlar.
- Amaliy mashg‘ulot
PEDAGOGLAR MEHNATINI HUQUQIY TARTIBGA SOLISH –
IJTIMOIY-MA’NAVIY MUHIT BARQARORLIGINI TA’MINLASHNING ASOSI SIFATIDA Raximberganova Bonu Davlatnazarovna, Toshkent davlat yuridik universiteti tayanch doktoranti YUMOM o‘qituvchisi Annotatsiya. Maqolada ta’lim tashkilotlarida ijtimoiy-ma’naviy muhitni sog‘lomlashtirish uchun pedagoglarga ijtimoiy-huquqiy kafolatlar berish masalasidagi fikr va mulohazalar bayon etilgan. Shuningdek, ta’lim sohasini tubdan takomillashtirishda fidoiy kadrlarni yetishtirishning muhim omili sifatida munosib mehnat sharoitini ta’minlashga doir bir qator takliflar ishlab chiqilgan. 236 Kalit so‘zlar. Pedagoglar mehnati, ijtimoiy omil, mehnat huquqlari, kafolatlar, huquqiy maqom, ijtimoiy ta’minot, huquq, erkinlik. Bugungi kunda ta’lim sohasini rivojlantirishga qaratilgan islohotlar davlat siyosatining ustuvor va o‘ta muhim yo‘nalishlaridan biriga aylangan. Vatanimiz kelajagining poydevori bo‘lgan ilmga chanqoq va bilimli avlodni tarbiyalash nafaqat biz uchun, balki har qanday mamlakatning asosiy vazifasidir. Bu borada Prezidentimiz Sh.Mirziyoyevning “bugungi shiddatli zamon oldimizga qanday murakkab vazifalarni qo‘yayotganini barchamiz ko‘rib, bilib turibmiz. Ularni hal etish va ezgu maqsadlarimizga yetish, dunyo miqyosida raqobatbardosh bo‘lish uchun xalqimizni, avvalambor, yoshlari- mizni ilm-fan, ma’rifat va ma’naviyat, taraqqiyot yutuqlari bilan qurollanti- rishimiz kerak”[1] – deb bildirgan fikrlari bejiz emas. Ushbu jarayonda esa pedagog-xodimlar, ya’ni o‘qituvchi va murabbiylarning o‘rni beqiyosdir. Har qanday darajadagi ta’lim tashkilotida ijtimoiy-ma’naviy muhit pedagog-xodimlarning o‘z faoliyatiga sitqidildan yondashishi bilan bog‘liq. Ta’lim tashkilotlarda o‘qiyotgan yoshlarga beminnat bilim berish uchun o‘qituvchilar davlatdan, ishidan, maoshidan va ularga ajratilgan boshqa kafolatlardan mamnun bo‘lishining ahamiyati yuqoridir. Shu sababli ham, Prezidentimiz “muallim va ustozlarning qadri, sha’ni va g‘ururini tiklash, mashaqqatli va sharafli mehnatini moddiy va ma’naviy rag‘batlantirish bo‘yicha boshlagan ishlarimizni albatta yangi pog‘onaga ko‘taramiz” deya bot-bot ta’kidlamoqdalar [1]. O‘zining fidokorona mehnat faoliyatini amalga oshirishida ko‘z nuri, mehri, butun borligʻini kelajak avlod tarbiyasiga baxsh etadigan oʻqituvchi va murabbiylar mehnatini munosib baholash davlatning alohida e’tiborida bo‘lib kelmoqda. Shuning uchun ham so‘ngi yillarda mamlakatimizda pedagoglarga munosib mehnat sharoitlarini yaratish, ularning ijtimoiy himoyasi va huquqlarini ta’minlash, jamiyatdagi mavqeini yuksaltirish boʻyicha tinimsiz islohotlar amalga oshirilmoqda. Huquqshunos olim Sh.Ismailovning fikricha, taʼlimning davlat va jamiyat uchun alohida ahamiyat kasb etishi, uning ijtimoiy xarakteri tufayli pedagog xodimlar mehnatini tartibga solishning xususiyatlari sohaviy differensiatsiya sifatida oʻrganiladi [2]. Shu sababli, pedagoglar mehnatini huquqiy tartibga solish mehnat qonunchiligining alohida obyekti hisoblanadi. Pedagoglar maqomi Asosiy Qonun darajasida mustahkamlanganligi ta’kidlayotgan fikrlarimizning ayni isbotidir. Yangi Konstitutsiyaning 52-moddasida “O‘zbekiston Respublikasida o‘qituvchining mehnati jamiyat va davlatni rivojlantirish, sog‘lom, barkamol avlodni shakllantirish hamda 237 tarbiyalash, xalqning ma’naviy va madaniy salohiyatini saqlash hamda boyitishning asosi sifatida e’tirof etiladi. Davlat o‘qituvchilarning sha’ni va qadr-qimmatini himoya qilish, ularning ijtimoiy va moddiy farovonligi, kasbiy jihatdan o‘sishi to‘g‘risida g‘amxo‘rlik qiladi”[3] deb belgilanganligini nazardan chetda qoldirib bo‘lmaydi. Bundan tashqari, 2023-yil 1-may kuni Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi O‘zXDP fraksiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda bir qator qonun loyihalari birinchi va ikkinchi o‘qishda ko‘rib chiqildi. Yig‘ilishda shuningdek, “Pedagog xodimning maqomi to‘g‘risida”gi qonun loyihasi ham atroflicha ko‘rib chiqilib, ma’qullandi. Ushbu Qonunning qabul qilinishi natijaida o‘qituvchilarning alohida huquqiy maqomi belgilanadi. Qonun loyihasida pedagoglar uchun bir qator ijtimoiy kafolatlar o‘rnatilganligi esa, ularning o‘z mehnatlarini samarasini ko‘rishlarida va ular faoliyat olib borayotgan ta’lim tashkilotida ichki muhit yaxshilanishiga olib keladi. Loyihaning 21-moddasiga ko‘ra (Pedagog xodimlarni ijtimoiy himoya qilish), pedagog xodimlar umumiy belgilangan yoshdan 5 yilga qisqartirilgan holda imtiyozli pensiya olish huquqiga ega. Qonun loyihasining 28-moddasiga ko‘ra, pedagog xodimlar, harbiy akademik litseylar, tarbiya koloniyalari o‘qituvchilari – maxsus ish staji kamida 25 yil bo‘lgan taqdirda umumiy belgilangan yoshni 5 yilga qisqartirilgan holda imtiyozli pensiya olish huquqiga ega. Bundan kelib chiqadiki, agar Qonun qabul qilinsa 25 yillik maxsus stajga ega pedagog xodimlar: erkaklar — 55 yoshga to‘lganda; ayollar — 50 yoshga to‘lganda yoshga doir pensiya olish huquqiga ega bo‘lishlari mumkin. Shuningdek, Qonun loyihasining 18-moddasi 3-qismiga ko‘ra, (Pedagog xodimning mehnatiga haq to‘lash), davlat taʼlim tashkiloti pedagog xodimining bazaviy lavozim maoshi bazaviy hisoblash miqdorining 10 baravaridan kam bo‘lishi mumkin emas. Demak, agar Qonun qabul qilinsa davlat taʼlim tashkiloti pedagog xodimi- ning lavozim maoshi 3 million 300 ming so‘mdan kam bo‘lmasligi kerak. Loyihaning 24-moddasiga ko‘ra, oliy maʼlumotga ega bo‘lmagan ammo taʼlim tashkilotlarida kamida 5 yil ish stajiga ega pedagog xodim kirish test sinovlarisiz, to‘lov-kontrakt asosida va qabul parametrlaridan tashqari oliy taʼlim muassasasining pedagogika yo‘nalishi bo‘yicha sirtqi, kechki va masofaviy taʼlim shakliga suhbat asosida o‘qishga qabul qilinadi [4]. Ushbu Qonunning qabul qilinishi pedagoglarning o‘z kasbiga bo‘lgan hurmati va sadoqatini yanada oshiradi desak mubolag‘a bo‘lmaydi. 238 Ma’lumki, 2022-yil 28-oktyabrda Yangi Mehnat kodeksi [5] qabul qilinib, 2023-yil 30 apreldan kuchga kirdi. Ushbu kodeksda pedagog xodimlar ham ayrim toifadagi xodimlar qatoriga kiritilib, ularning mehnatini xususiyati og‘ir ekanligi inobatga olindi. MKning 501-moddasiga koʻra, tegishli ma’lumotga, kasbiy tayyorgarlikka, ma’naviy-axloqiy fazilatlarga ega bo‘lgan shaxslar pedagogik faoliyat bilan shug‘ullanish huquqiga ega. Bundan tashqari, ta’lim tashkilotlarining pedagog xodimlariga haftasiga o‘ttiz olti soatdan ortiq bo‘lmagan ish vaqtining qisqartirilgan davomiyligi belgilanadi va yillik uzaytirilgan mehnat ta’tili beriladi. Pedagog xodimlar ish vaqtining aniq davomiyligi va yillik uzaytirilgan mehnat ta’tilining davomiyligi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan Ijtimoiy-mehnat masalalari bo‘yicha respublika uch tomonlama komissiyasi bilan kelishilgan holda belgilanadi. Yuqoridagi normaning ijrosini ta’minlash uchun Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 26-iyundagi 263-sonli qarori bilan Pedagog xodimlar uchun yillik uzaytirilgan mehnat taʼtili davomiyligi meʼyorlari [6] tasdiqlandi. Unda oʻqituvchilarga 56 kalendar kun taʼtil berilishi belgilangan. Mazkur hujjat uzoq kutildi va mustaqillikdan keyingi ilk marotaba qabul qilingan pedagoglar uchun asosiy uzaytirilgan ta’til muddatlarini belgilovchi asosiy hujjat hisoblanadi (48 ish kuni O‘zSSR vaqtidan qolib ketgan edi). Ammo ushbu qaror ilovasining Izoh qismida “Ushbu meʼyorlarda keltirilgan xodimlarga yillik uzaytirilgan mehnat taʼtili uchun xaq toʻlashda yakshanba va bayram kunlari inobatga olinmaydi” degan qoidaga koʻzimiz tushadi. Bu esa, VM 263-son qarorining izoh qismi MKning 221 va 233- moddalariga zid ekanligini anglatadi. Sababi MK 233-moddasida har yilgi mehnat ta’tilida bo‘lgan vaqti uchun xodimga ushbu Kodeksning 257- moddasiga muvofiq hisoblab chiqariladigan o‘rtacha ish haqining saqlanishi kafolatlanishi ko‘rsatilgan. 221-moddasida esa, xodimlarning har yilgi asosiy va qo‘shimcha mehnat ta’tillarining davomiyligi kalendar kunlarda hisoblab chiqarilishi nazarda tutilgan. Demak, qoida tariqasida, normada ta’til davriga yakshanba kuni ham qo‘shilishi aytilmoqda. Shunday ekan, ta’til davriga to‘g‘ri kelayotgan yakshanba uchun ham haq to‘lash kerak. Ushbu normalarni boshqacha talqin qilish mumkin emas. Chunki 20.04.2021-yildagi “Normativ-huquqiy hujjatlar toʻgʻrisida”gi Qonunning 11-moddasida qonunosti hujjatlarida qonun hujjatlari darajasida tartibga solinishi lozim boʻlgan masalalar boʻyicha normalar belgilanishiga yoʻl qoʻyilmasligi, 18-moddasida esa, normativ-huquqiy 239 hujjat oʻziga nisbatan yuqoriroq yuridik kuchga ega boʻlgan normativ- huquqiy hujjatlarga muvofiq boʻlishi kerakligi belgilangan [7]. Shuningdek, VM 263-son qarori ilovasining Izoh qismida nazarda tutilgan qoida MKning asosiy prinsipi - xodimning huquqiy holati yomonlashishiga yoʻl qoʻyilmasligi prinsipiga ham zid boʻlib qolgan. Xususan, har qanday normativ-huquqiy hujjat xodimning huquqiy holatini yuqoriroq yuridik kuchga ega boʻlgan normativ-huquqiy hujjatga nisbatan yomonlashtirmasligi kerak. Bundan kelib chiqadiki, Kodeksning 233-moddasi mazmunidan yakshanba uchun ham haq toʻlanishi anglashilsa, VM 263-son qaroridan esa toʻlanmasligi kerakligi tushunilmoqda. MKning yuqori kuchga ega ekanligini inobatga olib, VM qarorini Kodeksga moslashtirish kerak. Keying masala Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 3 dekabrdagi “Oliy ta’lim muassasalarini bosqichma-bosqich o‘zini o‘zi moliyalashtirish tizimiga o‘tkazish to‘g‘risida”gi 967-sonli qarori [8]ga ko‘ra, “zamonaviy pedagogik texnologiyalardan keng foydalana oladigan va ilmiy izlanish olib boradigan professor-o‘qituvchilarni tanlash maqsadida oliy ta’lim muassasasi hamda professor-o‘qituvchilar o‘rtasida bir yillik muddatli shartnomalar tuzish amaliyotini joriy etish” belgilangan. Ammo mazkur hujjatni asos qilib olib muddatli mehnat shartnomasi tuzilishi mehnat qonunchiligiga zid. Chunki MK 112-moddasida faqat qonun bilan o‘rnatilgan hollardagina ish beruvchilar muddatli mehnat shartnomasi tuzishi mumkin. “Normativ huquqiy hujjatlar to‘g‘risida”gi Qonunining 7- moddasiga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlari qonun hujjatlaridir. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari va qarorlari, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari, vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralarning buyruqlari hamda qarorlari, mahalliy davlat hokimiyati organlarining qarorlari esa qonunosti hujjatlaridir. Bundan kelib chiqadiki, Vazirlar Mahkamasining qarorlari qonunosti hujjatlari bo‘lib, amaldagi Mehnat kodeksining 112-moddasida nazarda tutilgan qonun bilan belgilanadigan qoidalarni, asoslarni o‘rnata olmaydi. Agar qonunchilikda bunday chalkashliklar bo‘lsa pedagoglar uchun sof ijtimoiy-ma’naviy muhit yaratishning imkoni bo‘lmaydi. Xulosa o‘rnida aytib o‘tish kerakki, mehnat qonunchiligida pedagoglarning tutgan o‘rni alohida ahamiyatga ega. Ayrim qonunosti hujjatlarida qonunlarga zid keladigan, pedagoglarning ijtimoiy holatini yomonlashtiradigan normalar ham mavjud ekanligi esa pedagoglarga nisbatan huquq buzilishlar sodir etilishiga olib kelmoqda. Shu sababli, 244 tanishtiradi. Amaliy mashg‘ulot – aniq maqsadga qaratilgan va ta’lim beruvchi tomonidan boshqarilib turiladigan, o‘rganuvchi tomonidan amaliy bajariladigan topshiriq-vazifalar majmuyidir. Amaliy mashg‘ulot ta’lim jarayonining tarkibiy qismi bo‘lib, u o‘quv ustaxonalarida, labaratoriyalarda, o‘quv paligonlarida ish o‘rnida joylashgan real vositalardan foydalangan holda o‘tkaziladi. Download 4.07 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling