Ikkinchi qism toshkent – 2023
YOSHLAR ONGIDA QADRIYATLARNI SHAKLLANTIRISHDA
Download 4.07 Mb. Pdf ko'rish
|
TO\'PLAM II
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kalit soʻzlar
YOSHLAR ONGIDA QADRIYATLARNI SHAKLLANTIRISHDA KUTUBXONALARNING OʻRNI Haqberdieva Dilnoza Kamol qizi, Respublika bolalar kutubxonasi matbuot kotibi Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi Annotatsiya: Maqola Yangi Oʻzbekistonda maʼrfatli shaxs tarbiyasida kitob va kutubxonalarning oʻrni muhimligi, davlatning kitobxonlikni rivojlan- tirish borasidagi siyosati, yoshlarni kitobdan chalgʻitayotgan omillar, oʻquvchi- yoshlarni kitobxonlikka jalb etishning anʼanaviy va yangi usullari haqida. Kalit soʻzlar: maʼrifatli shaxs, kitobxonlik, kutubxona, maʼnaviy tahdid, onlayn toʻgarak. Insoniyat ilk soʻz belgilari va harf kashf etilganidan buyon oʻz tarixini, maʼnaviy boyligini, bilimlarini toshlarga, daraxt poʻstloqlariga, hayvon terilarga, qogʻozlarga bitib kelgusi avlodlarga qoldirib kelmoqda. Maqsad – ortdan kelayotgan avlod oʻzlaridan koʻra yaxshi yashashi, qalbi pok boʻlishi, vataniga, xalqiga sodiq boʻlishiga erishish. Deyish mumkinki, antik davrlardan bugungi kunimizgacha ana shu harakaat, ana shu ezgu maqsad oʻzgargani yoʻq. Faqat imkoniyatlar va vositalar misli koʻrilmagan darajada oʻzgardi – toshlar va terilar oʻrnini kitoblar, kutubxonalar, elektron vositalar egalladi. Lekin bu taraqqiyot, bu sivilizatsiya inson ongi va hayot tarzidagi qadriyatlarni, axloqiy mezonlarni oʻzgartirib yuborayotgani ham sir emas. Bu muammoni oʻrganayotgan olimlar, faylasuf va psixologlarning aksariyati asosiy sabablardan biri sifatida odamlarning, xususan yoshlarning kitobdan uzoqlashib borayotganini koʻrsatishadi. Kitobdan uzoqlashish haqida taniqli shoir Eshqobil Shukur shunday yozadi: “Odamzod qancha taraqqiy etmasin, qancha gʻaroyib texnik vositalarni oʻylab topmasin, baribir hali oʻz tafakkuri tarbiyasi uchun kitobdan yaxshi vositani oʻylab topgani yoʻq. Kitob mutolaasi bizga hayotni mutolaa qilishni, insonni va xudoni mutolaa qilishni oʻrgatadi. Kitobdan uzoqlashish bu tafakkurdan uzoqlashish, 374 tafakkurdan uzoqlashish esa, odamning oʻz-oʻzidan uzoqlashishidir.”1 Tarix fanlari doktori, professor Ashraf Ahmedov esa bu holga: “Hozirgi zamonda axborot juda koʻp. Bolalar kattalarga nisbatan koʻp narsani erta bilayapti, ikkinchi tomondan, kitobdan mahrum boʻlib borayapti. Bugun biz zamonaviy yoʻllar bilan bolalarga kitobni targʻibot qilaveraylik, bunda ota- ona oʻziga masʼuliyatni olsa, katta natija berishiga ishonaman. Oʻylaymanki, kitobdan uzoqlashish, oʻzlikdan, tarixdan uzoqlashishdir”2, deb taʼrif beradi. Tomchida quyosh aks etganidek shu ikki fikrdan koʻrinib turibdiki, uchinchi ming yillik boshiga kelib odamlarning, asosan, yoshlarning ongida axloq mezonlari va insoniy, milliy qadriyatlar oʻzgarishining asosiy sababi kitob oʻqimay qoʻyish ekan. Kitob jamlash, oʻqishga imkon yaratib berish, kitobxonlikka daʼvat qilish vazifasini maʼlumki, qadimul ayyomdan hozirga qadar avvalo kutubxonalar bajarib kelgan. Buning uchun eramizdan taxminan 2600 yillar avval paydo boʻlgan ilk kutubxonalardan tortib Abbosiylar davridagi xalifa Maʼmunning “Dorul hikma”sini, Buxorodagi Somoniylar sulolaviy kutubxonasini, Gʻaznadagi Mahmud Gʻaznaviyga qarashli saroy kutubxonasini, Amir Temurning Shahrisabz va Samarqanddagi saroy kutubxonasini, Mirzo Ulugʻbek kutubxonasini3 eslash kifoya. Bugungi kunga kelib butun dunyoda inson ongi va qalbi tarbiyasi masalasiga anʼanaviy kutubxonalar bilan birga elektron kutubxonalar ham xizmat qilmoqda. Shu oʻrinda, “hozir kutubxonalar, kitob ahamiyatli emas, elektron kutubxonalar mutolaa ehtiyojini qondiradi” deb fikrlovchilarga bir faktni qayd etib oʻtish juda muhim – texnik jihatdan taraqqiy etgan Yaponiyada 94 foiz, Koreyada 90 foiz kitobxon elektron E-Booklardan koʻra kitobning oʻzidan mutolaa qilishni afzal koʻrar ekan.4 Bugun qalbni, aqlni, axloqiy mezonlar va qadriyatlarni zabt etayotgan ommaviy madaniyat, seriallar, shoular, kompyuter oʻyinlari, keraksiz axborotlar, aqidaparastlik gʻoyalariga kitobxonlikni targʻib qilish bilan qarshi turayotgan kutubxonalarning oʻrni va vazifasi har doimgidan muhim boʻlib turibdi. Shu uchun ham mamlakatimizda kutubxonalarni boyitish, zamonaviy texnologiyalar bilan taʼminlash, bu maskanlarga yoshlarni koʻproq jalb qilish maqsadida Prezidentimiz tomonidan qator qarorlar qabul qilinmoqda. Yurtboshimiz 2019 yil 19 mart kuni bayon etgan 5ta muhim tashabbusning toʻrtinchi yoʻnalishi yoshlar maʼnaviyatini yuksaltirish, ular oʻrtasida kitobxonlikni keng targʻib qilishga yoʻnaltirilganligi, 2019 yil, 7 iyundagi PQ-4354 sonli “Oʻzbekiston Respublikasi aholisiga axborot- kutubxona xizmati koʻrsatishni yanada takomillashtirish toʻgʻrisida”gi qarori5, Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 14 dekabrdagi 781-sonli “2020 - |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling