Ikkinchi qism toshkent – 2023
Download 4.07 Mb. Pdf ko'rish
|
TO\'PLAM II
Kalit so‘zlar: tarbiya, oila, madaniyat, mentalitet, fan, jarayon.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori bilan “Uzluksiz ma’naviy tarbiya konsepsiyasi” tasdiqlandi. Uzluksiz ma’naviy tarbiya konsepsiyasini amalga oshirishning ustuvor yo‘nalishlaridan biri aholining farzand tarbiyasi bo‘yicha bilimlarini, pedagogik madaniyatini oshirish, fuqarolarni uzluksiz ma’naviy tarbiyaning samarali usullari va amalga oshirish shakllari bilan muntazam tanishtirib borish hisoblanadi. “Uzluksiz ma’naviy tarbiya konsepsiyasi” doirasida umumta’lim maktablarida “Tarbiya” fani joriy qilindi. Konsepsiyaning maqsadi — yosh avlodda mustaqil hayot uchun zarur ijtimoiy ko‘nikma va fazilatlarni yoshiga mos, bosqichma-bosqich shakllan- tirish asosida yuksak fazilatli, barkamol avlodni voyaga yetkazishdan iborat. 351 Konsepsiya to‘rtta bosqichni qamrab oladi: birinchi bosqich: oilalarda (homila davri, bola tug‘ilgandan 3 yoshgacha bo‘lgan davr); ikkinchi bosqich: maktabgacha ta’lim 3−6 (7) yoshgacha bo‘lgan davr; uchinchi bosqich: umumiy o‘rta ta’lim (7 (6)-10 yoshgacha boshlang‘ich sinf, 11−17 (18) yosh); to‘rtinchi bosqich: ishlab chiqarishda faoliyat ko‘rsatayotgan va band bo‘lmagan, shuningdek, o‘rta maxsus kasb-hunar va OTM tizimidagi yoshlar. Yosh avlodni milliy va umuminsoniy yuksak madaniy va ma’naviy qadriyatlar asosida tarbiyalash bugungi kunning dolzarb masalalaridan biridir. Prezidentimiz Sh. Mirziyoyev jamiyatimiz hayotida ijtimoiy- ma’naviy qadriyatlarimizga katta e’tibor berishi bejiz emas. Darhaqiqat, elning, millatning va har bir insonning tinch va obod turmush qo‘ynida hayot kechirishi, ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy, ma’naviy-ma’rifiy shart- sharoitlar va imkoniyatlar doirasida umrguzaronlik qilishi jamiyat taraqqiyotining ko‘rsatkichi va mezonidir. Obod turmush, farovon hayot, el va millat tinchligini kafolatlovchi omil va shart-sharoitlardan biri jamiyat bo‘lagi bo‘lmish oiladagi farovonlik, tinchlik-xotirjamlik va turmushning kam-ko‘stsizligidir, bu oilaviy qadriyatlarning ko‘lami va kamrovi, so‘zsiz oila ma’naviyatiga bevosita bog‘liqdir. Oilaviy munosabatlar chin insoniyligining, yuksak ahloqiy talablar darajasida bo‘lishining, ijtimoiy vazifalarini to‘la-to‘kis bajarilishining asosiy shart-sharoiti va omili oilaviy ma’naviyatdir. Ma’naviy shaxs shakllanishida ta’lim va tarbiya tizimlari asosiy omillar hisoblanadi. Bu tizimlarning uzviy bog‘liqligi, biri ikkinchisini taqozo qilishi ma’lum haqiqatlardir. Bir o‘rtasidagi kemtik va kamchiliklar mavjudligi shaxs fazilatlaridagi ayrim qusurlarga olib keladi. Ta’lim mukammal bo‘lsa- ku, tarbiya etarli bo‘lmasa, yoki aksincha holda ham baribir ko‘zlangan maqsadga yetish mushkul bo‘lib qolaveradi. Hozirgi kunda yoshlarimizdagi ma’naviyat, ahloq to‘g‘risidagi bilimlar doirasi etarli darajada bo‘lsa-da, hayotda ularga amal qilmayotganlari, mensimayotganlari va hatto to‘g‘ridan-to‘g‘ri inkor qilayotganlari holatlarini uchratishimiz mumkin. Bu fikr kontsepsiyada ham ifodalangan: "Vatanga sadoqat, burch va ma’suliyat, tashabbuskorlik va boshqa fazilatlar yoshlar ongida nazariy tushunchalar sifatida qolib ketgani holda uning tabiatida amaliy odatlarga aylanmayapti. Buning oqibatida ularning ushbu fazilatlar haqidagi so‘zlari bilan amallari orasida tafovut namoyon bo‘lmoqda, bu esa xar yili mustaqil hayotga kirib |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling