Ikkinchi qism toshkent – 2023
Download 4.07 Mb. Pdf ko'rish
|
TO\'PLAM II
419 Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati: 1. Sh.Mirziyoyev. Yangi O‘zbekiston strategiyasi. Toshkent. O‘zbekiston. 2021 y. -B. 267. 2. Prokl Diad ox. Kommentariy na «Alkiviad 1» Platona // Voprosы filosofii. 2001. №4. S. 124. 3. Sm., naprimer: Aristotel. O dushe // Aristotel. Soch. V 4 t. M., 1976. T.1. S.441. 4. Sm.: Franklin V. Istoricheskiy ocherk konstitutsii i pravitelstva Pen- silvanii // Franklin V. Izbr. proizv. M., 1956. ADABIYOT – MA’NAVIY TARBIYANING BOSH MEZONI Bekzod Ashurov, NamDU o‘zbek adabiyotshunosligi kafedrasi o‘qituvchisi Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlar va bunyodkorlik ishlari natijasida xalqimizning ong-u tafakkuri, dunyoqarashi o‘zgarmoqda. O‘zbekiston taraqqiyotning yangi bosqichiga qadam qo‘ymoqda. Yangi davr shiddati ta’lim-tarbiya tizimiga ham o‘zining aniq, qat’iy talablarini qo‘ymoqda. Shu o‘rinda ulug‘ marifatparvar adib Abdulla Avloningning “Tarbiya bizlar uchun yo hayot – yo mamot, yo najot – yo halokat, yo saodat – yo falokat masalasidur” degan jumlalari yodimizga tushadi. Tarbiya va ta’limni bir-biridan alohida ajratib bo‘lmaydi, bu ikki jarayon o‘zaro uyg‘un, uzluksiz asosda tashkil etilgandagina odobli, axloqiy fazilatlarga ega, yuksak ma’naviyatli, shu bilan birga bilimdon, zukko, ruhan va jismonan sog‘lom, keng dunyoqarash va tafakkurga ega, zamonaviy kasb- hunar egasi bo‘lgan vatanparvar yoshlarni yetishtirib beradi. Yurtimizda yoshlar tarbiyasini zamonaviy asosda ilmiy-metodik isloh qilish borasida olib borilayotgan islohotlarni bugungi kun ehtiyojlaridan kelib chiqqan holda ilmiy kompetensiyalar asosida shakllantirishni talab etmoqda. Jumladan, tarbiyaga yangicha, tizimli yondashuv, oliy ta’lim muassasalarining pedagogik imkoniyatlarini to‘liq yuzaga chiqarish, ular orasida ilmiy-metodik uzviylikni yangi darajaga ko‘tarishni taqozo etmoqda. Bu boradagi ishlarni yanada mukammal amalga oshirish borasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyevning “Adabiyot xalqning yuragi, elning ma’naviyatini ko‘rsatadi. Bugungi murakkab zamonda odamlar qalbiga yo‘l topish, ularni ezgu maqsadlarga ilhomlantirishda 420 adabiyotning ta’sirchan kuchidan foydalanish kerak. Ajdodlar merosini o‘rganish, buyuk madaniyatimizga munosib buyuk adabiyot yaratish uchun hamma sharoitlarni yaratamiz”, – deya ta’kidlangan muhim ko‘rsatmasi ham, mamlakatda adabiyot, kitobxonlik va ma’naviy tarbiyaning nufuzini oshirish bo‘yicha oliy ta’lim muassasalarining oldida turgan muhim vazifalarni belgilab beradi. Shu ma’noda oliy ta’lim muassasalarida ijtimoiy- ma’naviy muhitni ilmiy asosda tahlil qilish, jamiyatimizda ma’naviy- ma’rifiy ishlarni adabiyot orqali ilmiy asosda yo‘lga qo‘yish har bir professor-o‘qituvchilar oldida turgan vazifalar ko‘pligiga ishoradir. Ayni kularda O‘zbekistonda uchinchi Renessans atamasiga katta urg‘u berilmoqda. “Biz keng ko‘lamli demokratik o‘zgarishlar, jumladan, ta’lim islohotlari orqali O‘zbekistonda yangi Uyg‘onish davri, ya’ni Uchinchi Renessans poydevorini yaratishni o‘zimizga asosiy maqsad qilib belgiladik. Bu haqda gapirar ekanmiz, avvalo, uchinchi Renessansning mazmun- mohiyatini har birimiz, butun jamiyatimiz chuqur anglab olishi kerak. Tarixga nazar solsak, Buyuk ipak yo‘lining chorrahasida joylashgan ona zaminimiz azaldan yuksak sivilizatsiya va madaniyat o‘choqlaridan biri bo‘lganini ko‘ramiz. Xalqimizning boy ilmiy-madaniy merosi, toshga muhrlangan qadimiy yozuvlar, bebaho me’moriy obidalar, nodir qo‘lyozmalar, turli osori atiqalar davlatchilik tariximizning uch ming yillik teran ildizlaridan dalolat beradi”, - deydi Shavkat Mirziyoyev. Bundan tashqari davlatimiz rahbari buyuk yunon olimi Aristotelning “Vatan taqdirini yoshlar tarbiyasi hal qiladi”, degan so‘zlarini keltirib birinchi Renessans to‘qqizinchi – o‘n ikkinchi asrlarda Markaziy Osiyo hududida yuz beragani, bu davrda Muhammad Xorazmiy, Ahmad Farg‘oniy, Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali ibn Sino, Mahmud Zamahshariy singari o‘nlab buyuk allomalarimiz, Imom Buxoriy, Imom Termiziy, Imom Moturidiy, Burhoniddin Marg‘inoniy, Abul Mu’in Nasafiy kabi ulug‘ ulamolar yetishib chiqqani, O‘n beshinchi asrda Sohibqiron Amir Temur bobomiz asos solgan va uning munosib avlodlari davom ettirgan muhtasham saltanat, yurtimizda ikkinchi Uyg‘onish, ya’ni ikkinchi Renessans davrini boshlab bergani, Bu davrda esa Qozizoda Rumiy, Mirzo Ulug‘bek, G‘iyosiddin Koshiy, Ali Qushchi singari benazir olimlar, Lutfiy, Sakkokiy, Hofiz Xorazmiy, Abdurahmon Jomiy, Alisher Navoiy, Bobur Mirzo kabi mumtoz shoir va mutafakkirlar maydonga chiqqanligini alohida ta’kidlagan edi. E’tibor bersak, Yurtboshimiz tomonidan yoshlarga juda katta e’tibor berilayotganligi, ilm ahllariga hurmat ko‘rsatilayotganligi, yoshlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlanayotganligi va ularni tinch, farovon, osoyishta 421 yashashiga harakat qilinayotganligining guvohi bo‘lamiz. Ajdodlarimiz tomonidan yaratilgan asarlar mana necha yillar bo‘lganiga qaramay, hali hanuz xalqni boy ijodiy merosi bilan boqyapti, ularga ko‘mak beryapti. Bugungi kunda ham olimlar, yoshlar va shu kabi bir qator ilm ixlosmandlari badiiy asarlarni chuqur o‘rganib dissertatsiya, ilmiy maqola, monografiyalar yozib, ilmiy izlanishlar olib bormoqdalar. Bu kabi tadqiqotlar natijasida turli xil mukofot, stipendiya hamda sovrinlar olishmoqda. Badiiy asarlar ajdodlarimiz ma’naviy holatining ko‘zgusi bo‘lib, unda o‘tmish davr ijtimoiy turmushi, xalq hayoti, urf-odatlari, din-diyonat, axloq-odob haqidagi qarashlari o‘z aksini topgan. Bugungi kunda Namangan davlat universiteti 60230100 – Filologiya va tillarni o‘qitish (o‘zbek tili) yo‘nalishi talabalariga 1-bosqichda tanlov fan sifatida “Adabiyot va ma’naviy tarbiya” fanining o‘qitilayotgani ham shular jumlasidandir. Ushbu fan muassasamizda 2020-yilda birinchi marta tanlov fan sifatida o‘quv rejaga kiritildi. Bundan ko‘zlangan maqsad talabalarning ilmiy-estetik tafakkurini shakllantirish, badiiy asarlar orqali mutolaa madaniyatini kuchaytirish, badiiy asarlardagi ma’naviyat, tarbiyaga oid jihatlarni kengroq o‘rganish va tahlil qilish, adabiyot orqali og‘zaki va yozma nutqini rivojlantirish, kundalik, ilmiy va kasbiy sohalarda faoliyat olib borishlarida yuqoridagi jihatlarga e’tibor qaratish, ularda fan bo‘yicha egallagan bilim, ko‘nikmalarni muloqot va ish faoliyati jarayonida qo‘llash malakasini shakllantirishga qaratiladi. Shuningdek, talaba-yoshlarga zamonaviy ta’lim-tarbiya bilan birgalikda qon-qonimizga singib ketgan muqaddas dinimizning mohiyatini to‘g‘ri tushuntirib berish va ezgu g‘oya asosida tarbiyalash g‘oyat muhim masaladir. Zotan, bugun har bir yoshni muqaddas dinimizning ezgu g‘oyalari asosida, milliy qadriyatlar va keksa nuroniylarimizning pand-nasihati quvvati bilan tarbiyasiga e’tibor qaratishni dolzarb deb bilsak, ertangi kunda milliy ma’naviyatimizning mustahkamligi va yosh avlodning teran fikr va yuksak namunadagi tarbiya egasi sifatida komil inson bo‘lib ulg‘ayishidagi ishlarimiz o‘z samarasini beradi. Adabiyotning inson ma’naviy-axloqiy kamolotidagi oʻrni va ahamiyati haqida so‘z yuritilganda Adabiyotning o‘ziga xos xususiyatlari, adabiyot bilan milliy ma’naviyatning uzviy aloqadorligi, adabiyotda odob-axloq, ilm- ma’rifat va tarbiya masalalarining talqini, buyuk allomalar va adiblarning adabiyot haqidagi fikr-mulohazalaridan namunalar keltirish, badiiy asarlar orqali inson ma’naviy ongini boyitish mumkin. 422 Bugungi kunda davlatimiz rahbari Sh. Mirziyoyevning yoshlar ma’naviyati va tarbiyasiga oid qarashlarini, adabiyot va kitobxonlik borasidagi qarashlarini, 2019-yil mart oyida ilgari surilgan “Besh muhim tasabbus”larini alohida ta’kidlash zarur. Bu orqali ko‘pgina ta’lim muassasalarida kitobxonlik madaniyatini shakllantirishga jiddiy urg‘u berilmoqda. Bu kabi tadbirlar albatta yoshlar tarbiyasi, ma’naviyatini yuksaltirishda o‘zining ta’sirini o‘tkazadi. Yusuf Xos Hojib o‘z davrining zukko adabiyotshunosi va mutafakkiri sanaladi. “Qutadg‘u bilig” dostoni turkiy yozma adabiyotning ilk adabiy namunasi hisoblanadi. Unda odob-axloq masalalarini va tarbiyaviy jihatlarini atroflicha o‘rganish mumkin. Asarda komil inson qiyofasi ham tasvirlangan. Ahmad Yassaviyning “Devoni hikmat” asari, hikmatlarida insoniy go‘zallik, insonparvarlik, ma’naviy poklik, saxovat, diyonat, xolislik, adolatparvarlik, mehnatsevarlik kabi go‘zal axloqiy sifatlar tasvirlangan. Boqirgʻoniy Sulaymon asarlarida esa inson kamoloti va ma’naviy yetukligi to‘g‘risidagi fikr-mulohazalar yuritish mumkin. Ilm-u ma’rifatning so‘nggi manzili haqiqat bo‘lib, unga tahsil bilan erishgan kishi axloqiy poklikka va ma’naviy yetuklikka erishgan komil inson hisoblanadi, deb ta’kidlanadi. Mutafakkir ijodida ilgari surilgan insonparvarlik, barkamollik, insofli, diyonatli bo‘lishga undovchi, inson ma’naviy-ruhiy pokligi xususidagi mulohazalari yoshlarni axloqiy jihatdan yuksaltirish, ularda axloqiy fazilatlarni rivojlantirishga yordam beradi. Alisher Navoiyning “Hayrat ul-abror”, “Lison ut-tayr”, “Mahbub ul- qulub” kabi asarlarini ham muhim ahamiyatga ega. “Hayrat ul abror” dostonini axloqiy-ta’limiy va ma’rifiy-falsafiy doston sifatida o‘rganiladi. Dostondagi maqolatlarning mushtarakligi va undagi inson tarbiyasi masalalariga alohida e’tibor berilgan. “Mahbub ul-qulub” asarida shoirning komil inson va mukammal jamiyat haqidagi orzulari ifodalangan. O‘zbek xalq maqollarida ham tarbiya va odob masalalarini ko‘rishimiz mumkin. Ko‘pgina badiiy asarlarda o‘zbek xalq maqollarini uchratamiz. Masalan, Abdulla Qahhor o‘zining ko‘pgina hikoyalarida maqollardan namunalar keltiradi. “O‘g‘ri”, “Bemor”, “Dahshat” kabi hikoyalari shular jumlasidandir. Maqollar inson tarbiyasiga ijobiy ta’sir o‘tkazish vositasi hisoblanadi. Abdulla Qodiriyning “Oʻtkan kunlar” romanida milliy maʼnaviyat targʻibi ham ko‘rishimiz mumkin. Asardagi odob-axloq, tarbiya motivlari, adibning asardagi badiiy mahorati va davr ma’naviyatini asardagi obrazlar 430 Shu jihatdan gender yondashuv bo‘yicha olib borilgan tadqiqotlar har tomonlama rivojlangan, keng dunyoqarashga ega bo‘lgan talaba-qizlarni mutaxassislik asosida tayyorlash va ular yordamida mamlakatimiz xotin qizlari salohiyatidan jamiyatimiz maʼnaviyati va moddiy farovonligini yanada oshirish yo‘lida to‘laroq foydalanishga yordam beradi. Jamiyatda xotin-qizlarning ijtimoiy faolligini shakllantirish pedagogika tarixida Sharq mutafakkirlari Аbu Nasr Forobiy, Аlisher Navoiy, Аbdulla Аvloniy, Elbek (Mashriq Yunusov) kabi allomalarimizning ilmiy yo‘nalishlari asosini tashkil etgan. Zamonaviy sharoitda jamiyatda xotin-qizlarning ijtimoiy faolligini shakllantirishga doir ilmiy-tadqiqot ishlari falsafiy, ijtimoiy, psixologik va iqtisodiy yo‘nalishlarda amalga oshirilayotganligi ko‘zga tashlanadi. Ularning falsafiy-metodologik jihatlari Simona de Buvuar, R.Xov, J.Lorber, K.Uest va D.Zimmermann, Ye.Kuchkina, V.Fesenko, ijtimoiy yo‘nalishda V.M.Xvostov, O.Voronina, B.Fridan, Ye.Zdravomislova, gumanitar yondashuv asosida N.Vulf, K.Mishar-Marshal, K.Riberi, G.Mur kabi olimlarning ilmiy ishlari, monografiya va o‘quv qo‘llanmalarida chuqur tahlil etilgan. Pedagog olimlardan M.Quronov, S.Nishonova, O.Musurmonova, N.Egamberdieva, E.Turdiqulov, А.Zunnunov, S.Ochil, J.Hasanboev, U.Mahkamov, R.Safarova kabilarning ilmiy izlanishlarida jamiyatda xotin- qizlarning ijtimoiy faolligini shakllantirishga doir ayrim xususiyatlarga eʼtibor qaratilgan. [2]. Zamonaviy sharoitda jahon amaliyotiga asoslangan mazkur dastlabki izlanishlar BMT taraqqiyot dasturi YuNESKO, «Ochiq jamiyat» Ko‘mak jamg‘armasi instituti tomonidan qo‘llab-quvvatlandi. Xususan, talaba- qizlarning ijtimoiy faolligini rivojlantirish, ularni jamiyatimizning teng huquqli bunyodkoriga aylantirish bugungi kunning dolzarb muammolaridan biridir. O‘zbekistonning ijtimoiy-iqtisodiy, maʼnaviy-intellektual hayotida tub o‘zgarishlar sodir bo‘layotgan hozirgi kunda o‘quv jarayonini shaxsning gender tengligi va farqlari asosida tashkil etish masalasi ham pedagogik jarayon va tadqiqotlarning tarkibiy qismiga aylanishi kerak. Gender tenglik va farqlarni hisobga olgan holda taqdim etilgan o‘quv materiallari yordamida talabalarda kuzatuvchanlik, loyihalash, faraz qilish, taxminlash, bashorat qilish ko‘nikmalari izchil shakllanib boradi. Zero, qizlar va o‘g‘il bolalar o‘rtasidagi ijtimoiy hamda o‘quv munosabatlarini tartibga solish muhim pedagogik ahamiyatga ega. Chunki o‘quv jarayonlari orqali istiqbolda jamiyatning erkak hamda ayol aʼzolari orasidagi ijtimoiy munosabatlar qaror topadi. Respublikamiz olimlarining fikricha, o‘qituvchilarni tayyorlashda gender jihatlarni ishlab chiqish jarayoni va amalga oshirish tamoyillari 431 ularni pirovard natijaga olib keluvchi asosiy bosqich hisoblanadi. Gender jihatlarni tushungan o‘qituvchi gender muammolaridan xabardorligi va his qila olishi asnosida yosh avlodni ongli fikrlash va harakat qilishiga imkon yarata oladi. Shunday ekan, taʼlimda gender tenglikni amalga oshirish harakati o‘qituvchidan boshlanib, uning kasbga tayyorlash bosqichidan, to uzluksiz malaka oshirish bosqichigacha, butun faoliyatini qamrab olishi kerak. Shu bois, oliy taʼlim muassasalarida talabalarning kasbiy bilim va ko‘nikmalardan tashqari, ularga muhim hayotiy ko‘nikmalarni, shu jumladan tahliliy va tanqidiy fikrlash qobiliyatlarini, muammolarni hal qilish, moslashuvchanlik, shaxslararo muloqot ko‘nikmalarini rivojlantirish, shuningdek, mustaqil va hamkorlikda ishlashga o‘rgatish gender kompetentlikni shakllantirish juda muhim hisoblanadi. Buning uchun oliy taʼlim tizimiga gender yondashuvni tatbiq etish va uni boshqarishning samarali mexanizmlarini ishlab chiqish talab etiladi. Mamlakatimizda o‘tgan asrning oxirlarigagina kelib taʼlim jarayonida gender farqlar va o‘xshashliklarni hisobga olish haqidagi fikrlar ilgari surila boshlandi. Аslida gender feministik nazariyaning davomi sifatida vujudga kelgan yondashuvdir [3]. YUNESKOning 1998 yil 9 oktyabrdagi anjumanida oliy taʼlim tizimining maqsadi zo‘ravonlik va zulmdan xoli bo‘lgan jamiyatni barpo etish ekanligi eʼtirof etildi. Bu maqsadni amalga oshirish uchun yangi pedagogik texnologiyalar va zamonaviy usullarni qo‘llagan holda o‘quv dasturlarini qayta ishlab chiqish zarurligi qayd etilgan. Yangidan ishlab chiqilgan o‘quv dasturlarida erkak va ayollar tengligi, qolaversa, barcha fanlarning gender omillari hisobga olingan. Jahon amaliyotiga asoslangan mazkur dastlabki urinishlar BMTning «Taraqqiyot» dasturi, YUNESKO, «Ochiq jamiyat» «Ko‘mak» jamg‘armasi instituti tomonidan qo‘llab-quvvatlangan edi. Natijada gender tadqiqotlari kursi Moskva davlat universiteti, Xarkov universiteti va MDH davlatlarining qator oliy taʼlim muassasalari dasturlariga joriy etildi. O‘zbekistonning baʼzi oliy taʼlim muassasalarida 2001 yildan boshlab, tashabbuskor o‘qituvchilar tomonidan maxsus kurslar shaklida gender tadqiqotlarining u yoki bu jihatlarini yorituvchi maʼruzalar o‘qilmoqda. Bu boradagi tajribalar talabalarning gender tadqiqotlariga qiziqishi kuchli ekanligini ko‘rsatdi. Respublikamiz oliy taʼlim muassasalarida gender tadqiqotlarining o‘rganilishi bo‘lg‘usi mutaxassislar tafakkurining dunyodagi eng yangi tahliliy yutuqlar asosida shakllanishigagina emas, balki mazkur sohaning O‘zbekiston ilm-fanida yanada rivojlanishiga yordam berishi, shubhasiz. Gender farqlar hamda o‘xshashliklar taʼlim jarayonida qiz va o‘g‘il bolalar o‘quv faoliyatidagi o‘xshashliklar va farqlarni hisobga olishga asoslanadi. Bu 432 esa, o‘z navbatida, o‘quv jarayoni samaradorligini taʼminlashga yordam beradi. U yoki bu jinsga mansublik o‘quvchi shaxsining imkoniyatlarini belgilaydi. Qiz va o‘g‘il bolalar orasidagi gender farqlar va o‘xshashliklarni hisobga olishga qaratilgan tadqiqotlar amalda gender pedagogikasi hamda psixologiyasida bir qadar keng ko‘lamda amalga oshirilmoqda. Bu, ayniqsa, jinsiy tarbiya hamda bu jarayonda ruhiy imkoniyatlarni hisobga olish yo‘nalishida yaqqol ko‘zga tashlanadi. Jinsga asoslangan taʼlim-tarbiya – o‘quvchini kelajakdagi hayotga tayyorlashda har tomonlama taʼsir ko‘rsatadigan taʼlimiy-tarbiyaviy, maʼrifiy vositalar yig‘indisidir [3]. Bugungi kunda o‘quv-biluv jarayonida gender farqlar va o‘ziga xosliklarni hisobga olish tabiiy pedagogik hodisa sifatida eʼtirof etilmoqda. Biroq didaktikada ushbu hodisaning ilmiy talqini mavjud emas. O‘quv-biluv jarayonida gender farqlarga oid o‘ziga xosliklarni hisobga olmasdan turib, taʼlim natijasining samaradorligini taʼminlash mumkin emasligi barcha mutaxassislarga ayon bo‘lmoqda. Аyniqsa, ruhshunoslar bu sohada bir qator yutuqlarni qo‘lga kiritmoqdalar. «Gender tenglikka erishish strategiyasi asosan, uzoq istiqboldagi maqsadli vazifalardan kelib chiqib, qator ustuvor yo‘nalishlarda amalga oshiriladi. Davlat xizmatida, ijtimoiy-iqtisodiy, oilaviy munosabatlar hamda bolalar tarbiyasi sohasida, saylov huquqlarini amalga oshirishda xotin- qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlarni taʼminlash shular jumlasidan. Darhaqiqat, qadim yunon Suqrot, Arastu, Aflotun kabi olimlari eng yaxshi davlat sifatida jamiyatda tenglik va adolat hukm surgan polisni nazarda tutishgan. eng yaxshi qonunlar sifatida ham barcha tengligini kafolatlagan qonunlarni ilgari surishgan. Erkak va ayollar tengligi g‘oyasini yunon olimi Antifont o‘z asarlarida qo‘llagan holda: «Tabiat barchani: ayollarni ham, erkaklarni ham teng qilib yaratadi, lekin odamlar insonlarni tengsiz holatga soluvchi qonunlarni ishlab chiqishadi», deb ta’kidlagan. Sharq qomusiy olimlardan Abu Nasr Forobiy “Fozil odamlar shahri” asarida tenglik hukm surgan davlatni fozillikka intilgan davlat sifatida qayd etgan bo‘lsa, 1791 yilda Olimpiya De Guj tomonidan tayyorlangan fuqarolik va ayol huquqi deklaratsiyasida ilk bor ayollarning erkin fikrlash va o‘z fikrini bildirish huquqiga ega ekanligie’tirof etilgan. Gender tengligining huquqiy rivojiga e’tibor beradigan bo‘lsak, eng avvalo, gender tenglikning huquqiy asoslari xalqaro va milliy qonunchiliknitarixiy-nazariy va huquqiy jihatlarini tahlil etish joiz. Albatta, barchamizga ma’lumki, 1948 yilda BMT Bosh assambleyasi tomonidan qabul qilingan Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasida erkak va ayollarning tengligi alohida e’tirof etilgan bo‘lib, Deklaratsiyaning 1-moddasida «Hamma odamlar o‘z qadr-qimmati hamda 433 huquqlarida erkin va teng bo‘lib tug‘iladilar. Ularga aql va vijdon ato qilingan, binobarin bir-birlariga nisbatan birodarlik ruhida munosabatda bo‘lishlari kerak», deya ta’rif berilgan. BMT tomonidan 1966 yilda qabul qilingan yana bir xalqaro hujjat – “Fuqarolik va siyosiy huquqlar to‘g‘risida”gi xalqaro paktning 3-moddasida ta’kidlanishicha, «Mazkur paktda ishtirok etuvchi davlatlar erkaklar va ayollar uchun ushbu Paktda ko‘rib chiqilgan barcha fuqarolik va siyosiy huquqlardan bir xilda foydalanishini ta’minlash majburiyatini oladi». Aynan mazkur xalqaro norma “Xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlar kafolatlari to‘g‘risida” qonunning 2-moddasida “Xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlar kafolatlari to‘g‘risidagi qonun hujjatlari ushbu Qonun va boshqa qonun hujjatlaridan iboratdir”, - degan moddaning amaliy va huquqiy asosidir. Demak, yuqorida qayd etilgan xalqaro hujjatlarni ratifikatsiya qilgan mustaqil davlatimiz xalqaro huquqning umume’tirof etilgan talablaridan kelib chiqib o‘z milliy qonunchiligida ayollar va erkaklar tengligi masalasiga jiddiy ahamiyat berishining sababi ham asoslidir. Download 4.07 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling