Ikkinchi qism toshkent – 2023
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati
Download 4.07 Mb. Pdf ko'rish
|
TO\'PLAM II
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati: 1. Рубинштейн С.Л. Бытие и сознание. Человек и мир / С.Л.Рубинштейн. – СПб.: Питер, 2003. –508 с. 2. Samadov A.R. Estetik ideal: shakllanish va rivojlanish muammolari. Monografiya. – Toshkent: “Navro‘z” nashriyoti. 2021, - 312 bet. SHAXS SHAKLLANISHIGA TA’SIR ETUVCHI OMILLAR Usmonaliyeva Risolat Umaraliyevna Surxondaryo viloyati pedagoglarni yangi metodikalarga o‘rgatish milliy markazi katta o‘qituvchisi Annotatsiya: ushbu maqolada shaxs shakllanishida unga ta’sir etuvchi omillar, shaxsning rivojlanishida unga ta’sir etuvchi ijtimoiy ta’sirlarning sabablari tahlil qilinadi. Kalit so‘zlar: tarbiya, shaxs, jamiyat, pedagogika, ta’lim, oila. O‘sib va rivojlanib boruvchi inson - tarbiya obhekti hisoblanadi. Butun hayoti davomida insonning rivojlanish jarayoni davom etaveradi. U turli o‘zgarishlarni, jismoniy, psixik, miqdor va sifat o‘zgarishlarni o‘z boshidan kechirib boradi. Insonda bo‘ladigan jismoniy o‘zgarishlarga uning bo‘yini o‘sishi, vaznini og‘irlashib borishi, suyak va mushak tizimlarini, ichki organlari va asab tizimini o‘zgarib borishi kiradi. Psixik o‘zgarishlar esa, uning aqliy rivojiga aloqador bo‘ladi va insonda shaxsning psixik sifatlarini shakllanib borishi, unda hayot uchun zarur bo‘lgan sotsial sifatlarni tarkib topishi hisoblanadi. Inson bolasining rivojlanishi bu muhim jarayon sanaladi. Ma’lumki, hayoti davomida inson jismoniy va psixik tomondan o‘zgarib boradi. Lekin bolalik, o‘smirlik va o‘spirinlik davrida rivojlanish nihoyatda kuchli bo‘ladi. Bola mana shu yillarda ham jismoniy, ham psixik jihatdan o‘sishi, o‘zgarishi tufayli shaxs sifatida kamolga yetadi, bunda berilayotgan tarbiya maqsadga 580 muvofiq ta’sir etishi natijasida bola jamiyat a’zosi sifatida kamol topib, murakkab ijtimoiy munosabatlar tizimida o‘ziga munosib o‘rin egallaydi. Odamning munosabatlari doirasiga kishilar bilan aloqasigina emas, balki tabiatga, jamiyatga, hayotga bo‘lgan munosabatlari ham kiradi. Mana shu xil ko‘p qirrali aloqalar va munosabatlar zaminida har bir shaxs o‘z qobiliyati va qiziqishini, o‘z bilimi va uquvini namoyon qiladi, o‘z ishiga, vazifasiga, burchiga, xalqiga, Vataniga, o‘z-o‘ziga bo‘lgan munosabatlarini ifodalaydi. Tabiiyki, shaxsdagi bu fazilatlar faqat tarbiyaning mashulidir. Shaxs psixologik jihatdan taraqqiy etgan, shaxsiy xususiyatlari va xatti- harakatlari bilan boshqalardan ajralib turuvchi, muayyan xulq-atvor va dunyoqarashga ega bo‘lgan jamiyat ahzosi. Shaxsning kamol topishida va uning xulqiga ijtimoiy va biologik omillarning ta’sir kuchi xulqiga, munosabatiga va aloqalariga yoshi, bilimi, hayotiy tajribasi, odatlari va nihoyat, vaziyat ham ta’sir etadi. Shaxsning fazilatlarini to‘g‘ri aniqlash va bexato baholash uchun uni turli munosabatlar doirasiga, turli vaziyatlarda kuzatib ko‘rish lozim. Ana shundagina shaxsning ijtimoiy xulqi, ma’naviy qiyofasi, insoniy fazilatlari ro‘yobga chiqadi. Demak, shaxsni rivojlantirish vazifasini to‘g‘ri hal qilish uchun uning xulqiga ta’sir etuvchi omillarni, bu omillarning tabiatini, shaxsning xususiyatini yaxshi bilmog‘i kerak. Download 4.07 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling