Ikkinchi qism toshkent – 2023
IV. TA’LIM MUASSASALARIDA MA’NAVIY-MA’RIFIY ISHLAR
Download 4.07 Mb. Pdf ko'rish
|
TO\'PLAM II
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kalit so‘zlar
IV. TA’LIM MUASSASALARIDA MA’NAVIY-MA’RIFIY ISHLAR
SAMARADORLIGINI OSHIRISH MUAMMOLARI MA’RIFATLI SHAXS TARBIYASI OMILLARI INTEGRATSIYASI N.Mamatov f.f.d., prof Fan va texnalogiyalar universiteti prorektori Annotatsiya: ushbu maqolada shaxs tushunchasining moxiyati, uni shakllantiruvchi omillar tabiati, ma’rifatli shaxsni tarbiyalash, bu bo‘yicha oldimizda turgan - maktab o‘quvchilar o‘rtasida tenglik muxitini yaratish, maktabda erkinlik ruxini yanada kengaytirish, bir o‘quvchining bilganini jamoaga yetkazish ko‘nikmasini shakllantirish kabilarining moxiyatini ochib berishga xarakat qilingan. Kalit so‘zlar: shaxs, ma’rifatli shaxs, ma’rifatli shaxsni shakllantiruvchi omillar, omillar integratsiyasi, tenglik muxiti, erkinlik ruxi, bolalarda ma’rifiy xamkorlik ko‘nikmasi. Jamiyat taraqqiyotida inson kamolati va uning sifati hamisha muxim masala bo‘lib kelgan. Ushbu masalani xal qilishda inson, uning moxiyatini yana ham aniqroq tasavvur, taxlil qilish maqsadida fanda “shaxs” tushunchasi vujidga keldi. Umuman olganda, shaxs ham inson singari jamiyat hayotida ishtirok etayotgan millionlab kishilarga hos bo‘lgan bir qator sifatlarni o‘zida mujassamlashtirgan ijtimoiy subektdir. Bunda biz uning mustaqil qarashini, xissiy o‘ziga xosligini, uning iroda kuchini, ichki yig‘inchoqligini, o‘zini-o‘zi idrok etishini, o‘zining xatti-harakatlariga o‘zining baxo berishligini, o‘zining kelajagini o‘zi loyixalashtiraolishini, o‘zining jamiyatda tutgan o‘rniga o‘zining munosabat bildirishligi kabi sifatlarini nazarda tutamiz va ushbu sifatlarga ko‘ra aloxida olingan har bir insonning o‘ziga xos, individual jixatlarini yanada aniqroq ko‘z oldimizga keltiramiz. Shaxs xamisha individuallikda namoyon bo‘ladi. Lekin, shaxsdagi individuallik uning jamoaviyligiga qarama-qarshi turmaydi. Unda jamoaviylik, umiminsoniylik qanchalik yaqqol ko‘rinsa shaxsning ijtimoiylik maqomi shuncha ko‘tarilib boraveradi. Shuning uchun ham shaxsning moxiyatini jamiyki ijtimoiy munosabatlarning birligi tashkil etadi. Ushbu birlik aloxida olingan shaxslarning ma’naviy kamolat darajasiga ko‘ra bir- biridan farqlanadi. Mazkur farqni ta’minlovchi asosiy omil shaxsning mikro va makro ijtimoiy muxit bilan qanday bog‘langanligi va ushbu muxitga u 357 nima berganligi, hamda ushbu muxitdan u nima olganligi bilan farqlanadi. Shunday qilib, inson shaxs sifatida namoyon bo‘lishi orqali o‘zining shaxsiy moxiyatini jamiyatga yanada aniq ko‘rsatish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Yuqorida keltirilgan jarayon bir tomondan, obyektiv amalga oshsa, ikkinchi tomondan esa, u shaxsning ijodiy faolligi va ijtimoiy-ma’naviy muxit tasirining intensivligi darajasi bilan bevosita bog‘liq xolda kechadi. Shaxs kamolati jarayoni fanda “ijtimoiylashuv” tushunchasi bilan ifodalanadi. Ijtimoiylashuvning bir qator omillari mavjud. Bu omillar shaxs kamolatida, xayotida o‘z o‘rnini almashtirib turishi xam mumkin. Lekin, ushbu ijtimoiy omillar orasida oilaning va ta’lim-tarbiyaning o‘rni va roli muhim ahamiyatga ega. Shundan kelib chiqgan xolda, bugun yangi O‘zbekistonda ma’rifatli shaxs tarbiyasining dolzarb muammolari va ularning yechimlari haqida gap ketganda birinchi galda, O‘zbekistonda oilaviy munosabatlarning bugungi holati, uni yanada sog‘lamlashtirish texnologiyalari, bunda oilaning asosiy subektlari hisoblangan ota va onaning oilaviy munosabatlarga bo‘lgan nazari, javobgarligi, burchi masalalari, ularning bola tarbiyasiga nisbatan qarashi, mazkur qarashning mazmuni va istiqboli kabi masalalar tobora dolzarblashib bormoqda. Endi bu masalalar o‘zi-o‘zicha mustaqil muxokama qilinishi kerak bo‘lgan masala bo‘lganligi uchun biz unga shaxs ijtimoiylashuvining asosiy omili bo‘lgan tarbiya jarayonining takomillashuvida muxim vazifani bajaruvchi ijtimoiy institut sifatida qaraymiz. Ma’rifatli shaxs tarbiyasida oila va ta’lim institutlari birligi uning samaradorligini oshirish bugungi kun pedagogikasi uchun eng dolzarb masalalardan biri hisoblanadi. Bolaning ta’limi va tarbiyasining dastlabki, kerak bo‘lsa, akademiyasi bu oiladir, oiladagi otaning va onaning jamiyatdagi ijtimoiy maqomidir, ularning ma’rifatlilik va ma’rifatga intilish darajalaridir. Hususan bola tarbiyasi u bog‘chada tarbiyalanadimi, maktabda tarbiyalanadimi, oliy o‘quv yurtida tarbiyalanadimi bundan qatiy nazar bola tarbiyasi uchun javobgar faqat va yana faqat ota-onadir. Ta’lim institutlari esa bolalarda bilimga, ilmga, kasbga, professionallikga nisbatan qiziqishni, ijodkorlikni shakllantirishlari kerak. Albatta, ushbu bayonda tarbiya bu faqat oilaning funktsiyasi ta’lim esa ta’lim maskanlarining funktsiyasidek tasavvur qoldirishi mumkin. Biz albatta ta’lim va tarbiyaning uzviy birligini bu birlikda oila va maktab birligini asos qilib olgan xolda asosan tarbiyaga, asosan ta’limga nima javobgar ekanligiga urg‘u bermoqchimiz xolos. 358 Shundan kelib chiqgan xolda, ma’rifatli shaxs tarbiyasida maktabning o‘rni aloxidaligiga maxsus to‘xtamoqchimiz. Maktab o‘zining moxiyatiga ko‘ra emotsional neytral muxit maydonidir. Maktabda bola amalda musobaqaning, yutiqning, omadsizlikning nima ekanligini birinchi marta biladi. U maktabda birinchi marta ijtimoiy adolatsizlikning nima ekanligini ko‘radi. U maktabda qiyinchiliklarni yengishga ko‘ra malakaga ega bo‘ladi. Ushbu malaka uning umri davomida uning asosiy tayanchi va suyanchi bo‘lib keladi. Shu malaka maydoni u uchun marifatli shaxsni tarbiyalash maydoni bo‘lib qolishi mumkin. Bolaning maktabda o‘zlashtirishi kerak bo‘lgan bilimi, tarbiyasi bir tomondan boshqariladigan ikkinchi tomondan esa stixiyali amalga oshadigan jarayondir. Bu jarayonda agar boshqariladiganlik absalyutlashtirilsa stixyalikda bir qator nomosliklar paydo bo‘lishi mumkin va aksincha talim tarbiyada stixyalikga erk berish ham ijtimoiy talablarga javob bermaydi. Shuning uchun bugungi kunda bolalarda ma’rifatli shaxs tarbiyasini tashkil etish va boshqarishda bizningcha quydagi jixatlarga axamiyat berish lozim. Ularning birinchisi, maktabda maktab o‘quvchilari o‘rtasida tenglik muxitini yaratish yani o‘quvchilarning ta’lim olishida ular o‘rtasidagi tenglik muxiti ularning har biridagi individual sifatlarning nomoyon bo‘lishi uchun muxim omil rolini o‘ynaydi. Jamiyatda mavjud ta’lim soxasidagi turli imtiyozlar bolalarning individual sifatlarini nomoyish qilishlari uchun zarur bo‘lgan raqobat muxitining kuchini sindiradi. (Biz imtiyozlar haqida gapirganimizda imkoniyati cheklangan ijtimoiy yordamga muxtoj bolalarni nazarda tutmadik.) Vaxolanki, bolalar o‘rtasidagi sog‘lom raqobat ularning kelajakda jamiyatda egallashi kerak bo‘lgan o‘rinlarini belgilashda muxim rol o‘ynaydi. Har qanday raqobat birinchi galda, bolalarning o‘z ustilarida o‘zlari ishlashlarini, ta’limga ijodiy talab va tanqidiy qarashni, ta’lim jarayoniga progmatik munosabatda bo‘lishni, vaqtni ratsional taqsim qilishni, tengdoshlari nimalar ustida ishlayotganliklari bo‘yicha informatsiyalar yig‘ishni va uni taxlil qilishni, tengdoshlaridan o‘zib ketish vositalari va variantlarini topishni talab qiladi. Muximi, maktab raxbariyati, o‘qituvchilari bolalar o‘rtasidagi sog‘lom raqobatga motivatsiya berishi uni qo‘llab-quvvatlashi va unga to‘g‘ri yo‘nalish berishidir. Mening nazarimga ko‘ra bizning pedagogikada ushbu jarayon kam tatqiq qilingan va bu soxa bo‘yicha o‘quv uslubiy qo‘llanmalarimiz ham biz kutgan darajada emas. Ularning ikkinchisi, maktabda erkinlik ruxini yanada kengaytirish masalasidir. Erkinlik malum bir jarayoni amalga oshirishda unga nisbatan 359 chegaraning yoki bosimning ishtirok etmasligi bilan bog‘liq ijtimoiy xodisadir. Erkinlik anglanilgan zaruriyatdir. Shuning uchun bilim ma’rifat inson imkoniyatlarini kengaytirib boraveradi to‘g‘rirog‘i inson erkinligining asosi va maqsadi ham ma’rifatdir. Chunki, inson erkinligi erkin tanlovda namoyon bo‘ladi. Erkin tanlov esa uning bilimi, ilimi, tadbirkorligi, ma’rifatliligi, faxm-farosatliligi bilan uzviy bog‘liqdir. Ushbu sifatlarning dastlabki ko‘nikmalari maktabgacha va maktab ta’limi davrida amalga oshadi. Albatta, bugun barcha ta’lim maskanlarimizda jarayon qabul qilingan davlat standartlariga ko‘ra amalga oshmoqda. Yaqin yillarga qadar ushbu standartlarga standart sifatida qarab keldik ya’ni masalan, maktabgacha ta’lim tashkilotlari yoki maktab yoki oliy maktab faqat davlatniki bo‘lishi kerak, oliy talimga qabul belgilangan kvotalar bo‘yicha amalga oshishi kerak, deb keldik. Ushbu steratip bilan biz bugun uning takomillashgan, erkinlashtirilgan formati bilan ishlamoqdamiz. Maktabgacha ta’limning bir necha shakllari mavjud, maktab ta’limi ham bir necha shakllarda amalga oshmoqda, oliy o‘quv yurtlari tizimiga ular bilan teppa-teng huquq va imkoniyatlarga ega bo‘lgan hususiy universitetlar soni kundan-kunga ko‘paymoqda. Endi ushbu mantiqni biz ta’lim tashkilotlari funktsionnalashuviga ko‘chirsak masala birinchi galda, masalan maktablarning o‘quv rejalarini shu maktab raxbariyati, o‘qituvchilari, o‘quvchilari, ota-onalarining tanloviga qoldirsak bo‘lmaydimi. Maktab keng ijtimoiy ma’naviy tizimning muxim sigmenti sifatida bolalarga mehnatga muxabbat qadriyatini shakllantirib boruvchi muhim ijtimoiy institutdir. Mexnat tarbiyasi, mexnatga qiziqish, mexnatni qadirlash, shu orqali bola o‘zining odamlar orasidagi o‘rnini topishi va qadrlashga intilishi ularning o‘quv predmetlarini mustaqil tanlashi bilan bevosita bog‘liqdir. Ta’lim va tarbiya jarayonini a’malga oshirishda, uni boshqarishda erkinlik doirasini yana kengaytirsak, maktabgacha ta’lim tashkilotlariga, boshlang‘ich, o‘rta ta’lim maktablariga ta’lim rejasini mustaqil shakllantirish imkonini bersak nima bo‘ladi. Ushbu jarayonga bizning nazarimizga ko‘ra maktabda ota-onalarni, o‘quvchilarning o‘zlarini keng jalb qilish muxim ahamiyatga ega. Chunki, bugungi maktab o‘quvchisi ertangi xalqaro mexnat bozorida o‘zining “Men”i va xayot taqdiri bilan ishtirok etadigan shaxsdir. Shuning uchun bola va ota-ona bugun maktab ta’limidan nimani olishligi ular uchun juda katta axamiyatga ega. Pedagogik amaliyotdan ma’lumki, bolalar o‘zlari tanlagan o‘quv predmetlarini juda 368 bo‘limlariga mas’ullik hokimlar zimmasiga yuklatildi. Bu o‘zgarish ma’naviy-ma’rifiy ishlarni davlatimiz siyosatida yanada yuksak o‘ringa ko‘tardi. “Marifat” targ‘ibotchilar jamiyat a’zolariga yurtimizda amalga oshirilayotgan islohotlar, qabul qilinayotgan huquqiy-me’yoriy hujjatlar, Farmon va qarorlar, farmoyishlar, davlat dasturlari mazmun-mohiyatini aholiga sodda, qalbga yaqin usul va uslublarda tushuntirish, targ‘ibot qilish vazifalari yuklangan. Ushbu muassasa ong va qalb uchun kurash ketayotgan bugungi global axborotlar muhorabasida milliy manfaatlar ifodachisi sifatida vatanparvar shaxslarni tarbiyalashga xizmat qiladi. Targ‘ibotchilarning har xil balandparvoz gaplarsiz, samimiy va do‘stona ruhda faoliyat yuritishi esa ushbu tashkilotning o‘ziga xosligidir. Bugun odamlar yolg‘on so‘zni ko‘tarmaydi, quruq xitoblarni qabul qilmaydi. Aniq, turli sansolarliklarsiz ishni, soxta iddaolarsiz fikrni yoqlaydi, ularga ergashadi. Shu bois tashkilot a’zolari targ‘ibotchilik ishlarini olib borish bilan birga, jamiyatning kayfiyati, fikr-qarashlarini o‘rganib, aholiga eng zarur axborotlarni berishga, hayotimizdagi voqea-hodisalarga tezkorlik bilan munosabat bildirishga, insonlarni ezgu ishlarga, yangi marralarga ruhlantirishga intilishi zarur. Targ‘ibotchilar guruhi jamiyatdagi barcha vazirliklardan tavsiya qilingan nomzodlar, davlat va jamoatchilik vakillari, olim-ziyolilar, mutaxassislar, madaniyat va san’at arboblaridan iborat. Respublika miqyosida ma’naviy-ma’rifiy targ‘ibot va tashviqot ishlariga jalb etish, sohaga yangicha yondashuvni tatbiq qilish, targ‘ibotchilarni moliyaviy va ma’naviy rag‘batlantirib borish yo‘lga qo‘yildi. Ularning ma’naviy-ma’rifiy targ‘ibot tadbirlaridagi ma’ruzalariga haq to‘lash hamda “Yilning eng faol ma’naviyat targ‘ibotchisi” ko‘rik-tanlovi, “Ma’naviyat fidoyisi” ko‘krak nishoniga tavsiya etish tizimi joriy qilindi. Maktablar, o‘rta maxsus va oliy ta’lim dargohlarida ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi. Barcha oliygoh va ularning filiallarida mavjud shtat birliklari doirasida yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha prorektor lavozimi joriy etildi. Mahallalarda ijtimoiy-ma’naviy muhit barqarorligini ta’minlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi. “Bir ziyoli – bir mahallaga ma’naviy homiy” tamoyili asosida har bir mahallaga professor-o‘qituvchi va taniqli ziyolilar biriktirilishi ma’lum qilindi. Biroq bu vaqtincha bajarilib, qog‘ozda qolib ketgan ishlardan biri bo‘ldi. 369 Hududlar markazida namunaviy loyiha asosida ma’naviyat va ma’rifat maskanlarini barpo etish, mahalliy byudjetlar hisobidan sohaga qo‘shimcha shtatlar ajratish bo‘yicha ko‘rsatma berildi. Bunga asosan, 2022 yil 31 avgust kuni Buxoro viloyati Olot tumanida Ma’naviyat va ma’rifat maskanining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Maskandagi kutubxona 150 mingdan ziyod kitoblar, zamonaviy o‘quv zali va bepul internet bilan ta’minlandi. “IT markaz”, “Besh tashabbus” to‘garaklari, “Zakovat” intellektual o‘yin stoli, kitobxonlik bayramlari, turli ko‘rik-tanlov va teatr-kontsert dasturlari uchun 260 o‘rinli tantanalar zali, 60 o‘rinli 3D formatli kino namoyishi uchun ham qulay sharoitlar yaratildi. Milliy g‘oya targ‘iboti, ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish, jamiyatda adabiyot va kitobxonlikni yanada rivojlantirish maqsadida “Ijod” jamoat fondi negizida Ma’naviyat va ijodni qo‘llab- quvvatlash fondi tashkil etildi. Bu jamg‘armaga 120 milliard so‘m ajratilib, ma’naviy-ma’rifiy tarbiya va targ‘ibot-tashviqot ishlarini samarali amalga oshirish, milliy adabiyotimizni rivojlantirish uchun sarflanadi. Bu mablag‘ning 90 milliard so‘mi hududlarda ma’naviy-ma’rifiy sohalarni rivojlantirishga, 20 milliard so‘mi Yozuvchilar uyushmasi faoliyatini qo‘llab-quvvatlashga, 10 milliard so‘mi mamlakat miqyosida ma’naviy- ma’rifiy ishlarni samarali tashkil qilishga yo‘naltirildi. 2021 yildan boshlab, ma’naviyat va ma’rifat sohasi ixtisosliklarini fanlar klassifikatoriga kiritish, bu yo‘nalish bo‘yicha yetuk kadrlar tayyorlash yo‘lga qo‘yildi. Kitobxonlik madaniyatini kengaytirish, kino san’atini izchil rivojlantirish, barcha telekanallar qoshidagi badiiy kengashlar faoliyatini tanqidiy tahlil qilib, teledasturlarning saviyasini oshirish masalalariga ham alohida e’tibor qaratilmoqda. Ma’naviy-ma’rifiy sohada amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligini oshirish, mamlakatimizda faoliyat yuritayotgan ziyolilar uchun ilmiy- ma’rifiy muloqot maydonini tashkil etish orqali ular o‘rtasida o‘zaro tajriba almashishga xizmat qiladigan ma’naviy ko‘prik yaratish maqsadida qator tadbirlar amalga oshitilmoqda. 2023 yil 18-20 may kunlari Buxoroda Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi, Oliy Majlis huzuridagi nodavlat notijorat tashkilotlarini qo‘llab- quvvatlash jamoat fondi, “Ma’rifat” targ‘ibotchilar jamiyati, viloyat hokimligi hamkorligida “Uchinchi Renessans – ma’rifatli jamiyat sari!” mavzusida Respublika ilmiy-amaliy anjumani o‘tkazildi. Ilm-ma’rifatning qadim o‘chog‘i bo‘lgan Buxoro shahridagi Mir Arab Oliy madrasasida “Uchinchi Renessans – ma’rifatli jamiyat sari!” mavzusida 370 Respublika ilmiy-amaliy anjumani va konferentsiya materiallari to‘plami taqdimoti bo‘lib o‘tdi. Konferentsiyada Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridan 100 nafardan ortiq olimlar, professor, dotsentlar hamda hududlardan turli soha mutaxassislari ZOOM orqali qariyb 200 nafar ziyolilar, ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etishdi. Respublika anjumani doirasida Buxoro davlat universitetida “O‘zbekiston Qahramonlari” kitobi taqdimotida Buxoro zaminidan yetishib chiqqan, Vatanimiz taraqqiyotiga beqiyos hissa qo‘shib, ushbu yuksak unvon hamda “Oltin Yulduz” medali bilan taqdirlangan 6 nafar O‘zbekiston Qahramonlarining ibratli hayoti va ko‘rsatgan fidoyilik hamda matonati e’tirof qilinib, ularga va oila a’zolariga sovg‘alar taqdim etildi. Anjuman doirasida viloyatdagi korxona va tashkilotlar, oliy va o‘rta ta’lim muassasalarida ziyolilar, shoir-yozuvchilar ishtirokida “Ma’rifat soatlari” o‘tkazildi. Davrimiz yangicha fikrlash va ishlash, milliy “aql markazlari”ni shakllantirishni talab etmoqda. Afsuski, atrofimizdagi barcha siyosiy- ijtimoiy jarayonlarni chuqur tushunib, ta’sirchan tilda yetkazib beradigan tahlilchi va ekspertlarimiz juda kam. Bunday vaziyatda jamiyatimizni ma’naviy tahdidlardan himoya qilish borasidagi ilmiy-amaliy tadqiqotlarni tubdan qayta ko‘rib chiqish lozim. Shu ma’noda, Ma’naviyat va ma’rifat, “Taraqqiyot strategiyasi”, Islom sivilizatsiyasi markazlari, ijtimoiy- gumanitar yo‘nalishdagi tadqiqot institutlari haqiqiy “aql markazlari”ga aylanishi zarur. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida 2021 yil 19 yanvar kuni ma’naviy-ma’rifiy ishlar tizimini tubdan takomillashtirish, bu borada davlat va jamoat tashkilotlarining hamkorligini kuchaytirish masalalari bo‘yicha o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishi loqaydlik va beparvolik eng katta xavf ekanini, bugun uchrayotgan ijtimoiy muammolarni kamaytirish uchun nuroniylar tarbiyasi, jamoatchilik nazorati yetishmayotganini ta’kidladi. Rivojlangan demokratik davlatlar tarixida jamoatchilik nazorati zo‘r bo‘lgan. Yaponlar o‘zlarini “Biz ming ko‘zli devormiz”, deyishadi. Yapon zaminida kim qonunga zid biror ish qilayotgan bo‘lsa, boshqalar unga munosabat bildiradi. Bizda esa hali mana shu madaniyat past. Bir o‘zbek boshqasining qonunga qarshi nojo‘ya qilmishini huquq-tartibot organlariga aytsa, uni qoralaymiz. Bu bilan yomonlikni, gunohga sherik bo‘lib qolayotganimizni anglamaymiz. Vaholanki, dinimizda bu borada aniq 371 ko‘rsatmalar bor. Payg‘ambarimiz (s.a.v) iymonning kuchli va zaif darajalarini belgilab berganlar. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: “Biror nojo‘ya ish qilayotganni ko‘rsangiz, qo‘lingiz bilan qaytaring, bunga kuchingiz yetmasa, tilingiz bilan qaytaring. Bunga ham imkon topmasangiz, hech bo‘lmasa, ko‘nglingizda u ishga norozi bo‘ling, ana shu imonning eng zaif darajasidir”, deganlar (Imom Buxoriy rivoyati). Dinimiz noto‘g‘ri holatlarga beparvo bo‘lishdan qat’iyan qaytaradi, uni iloji boricha tezroq tuzatishga targ‘ib etadi. Rivojlangan davlatlarning bugungi takomilida milliy g‘oya muhim, ulug‘ rol o‘ynagan. «Amerika orzusi» g‘oyasi amerikaliklarga motivatsiya ulashyapti, birlashtirib, ularni harakatga keltiryapti. Mafkura masalasi bilan xavfsizlik kengashi shug‘ullanadi. Pentagon yaratilayotgan vatanparvarlik mavzusidagi kino va telelavhalar stsenariylarini tasdiqlaydi. Shuning uchun Hollivudda ishlab chiqarilgan har bir kino, mul`tfil`m, videorolikda AQSh siyosati targ‘ib qilinadi. AQSh bayrog‘i va davlat ramzlari namoyish etiladi. Mafkuraviy vazifalar ijrosi ustidan nazorat nodavlat notijorat tashkilotlar tomonidan amalga oshiriladi. Germaniyada milliy g‘oya nemis millati va davlati birligi negizida shakllangan. Shaxs ma’naviy tarbiyasida asosiy urg‘u «nemis milliy xarakteri»ni shakllantirishga qaratilgan. Qat’iy tartib va qonun-qoidalarga rioya etish nemis xalqining eng kuchli jihati hisoblanadi. Barcha OAV milliy g‘oyaning targ‘ibotchisi hisoblanadi. Niderlandiyada mafkuraviy jarayonlar Ijtimoiy siyosatni tadqiq qilish kengashi (WRR) tomonidan boshqariladi. Kengash muntazam ravishda muhim dasturlarni tuzish uchun olimlar va fuqarolik jamiyatlarining fikrlarini tinglaydi. Monitoring olib boradi. Davlat telekanallarida qaysi ko‘rsatuvlarning namoyish etilishi to‘g‘risidagi qaror “Netherlands Public Broadcasting” (NPO) tomonidan qabul qilinadi. Yaponiyada «Millat, Vatan, Taqdir» tushunchalari uyg‘un. Maktablarda bizning “Tarbiya” darsiga o‘xshagan «Yapon xulqi» fani o‘tiladi. Boshlang‘ich maktab o‘qituvchilari va bog‘cha tarbiyachilarining ma’naviy tarbiya bo‘yicha maxsus sertifikat olishi majburiy. O‘quvchilarga yapon millati ruhini singdirish ularning eng asosiy vazifasidir. Xitoyda milliy g‘oyaga Konfutsiy ta’limoti asos qilib olingan. Maqsad – Buyuk Xitoy davlatini qurishda dunyodagi barcha xitoyliklarni birlashtirish. Tarbiya «Ona Vatanga xizmat qilish va sodiq bo‘lish» g‘oyasi asosiga qurilgan. Mafkuraviy siyosat Xitoy kompartiyasi tomonidan boshqariladi. Internetda g‘oyaviy xurujlardan himoyalanish uchun Xitoy milliy dasturiy 372 ta’minot tizimi ishlab chiqilgan. “Google” o‘rniga “Baidu”, “Telegram” o‘rniga “WeChat”dan foydalanish yo‘lga qo‘yilgan. Koreya Respublikasida milliy g‘oyaning asosi koreys millatining o‘zligi hisoblanadi. Bu o‘zlik urf-odatlar, axloqiy ideallar orqali singdirib boriladi. Koreys tiliga yuksak hurmat shakllangan. Yoshlar tarbiyasida oila asosiy maskan. Tarbiyaning ilk bosqichida onalar farzandlariga koreys milliy an’analarini (salomlashish, kattalarga hurmat...) o‘rgatishadi. Veteranlar va vatanparvarlik ishlari bo‘yicha vazirlik bor. Vatan uchun qurbon bo‘lganlarni hurmat qilish, vatanparvarlik ruhini saqlash va targ‘ib qilish bilan shug‘ullanadi. Bosh vazifasi – vatanparvarlik qadrlanadigan jamiyatni yaratish. Shu orqali milliy yuksalish ustuvor vazifa etib belgilangan. Turkiya mafkurasida zamonaviy turk millatining umumiy o‘ziga xosligi: vatanparvarlik, davlat mustaqilligiga sodiqlik, patriarxal asoslar, rahbarni e’zozlash, islomiy o‘ziga xoslik va boshqalar bilan ajralib turadi. Hozirgi paytda milliy va diniy qadriyatlarga tayangan «Yangi Turkiya» mafkurasi shakllanmoqda. Xulosa: Har bir o‘zbekistonlik – “Jonajon O‘zbekiston – muqaddas Vatan” deb, o‘zini vatanparvar tutishi, Vatanni parvarish qilishi, “Milliy o‘zlik” deb, o‘zini xalqining bir farzandi, xizmatkori deb faxrlanishi; -O‘zbekning go‘zal madaniyati, ma’naviyatini namoyon qilish, “Kuch – adolatda”, deb birovning haqiga qo‘l cho‘zmaslik, o‘z qonuniy haqini birovga bermaslik kerak. “Xalq roziligi” uchun ishi, mahsuloti, muomalasi bilan boshqalarni o‘zidan rozi qilishi, kasbiy, oilaviy, insoniy, ota-onalik, farzandlik burchlarini a’lo bajarishi; - “Jaholatga qarshi – ma’rifat” deb hayotda, internetda hushyor bo‘lishi, o‘zini va vatandoshlarini ogohlantirishi, o‘zini firibgar va dushmanlarga aldatib qo‘ymasligi, jaholat tarqatuvchini ko‘rgan joyida tutib, qonun qo‘liga topshirishi, jaholatni to‘xtatishi, xalqini ma’naviy viruslardan himoya qilishi; - “Oila va mahalla Vatan ichra vatandir” degan iqror bilan ota-onasini, qarindoshlarini, mahalladoshlarini, keksalarni e’zozlasin, ularga xizmat qililishi, marosim, ma’rakalarda bel bog‘lab shay turishi, yetti qo‘shnisi, ularning bolalarining ismlarini bilishi, ularga murabbiy bo‘lishi, farzandlarini milliy va ilmiy tarbiyalashi; - “Innovatsion taraqqiyot” yangiliklarini yaratib yashashi,innovatorlik qilish faqat yangi modda, texnologiya yaratish degani emas. Uyda, 373 ro‘zg‘orda, bola tarbiyasida, madaniyatda, muomalada yangi va yaxshi tomonga o‘zgarishi, sog‘lom turmushga, kitobxonlikka odatlanishi(har bir foydali, xayrli tashabbus ham innovatsiya), har bir ishni ilm, ilmiy-texnika yutuqlari va ilg‘or tajribalarga asoslanib qilishi hayotimiz sifatini oshiradi. Download 4.07 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling