Ikkinchi qism toshkent – 2023
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati
Download 4.07 Mb. Pdf ko'rish
|
TO\'PLAM II
- Bu sahifa navigatsiya:
- Annotatsiya
- Kalit so‘zlar
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati:
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Ma’naviy-ma’rifiy ishlar tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 2021 yil 26 martdagi PQ-5040-son Qarori. Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 26.03.2021 y., 07/21/5040/0243-son. 2. https://staff.tiiame.uz › storage › users › books YOSHLAR MA’NAVIY KAMOLOTIDA ILMIY YONDASHUVLARNING AMALIY AHAMIYATI Abdullayeva Madina, Raupova Mushtariy - Andijon davlat chet tillari instituti Ijtimoiy gumanitar fanlar, pedagogika va psixologiya kafedrasi o‘qituvchilari Annotatsiya: Maqolada yurtimizdagi ma’naviy sohada olib borilayotgan islohotlar, ajdodlar merosi, ma’naviy barkamol inson, falsafiy bilim va ilm-fan haqida fikrlar aytilgan. Inson ma’naviy kamoloti borasida bugungi kun va tarixiy fikrlar tahlil qilingan. Kalit so‘zlar: ma’naviyat, falsafa, falsafiy bilim, dunyoqarash, meros, tarix. Dunyo ilm-fani taraqqiyoti yoshlar ma’naviyatini shakllantirish, ta’lim sifatini oshirish va kadrlar salohiyatini mustahkamlash, ularning intellektual faolligini shakllantirishda falsafiy bilimi va ilmiy dunyoqarashga tayanish masalasi nafaqat ijtimoiy-gumanitar fanlar, balki barcha fanlar doirasida muhim va kerakli muammo sifatida tadqiq etilmoqda. Falsafa, falsafiy bilim, ilmiy dunyoqarash muammosi o‘ziga xos insonparvarlik, vatanparvarlik singari tamoyillar bilan bir qatorda ijtimoiy- gumanitar fanlar tizimida faol tadqiq etilib, uni hozirgi zamon ilmiy bilish 313 metodlari asosida o‘rganish obyekti va predmeti doirasini yanada keng rivojlantirish zaruriyatini izohlaydi. Biz o‘z oldimizga mamlakatimizda Uchinchi Renessans poydevorini barpo etishdek ulug‘ maqsadni qo‘ygan ekanmiz, buning uchun yangi Xorazmiylar, Beruniylar, Ibn Sinolar, Ulug‘beklar, Navoiy va Boburlarni tarbiyalab beradigan muhit va sharoitlarni yaratishimiz kerak [1]. Tarix bugun va kelajak bizdan kelajagimiz tayanchi bo‘lgan yosh avlod uning ma’naviy kamoloti haqida qayg‘urmaslik mumkin emasligini doimo anglatib kelmoqda. Yoshlar ma’naviy kamolotida ajdodlar ilmiy merosidan foydalanish hamda bugungi kunning ta’lim va tarbiya jarayonlarining bevosita samarali faoliyati bilan bog‘liq. Bu esa o‘z navbatida, har bir insonga yoshlar ma’naviy kamoloti uchun barchamiz birdek mas’ulligimizni bildiradi. Barkamol avlod tarbiyasi borasida har bir yo‘nalishiga jiddiy e’tibor berish kerakligi, yosh avlod ongu tafakkuri uning dunyoqarashini shakllantirishda muhim ro‘l o‘ynashini anglatadi. Ma’naviy barkamollik o‘z navbatida, yosh avlodni vatanparvarlik, el-yurtga sadoqat, insonparvarlik, mehr-oqibatli, intizomli, millat g‘ururini e’zozlovchi, ulug‘ ajdodlarimiz an’analari va ilmiy meroslarini ko‘z qorachig‘iday asrash, axloqiy pok inson bo‘lib yetishish borasidagi asosiy mezon bo‘lib hisoblanadi. Bugungi kunda dunyo miqyosida ilmiy ijobiy holatlar bilan bir qatorda ayrim salbiy muammolar ham yig‘ilib kelmoqda. Dunyoning aksariyat davlatlarida ilm-fan, ma’rifat taraqqiy etib rivojlanib borishi bilan bir qatorda urush va ziddiyatlar tobora avj olishi, ma’naviy qashshoqlik, ekologik muammolar, ochlik va suvsizlik hamda turli xil kasalliklarning ko‘payishi kabi muammolar ta’siriga tushib qolish nafaqat o‘zining mamlakati taraqqiyotiga, balki o‘zga mamlakatlar taraqqiyotiga ham xavf solmoqda. Dunyo hamjamiyatida sodir bo‘layotgan bunday holatlar har qanday sog‘lom fikrli insonlar orasida taajjub va hayrat hissini uyg‘otadi. Yurtimizda ta’lim-tarbiya sohasida olib borilayotgan islohotlar esa bu muammolarning oldini olish naqadar muhim ekanligini anglatmoqda. Ayniqsa, globallashuv jarayonlari unda insonlarning o‘zaro munosabatlari hayotiy tajribalari davomida shakllanadigan ma’naviy barkamollik bugungi kunda muhim ahamiyat kasb etayotgani barchamizga birdek ayondir. Bu bizga inson o‘z ma’naviyatini o‘zini shaxs sifatida anglagandan boshlab, to umrining oxirigacha shakllantirib va rivojlantirib borishini anglatadi. Mamlakatimiz taraqqiyotining ertangi kuni bo‘lgan yoshlarni har tamonlama yetuk va ma’naviy barkamol inson etib tarbiyalash masalasi davlatimizning strategik masala sifatida diqqat markazida bo‘lib kelmoqda. 314 O‘zbekiston aholisining qariyb aksariyatini 30 yoshgacha bo‘lgan yoshlar tashkil etishini inobatga oladigan bo‘lsak, ushbu yosh avlodni har tomonlama barkamol, ma’naviy yetuk inson etib tarbiyalash, rivojlangan davlatlar yoshlari bilan har tomonlama bellasha oladigan darajada o‘qitish va tarbiyalash bugunning dolzarb masalalaridan biridir. Negaki, yoshlar ulardagi falsafiy bilim va ilmiy dunyoqarash, ma’naviy barkamollik, azmu shijoati har qachongidan ham yuksak bo‘lib kelmoqda. Yuqorida ta’kidlab o‘tganimizdek, “Biz o‘z oldimizga mamlakatimizda Uchinchi Renessans poydevorini barpo etishdek ulug‘ maqsadni qo‘ygan ekanmiz, buning uchun yangi Xorazmiylar, Beruniylar, Ibn Sinolar, Ulug‘beklar, Navoiy va Boburlarni tarbiyalab beradigan muhit va sharoitlarni yaratishimiz kerak. Bunda, avvalo, ta’lim va tarbiyani rivojlantirish, sog‘lom turmush tarzini qaror toptirish, ilm-fan va innovatsiyalarni taraqqiy ettirish milliy g‘oyamizning asosiy ustunlari bo‘lib xizmat qilishi lozim. Ushbu maqsad yo‘lida yoshlarimiz o‘z oldiga katta marralarni qo‘yib, ularga erishishlari uchun keng imkoniyatlar yaratish va har tomonlama ko‘mak berish – barchamiz uchun eng ustuvor vazifa bo‘lishi zarur. Shundagina farzandlarimiz xalqimizning asriy orzu-umidlarini ro‘yobga chiqaradigan buyuk va qudratli kuchga aylanadi [2]“. Bu borada yoshlar azmu shijoatni ko‘rib yuksak baho berayotgan chet el mutaxassislarining fikrlariga baho bergan birinchi Prezidentimiz Islom Karimov quyidagi fikrlarni ilgari suradi. “... bizning yoshlarimiz bilan suhbatlashib, qani endi, o‘z kasbini puxta egallagan, xorijiy tillarda bemalol gaplasha oladigan bunday yoshlarni boshqa mamlakatlarda ham ko‘rsak va ular bilan ishlasak, deb orzu qiladi. Bir so‘z bilan aytganda, ular O‘zbekiston yoshlarining salohiyatini yuksak baholaydi. Haqiqatan ham, bu biron-bir sohada hech kimdan kam bo‘lmagan, yangicha fikrlaydigan yangi avlodning maydonga chiqayotganligidan dalolat beradi. Bunday ming-minglab, sof niyat bilan oldinga intilishga, o‘zining Olloh bergan imkoniyat va salohiyatini O‘zbekistonimiz ravnaqi uchun safarbar qilishga, shuning hisobidan, avvalambor, uning o‘zi rozi bo‘lib, hayotda o‘rnini topib yashashga bel bog‘lagan yigitlar-qizlarimizga nisbatan ana shu iborani ishlatish har tamonlama o‘rinli... [3]. G‘arb olamida odamlarning hayot tarzida jamoaviylikdan ko‘ra individualizm, shaxsiy manfaat tamoyillari ustunlik qilishini kuzatish mumkin [2]. Shuning uchun ham Davlatimiz ushbu holatning oldini olish maqsadida asrlar davomida shakllangan bag‘rikenglik, adolat, fidoyilik, 315 mehr-oqibatlilik, yuksak madaniy meros, boy urf-odat va an’analarni saqlab qolish va rivojlantirish borasida muayyan choralar ko‘rmoqda. Mamlakatimiz siyosiy hayotining barcha sohalarini, davlat va jamiyat qurilishini erkinlashtirish birinchi muhim masala ekanligi ta’kidlanadi. Davlat o‘zini erkinlashtirmasa, ma’naviy hayotni erkinlashtira olmaydi. Bu borada yurtimizda bir qator ishlar amalga oshirilib kelinmoqda. Yangi O‘zbekistonning 2022-2026-yillarga mo‘ljallangan taraqqiyot strategiyasi 5-yo‘nalishining qator maqsadlarida ham “sog‘lom dunyoqarash va bunyodkorlikni umummilliy harakatga aylantirish, kitobxonlikni keng ommalashtirish, millatlararo totuvlik va dinlararo bag‘rikenglik muhitini mustahkamlash, ma’naviyat va ma’rifat maskanlarini barpo etish, buyuk ajdodlarimiz boy ilmiy merosini chuqur o‘rganish va keng targ‘ib qilish” kabi masalalarning ham ilgari surilgani bunga misol bo‘la oladi. Ajdodlarimizdan qolgan moddiy va ma’naviy meroslarimiz bugungi kun va kelajak yosh avlodni ma’naviy axloqiy tarbiyasini rivojlantirishga doir shakllangan urf-odatlarimiz, boqiy an’analarimiz juda ko‘p. Bu merosimizdan bugungi kunda ham yosh avlodni ma’naviy barkamol qilib tarbiyalashda keng foydalanish maqsadga muvofiqdir. Negaki, biz davlatimizning istiqboli yosh avlodimiz qanday kamol topishi va qanday ma’naviy fazilatlar egasi bo‘lib voyaga yetishi, ularni faol munosabatda bo‘lishi hamda qanday oliy maqsadlarga xizmat qilishiga bog‘liq ekanini hamisha yodda tutishimiz kerak. Respublikamizda ta’lim-tarbiya tizimini isloh qilish borasida amalga oshirilayotgan ishlar xuddi mana shu maqsadga yo‘naltirilgan. Zero, ushbu masala g‘oyaviy nuqtayi nazardan yangi tahrirdagi Ta’lim to‘g‘risidagi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni tamoyillariga so‘zsiz muvofiq keladi. Zamonaviy ta’lim-tarbiya tizimi va milliy meros asosidagi g‘oyaviy uyg‘unlik – ta’lim-tarbiya jarayonida milliy merosning ma’naviy-ma’rifiy zaminlariga tayanish zarurligini ham anglatadi. Shu jihatdan olib qaraganda, buyuk ajdodlarimiz, alloma-yu mutafakkirlarning asrlar davomida yaratgan boy ma’naviy merosi yosh avlodni komillik ruhida tarbiyalashdagi ahamiyati bugungi kunda ham o‘z o‘rnini yo‘qotmagan. Bugungi kunda ota-ona, oila va mahalla, tarixiy xotira, milliy g‘urur, komil inson tarbiyasi bilan bog‘liq tuyg‘u va tushunchalarni yosh avlod qalbi va ongiga ta’sirchan usul-uslublar orqali singdirish juda muhim. Download 4.07 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling