Ikkinchi qism toshkent – 2023


Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati


Download 4.07 Mb.
Pdf ko'rish
bet148/165
Sana14.09.2023
Hajmi4.07 Mb.
#1678051
1   ...   144   145   146   147   148   149   150   151   ...   165
Bog'liq
TO\'PLAM II

Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati:
1. Sh. M. Mirziyoyev. Yangi O‘zbekiston taraqqiyot strategiyasi. 
“O‘zbekiston”, 2022. 8 - bet. 
2. Sh.M. Mirziyoyev. Qonun ustuvorligi va inson manfaatlarini ta’minlash 
– yurt taraqqiyoti va хalq farovonligining garovi. O‘zbekiston Respublikasi 
Konstitutsiyasining 24 yilligi munosabati bilan so‘zlagan nutqi. 07.12.2016. 
3. O‘zbekiston Respublikasining “Yoshlarga oid davlat siyosati to‘g‘risida” 
qonuni, 14.09.2016, O‘RQ-406-son. Lex.uz. 
4. Abu Nasr Forobiy. Fozil odamlar shahri. T.: Abdulla Qodiriy nomidagi 
xalq merosi nashriyoti., 1993, 182 – bet. 
5. O‘zbekiston Milliy ensiklopediyasi. Ziyouz.com. kutubxonasi. A harfi, 
621 – bet. 
YOSHLAR ONGIDA ANTIKORRUPSION TAFAKKURNI 
SHAKLLANTIRISHNING DOLZARB MUAMMOLARI 
Habibullaev Ma’rufjon Odiljon o‘g‘li 
Namangan davlat universiteti, Iqtidorli 
 talabalarning ilmiy-tadqiqot faoliyatini
tashkil etish bo‘limi boshlig‘i 
 
Annotatsiya: Mazkur maqolada korrupsiya tushunchasi, kelib chiqish 
omillari va korrupsiyaga qarshi kurashda yangi O‘zbekiston yoshlarining o‘rni 
va pozitsiyasi, shuningdek, bugungi kunga kelib korrupsini oldini olish bo‘yicha 
respublikamizda amalga oshirilayotgan islohotlarning mazmun-mohiyati 
yoritib berilgan. 
Kalit so‘zlar: Korrupsiya, yangi O‘zbekiston, fuqarolik pozitsiyasi
jamoatchilik nazorati, antikorrupsion tafakkur, ma’naviy immunitet. 


568 
Jadid ma’rifatparvarlarimizdan biri bo‘lgan Abdurauf Fitrat – yosh 
avlodni to‘laqonli to‘g‘ri yo‘ldan tarbiyalamasdan turib jamiyatni isloh 
qilish, uning rivojini taraqqiyot sari yo‘naltirish mutlaqo mumkin emas 
degan fikrlarni ilgari surgan edi. 
Haqiqatan ham yoshlar ertangi kunning hal qiluvchi eng asosiy kuchi 
hisoblanadi. Bushungi kunga kelib yangi O‘zbekistonda amalga 
oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlarning taqdiri, samarasi, birinchi 
navbatda, yoshlarning ta’lim – tarbiyasi, saviyasi, shuningdek, ularning davr 
va taraqqiyot talablariga nechog‘li javob bera olishiga bog‘liq.
Har qanday davlat, jamiyatda ijtimoiy, siyosiy, huquqiy va ma’naviy 
jihatdan sog‘lom muhitni shakllantirishga urinar ekan – bunda xalqning, 
ayniqsa, yoshlarning tafakkurini ijobiy tomonga o‘zgartirishi, ularning 
ongu-shuurida, vatanparvarlik, insoniylik, mehr – oqibat, halollik, ijtimoiy 
dahldorlik kabi ko‘plab bunyodkor g‘oyalarini rivojlantirish eng asosiy 
omillardan biri bo‘lib hisoblanadi. Bu jarayonlarda jamiyatdagi eng asosiy 
kuch hisoblanmish yoshlar dunyoqarashida antikorrupsion taakkurni 
shakllantirish va rivojlantirish alohida ahamiyatga egadir. Zotan, 
mamlakatimizda korrupsiya balosining har qanday ko‘rinishiga qarshi olib 
borilayotgan tizimli islohotlar xalqimizning tinch va osoyishtaligini hamda 
milliy taraqqiyotini ta’minlashga xizmat qiladi. 
Darhaqiqat, bugungi kun yoshlari korrupsiyaga nisbatan qanday 
munosabatda? Qanday bilim va tasavvurlarga ega? Ular bu ijtimoiy illatga 
qarshi kurashishda o‘z ishtirokini qanday baholaydi? Aslida muammoning 
ildizi qaerda? Kabi savollarga aniq javobini topish bu borada amalga oshirib 
kelinayotgan ishlarimizning mazmunan boyitilishga xizmat qilishi tabbiy 
xol, albatta. 
Korrupsiya bu – davlatning ijtimoiy, iqtisodiy va ma’naviy hayoti 
kushandasidir. Shuning uchun ham ayni damga kelib nafaqat 
mamlakatimizda balki, butun dunyoda korrupsiyaga qarshi kurashishning 
samarali va ta’sirchan mexanizmlarini ishlab chiqishni hayotni o‘zi taqazo 
qilmoqda. 
Korrupsiya – vayronkor kuch, uning oqibatida milliy iqtisodiyot izdan 
chiqadi, ijtimoiy tengsizlik chuqurlashadi, hokimiyatga ishonch yo‘qoladi, 
jamiyat ma’naviyati buziladi. Korrupsiya va milliy taraqqiyot masalasi — 
yurt taqdiri, mamlakat kelajagi uchun har qachongidan muhim va dolzarb 
ahamiyat kasb etadi[1]. 
Shunday ekan, jamiyat rivojida yoshlarning antikorrupsion tafakkurini 
shakllantirish va bu jarayonlarda uning huquqiy asoslari bilan bir qatorda, 


569 
ma’naviy – ma’rifiy islohotlarning ham ta’sirini sezilarli darajada oshirilishi 
kerakligini sharoitning o‘zi taqazo qilmoqda. Chunki, yangi davr shiddati 
jamiyatda antikorrupsion tafakkurni shakllantirish tizimiga ham o‘zining 
aniq va qat’iy talablarini qo‘ymoqda. 
Afsuski, hozirgi vaqtda kelib bizning jamiyatimizda ham korrupsiya 
illatining turli ko‘rinishlari mavjud. Ijtimoiy kasallik deya baholanadigan 
korrupsiya balosi millatning ma’naviy hayoti va mamlakat taraqqiyotiga 
g‘ov bo‘lmoqda. Bu yovuz baloning oldini olmasak, jamiyat hayotida xaqiqiy 
ma’naviy muhitni yaratib bo‘lmaydi va tan olib aytishimiz kerakki, bunga 
juda qattiq murosasizlik bilan kurashmay turib jamiyatning ham birorta 
tarmog‘ini rivojlantira olmaymiz. Biz yuqoridagi salbiy illatlarga faqatgina 
ma’naviy – axloqiy jihatdan yetuk, o‘zining faol fuqarolik pozitsiyasiga va 
shaxsiy dahldorlik hissiga ega bo‘lgan yoshlar bilangina qarshi kurasha 
olishimiz mumkin.
Mamlakat kelajagi bog‘liq bo‘lgan yoshlarning korrupsiyaga qarshi 
ta’lim va tarbiyasi ommaviy ong, huquqiy va siyosiy madaniyat bilan bog‘liq 
bo‘lgan sabablarni bartaraf etish orqali ushbu muammoni hal etishga xizmat 
qiladi. 
Korrupsiya yosh avlodda jamiyatdagi ijtimoiy adolatga, haqiqatga, 
davlat organlari va mansabdor shaxslarga, eng achinarlisi insonlarning 
o‘zaro bir – birlariga bo‘lgan ishonchini ham susaytiradi. Bu esa, millatning 
milliy birdamlik tuyg‘ulariga juda katta zarar keltiradi. Shunday ekan, 
ertangi kunimizning davomchisi yoshlar ongida korrupsiyaga qarshi 
mutlaqo murosasizlik va toqatsizlik kayfiyatini shakllantirish masalalari 
bugungi kunning eng dolzarb muammolaridan biri bo‘lib qolmoqda. 
Ushbu muammoni tahlil qilib, ishonch bilan aytishimiz mumkinki, 
bunday xatti-harakatlar nafaqat huquqiy normalardan, balki axloq 
normalaridan ham chetga chiqadi. Xulq-atvorning ushbu kichik turining 
jadal rivojlanishi ijtimoiy anomaliyaga, yoshlarning noto‘ʏ
g‘ri 
ijtimoiylashuviga, qonun va huquq tizimiga dastlabki ishonchsizlikka, 
ularning ma’naviy va axloqiy rivojlanishining pasayishiga, noqonuniy xatti-
harakatlar stereotiplarining ildiz otishiga olib keladi. Yoshlarga oid siyosat 
doirasida yoshlar o‘rtasida xulq-atvor darajasidagi korrupsiya hodisasiga 
alohida e’tibor qaratilayotgani bejiz emas. Davlat jamiyatning korrupsiyaga 
qarshi ta’limi O‘zbekistonda korrupsiyaga qarshi kurash samaradorligini 
oshirishning hal qiluvchi omili ekanligini aniq tushunadi. 
Davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoev yoshlar masalasiga to‘xtalar 
ekan, shunday deydi, “Dunyo shiddat bilan o‘zgarib, barqarorlik va 


570 
xalqlarning mustahkam rivojlanishiga rahna soladigan turli yangi tahdid va 
xavflar paydo bo‘layotgan bugungi kunda ma’naviyat va ma’rifatga, axloqiy 
tarbiya, yoshlarning bilim olish, kamolga yetishga intilishiga e’tibor 
qaratish har qachongidan ham muhimdir. Bunday yondashuv – davr 
talabidir”[2] – degan fikrlari barchamiz uchun dasturilamal vazifasini 
bajarib bermog‘i lozim. 
Korrupsiyaning har qanday ko‘rinishlari o‘zbek jamiyatining 
rivojlanishiga, hususan, demokratik yangilanish hamda modernizatsiyalash 
jarayoniga ham har jihatdan xalaqit bermoqda. Eng achinarli tomoni 
jamiyatda poraxo‘rlik illatini yengib bo‘lmaydi, degan fikr yoshlar ongida 
shakllanib qolgani eng katta kamchiligimiz. Bu borada amalga oshirayotgan 
islohotlarimizni tizimli ravishda olib borib, yoshlarning ongu – shuurida 
antikorrupsion tafakkurni shakllantirish ishlarini davomli olib bormasak, 
oldinga qarab sezilarli siljish qilmasak, o‘zbek jamiyatining ichki va tashqi 
qiyofasiga soya solib turaveradi. 
Darhaqiqat, bugungi yangi O‘zbekistonda korrupsiyadan holi jamiyat 
yaratish eng dolzarb masalalardan biri sifatida baholanar ekan, bunda 
yoshlarning ma’naviy – ma’rifiy bilimlari muhim ahamiyat kasb etishini 
zinhor unutmasligimiz joizdir. Batahqiq, yoshlar masalasi, ularning ta’lim – 
tarbiyasi millat ma’naviyati va uning ma’rifati davlatning, jamiyatning 
mavjudliligini, kelajagini, taraqqiy darajasini ko‘rsatib beruvchi eng asosiy 
omillardan biri bo‘lib hisoblanadi. 
Xulosa qilib aytadigan bo‘lsak, yoshlarning mafkuraviy va huquqiy 
immuniteti qanchalik rivojlantirilib borilsa, kuchli ma’naviy – ma’rifiy 
muhit va sog‘lom avlod shakllanadi. Biz bugun mana shunday yosh avlodni 
tarbiyalash uchun bor kuch – g‘ayratimizni sarflamog‘imiz va bu yo‘lda bir 
daqiqaga bo‘lsa ham sustkashlikka yo‘l qo‘ymasligimiz shart bo‘ladi. Eng 
asosiysi, bu yo‘lda barchamiz inson ongini zaharlovchi korrupsiya 
illatlaridan ogoh bo‘lishimiz, har qanday salbiy holatlarning oldini olishda 
yoshlarimizni to‘g‘ri yo‘lga chorlashda faol fuqarolik pozitsiyasini 
rivojlantirishimiz kerak bo‘ladi. 
Bugungi kunda, “dunyo shiddat bilan o‘zgarib, barqarorlik va 
xalqlarning mustahkam rivojlanishiga rahna soladigan turli yangi tahdid va 
xavflar paydo bo‘layotgan bugungi kunda ma’naviyat va ma’rifatga, axloqiy 
tarbiya, yoshlarning bilim olish, kamolga yetishga intilishiga e’tibor 
qaratish har qachongidan ham muhimdir. Bunday yondashuv – davr 
talabidir”[3].










579 
shundan iboratki, ideal har bir shaxsga tabiat, jamiyat va insonga nisbatan 
shaxsiy munosabatlarni oldindan belgilashga va shunga yarasha ijodkorlik 
salohiyatini ro‘yobga chiqarishda o‘z tafakkur va faoliyat yo‘nalishini 
belgilab olishga imkon beradi.

Download 4.07 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   144   145   146   147   148   149   150   151   ...   165




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling