Ikkinchi qism toshkent – 2023
“PROBATSIYA HISOBIDAGI YOSHLARNI MA’NAVIY TARBIYALASH
Download 4.07 Mb. Pdf ko'rish
|
TO\'PLAM II
- Bu sahifa navigatsiya:
- Annotatsiya.
- “E rtangi kunimiz egalari bo‘lgan yoshlar bilan ishlash – biz uchun hayot-mamot masalasi, xavfsizligimiz masalasi!” SHAVKAT MIRZIYОYEV
“PROBATSIYA HISOBIDAGI YOSHLARNI MA’NAVIY TARBIYALASH, HUQUQIY ONGINI OSHIRISH VA IJTIMOIY MOSLASHTIRISH”. Abdilxamedov Abbos Abilatibovich, Toshkent viloyati IIBB JXX Probatsiya boshqarmasi muxim topshiriqlar bo‘yicha inspektori . Annotatsiya. Maqolada mamlakatimizda yoshlarni ma’naviy tarbiyasi, ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, huquqiy ongi va madaniyatini oshirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar bayon etilgan. Tayanch tushunchalar: Yoshlar, jinoyat, huquqbuzarlik, yoshlar bandligi, ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash. “Ertangi kunimiz egalari bo‘lgan yoshlar bilan ishlash – biz uchun hayot-mamot masalasi, xavfsizligimiz masalasi!” SHAVKAT MIRZIYОYEV Bugun hayotimizning har jabhasida o‘zgarish, yangilanishlar kuzatilmoqda. Ushbu islohotlar zamirida xalq manfaati va farovonligini ta’minlash maqsadi mujassam. Ana shunday ezgu amallar samarasida davlat va xalq o‘rtasidagi muloqot yangi bosqichga ko‘tarilib, xalq og‘irini yengil qilishga xizmat qiladigan yangicha tizim ishlab chiqildi. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi qonunchilik palatasi tomonidan 2016-yil 12- 435 avgustda qabul qilingan, Senat tomonidan 2016-yil 24-avgustda ma’qullangan va Prezidentimiz tomonidan 2016-yil 16-sentyabr kuni imzolangan, “Ichki ishlar organlari to‘g‘risida”gi Qonuni xalq va davlat idoralari o‘rtasida mustahkam ko‘prik vazifasini bajarmoqda. Qonunning 2-moddasida “Ichki ishlar organlarining asosiy vazifalari fuqarolarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini, jismoniy va yuridik shaxslarning mulkini, konstitutsiyaviy tuzumni himoya qilishdan, qonun ustuvorligini, shaxs, jamiyat va davlatning xavfsizligini ta’minlash- dan, shuningdek huquqbuzarliklarning oldini olish va profilaktikasidan iborat” – deb belgilab o‘tilganligi ham buning yaqqol misolidir. Qonun qabul qilingandan so‘ng ichki ishlar organlari tizimini tubdan isloh etish sari dadil qadam qo‘yildi. Qonunning 5-moddasida, Ichki ishlar organlari faoliyatining asosiy prinsiplari-“qonuniylik, yagonalik, fuqarolarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlariga rioya etish hamda ushbu huquqlar, erkinliklar va qonuniy manfaatlarni hurmat qilish, ochiqlik va shaffoflikdan iborat” – deb belgilab o‘tildi.[1] O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil-7 noyabr kunidagi “Jinoyat-ijroiya qonunchiligini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4006-sonli Qarori qabul qilindi. Mazkur qaror asosida 2019-yil 1-yanvar kunidan Ichki ishlar organlari tizimida mutloqo yangi Probatsiya xizmati tashkil etilib, xizmat vazifalari va funksiyalari belgilab berildi.[2]. Qaror talablari asosida Probatsiya yo‘nalishida nazorat ostidagi shaxslarning jinoyat va ma’muriy huquqbuzarlik sodir etishini oldini olish, ularni qayta tarbiyalash va nazorat ostidagi shaxslarga ijtimoiy-huquqiy Download 4.07 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling