Ikkinchi qism toshkent – 2023
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati
Download 4.07 Mb. Pdf ko'rish
|
TO\'PLAM II
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati:
1. Ta’lim to‘g‘risida / O‘zbekiston Respublikasining Qonuni // Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 24.09.2020 y., 03/20/637/1313-son. 2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 6 noyabrdagi “Ta’lim- tarbiya tizimini yanada takomillashtirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” PQ-4884-son qarori. 309 ruhida tarbiyalash masalasi ustuvor vazifa qilib olingan. Chunki, ertaga kattalar o‘rnini bosadigan yoshlar aynan shunday oziqlangan zaminda voyaga yetgan taqdirdagina komil insonlar bo‘lib, haqiqiy tayanch va suyanchga, yengilmas ma’naviy kuchga aylanib, jahon maydonlarida har qanday bellashuv va sinovlarga tayyor tura oladilar. Inson va jamiyatning mavjudligini ta’minlaydigan qadriyatlar ma’naviy tarbiya tufayli ajdodlardan asta-sekin tadrijiy ravishda avlodlarga o‘tadi. Ma’naviy tarbiya atamasi keng ma’noda inson shaxsini shakllantirishga, uning ishlab chiqarish va ijtimoiy, madaniy, ma’rifiy hayotda faol ishtirokini ta’minlashga qaratilgan barcha ma’naviy ta’sirlar, tadbirlar, harakatlar, intilishlar yig‘indisini anglatadi. Bunday tushunishda ma’naviy tarbiya faqat oila, maktab, bolalar va yoshlar tashkilotlarida olib boriladigan tarbiyaviy ishlarni emas, balki butun ijtimoiy tuzum, uning yetakchi g‘oyalari, adabiyot, san’at, kino, radio, TV, OAV va boshqa qator faoliyatini ham o‘z ichiga oladi. Shuningdek, keng ma’nodagi ma’naviy tarbiya atamasi tarkibiga bu sohada ta’lim va ma’lumot olish ham kiradi. Tor ma’noda, ma’naviy tarbiya muayyan shaxsning ma’naviy rivoji, dunyoqarashi, axloqiy qiyofasi, estetik didini o‘stirishga yo‘naltirilgan pedagogik faoliyatni anglatadi. Bunday tarbiya oila va tarbiyaviy muassasalar hamda jamoat tashkilotlari doirasida amalga oshiriladi. Har qanday ma’naviy tarbiya ta’lim bilan chambarchas bog‘liq holdagina mavjud bo‘ladi. Chunki, ta’lim va ma’lumot olish jarayonida shaxsning bilimi ko‘payibgina qolmay, balki ma’naviy-axloqiy sifatlarining qaror topishi ham tezlashadi. Shu bois ota- bobolarimiz qadimdan bebaho boylik bo‘lmish ilmu ma’rifat, ta’lim- tarbiyani inson kamoloti va millat ravnaqining eng asosiy sharti hamda garovi deb bilganlar. Prezidentimiz ta’kidlagani kabi, “Ta’lim-tarbiya — ong mahsuli, lekin ayni vaqtda ong darajasi va uning rivojini ham belgilaydigan, ya’ni, xalq ma’naviyatini shakllantiradigan va boyitadigan eng muhim omildir. Binobarin, ta’lim-tarbiya tizimini va shu asosda ongni o‘zgartirmasdan turib, ma’naviyatni rivojlantirib bo‘lmaydi. Shu bois bu sohada yuzaki, rasmiy yondashuvlarga, puxta o‘ylanmagan ishlarga mutlaqo yo‘l qo‘yib bo‘lmaydi. Maktab, ta’lim- tarbiya masalasi davlat va jamiyat nazoratida bo‘lishi Asosiy qonunimizda belgilab qo‘yilgan. Shu bilan birga, bu keng jamoatchilik, butun xalqimizning ishtiroki va qo‘llab-quvvatlashini talab qiladigan umummilliy masaladir. Bu haqda fikr yuritganda, men Abdulla Avloniyning «Tarbiya biz uchun yo hayot — yo mamot, yo najot — yo halokat, yo saodat — yo falokat 310 masalasidir» degan chuqur ma’noli so‘zlarini eslayman. Buyuk ma’rifatparvar bobomizning bu so‘zlari asrimiz boshida millatimiz uchun qanchalar muhim va dolzarb bo‘lgan bo‘lsa, hozirgi vaqtda ham biz uchun shunchalik, balki undan ham ko‘ra muhim va dolzarb ahamiyat kasb etadi. Har gal bola xulqi, tarbiyasi haqida gap ketganda yaponlarning tarbiya metodlari esimga tushadi. Yaponlar “Mamlakatni rivojlanishini xoxlasang, avalambor onalarni tarbiyala”, degan shior bilan yashashadi. Chiroyli tarbiya berish ota-onaning farzandi oldidagi burchlaridandir. Bu haqni ado etish o‘z- o‘zidan bo‘lmaydi, insondan katta mas’uliyat, mashaqqat talab qiladi. Bola tarbiyasiga eng birinchi navbatda ota-ona javob beradi. Ular bolalarini zarur mashg‘ulotlar bilan band qilishi kerak. Bola ongi bo‘sh turmaydi. Uydagi tarbiya bolani qoniqtirmasa, ko‘chaga intiladi, o‘zi bilmagan holda boshqa “dunyo” komiga kira boshlaydi. Bugun kim bilan o‘tirib gaplashsangiz, darrov farzandiga buzg‘unchi g‘oyalar ta’sir etayotganidan shikoyat qiladi. Ba’zi xonadonlarda farzandlar axloqi katta muammoga aylangan. Yangi asrda axborot tezligi taraqqiyotga ijobiy ta’sir ko‘rsatyapti. Ayni chog‘da qator muammolar keltirib chiqaryapti. Internet, uyali telefon orqali yoshlarga qilinayotgan hujumlardan saqlanish eng katta muammoga aylandi. Ehtiyot choralari izlanyapti, lekin bu harakatlarning ko‘pi faqat nazariy. Ularni amalda qo‘llash qiyin. Bugun ko‘pchilik takrorlaydigan iboralar:“Farzandim meni tushunmaydi"; "Menga itoat etmaydi"; “Nasihatimga quloq solmaydi”; “Kunduzi uxlab, tunda televizor ko‘radi"; “Aka-ukalari bilan janjallashadi”; “Ko‘p yolg‘on gapiradi” va hokazo. O‘tgan ulug‘larimiz bola xulqi buzilishiga ko‘pincha ota-ona sabab bo‘lishini ta’kidlashgan. Jumladan, asosiy ichki sabablar: • Oilani boshqarishda ota-onaning aniq maqsadi yo‘qligi;—bola go‘daklik davridanoq tarbiya uslublarini yo‘lga qo‘ymaslik, bola tarbiyalashni bilmaslik;—moddiy ta’minotni haddan oshirib yuborish yoki umuman ta’minlamaslik; • bolaning ta’lim olishdan maqsadi yo‘qligi yoki darslarni o‘zlashtirolmasligi, maktabga ota-ona majburlashi bilan borishi; • bolaning ota-onadan qoniqmasligi; • murabbiydan qo‘rqishi; • ota-onadan mehr ko‘rmay, boshqalardan shirin so‘zlar eshitishi; • Ota-ona farzandi oldida janjallashishi; • Ota-ona farzandlaridan birini maqtashi, boshqasini e’tiborsiz qoldirishi; 311 • ishlarni faqat chaqqon bolaga yuklab, qolganlariga beparvo bo‘lish; • ota uzoq vaqt uyda bo‘lmasligi; • kichik xatoni bo‘rttirish; • uydagi holat bilan talab qilinayotgan narsaning bir-biriga mos kelmasligi; • bolaning xatosini to‘g‘ri tushuntirmaslik, boshqa bolalarga solishtirish. Bu ish noto‘g‘ri. Chunki har bir bola o‘z tabiatiga ega. Tashqi ta’sirlar: • muallimning o‘zi o‘rgatayotgan fan maqsadini bilmasligi; • tashqarida ham o‘rnak bo‘ladigan shaxsning yo‘qligi; • shahvatni qo‘zg‘atuvchi omillar; • aloqa vositalari rivojlanib ketishi sabab yomon do‘stlarning ko‘pligi; • ta’lim-tarbiya zamon talablariga mos emasligi; • tashqi ko‘rinishi bilan tengdoshlaridan ajralib turishi; • ortiqcha qo‘pollik, qattiqqo‘llik, o‘rinli-o‘rinsiz kaltaklayverish. Bu illatlar tufayli bolaning fe’li buziladi, beti qotadi. Uyimiz, ko‘cha- ko‘y, yashab turgan jamiyatimizdagi muhit, ta’lim-tarbiya muassasalari - bularning barchasi tarbiya omillaridir. Ammo hozir dunyoning har tomonidan yoshlarga maxsus yo‘naltirilayotgan maqsadli “tarbiya uslublari” ham borligini unutmaylik. Zero, yaxshi bola ikki dunyo saodatiga vosita bo‘luvchi sadaqai joriyamiz bo‘ladi. Farzand tarbiyasida shuni doim yodda tutaylik. Shuningdek, tarbiya- umumxalq maslasidir! Televidenie, irnternet manbalar, OAVlarda tarbiya masalasiga oid ta’sirli roliklar, mazmunan boy lavhalar tasirini kuchaytirish lozim. Oila-mahalla-ta’lim muassasasi hamkorligini jonlantirish va bu borada metodik tavsiyalar ishlab chiqish, maxsus o‘quv kurslari tashkil qilish, onalar bilan ishlash uchun maxsus seksiyalar tashkil qilish, maktablarda ota-onalar uchun metodik kunlar tashkil qilib o‘tkazish lozim. Ota-ona va ustoz o‘rtasidagi ko‘pgina muammoga olib kelayotgan yana bir dolzarb masala- baho qo‘yish masalasidir. V.A.Suxomlinskiy ta’biri bilan aytganda, ustoz-murabbiylar bu borada: 1. O‘quvchiga amaliy yondashishi (“O‘quvchi bo‘lgandan keyin o‘qib kelish kerak-da” tarzida emas), balki unga shaxs sifatida munosabatda bo‘lish (“O‘quvchi, eng avvalo, shaxs, bola, so‘ngra esa o‘quvchi. Men unga qo‘yadigan baho uning bilimi o‘lchovi emas, balki mening unga nisbatan insoniy munosabatimdir” tarzida yondashishi). 312 2. Har bir baho o‘quvchini kelajakka ishonch ruhida tarbiyalashi zarur; o‘quvchining mehnatini rag‘batlantirishi, biroq, uning dangasaligi va qobiliyatsizligi uchun jazo vositasi bo‘lmasligi zarur ekanligini anglashlari va adolatli bo‘lmoqlari lozim. Download 4.07 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling