Ikkinchi qism toshkent – 2023
MA’NAVIY-MA’RIFIY TADBIRLARNING TA’SIRCHANLIGINI YANADA
Download 4.07 Mb. Pdf ko'rish
|
TO\'PLAM II
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kalit so‘zlar.
- Milliy o‘yinlarimiz
MA’NAVIY-MA’RIFIY TADBIRLARNING TA’SIRCHANLIGINI YANADA
OSHIRISHNING SAMARALI SHAKL, USLUB VA VOSITALARI Xudaybergonova Anabibi Qurbanbayevna TTA Urganch filiali Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash, nazorat va monitoring bo‘limi boshlig‘i. Annotasiya: Ushbu maqolada mustaqillik yillarida ijtimoiy-ma’naviy muhitni barqaror saqlash, yoshlarni turli qiziqarli tadbirlarga uzluksiz jalb qilish, milliy qadriyatlarimizni yoshlar o‘rtasida keng targ‘ib qilish natijasida ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar ta’sirchanligi oshirish va yoshlar ongida milliy g‘oyani singdirishning turli shakl va texnologiyalari keng yoritilgan. Kalit so‘zlar. Vatanparvarlik, ta’lim, tarbiya, milliy qadriyatlar, milliy g‘oya, mafkura, jamiyat, davlat, manfaat, millat, ona tili, xalq, ma’naviyat, ma’naviy qadriyatlar, yurtga muhabbat, sadoqat, fidoyilik. Mustaqillik yillarida ma’naviy-ma’rifiy faoliyatning asosiy ijtimoiy subyekti – targ‘ibotchi ziyolilar guruhlari shakllantirildi. Milliy g‘oya va mafkura ilmiy-amaliy markazi tomonidan ziyolilar jalb qilingan holda ma’naviy-ma’rifiy faoliyat ta’sirchanligini oshirish, yoshlar ongiga milliy g‘oyani singdirishning turli shakl va texnologiyalari ishlab chiqildi. Hozirgi davrda jamiyatda ijtimoiy-ma’naviy muhitni barqaror saqlash va uni yanada yuksaltirishda aholini, ayniqsa yoshlarni turli qiziqarli tadbirlarga uzluksiz jalb qilish juda muhim rol o‘ynaydi. Tadbirlar jamiyat a’zolari o‘rtasidagi ruhiy individuallikni bartaraf etadi, shaxslarni bir-biriga yaqinlashtiradi. Ommaviy sport, kitobxonlik bilan bir qatorda ushbu tadbirlarning tarkibiy qismi sifatida milliy o‘yinlarimizni ham tavsiya etish mumkin. Milliy o‘yinlarimiz – bolalarni hayotga tayyorlovchi benazir maktab. Milliy o‘yinlarimiz ota-bobolarimizni abjir, chidamli, irodali, dovyurak qilib tarbiyalagan. Chunki o‘yin orqali irodani charxlab, turli shartli hayotiy to‘siqlarni, “raqiblar”ni o‘z kuchi bilan yengib o‘tishga o‘rgatgan. Chiniqtirgan. O‘yinlarda mardlik rag‘batlantirilib, g‘irromlik qoralangan. Xullas, o‘yinlar bolalarni katta hayotga tayyorlash, kurashishga, yengishga o‘rgatishning o‘ziga xos mashqlari vazifasini o‘tagan. Shu tariqa o‘zbek bolalar o‘yinlari milliy tarbiyaningajralmas sharti bo‘lib xizmat qilib kelgan. O‘zbek xalqi o‘yinlarning bolalar yoshiga, jinsiga mos o‘nlab turlarini ijod qilgan. Olimlar ularni buyumli o‘yinlar, buyumsiz o‘yinlar, doimiy, kalendar o‘yinlariga bo‘lishadi. “Yashin-topoloq”, 401 “Pakka”, “Qora ko‘rdim”, “Quvlashmachoq”, “Yashinmachoq”, “To‘p oti”, “Lappak”, “Besh tosh”, “Xola-xola”, “Bobo taka”, “Oq terakmi-ko‘k terak”, “Chori chambar”, “Shapalak” va h.k. Xorazmning, Farg‘ona vodiysining, Samarqandu Surxondaryo, Qoraqalpoq bolalarining o‘ziga xos o‘yinlari bor. Ular bolalarning xarakteri, jismoniy va ma’naviy shakllanishi uchun “mashq maydoni” vazifasini bajargan. Bolalarimiz do‘stlik, mardlik, qiynalib bo‘lsa-da g‘alabaga erishishning ilk nashidalarini tuyishgan. Milliy qadriyatlarimiz qatorida bolalarimizning milliy o‘yinlarini ham sobiq sho‘rolar “eskilik sarqiti” deb kamsitdi. Faqat mustaqillik bolalarimiz o‘yinlarini “oqladi”. “O‘zlikka sodiqlikda gap ko‘p ekan, – deb yozadi bu haqda professor M.Quronov. – “Mustabid sho‘rolar davrida ham o‘zbek o‘zining milliy, insonparvar bolalar o‘yinlarini saqlab qoldi. Bugun jahon uni o‘rganishga kelayotir! Yapon pedagoglari o‘smirlarining kompyuter ludomaniyasiga berilib, harakatsizlikdan sog‘liqlarini, ma’naviy tahdidlardan o‘zliklarini yo‘qotayotganliklarini ko‘rib, chora qidira boshlashibdi. Chunki bu millat kelajagini xavf ostiga qo‘yishi mumkin. Ular yosh yaponlar avlodi sog‘lig‘ini saqlab qolish davosini qidirib-qidirib… O‘zbekistondan, Forishdan topishdi. Shaharu qishloqlarimizni kezib, bolalarimiz “zamonaviy emas”, deb o‘ynamay qo‘ygan harakatli o‘yinlarni o‘rganib, to‘plab, olib ketib, o‘zlarining superzamonaviy bolalariga o‘rgatishayotgan ekan. Sababini so‘rashsa: “Zamonaviy bolalar o‘yinlari haddan ortiq texnokratlashib ketgan. Ularda insoniy ruh, joziba, zavq, tuyg‘ular kam. Shuning uchun bolalar harakatli o‘yinlarga qiziqishmayotir. Insoniy ruh, joziba,zavq, tuyg‘ularning barisi o‘zbek milliy bolalarining o‘yinlarida bor”, – debdi yapon pedagogi”. Download 4.07 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling