Ikkinchi qism toshkent – 2023


tafakkurga ta’sir o‘tkaza oladigan kuchli quroldir


Download 4.07 Mb.
Pdf ko'rish
bet139/165
Sana14.09.2023
Hajmi4.07 Mb.
#1678051
1   ...   135   136   137   138   139   140   141   142   ...   165
Bog'liq
TO\'PLAM II

tafakkurga ta’sir o‘tkaza oladigan kuchli quroldir. Muayyan xorijiy tilni 
o‘rganayotgan shaxs o‘zi bilmagan holda o‘sha xorijiy madaniyatni ham 
ma’lum qismini qabul qiladi. Markaziy Osiyodagi milliy davlatlar aholisi esa 
aksar axborotlarni rus tili orqali, boshqacha aytganda, Rossiya «ko‘zi» bilan 
qabul qilmoqda. Bu shubhasiz Rossiyaning kelajakda ham mintaqadagi 
milliy davlatlarga ta’sirini uzoq vaqt saqlanishiga xizmat qilishi mumkin. 
Rossiya tomonidan rus tilini o‘qitish bo‘yicha har yili yuzlab mutaxassislar 
MDH respublikalariga jo‘natilishi ham bejiz emas. Zero, shuni unutmaslik 
kerakki, har bir millat, mamlakat uchun o‘z manfaatlari ustuvor bo‘lib, hech 
kim bir-biriga «beg‘araz» yordam bermaydi. Shuning uchun ham ular o‘z 
manfaatlari yo‘lida boshqa millatlarni, davlatlarni «qurbon» qilishi 
mumkinligini bugungi kundagi geosiyosiy ahvol isbotlab turibdi. Bu esa endi 
rivojlanayotgan milliy davlatlar uchun «ogohlik belgisi» bo‘lishi darkor. 
 
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati:
 
1. Karimov I.A. Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch. – T.: Ma’naviyat, 
2011. – B.12. 
2. Leonov N.S. Информационно-аналитическая работа в загран-
учреждениях. – M.: 1196. 
3. Mirziyoev Sh.M. Yangi O‘zbekiston strategiyasi. T.: O‘zbekiston, 2021. – 
B. 268. 
4. Quronov M. Ogohlik: tarix va zamon saboqlari. T.: Manaviyat, 2015. – 
B.43. 
 
 










511 
(telefon, planshet, kompyuter, televideniye, internet)
foydalanmaslikning real 
imkoni yo‘qolib bormoqda. Zero “taraqqiyotga erishish uchun raqamli 
bilimlar va zamonaviy axborot texnologiyalarini egallashimiz shart va zarur. 
Bu bizga rivojlanishning eng qisqa yo‘lidan borish imkonini beradi.
Demak, “kibermakon imkoniyatlaridan qay tariqa foydalanish 
maqsadga muvofiq?” doirasidagi savollarga javob topish asnosida, uning 
mamlakatda olib borilayotgan ta’lim va tarbiya tizim samaradorligi pozitiv 
ta’sirini oshirish mexanizmlarini ishlab chiqish mumkin. Buning uchun 
avvalo zararli kibertahdid omillaridan himoya qiluvchi “ijtimoiy kiber 
xavfsizlik”
konsepsiyasini yaratish kerak. Sabab, ta’lim va tarbiya yoshidagi 
bolalarimiz ongi shuurini “ommaviy madaniyat” niqobi ostida kirib 
kelayotgan madaniyatsizlik urflari, “onlayn o‘yinlar”, “G‘arb mafkurasi 
bilan boyitilgan seriallar, musiqiy videorolik, reklama, yoki kinofilm”lardan 
himoyalanish mexanizmi hanuz yaratilgan emas. Borlari ham bir-biriga zid 
bo‘lgan, ya’ni jamiyat va davlat manfaatlaridagi “tutash chiziqlar”da yuzaga 
kelayotgan nomutanosibliklar bilan izohlanmoqda.
Bugun ilm olish yoshidagi farzandlarimizning nafaqat tarbiyasiga, 
balki, ta’lim olish jarayoniga ham salbiy ta’sir etuvchi “kiber tahdid”lar 
ko‘lami oshib bormoqda. Masalan, ko‘pchilik yoshlarimizni o‘ziga tortib 
kelayotgan onlayn qimor o‘yinlari (bukmekerlik). Xush “bukmekerlik” 
xizmati o‘zi nima? U qanday faoliyat turi hisoblanadi!
Bukmekerlik (inglizcha bukmeykerlik konserni)
− turli xil bo‘lajak 
tadbirlarga (ko‘pincha sport) naqd pul tikishlarni qabul qiladigan, 
shuningdek, yutuq to‘lovi bilan shug‘ullanadigan professional kasb[1]. 
Bukmekerlik aksariyat zamonaviy sport turlarining vatani bo‘lmish Buyuk 
Britaniyada paydo bo‘lgan. Bukmekerlar manfaatlarining predmeti sifatida 
shakllangan ilk sport turi ot poygasidir. Bugunga kelib esa sportning barcha 
turlariga pul tikilmoqda. Shu o‘rinda keltirib o‘tish kerakki, har qanday 
faoliyatda bo‘lgani kabi bukmekerlikning ham kamida ikki jihati mavjud. 
Bular axloqiy va ijtimoiy jihatlardir. Bukmekerlikning axloqiy jihatlari. 
Kundalik hayotimizda mavjud hodisani inson tabiati hech qachon rad 
etolmaydi. Bu tabiiy jarayondir. Ammo shunday holatlar bo‘ladiki, bu vaqt 
oralig‘ida inson o‘zini o‘zi xarob etayotganligini sezishi qiyin kechadi. 
Masalan, bukmekerlikning inson ruhiyati, axloqiy tarbiyasiga salbiy ta’sirini 
shunday izohlash mumkin − u shaxsning chiniqmagan ruhiyatini buzadi, bu 
xuddi noqonuniy totalizatorlar bilan bog‘liq g‘alati holatga o‘xshaydi. Unda 
bema’ni va sizni o‘ta ranjituvchi psixologik zo‘riqish holatlari aql bovar 
qilmas darajada ro‘y beradi. Bukmekerlikning ijtimoiy jihatlari. Xuddi futbol 
o‘ynaganimizda yoki sevimli jamoamiz, bokschilarimiz, kurashchilarimiz, 
tennischilarimizga xayrixohlik qilganimiz kabi, biz o‘z jamoamiz uchun har 


512 
qanday holatda pul ekvivalenti mavjudmi yo‘qmi, ularni yutug‘iga umid 
bog‘laymiz. Aslida ijtimoiy hodisa sifatida bukmekerlik, garchi ko‘pincha biz 
buni anglamasak-da, allaqachon ongimizdan o‘rin olgan[4]. Xulosa shuki, 
kibermakon insoniyat tomonidan yaratilgan “mega makon” bo‘lib, undan 
unumli foydalanishning turlari ko‘p. Agar ma’naviy ozuqa olish uchun 
intilsangiz − cheksiz imkoniyat. Agar ko‘ngilxushlik, vaqt o‘tkazish, nimadir 
qilish yoki daromad topish ilinjida foydalansangiz − “tubsiz jar”, “ma’naviy 
og‘u”, “noinsoniy madaniyat eskalatsiyasi”, iqtisodiy tanazzul sifatida 
o‘zligingizdan judo etuvchi “kiber makondir”. Zamonaviy kibermakonning 
psixologik tahdidlaridan yana biri bu − yoshlar o‘rtasida avj olib borayotgan 
mas’uliyatsizlik, loqaydlik, beparvolik, milliy ma’naviy qadriyatlardan 
begonalashuv bo‘lib qolmoqda. Ularda shakllanayotgan bu illatlarning 
ta’siri nafaqat ta’lim va tarbiya jarayoniga, balki, butun “jamiyat kelajagi”ga 
tahdid sifatida baholanishi kerak[3]. Chunki, yoshlar dunyoqarashida
ijtimoiy turmush-tarzida shakllanayotgan bu “ma’naviy qusurlarni” oldini 
olish o‘ta dolzabr muammo hisoblanadi. Agarda tarbiyada yuzaga 
kelayotgan “ma’naviy uzilishlar”ni oldini olish bo‘yicha aniq chora-tadbirlar 
ishlab chiqilmasa, uning ortidan ko‘plab yo‘qotishlarni kelib chiqishi tarixan 
isbot talab etmaydigan haqiqatdir. Yuqorida keltirib o‘tilgan fikrlarni 
asoslovchi tadqiqot xulosalarimizni hamda jamoatchilik fikri va 
mulohazalarini qiyosiy tahlil etgan holda keltirib o‘tamiz: 

Download 4.07 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   135   136   137   138   139   140   141   142   ...   165




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling