Ikkinchi qism toshkent – 2023


Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati


Download 4.07 Mb.
Pdf ko'rish
bet141/165
Sana14.09.2023
Hajmi4.07 Mb.
#1678051
1   ...   137   138   139   140   141   142   143   144   ...   165
Bog'liq
TO\'PLAM II

 
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati:
 
1. Скаржинский Н. С. Деятельность букмекерских контор при работе 
с молодежью (на примере киберспорта//Молодежная политика: история, 
теория, практика. 2020. –С. 166-171. 
2. Shakambarov A. A. Ma’naviy marginallashuv yoshlar ma’naviyati 
shakllanishiga xavf soluvchi tahdid sifatida//Oriental renaissance: Innovative, 
educational, natural and social sciences. −№ 6. 2023. –S. 418-422. 
3. Yazdanov, U. (2017). Jamoatchilik fikrini transformatsiya qilish 
imkoniyatlari. Ijtimoiy fikr. Inson huquqlari. −B. 114 
4. https://kun.uz 
5. https://bugun.uz
  


515 
YOSHLARDA IJTIMOIY TARMOQLARDAN FOYDALANISH 
MADANIYATINI RIVOJLANTIRISH YO‘LLARI. 
 
Davletov Xurshid Yuldashevich,
Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent
axborot texnologiyalari universiteti
Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va
ma’rifat bo‘limi boshlig‘i.. 
 
Annotatsiya. Ushbu maqolada yoshlarda ijtimoiy tarmoqlardan 
foydalanish madaniyatini rivojlantirish yo‘llari to‘g‘risida so‘z yuritiladi. 
Yoshlarni ijtimoiy tarmoqlardan to‘g‘ri foydalanishlarida milliy va diniy 
qadryatlarni o‘rni, kitobxonlik madaniyatini shakllantirish, ma’naviy tarbiyani 
yuksaltirish, ota-onalarning farzand tarbiyasida e’tiborli bo‘lishlari, ta’lim 
muassasalarida milliy-ma’naviy qadryatlarni yoshlarga anglatish borasida olib 
borilayotgan ishlar alohida ahamiyat kasb etadi. 
Kalit so‘zlar. Ma’naviy tarbiya, madaniyat, ta’lim, tarbiya, ijtimoiy 
tarmoq, milliy qadriyatlar, milliy g‘oya, ogohlik, mafkura, jamiyat, davlat, 
manfaat, millat, ona tili, ma’naviyat, ma’naviy qadriyatlar, yurtga muhabbat. 
Hozirgi kunda internetga bo‘lgan ehtiyoj kun sayin ortib bormoqda. 
Natijada axborot va kommunikatsiya sohasida ulkan o‘zgarishlar yuz 
beryapti. Oxirgi ellik yilda axborot uzatish tizimining ishi uch yuz ming 
marta tezlashdi. Narx esa ming barobar arzonlashdi. Bunday hodisa yer 
yuzida ulkan axborot makoni – xalqaro internet tarmog‘i yuzaga kelishiga 
omil bo‘ldi. 
Bugungi kunda ma’naviy-mafkuraviy ishlarning markazida turishi 
lozim bo‘lgan muhim masalalardan biri – bu yoshlarning bo‘sh vaqtini 
to‘g‘ri tashkil etish, ularni foydali va qiziqarli mashg‘ulotlar bilan band 
qilishdan iborat. Chunki hayotdagi turli noxushliklar bekorchilikdan, 
yoshlarning hayotga to‘g‘ri yo‘llanma olmaganidan kelib chiqadi. Bugungi 
kunda internet va ijtimoiy tarmoqlar ayrim “shaxslar” uchun g‘oyaviy 
qurolga aylanayotgani masalaning eng muammoli jihatidir. Yaqin o‘tmishda 
biror davlatni zabt etish uchun qurol, tank va shu kabi vositalardan 
foydalanilgan bo‘lsa, hozir bunday qurollarning ahamiyati pasayib boryapti. 
Bularning o‘rnini axborot vositalari, ayniqsa, internet va ijtimoiy tarmoqlar 
egallamoqda. Shundan ko‘rinadiki, hozir biror xalqni yoki mamlakatni tobe 
qilish uchun, o‘sha mamlakat yoshlarining ongini zabt etish kifoya. Bu 
fikrning isboti sifatida “Arab bahori” bo‘hronlari yoki Yevropaning ayrim 
hududlaridagi notinchliklarni aytish mumkin. 









523 
emas, balki o‘qimishli bo‘lish hamma zamonlarda, barcha xalqlarda 
qadrlanib kelinmaydi. Chunki ilm har bir insonni baxt sari yetaklovchi eng 
ishonchli yo‘l hisoblanadi.
Shunday ekan, hayot har qancha shiddat bilan rivojlanmasin, 
o‘zgarmasin, yosh avlod ma’naviyati har doim ham eng dolzarb masala 
ekanligini unutmaylik. Ularga beradigan tarbiyamiz saodatli bo‘lishiga 
harakat qilaylik. Ana shundagina ilmga pul topish emas, xalq farovonligini 
ta’minlash uchun intiluvchi yoshlar safi yanada kengayadi. Yurtimizda Al 
Beruniy, Ibn Sino, Samarqandiy, Al Xorazmiylar, Termiziy, Nasafiy, Avloniy 
kabi jahonga mashhur olim va ixtirochilar soni yanada ko‘payadi.

Download 4.07 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   137   138   139   140   141   142   143   144   ...   165




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling