Ikkinchi qism toshkent – 2023


Download 4.07 Mb.
Pdf ko'rish
bet115/165
Sana14.09.2023
Hajmi4.07 Mb.
#1678051
1   ...   111   112   113   114   115   116   117   118   ...   165
Bog'liq
TO\'PLAM II

Kalit so‘zlar: “Yangi O‘zbekiston strategiyasi”, “Saxovat”, “Muruvvat” 
uylari, ijtimoiy himoya, ijtimoiy ko‘mak, nogiron shaxslarni qo‘llab-quvvatlash 
jamg‘armasi, tibbiy-ijtimoiy xizmatlar agentligi, “Nurli maskan” maktablari, 
“yopiq” dunyo,“Saxovat va ko‘mak” jamg‘armasi
Keyingi yillarda mamlakatimizda ijtimoiy himoyaga muhtoj aholi 
qatlamlarini har tomonlama qo‘llab-quvvatlashning yangicha tizimini 
shakllantirish borasida keng qamrovli ishlar amalga oshirilmoqda.
2022 yilda hukumatimiz tomonidan olib borilgan g‘amho‘rliklar ifodasi 
sifatida davolanish maskanlarida sog‘lom hayotga qaytgan yoshi ulug‘ 
insonlar va nogiron shaxslar 43 ming nafardan oshdi, o‘zgalarning 
parvarishiga muhtoj bo‘lgan yolg‘iz keksalar va nogironligi bo‘lgan 
shaxslarga taqdim etiladigan bepul oziq-ovqat va gigiyenik vositalar soni 19 
tagacha ko‘paytirildi, nogiron shaxslarga beriladigan bepul protez-orto-
pediya hamda reabilitasiya texnik vositalar ro‘yxati 27 tagacha oshirildi. 
Muhtaram Prezidentimiz “Yangi O‘zbekiston strategiyasi” nomli 
kitobida: “Nuroniy otaxon va onaxonlarimizga munosib turmush 
sharoitlarini yaratib berish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlarni ko‘rdik. 
Yosh avlodimizni barkamol, el-yurt uchun fidoyi insonlar qilib tarbiyalashda 
biz muhtaram nuroniylarimizga tayanamiz” deb, davlat boshqaruvida 
nuroniylarning ham o‘rni beqiyosligini ta’kidlab o‘tadi. 
Har yili odam savdosi iskanjasiga tushib qolgan minglab insonlarni 
psixologik, tibbiy reablitasiya va ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash maqsadida 
qat’iy o‘rnatilgan chora-tadbirlar ko‘rib kelinmoqda. Birgina, 2021 yilning 
o‘zida
1024 nafar fuqaroga tibbiy va ijtimoiy ko‘mak berilgani fikrimizni isbotlaydi. 
Mamlakatimizda Tibbiy va ijtimoiy xizmat ko‘rsatishda ayrim tashkilot 
va muassasalar faoliyati lozim darajada yo‘lga qo‘yilmaganligi va ulardagi 
mavjud kamchilik va muammolar yoshi ulug‘ keksalarimiz va nogiron 
bo‘lgan insonlarga ko‘rsatilayotgan g‘amho‘rliklar va moddiy-ma’naviy 
yordamlar ko‘lamini kengaytirish va ularni samarali hal qilishga to‘sqinlik 
qilib kelgan. Jumladan: 
Birinchidan, “Saxovat” va “Muruvvat” uylarida yashovchi davlat 
qaramog‘idagi 
shaxslarga 
tibbiy-ijtimoiy 
xizmat 
ko‘rsatishni 
boshqarish tizimiga yetarlicha e’tibor qaratilmagan edi; 
Ikkinchidan, tug‘ilajak farzandlarda nogironlikni erta aniqlash, 
nogironlikni oldini olish va nogiron bo‘lgan shaxslarga tibbiy reablitasiya 
sifati qoniqarli darajada bo‘lmagan; 


384 
Uchinchidan, yoshi ulug‘ keksalarimiz va nogiron bo‘lgan insonlarga 
qulay shart-sharoitlar yaratish yuzasidan muassasalarda tibbiy hamda 
ijtimoiy yoki moddiy-texnika holati yuzasidan ko‘plab muammolar saqlanib 
qolgan edi; 
To‘rtinchidan, mazkur muassasa xodimlarining moddiy rag‘batlantirish 
tizimi davr talabiga javob bermagan; 
Beshinchidan, ushbu muassasalarda ko‘ngillarni ko‘taruvchi ma’naviy-
ma’rifiy kechalar va madaniy tadbirlarni tashkil etishda yetarlicha 
muammolar mavjud bo‘lgan; 
Oltinchidan, odam savdosi iskanjasida qolgan jabrdiydalarga 
ko‘rsatilgan tibbiy hamda ijtimoiy reablitasiyalar xolati va psixologik 
yordam sifati zamon talabi darajada bo‘lmagan. 
Mana shunday muammolarni bartaraf etish xalqimizning munosib va 
farovon hayot kechirishlari maqsadida so‘nggi yillarda Yangi O‘zbekistonda 
bir qator ijobiy ishlar amalga oshirilmoqda. Yoshi ulug‘ ota-onalarimiz va 
nogiron bo‘lgan yurtdoshlarimizni ijtimoiy himoya qilish va tibbiy-ijtimoiy 
yordam ko‘rsatishning zamonaviy mexanizmlarini ishlab chiqib ularni 
amalga oshirish maqsadida: 
Davlatimiz rahbarining ko‘rsatmasi bilan Sog‘liqni saqlash vazirligi 
huzurida Tibbiy-ijtimoiy xizmatlar agentligi shuningdek, uning tarkibida 
Tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish Agentligi va hududiy bo‘linmalari 
tashkil qilindi. 
Mazkur qarorda ustivor vazifalar aniq qilib belgilab berildi: 
Mazkur agentlik yoshi ulug‘ keksalar, nogiron shaxslar va ijtimoiy 
himoyaga muhtoj bo‘lgan aholining boshqa qatlamlariga tibbiy-ijtimoiy 
xizmat ko‘rsatish bo‘yicha vakolatli davlat organi hisoblanishi va faoliyati 
bo‘yicha Vazirlar Mahkamasiga bo‘ysungan xolda har yili hisobot berishi; 
Agentlikning direktorini hamda uning o‘rinbosarlarini Prezident 
tasdiqlashi va lavozimdan ozod etishi ham bu sohaga Yurtboshimizning o‘zi 
nazoratga olishi ham Yangi O‘zbekistonda saxovat tushunchasining davlat 
darajasiga ko‘tarilganligiga yana bir misoldir. 
Qarorga muvofiq agentlik tizimiga quyidagi muassasa va tashkilotlar 
o‘tkazildi: 
a) “Muruvvat” va “Saxovat” uylari, nogiron bo‘lgan shaxslarni 
reablitasiya qilish va protezlash milliy markazi va ularning hududiy 
markazlari, urush qatnashchilari va mehnat faxriylari uchun dam olish 
pansionatlari va sanatoriylar, respublika tibbiy-ijtimoiy ekspertiza 
inspeksiyasi va hududdagi uning bo‘linmalari, odam savdosidan 


385 
jabrlanganlarga ko‘mak berishga ixtisoslashgan Respublika reablitasiya 
markazi; 
b) O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi 
“Muruvvat” va “Saxovat” internat uylari (byudjetdan tashqari) faoliyatini 
qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi hamda nogiron shaxslarni qo‘llab-
quvvatlash jamg‘armasi. 
Mazkur agentlikning vazifalari etib quyidagilar belgilandi: 
1. Yoshi ulug‘ keksalar, nogiron shaxslar va ijtimoiy himoyaga muhtoj 
aholining boshqa qatlamlari tibbiy-ijtimoiy yordam ko‘rsatish sohasi 
bo‘yicha ustivor davlat siyosatini izchil davom ettirish; 
2. “Saxovat” va “Muruvvat” uylarining keksa hamda nogiron bo‘lgan 
shaxslarga xizmat ko‘rsatish faoliyatini samarali va tizimli tashkil etish va 
uni boshqarish; 
3. Keksa, nogiron va ijtimoiy himoyaga muhtoj shaxslarga tibbiy-
ijtimoiy xizmat ko‘rsatishda tashkilot va muassasalarning faoliyatini 
muvofiqlashtirgan holda ularga uslubiy rahbar bo‘lish; 
4. nogiron shaxslarni davolashda tibbiy va ijtimoiy reablitasiya qilish 
bo‘yicha ilmiy tadqiqot ishlarini o‘tkazish hamda mutaxassislar tayyorlash 
ishlarini tashkil etish; 
5. protez-ortopediya buyumlariga muhtoj bo‘lgan shaxslarni doimiy va 
tizimli ravishda texnik vositalar bilan ta’minlash faoliyatini yangicha 
yondashuv bilan davom ettirish; 
6. tibbiy-ijtimoiy xizmat ko‘rsatishda olingan natijalarni ilg‘or tajriba 
va xorijiy rivojlanish tendensiyalariga asoslangan holda tahlil qilish va 
doimiy monitoring tahlilini qilib borish; 
7. odam savdosidan jabr ko‘rganlarni tibbiy-ijtimoiy himoyaga olish va 
reabilitasiya qilish va ularni psixologik qo‘llab-quvvatlash; 
“Saxovat” va “Muruvvat” uylarida amalga oshirishni nazarda tutuvchi 
vazifalari ham belgilab berildi: 
1. yoshi ulug‘ keksalar va nogiron shaxslarga ijtimoiy xizmat ko‘rsatish, 
ularni sog‘lomlashtirish va har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, sifatli tibbiy-
ijtimoiy yordam ko‘rsatish uchun munosib sharoitlarni yaratish va ijtimoiy-
huquqiy himoya qilishni ta’minlash; 
2. nogiron shaxslar, shuningdek, bolalarni ijtimoiy himoyaga olish va 
ularni ma’naviy qo‘llab quvvatlash, o‘zlarining iqtidoridan kelib chiqib 
o‘zlari tanlagan ixtiyoriy kasb-hunarga yo‘naltirish va o‘rgatish; 
3. sog‘liqni saqlash tizimidagi yetuk mutaxassislarni jalb etish, ularga 
dastlabki tibbiy yordamni ko‘rsatish, keksa yoshdagilar va nogiron 










394 
Bu kabi salbiy holatlar harbiy ta’lim muassasalari ayrim kursantlarida 
ham kuzatilishi, ayniqsa, tashvishli holdir. Bu holatlar esa kelgusida harbiy 
xizmatchining oldiga qo‘yilgan strategik va taktik vazifalarni bajarishda 
jiddiy muammolar va tahdidlar yuzaga kelishi mumkin.
Shu bois, O‘zbekiston Respublikasi oliy harbiy ta’lim muassasalarida 
ma’naviy-ma’rifiy ishlarni tubdan qayta ko‘rib chiqish va takomillashtirish 
dolzarb bo‘lib, bu quyidagi o‘ziga xos yo‘nalishlarda faoliyatlarni 
jadallashtirishni taqozo etadi: 
kursant va tinglovchilarda sog‘lom dunyoqarashni shakllantirish va 
ularni ma’naviy merosimizga hurmat ruhida tarbiyalash; 
mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlarning mazmuni
va dinamikasini kursantlar va tinglovchilar tushunishini va o‘z faoliyatiga 
moslashtirgan holda, kasbiy o‘sish va rivojlanishga intilishini oshirish; 
kursant va tinglovchilar doimiy asosda axloqiy-ruhiy, ma’naviy-ma’rifiy 
tayyorlash, shuningdek, ularni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, ularda 
yuksak ma’naviy-axloqiy sifatlari va faol hayotiy pozisiyasini shakllantirish, 
sodir bo‘layotgan hodisalarga daxldorlik va Vatan taqdiri uchun ularda 
javobgarlik tuyg‘usini mustahkamlash; 
kursant va tinglovchilar ongiga salbiy ta’sir etuvchi, ularni g‘oyaviy 
jihatdan qaram etishga yo‘naltirilgan harakatlarga qarshi samarali kurash 
olib borish hamda irodali, fidoyi, vatanparvar va o‘z mustaqil fikriga ega 
yosh ofiserlarni tarbiyalashga qaratilgan kompleks tadbirlarni amalga 
oshirish; 
harbiy ta’lim muassasalarida kursantlarni har tomonlama qo‘llab-
quvvatlash, sport bilan muntazam shug‘ullanishga keng jalb etish, jismonan 
sog‘lom va barkamol avlod etib tarbiyalash uchun yetarli sharoitlar yaratish; 
kursant va tinglovchilarning Internet jahon axborot tarmog‘idan 
foydalanish madaniyatini oshirish, g‘oyaviy va axborot xurujlariga qarshi 
mafkuraviy immunitetni kuchaytirish; 
Respublika harbiy ta’lim muassasalari kursantlari o‘rtasida sog‘lom 
raqobat muhitini yaratish, ular o‘rtasida turli xil sport musobaqalarini 
faollashtirish, ularning intellektual va madaniy (badiiy-estetik) saviyasini 
oshirish maqsadida kitobxonlikni targ‘ib qilish, jahon ilm-fani, san’ati 
namunalari bilan muntazam ravishda tanishtirib borish orqali zamonaviy 
fikrlaydigan, bilim va dunyoqarashi keng, bugungi kun talablariga javob 
beradigan harbiy kadrlarni tayyorlash. 


395 
Qurolli Kuchlar tizimida o‘tkazilayotgan islohotlar va ularning keng 
qamrovliligini doimiy ravishda yetkazish va unda belgilangan vazifalarni o‘z 
vaqtida sifatli bajarilishini ta’minlash; 
harbiy xizmatchining jamiyatda yuqori obro‘-e’tibori, shaxsiy 
namunasi, shu bilan birga, xavfsizligi, ma’naviy, ijtimoiy-psixologik va 
huquqiy qo‘llab-quvvatlanishini ta’minlash. 
Ta’kidlash lozimki, harbiy ta’lim muassasalarida o‘qiyotgan 
kursantlarning belgilangan o‘quv dasturidagi fanlarni qanchalik sifatli 
o‘zlashtirishi, zamonaviy qo‘shinlarni mohirona boshqarishi kelajakdagi 
harbiy mutaxassislar uchun chambarchas bog‘liqligi hammamizga ayon. Shu 
bilan birga, harbiy ta’lim muassasalarida tayyorlanayotgan yosh 
ofiserlarning ma’naviy dunyosining shakllanishi, ularning mafkuraviy 
immunitetining qanchalik bardoshliligi, Vataniga sadoqati ular 
o‘rganayotgan harbiy ilmlar bilan yanada mustahkam bo‘ladi. Shuning 
uchun ta’lim jarayonida biriktirilgan ustozlar (kurs, fakultet rahbarlari) 
hamda professor-o‘qituvchilar har bir kursantning va tinglovchining 
kelajakdagi kasbiga sadoqati, yurtiga va xalqiga fidoyi shaxs sifatida 
tarbiyalanishi uchun mas’uliyat hissini chuqur anglashi lozim.
Alohida ta’kidlash lozimki, bugungi kunda internet orqali yoshlarning 
tarbiyasiga kuchli salbiy ta’sir qilayotgan ijtimoiy tarmoqlarda 
tarqalayotgan yot g‘oyalar, saviyasi past madaniy mahsulotlar ularning 
shaxs sifatida shakllanishida va kelgusida harbiy xizmatga jalb qilishda 
jiddiy to‘siqlarni yaratmoqda. 
Ayniqsa, hozirgi globallashuv davrida internet tarmog‘ida avj olib 
borayotgan terrorizm, turli ekstremistik qarashlar va buzg‘unchi g‘oyalar, 
tekshirilmagan va bo‘htondan iborat axborotlar oqimining erkin 
almashinuvi, ulardan g‘arazli kimsalarning o‘z maqsadlari yo‘lida 
foydalanishga urinishlari odatiy holga aylanib borayotgan ushbu vaziyatda 
milliy-ma’naviy qadriyatlar ruhida tarbiyalanmagan, yot g‘oyalarga berilgan 
yoshlardan vatanparvar, o‘z xalqi va millatiga sodiq kadrlarni yetishtirib 
chiqarish juda katta muammo hisoblanadi. Ushbu toifa yoshlarning siyosiy-
huquqiy tafakkuri buzilgan, ongi deformasiyalashgan hamda uning ijtimoiy-
madaniy muhit va qadriyatlarga amal qilmasligi kuzatiladi. Bizningcha, 
vatanparvarlik ruhida tarbiyalangan yoshlarni mukammal shaxs qilib 
yetishtirish oson kechadi, chunki uning siyosiy bilimini oshirish, yot 
g‘oyalarga qarshi immunitetni shakllantirish, Vatan himoyasiga zarur kadr 
qilib tarbiyalash qiyin kechmaydi. 


396 
Bu borada O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, Qurolli Kuchlar Oliy 
Bosh Qo‘mondoni Sh.M. Mirziyoyev alohida to‘xtalib, ushbu yo‘nalishni 
yanada takomillashtirish bo‘yicha aytgan fikrlari oliy harbiy ta’lim 
muassasalari uchun konseptual va amaliy ahamiyat kasb etadi: “Ayni vaqtda 
shaxsiy tarkib o‘rtasida milliy o‘zlikni anglash va jangovar ruhni
vatanparvarlik tarbiyasini kuchaytirish, harbiy xizmatchilarning intellektual 
salohiyatini yuksaltirish ham doimo e’tiborimiz markazida bo‘lishi lozim. 
Shu maqsadda yosh askar va kursantlar uchun harbiy qasamyod qabul 
qilishdan avval “O‘zbekiston tarixi” fani va “Temur tuzuklari” kitobi 
bo‘yicha sinov o‘tkazish tartibini yo‘lga qo‘yish maqsadga muvofiqdir”.
Darhaqiqat, mamlakatimiz rahbariyatining Qurolli Kuchlar tizimi 
oldiga qo‘ygan vazifalarini samarali amalga oshirish hamda har qanday 
vaziyatda o‘z xizmat majburiyatlarini to‘la-to‘kis bajarishi bugungi axborot 
asrida har qachongidan ham dolzarb ekanligini yon-atrofda qo‘shni 
davlatlarda bo‘layotgan voqyea-hodisalar ko‘rsatmoqda.
Shu bois, kadrlarni tanlash, o‘qitish, o‘rgatish va tarbiyalash ishlarini 
amalga oshirish uchun O‘zbekiston Respublikasining manfaatlarini 
munosib himoya qilishga qodir, har tomonlama yetuk va vatanparvar 
yoshlarni Qurolli Kuchlarga jalb etishga qaratilgan mutaxassislarni tanlash 
va tayyorlashning mutlaqo yangi tizimini yaratish zaruratini ko‘rsatmoqda.
Yuqoridagi tahlillar asosida quyidagilarni amalga oshirish taklif etiladi: 
bir tomondan, bugungi zamonaviy tahdidlar va ularning yoshlarimiz 
ongiga, ma’naviy dunyosiga ta’sirini e’tiborga olgan holda, ikkinchi 
tomondan, eskicha mexanizmlar bilan ishlash jarayonida sarflanayotgan 
ortiqcha resurslarni ratsionallashtirish zaruratidan kelib chiqib, harbiy 
ta’lim muassasalarida o‘qishga nomzodlarni saralash va o‘rganishning yangi 
mexanizmini yaratish maqsadga muvofiq.
Shu orqali biz har tomonlama yetuk, vatanparvar, ma’naviy dunyosi 
shakllangan, zamonaviy bilimlarni egallagan, Vatan himoyasi ishiga o‘z 
hayotini bag‘ishlashga tayyor fidoiy yoshlarni harbiy xizmatga jalb qilish 
kabi asosiy maqsadimizni samarali va natijali ro‘yobga chiqarishga 
erishamiz. 

Download 4.07 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   111   112   113   114   115   116   117   118   ...   165




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling