Ikkinchi qism toshkent – 2023


Список использованных литератур


Download 4.07 Mb.
Pdf ko'rish
bet102/165
Sana14.09.2023
Hajmi4.07 Mb.
#1678051
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   165
Bog'liq
TO\'PLAM II

 
Список использованных литератур: 
 
1. Мирзиёев Ш.М. Стратегия нового Узбекистана. – Ташкент: 
«Узбекистан», 2021. 464 с. 
2. Алимова, Н. (2023). Влияние духовного наследия восточных 
мыслителей на современное образование. Журнал "Педагогика и 
образование", 25(3), 78-92. 
3.Вахидов X. Просветительская идеология в Туркестане.- Ташкент: 
Узбекистан, 1979.-156 с. 
4.Муминов И.М. Из истории развития общественно-философской 
мысли в Узбекистане в конце XIX и начале XX в.- Ташкент, 1957.- 214 с. 
5.Рахманов, У. (2023). Интеграция принципов восточной философии в 
современную 
образовательную 
систему. 
Вестник 
Узбекского 
государственного педагогического университета, 18(2), 105-118. 
6.Сканцева, А. (2023). Современное образование в духовном наследии 
восточных мыслителей. Журнал "Образование и культура", 35(2), 45-59. 
 
YANGI O‘ZBEKISTONDA TARIX O‘QITUVCHILARINING UZLUKSIZ 
KASBIY RIVOJLANISHI – IJTIMOIY VA TA’LIMIY MUHITNI 
RIVOJLANTIRISH OMILI SIFATIDA 
 
Suyunov Asror G‘ulomovich,
Nizomiy nomidagi TDPU, Mustaqil tadqiqotchi 
Annotatsiya. Mazkur maqolada integrativ yondashuv asosida tarix o‘qituv-
chilarining o‘zini o‘zi kasbiy rivojlantirish tushunchasi keng tahlil qilingan. 
Kalit so‘zlar: integrativ yondashuv, rivojlanish, shaxsiy rivojlanish, kasbiy 
rivojlanish, o‘zini o‘zi kasbiy rivojlantirish. 
Ta’limda yuz berayotgan o‘zgarishlarni amalga oshirishning asosiy 
omili bu o‘qituvchi shaxsidir. Zamonaviy o‘qituvchilar tarkibi ta’limni 
modernizatsiyalashda muhim rol o‘ynaydi. Shunga ko‘ra, o‘qituvchiga 


297 
ta’lim sifatini oshirish, shaxsiy kasbiy faoliyatida innovatsion 
yondashuvlardan foydalanish imkoniyati, ijodiy salohiyatini rivojlantirish, 
shaxsiy va kasbiy rivojlanishda doimo tayyor bo‘lish talablari qo‘yiladi. 
Shunday qilib, hozirgi paytda o‘qituvchining professionalligi va 
shaxsiyatiga, 
uning 
salohiyatini 
rivojlantirishga 
ta’limni 
modernizatsiyalashning ajralmas sharti sifatida talablari sezilarli darajada 
oshib bormoqda.
Mamlakatimizda “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonunning 4-moddasida 
“insonning butun hayoti davomida ta’lim olishi” ta’lim sohasidagi asosiy 
prinsiplar sifatida belgilanishi axborotlashgan jamiyat va bilimga 
asoslangan iqtisodiyot davrida kelgusida o‘quvchilarni jahon standartlariga 
mos kadrlar bo‘lib yetishishi uchun yangi axborotni o‘zlashtiradigan va 
pedagogik faoliyatda qo‘llashga qodir bo‘lgan innovator o‘qituvchilarni 
kasbiy rivojlantirish imkoniyatini yaratadi [1].
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 6 noyabrdagi “Ta’lim-
tarbiya tizimini yanada takomillashtirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar 
to‘g‘risida”gi PQ-4884-son qarorida “xalq ta’limi xodimlarining malaka 
oshirish jarayonini “hayot davomida o‘qish” tamoyili asosida uzluksiz 
malaka oshirishni nazarda tutuvchi tizimga aylantirish”, “xalq ta’limi 
xodimlarining kasbiy ehtiyojlarini tashxis qilish asosida ularning individual 
rivojlanish dasturini ishlab chiqish va dasturga muvofiq malakasini oshirish 
tartibini amaliyotga kiritish” [2] muhim vazifalar qatorida qayd etilgan. 
Bu esa o‘z vaqtida tarix o‘qituvchilarining o‘zini o‘zi uzluksiz kasbiy 
rivojlantirish bilan bog‘liq quyidagi vazifalarni hal qilish zaruriyatini keltirib 
chiqaradi: 
tarix o‘qituvchilarining kasbiy ehtiyojlaridan kelib chiqib, ularning 
kasbiy va metodik tayyorgarligini takomillashtirish, integrativ yondashuv 
asosida uzluksiz kasbiy rivojlantirishga doir tizimli va uzviy amalga oshirish 
lozim bo‘lgan ustuvor vazifalarni aniqlash va belgilash; 
integrativ yondashuv asosida tarix o‘qituvchilarini uzluksiz kasbiy 
rivojlantirish omillari, o‘qituvchida professionallikni rivojlantirishga doir 
o‘zini o‘zi uzluksiz kasbiy rivojlantirishning komponentlari, bosqichlari va 
darajalarini aniqlash va belgilash. 
O‘qituvchilar kasbiy ahamiyatga ega bo‘lgan shaxsiy sifatlarni egallashi, 
o‘qitish jarayonida o‘quvchilarning mustaqil faoliyatini tashkil etish asosida 
ularning o‘quv-biluv faoliyatini takomillashtirishi, ta’lim-tarbiya 
jarayonining samaradorligini oshirishi hamda ta’limiy muhitni 
shakllantirishi, shuningdek, umumta’lim tizimida iqtisodiyotning 


298 
innovatsion rivojlanishi, ilg‘or xalqaro tajriba va jamiyatning zamonaviy 
talablariga muvofiq sifatli ta’lim olish imkoniyatlarini yaratish, inson 
kapitalini mehnat bozorida va umuman mamlakatda o‘quvchining 
raqobatbardoshlik darajasini belgilovchi asosiy omil sifatida rivojlantirishi 
zarur. Buning uchun turli xil zamonaviy usullarni bilishi va ularga 
asoslanishi, ilg‘or tajribalarni, fan-texnika yutuqlarini muntazam o‘rganib 
borishi, ularni o‘z faoliyatida tatbiq etishi, o‘qitish jarayoni bilan bog‘liq 
turli xil masala va muammolarni hal etishda mavjud o‘quv hamda huquqiy-
meyoriy mezonlarga asoslanishi zarur bo‘lib, bular o‘qituvchilarning o‘zini 
o‘zi kasbiy rivojlantirishini ifodalaydi.
Turli tadqiqotlarda "shaxsiy va kasbiy o‘z-o‘zini rivojlantirish" 
tushunchasining turli xil ta’riflarini ko‘rish mumkin: 
kasbiy rivojlanish, bu – xodimga qo‘yilayotgan malaka talablari va 
muayyan shaxsning mavjud sifatlari o‘rtasidagi tafovutni bartaraf etishga 
yo‘naltirilgan xodimlarni yangi vazifalarni bajarishga, lavozimlarni 
egallashga, kompetensiyalarni rivojlantirishga tayyorlash jarayoni 
tushuniladi” (E.M.Alkarov); 
kasbiy o‘zini-o‘zi rivojlantirish – kasbiy muhim shaxsiy fazilatlar va 
qobiliyatlarning, kasbiy bilim va ko‘nikmalarning o‘sishi, shakllanishi, 
birlashishi va kasbiy faoliyatga tatbiq etilishi, insonning ichki dunyosining 
tubdan yangi tuzilishi va turmush tarziga olib boradigan faol sifat o‘zgarishi 
tushuniladi (M.J.Shodiyeva); 
uzluksiz kasbiy rivojlanish – o‘qituvchining butun pedagogik faoliyati, 
lozim bo‘lsa, hayoti davomida kechadigan, kognitiv ehtiyojlari, alohida 
xususiyatlari, imkoniyatlari, pedagogik amaliyotiga mos bo‘lgan, 
shuningdek, sohada bo‘layotgan o‘zgarishlar, talablar, strategiyalarni 
inobatga olgan holda, individual ta’lim trayektoriyasini tanlash, tuzish, 
loyihalash va amalga oshirish tizimini ifodalaydi (A.A.Ibragimov); 
shaxsning izchil, faol va doimiy sifat o‘zgarishi jarayoni; o‘z-o‘zini 
takomillashtirish, harakat qilish, o‘zini shaxs sifatida rivojlantirish zarurati 
(G.A.Sukerman); 
uzluksiz va maqsadli takomillashtirish, pedagogik mahorat va tajribani 
to‘plash jarayoni (Y.A.Kaverin); 
faoliyat va o‘z-o‘zini takomillashtirish sharoitlari ta’sirida sodir 
bo‘ladigan, kasbiy ahamiyatga ega fazilatlarning shakllanishini 
ta’minlaydigan doimiy individual, shaxsiy, faollik va ijtimoiy-madaniy 
o‘zgarishlar jarayoni (N.V.Panova); 


299 
kasbiy rivojlanish – bu, avvalombor, professional muhim shaxsiy 
fazilatlar va qobiliyatlar, kasbiy bilim va ko‘nikmalarning pedagogik ishlarda 
o‘sishi, shakllanishi, birlashtirilishi va amalga oshirilishi, insonning ichki 
dunyosi tomonidan faol ravishda sifatli o‘zgarishi, tubdan yangi tuzilishi va 
hayot tarziga olib borishi (L.M.Mitina).
kasbiy rivojlanish ijtimoiy ahamiyatli faoliyat, ijtimoiy mavqe va kasbiy 
rolni, ijtimoiy ahamiyatli normalar va xulq-atvor qadriyatlarini, ta’lim 
darajasi va maxsus tayyorgarlikni bajarish tufayli ma’lum fazilatlarga ega 
bo‘lgan shaxsning kasbiy muvofiqligi (V.A.Bodrov). 
o‘z-o‘zini rivojlantirish o‘zini o‘zi belgilash va hayot strategiyasini 
individual tarzda belgilash jarayoni, chunki u ma’lum bir shaxsning 
qadriyatlariga mos keladigan yo‘nalishda amalga oshiriladigan jarayon 
hisoblanadi (K.A.Abulxanova-Slavskaya); 
o‘z-o‘zini rivojlantirish kasbiy faoliyat va o‘zaro munosabatlarda 
amalga oshiriladigan yuqori kasbiy yutuqlarga va uning professionalligiga 
yo‘naltirilgan shaxsni shakllantirish jarayoni (A.A.Derkach va V.M. 
Dyachkov). 
Tadqiqotchilarning fikrlarini taqqoslash shuni ko‘rsatadiki, o‘zini o‘zi 
kasbiy rivojlantirishning mohiyatini belgilashda uni shaxsiy o‘zgarishlarga 
va kasbiy fazilatlarning shakllanishiga olib boruvchi doimiy jarayon sifatida 
ko‘rib chiqish masalasida fikrlarning o‘xshashligi mavjud. Ushbu muammo 
bo‘yicha turli xil qarashlarni umumlashtirib, kasbiy rivojlanish kategoriyasi 
tabiiy o‘zgarish jarayoni, shu jumladan, jamiyat rivojlanishi sharoitida 
kasbiy faoliyatda miqdoriy va sifat o‘zgarishlari deb ta’riflanishi mumkin.
Shunday qilib, o‘zini o‘zi kasbiy rivojlantirish – bu o‘zini o‘zi tahlil 
qilish, baholash va anglash, intellektual va amaliy bilim, ko‘nikma hamda 
malakalarni egallash, o‘qitish jarayonini tashkil etishga doir iqtidor va 
kompetentlikka asoslangan yechimlarni topish yuzasidan tayyorgarlik 
jarayoni. Bunda ijodiy faoliyat, o‘ziga xoslik, yangilikni joriy etish qobiliyati 
va istagi, g‘oyalarni birlashtirish, kuchlarni safarbar qilish va o‘tgan tajribani 
qayta tiklash, rivojlangan tasavvur va hissiy munosabat, ijodiy tashabbus 
muhim rol o‘ynaydi. 
O‘qituvchi shaxsining mustaqil kasbiy salohiyatini rivojlantirish 
tizimidagi boshlang‘ich rolni tartibga solish tamoyillari – maqsadga 
muvofiq uning mazmuni, usullari, shakllari va vositalarini belgilaydigan 
asosiy qoidalarni nazarda tutadi. Mazkur jarayon jamiyatning o‘qituvchiga 
qo‘yadigan talablarini o‘zgartirish, ilg‘or pedagogik tajriba, o‘zini o‘zi 


300 
anglash, hamkasblar yutuqlari bilan tanishish, o‘z yutuqlarini boshqalar 
bilan taqqoslash bilan boshlanadi.
O‘qituvchining mustaqil kasbiy rivojlanishi uning kasbiy-metodik 
tayyorgarligida ifodalanadi. Kasbiy tayyorgarlik jarayonida barcha 
rivojlanish xususiyatlari amaldagi ta’lim tizimida mavjud kamchiliklarni 
bartaraf etib borgan holda, yangi zamonaviy bilimlar va unga ratsional 
yondashuvlar joriy etilgan integral bilimlar tizimi bir-birini to‘ldirib 
qo‘llanilganda shakllantirilishi mumkin. Akmeologlar ta’kidlashicha, hatto 
yuqori darajadagi professionallikka erishgan holda ham, mutaxassislar 
rivojlanishdan to‘xtamasliklari lozim. 
Pedagogning o‘zini o‘zi uzluksiz rivojlantirishi shaxs rivojlanishining 
umumiy psixologik va pedagogik qoidalariga amal qiladi: 
o‘zini o‘zi kamol toptirish, boshqalar tomonidan munosib qadrlanishga 
intilish, “nufuzli” bo‘lishni xoxlash; 
shaxsning rivojlanishi faqat insonning o‘z faoliyati jarayonida amalga 
oshadi; 
shaxsning ko‘plab fazilatlari shaxslararo muloqotda shakllanadi; 
alohida iqtidor, shaxsiy xususiyatlarni emas, balki shaxsni har 
tomonlama yaxlit rivojlantirish lozim; 
shaxsning eng yaxshi jihatlari, uning qiziqishlari, ehtiyojlari, 
moyilliklari, hissiyotlariga tayanish lozim. 
Yuqoridagilardan ko‘rinadiki, o‘qituvchining uzluksiz va mustaqil 
malaka oshirish orqali o‘zini o‘zi rivojlantirishi – o‘qituvchining o‘zida 
kasbiy tajriba, malaka va mahoratni takomillashtirish yo‘lida aniq maqsad 
va puxta o‘ylangan vazifalar asosida mustaqil ravishda amaliy harakatlarni 
tashkil etishi, o‘z missiyasini chuqur anglagan holda kasbiy kompetentligini 
rivojlantirish, o‘quvchilarda zaruriy kompetensiyalarni shakllantirish, uni 
shaxs sifatida har tomonlama rivojlantirish va ta’lim jarayonini tashkil 
qilishga doir bilimlarni egallash ustida uzluksiz izlanishi bilan ta’minlanadi.

Download 4.07 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   165




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling