Ikkinchi qism toshkent – 2023
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati
Download 4.07 Mb. Pdf ko'rish
|
TO\'PLAM II
- Bu sahifa navigatsiya:
- YOSHLARDA IJTIMOIY TARMOQLARDAN FOYDALANISH MADANIYATINI RIVOJLANTIRISH YO‘LLARI. Davletov Xurshid Yuldashevich
- Annotatsiya.
- Kalit so‘zlar.
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati: 1. Скаржинский Н. С. Деятельность букмекерских контор при работе с молодежью (на примере киберспорта//Молодежная политика: история, теория, практика. 2020. –С. 166-171. 2. Shakambarov A. A. Ma’naviy marginallashuv yoshlar ma’naviyati shakllanishiga xavf soluvchi tahdid sifatida//Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences. −№ 6. 2023. –S. 418-422. 3. Yazdanov, U. (2017). Jamoatchilik fikrini transformatsiya qilish imkoniyatlari. Ijtimoiy fikr. Inson huquqlari. −B. 114 4. https://kun.uz 5. https://bugun.uz 515 YOSHLARDA IJTIMOIY TARMOQLARDAN FOYDALANISH MADANIYATINI RIVOJLANTIRISH YO‘LLARI. Davletov Xurshid Yuldashevich, Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi boshlig‘i.. Annotatsiya. Ushbu maqolada yoshlarda ijtimoiy tarmoqlardan foydalanish madaniyatini rivojlantirish yo‘llari to‘g‘risida so‘z yuritiladi. Yoshlarni ijtimoiy tarmoqlardan to‘g‘ri foydalanishlarida milliy va diniy qadryatlarni o‘rni, kitobxonlik madaniyatini shakllantirish, ma’naviy tarbiyani yuksaltirish, ota-onalarning farzand tarbiyasida e’tiborli bo‘lishlari, ta’lim muassasalarida milliy-ma’naviy qadryatlarni yoshlarga anglatish borasida olib borilayotgan ishlar alohida ahamiyat kasb etadi. Kalit so‘zlar. Ma’naviy tarbiya, madaniyat, ta’lim, tarbiya, ijtimoiy tarmoq, milliy qadriyatlar, milliy g‘oya, ogohlik, mafkura, jamiyat, davlat, manfaat, millat, ona tili, ma’naviyat, ma’naviy qadriyatlar, yurtga muhabbat. Hozirgi kunda internetga bo‘lgan ehtiyoj kun sayin ortib bormoqda. Natijada axborot va kommunikatsiya sohasida ulkan o‘zgarishlar yuz beryapti. Oxirgi ellik yilda axborot uzatish tizimining ishi uch yuz ming marta tezlashdi. Narx esa ming barobar arzonlashdi. Bunday hodisa yer yuzida ulkan axborot makoni – xalqaro internet tarmog‘i yuzaga kelishiga omil bo‘ldi. Bugungi kunda ma’naviy-mafkuraviy ishlarning markazida turishi lozim bo‘lgan muhim masalalardan biri – bu yoshlarning bo‘sh vaqtini to‘g‘ri tashkil etish, ularni foydali va qiziqarli mashg‘ulotlar bilan band qilishdan iborat. Chunki hayotdagi turli noxushliklar bekorchilikdan, yoshlarning hayotga to‘g‘ri yo‘llanma olmaganidan kelib chiqadi. Bugungi kunda internet va ijtimoiy tarmoqlar ayrim “shaxslar” uchun g‘oyaviy qurolga aylanayotgani masalaning eng muammoli jihatidir. Yaqin o‘tmishda biror davlatni zabt etish uchun qurol, tank va shu kabi vositalardan foydalanilgan bo‘lsa, hozir bunday qurollarning ahamiyati pasayib boryapti. Bularning o‘rnini axborot vositalari, ayniqsa, internet va ijtimoiy tarmoqlar egallamoqda. Shundan ko‘rinadiki, hozir biror xalqni yoki mamlakatni tobe qilish uchun, o‘sha mamlakat yoshlarining ongini zabt etish kifoya. Bu fikrning isboti sifatida “Arab bahori” bo‘hronlari yoki Yevropaning ayrim hududlaridagi notinchliklarni aytish mumkin. 523 emas, balki o‘qimishli bo‘lish hamma zamonlarda, barcha xalqlarda qadrlanib kelinmaydi. Chunki ilm har bir insonni baxt sari yetaklovchi eng ishonchli yo‘l hisoblanadi. Shunday ekan, hayot har qancha shiddat bilan rivojlanmasin, o‘zgarmasin, yosh avlod ma’naviyati har doim ham eng dolzarb masala ekanligini unutmaylik. Ularga beradigan tarbiyamiz saodatli bo‘lishiga harakat qilaylik. Ana shundagina ilmga pul topish emas, xalq farovonligini ta’minlash uchun intiluvchi yoshlar safi yanada kengayadi. Yurtimizda Al Beruniy, Ibn Sino, Samarqandiy, Al Xorazmiylar, Termiziy, Nasafiy, Avloniy kabi jahonga mashhur olim va ixtirochilar soni yanada ko‘payadi. Download 4.07 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling