Ikkinchi qism toshkent – 2023
Список использованных литератур
Download 4.07 Mb. Pdf ko'rish
|
TO\'PLAM II
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kalit so‘zlar
Список использованных литератур: 1. Мирзиёев Ш.М. Стратегия нового Узбекистана. – Ташкент: «Узбекистан», 2021. 464 с. 2. Алимова, Н. (2023). Влияние духовного наследия восточных мыслителей на современное образование. Журнал "Педагогика и образование", 25(3), 78-92. 3.Вахидов X. Просветительская идеология в Туркестане.- Ташкент: Узбекистан, 1979.-156 с. 4.Муминов И.М. Из истории развития общественно-философской мысли в Узбекистане в конце XIX и начале XX в.- Ташкент, 1957.- 214 с. 5.Рахманов, У. (2023). Интеграция принципов восточной философии в современную образовательную систему. Вестник Узбекского государственного педагогического университета, 18(2), 105-118. 6.Сканцева, А. (2023). Современное образование в духовном наследии восточных мыслителей. Журнал "Образование и культура", 35(2), 45-59. YANGI O‘ZBEKISTONDA TARIX O‘QITUVCHILARINING UZLUKSIZ KASBIY RIVOJLANISHI – IJTIMOIY VA TA’LIMIY MUHITNI RIVOJLANTIRISH OMILI SIFATIDA Suyunov Asror G‘ulomovich, Nizomiy nomidagi TDPU, Mustaqil tadqiqotchi Annotatsiya. Mazkur maqolada integrativ yondashuv asosida tarix o‘qituv- chilarining o‘zini o‘zi kasbiy rivojlantirish tushunchasi keng tahlil qilingan. Kalit so‘zlar: integrativ yondashuv, rivojlanish, shaxsiy rivojlanish, kasbiy rivojlanish, o‘zini o‘zi kasbiy rivojlantirish. Ta’limda yuz berayotgan o‘zgarishlarni amalga oshirishning asosiy omili bu o‘qituvchi shaxsidir. Zamonaviy o‘qituvchilar tarkibi ta’limni modernizatsiyalashda muhim rol o‘ynaydi. Shunga ko‘ra, o‘qituvchiga 297 ta’lim sifatini oshirish, shaxsiy kasbiy faoliyatida innovatsion yondashuvlardan foydalanish imkoniyati, ijodiy salohiyatini rivojlantirish, shaxsiy va kasbiy rivojlanishda doimo tayyor bo‘lish talablari qo‘yiladi. Shunday qilib, hozirgi paytda o‘qituvchining professionalligi va shaxsiyatiga, uning salohiyatini rivojlantirishga ta’limni modernizatsiyalashning ajralmas sharti sifatida talablari sezilarli darajada oshib bormoqda. Mamlakatimizda “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonunning 4-moddasida “insonning butun hayoti davomida ta’lim olishi” ta’lim sohasidagi asosiy prinsiplar sifatida belgilanishi axborotlashgan jamiyat va bilimga asoslangan iqtisodiyot davrida kelgusida o‘quvchilarni jahon standartlariga mos kadrlar bo‘lib yetishishi uchun yangi axborotni o‘zlashtiradigan va pedagogik faoliyatda qo‘llashga qodir bo‘lgan innovator o‘qituvchilarni kasbiy rivojlantirish imkoniyatini yaratadi [1]. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 6 noyabrdagi “Ta’lim- tarbiya tizimini yanada takomillashtirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-4884-son qarorida “xalq ta’limi xodimlarining malaka oshirish jarayonini “hayot davomida o‘qish” tamoyili asosida uzluksiz malaka oshirishni nazarda tutuvchi tizimga aylantirish”, “xalq ta’limi xodimlarining kasbiy ehtiyojlarini tashxis qilish asosida ularning individual rivojlanish dasturini ishlab chiqish va dasturga muvofiq malakasini oshirish tartibini amaliyotga kiritish” [2] muhim vazifalar qatorida qayd etilgan. Bu esa o‘z vaqtida tarix o‘qituvchilarining o‘zini o‘zi uzluksiz kasbiy rivojlantirish bilan bog‘liq quyidagi vazifalarni hal qilish zaruriyatini keltirib chiqaradi: tarix o‘qituvchilarining kasbiy ehtiyojlaridan kelib chiqib, ularning kasbiy va metodik tayyorgarligini takomillashtirish, integrativ yondashuv asosida uzluksiz kasbiy rivojlantirishga doir tizimli va uzviy amalga oshirish lozim bo‘lgan ustuvor vazifalarni aniqlash va belgilash; integrativ yondashuv asosida tarix o‘qituvchilarini uzluksiz kasbiy rivojlantirish omillari, o‘qituvchida professionallikni rivojlantirishga doir o‘zini o‘zi uzluksiz kasbiy rivojlantirishning komponentlari, bosqichlari va darajalarini aniqlash va belgilash. O‘qituvchilar kasbiy ahamiyatga ega bo‘lgan shaxsiy sifatlarni egallashi, o‘qitish jarayonida o‘quvchilarning mustaqil faoliyatini tashkil etish asosida ularning o‘quv-biluv faoliyatini takomillashtirishi, ta’lim-tarbiya jarayonining samaradorligini oshirishi hamda ta’limiy muhitni shakllantirishi, shuningdek, umumta’lim tizimida iqtisodiyotning 298 innovatsion rivojlanishi, ilg‘or xalqaro tajriba va jamiyatning zamonaviy talablariga muvofiq sifatli ta’lim olish imkoniyatlarini yaratish, inson kapitalini mehnat bozorida va umuman mamlakatda o‘quvchining raqobatbardoshlik darajasini belgilovchi asosiy omil sifatida rivojlantirishi zarur. Buning uchun turli xil zamonaviy usullarni bilishi va ularga asoslanishi, ilg‘or tajribalarni, fan-texnika yutuqlarini muntazam o‘rganib borishi, ularni o‘z faoliyatida tatbiq etishi, o‘qitish jarayoni bilan bog‘liq turli xil masala va muammolarni hal etishda mavjud o‘quv hamda huquqiy- meyoriy mezonlarga asoslanishi zarur bo‘lib, bular o‘qituvchilarning o‘zini o‘zi kasbiy rivojlantirishini ifodalaydi. Turli tadqiqotlarda "shaxsiy va kasbiy o‘z-o‘zini rivojlantirish" tushunchasining turli xil ta’riflarini ko‘rish mumkin: kasbiy rivojlanish, bu – xodimga qo‘yilayotgan malaka talablari va muayyan shaxsning mavjud sifatlari o‘rtasidagi tafovutni bartaraf etishga yo‘naltirilgan xodimlarni yangi vazifalarni bajarishga, lavozimlarni egallashga, kompetensiyalarni rivojlantirishga tayyorlash jarayoni tushuniladi” (E.M.Alkarov); kasbiy o‘zini-o‘zi rivojlantirish – kasbiy muhim shaxsiy fazilatlar va qobiliyatlarning, kasbiy bilim va ko‘nikmalarning o‘sishi, shakllanishi, birlashishi va kasbiy faoliyatga tatbiq etilishi, insonning ichki dunyosining tubdan yangi tuzilishi va turmush tarziga olib boradigan faol sifat o‘zgarishi tushuniladi (M.J.Shodiyeva); uzluksiz kasbiy rivojlanish – o‘qituvchining butun pedagogik faoliyati, lozim bo‘lsa, hayoti davomida kechadigan, kognitiv ehtiyojlari, alohida xususiyatlari, imkoniyatlari, pedagogik amaliyotiga mos bo‘lgan, shuningdek, sohada bo‘layotgan o‘zgarishlar, talablar, strategiyalarni inobatga olgan holda, individual ta’lim trayektoriyasini tanlash, tuzish, loyihalash va amalga oshirish tizimini ifodalaydi (A.A.Ibragimov); shaxsning izchil, faol va doimiy sifat o‘zgarishi jarayoni; o‘z-o‘zini takomillashtirish, harakat qilish, o‘zini shaxs sifatida rivojlantirish zarurati (G.A.Sukerman); uzluksiz va maqsadli takomillashtirish, pedagogik mahorat va tajribani to‘plash jarayoni (Y.A.Kaverin); faoliyat va o‘z-o‘zini takomillashtirish sharoitlari ta’sirida sodir bo‘ladigan, kasbiy ahamiyatga ega fazilatlarning shakllanishini ta’minlaydigan doimiy individual, shaxsiy, faollik va ijtimoiy-madaniy o‘zgarishlar jarayoni (N.V.Panova); 299 kasbiy rivojlanish – bu, avvalombor, professional muhim shaxsiy fazilatlar va qobiliyatlar, kasbiy bilim va ko‘nikmalarning pedagogik ishlarda o‘sishi, shakllanishi, birlashtirilishi va amalga oshirilishi, insonning ichki dunyosi tomonidan faol ravishda sifatli o‘zgarishi, tubdan yangi tuzilishi va hayot tarziga olib borishi (L.M.Mitina). kasbiy rivojlanish ijtimoiy ahamiyatli faoliyat, ijtimoiy mavqe va kasbiy rolni, ijtimoiy ahamiyatli normalar va xulq-atvor qadriyatlarini, ta’lim darajasi va maxsus tayyorgarlikni bajarish tufayli ma’lum fazilatlarga ega bo‘lgan shaxsning kasbiy muvofiqligi (V.A.Bodrov). o‘z-o‘zini rivojlantirish o‘zini o‘zi belgilash va hayot strategiyasini individual tarzda belgilash jarayoni, chunki u ma’lum bir shaxsning qadriyatlariga mos keladigan yo‘nalishda amalga oshiriladigan jarayon hisoblanadi (K.A.Abulxanova-Slavskaya); o‘z-o‘zini rivojlantirish kasbiy faoliyat va o‘zaro munosabatlarda amalga oshiriladigan yuqori kasbiy yutuqlarga va uning professionalligiga yo‘naltirilgan shaxsni shakllantirish jarayoni (A.A.Derkach va V.M. Dyachkov). Tadqiqotchilarning fikrlarini taqqoslash shuni ko‘rsatadiki, o‘zini o‘zi kasbiy rivojlantirishning mohiyatini belgilashda uni shaxsiy o‘zgarishlarga va kasbiy fazilatlarning shakllanishiga olib boruvchi doimiy jarayon sifatida ko‘rib chiqish masalasida fikrlarning o‘xshashligi mavjud. Ushbu muammo bo‘yicha turli xil qarashlarni umumlashtirib, kasbiy rivojlanish kategoriyasi tabiiy o‘zgarish jarayoni, shu jumladan, jamiyat rivojlanishi sharoitida kasbiy faoliyatda miqdoriy va sifat o‘zgarishlari deb ta’riflanishi mumkin. Shunday qilib, o‘zini o‘zi kasbiy rivojlantirish – bu o‘zini o‘zi tahlil qilish, baholash va anglash, intellektual va amaliy bilim, ko‘nikma hamda malakalarni egallash, o‘qitish jarayonini tashkil etishga doir iqtidor va kompetentlikka asoslangan yechimlarni topish yuzasidan tayyorgarlik jarayoni. Bunda ijodiy faoliyat, o‘ziga xoslik, yangilikni joriy etish qobiliyati va istagi, g‘oyalarni birlashtirish, kuchlarni safarbar qilish va o‘tgan tajribani qayta tiklash, rivojlangan tasavvur va hissiy munosabat, ijodiy tashabbus muhim rol o‘ynaydi. O‘qituvchi shaxsining mustaqil kasbiy salohiyatini rivojlantirish tizimidagi boshlang‘ich rolni tartibga solish tamoyillari – maqsadga muvofiq uning mazmuni, usullari, shakllari va vositalarini belgilaydigan asosiy qoidalarni nazarda tutadi. Mazkur jarayon jamiyatning o‘qituvchiga qo‘yadigan talablarini o‘zgartirish, ilg‘or pedagogik tajriba, o‘zini o‘zi 300 anglash, hamkasblar yutuqlari bilan tanishish, o‘z yutuqlarini boshqalar bilan taqqoslash bilan boshlanadi. O‘qituvchining mustaqil kasbiy rivojlanishi uning kasbiy-metodik tayyorgarligida ifodalanadi. Kasbiy tayyorgarlik jarayonida barcha rivojlanish xususiyatlari amaldagi ta’lim tizimida mavjud kamchiliklarni bartaraf etib borgan holda, yangi zamonaviy bilimlar va unga ratsional yondashuvlar joriy etilgan integral bilimlar tizimi bir-birini to‘ldirib qo‘llanilganda shakllantirilishi mumkin. Akmeologlar ta’kidlashicha, hatto yuqori darajadagi professionallikka erishgan holda ham, mutaxassislar rivojlanishdan to‘xtamasliklari lozim. Pedagogning o‘zini o‘zi uzluksiz rivojlantirishi shaxs rivojlanishining umumiy psixologik va pedagogik qoidalariga amal qiladi: o‘zini o‘zi kamol toptirish, boshqalar tomonidan munosib qadrlanishga intilish, “nufuzli” bo‘lishni xoxlash; shaxsning rivojlanishi faqat insonning o‘z faoliyati jarayonida amalga oshadi; shaxsning ko‘plab fazilatlari shaxslararo muloqotda shakllanadi; alohida iqtidor, shaxsiy xususiyatlarni emas, balki shaxsni har tomonlama yaxlit rivojlantirish lozim; shaxsning eng yaxshi jihatlari, uning qiziqishlari, ehtiyojlari, moyilliklari, hissiyotlariga tayanish lozim. Yuqoridagilardan ko‘rinadiki, o‘qituvchining uzluksiz va mustaqil malaka oshirish orqali o‘zini o‘zi rivojlantirishi – o‘qituvchining o‘zida kasbiy tajriba, malaka va mahoratni takomillashtirish yo‘lida aniq maqsad va puxta o‘ylangan vazifalar asosida mustaqil ravishda amaliy harakatlarni tashkil etishi, o‘z missiyasini chuqur anglagan holda kasbiy kompetentligini rivojlantirish, o‘quvchilarda zaruriy kompetensiyalarni shakllantirish, uni shaxs sifatida har tomonlama rivojlantirish va ta’lim jarayonini tashkil qilishga doir bilimlarni egallash ustida uzluksiz izlanishi bilan ta’minlanadi. Download 4.07 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling