Ikkinchi qism toshkent – 2023


dunyoda sodir bo‘layotgan siyosiy, iqtisodiy, ma’naviy va g‘oyaviy


Download 4.07 Mb.
Pdf ko'rish
bet156/165
Sana14.09.2023
Hajmi4.07 Mb.
#1678051
1   ...   152   153   154   155   156   157   158   159   ...   165
Bog'liq
TO\'PLAM II

dunyoda sodir bo‘layotgan siyosiy, iqtisodiy, ma’naviy va g‘oyaviy 
kurashlar keskinlashayotgan bir sharoitda mafkuraviy bo‘shliqqa yo‘l 
qo‘ymaslik 
va 
mafkuraviy 
immunitetni 
tizimli 
ravishda 
takomillashtirib borish, eng avvalo, harbiy xizmatchilarda yuksak 
vatanparvarlik tuyg‘usini, millatning urf-odat va an’analarini 
mustahkamlash dolzarb masalalardan biri hisoblanadi. Bu haqida fikr 
yuritganda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev qayd 
etganidek: “Hozirgi vaqtda jahonda va mintaqamizda harbiy-siyosiy vaziyat 
keskin o‘zgarib, milliy va global xavfsizlik sohasida xatar va tahdidlar tobora 
kuchayib bormoqda”[3] deya ta’kidlagani bejiz emas, albatta. Bugungi kunda 
globallashuvning tobora avj olishi dunyoda sodir bo‘layotgan siyosiy, 
iqtisodiy, ma’naviy va g‘oyaviy kurashlar kuchayotgan bir vaqtda g‘oyaviy-
mafkuraviy bo‘shliqqa nisabat muntazam ogox bo‘lishni taqoza etmoqda. 


613 
Dunyo miqyosida turli taxdidlar kuchayib borayotgan hozirgi vaqtda harbiy 
xizmatchilarda vatanparvarlik, millatparvarlik tuyg‘usini shakllantirish 
hamda yuksak axloqiy-ruhiy fazilatlarni yanada rivojlantirish bugungi 
kunning dolzarb vazifasidir. Ayniqsa, yurtga sadoqat va fidoyilik bilan 
xizmat qilish, bilim va tajribasini vatanga baxshida etuvchi yosh avlodni 
tarbiyalash dunyoning eng rivojlangan davlatlarda asosiy strategik vazifa 
sifatida e’tibor qaratilib kelinmoqda. Ma’naviy-ma’rifiy ishlarni amalga 
oshirishning samarali va ta’sirchan targ‘ibot texnologiyalari hamda 
usullarini ishlab chiqish, ma’naviy-ma’rifiy va tarbiyaviy ishlarni tashkil 
etishga doir xorijiy tajribani o‘rganish, shuningdek, bugungi mafkuraviy 
jarayonlarni ilmiy-amaliy jihatdan atroflicha tahlil qilish va baholash[4] 
muhim ahamiyat kasb etadi. 
Globallashuv muhiti bugungi kunda g‘oyalar aniq va sog‘lom, yetuk va 
e’tiqodi butun, har qanday yot g‘oyalarga qarshi kurashuvchan mafkuraviy 
immuniteti mustahkam haqiqiy vatanparvar harbiy xizmatchilarni 
tarbiyalash dolzarb vazifa hisoblanadi. Ma’lumki, tomirida milliy g‘urur, 
Vatan ishqi jo‘sh urgan oriyatli ma’naviy jasoratga ega odamgina buyuk 
ishlarga qodir bo‘ladi.
Xalqimizning tarixi, azaliy qadriyatlari zamirida vatanparvarlik 
tuyg‘usining nafadar ulug‘vorlik kasb etishini anglash mumkin. Buyuk 
sohibkiron Amir Temur o‘z saltanatini tashqi dushmanlardan himoya qilish 
orqali mamlakat yaxlitligi va xalqning osoyishtaligini ta’minlagan edi. Ulug‘ 
alloma Najmiddin Kubro o‘z mamlakatini dushmanlardan himoya qilishda 
shahid bo‘lib, yuksak vatanparvarlik namunasini ko‘rsatgan edi. Vatan 
tarixini bilgan, ulug‘ ajdodlar merosini chuqur o‘rgangan har bir inson 
qalbida milliy g‘urur va milliy iftihor tuyg‘ulari yanada jo‘sh urib, el-yurtga, 
Vatanga bo‘lgan sadoqati ortib boraveradi. 
Millat ma’rifatining fidoiysi Abdulla Avloniy Vatannni sevish va uni 
ardoqlashni tabiat va jamiyatning muhim qonuniyati sifatida ta’riflaydi. 
“Vatan. Har bir kishining tug‘ulub o‘skan shahar va mamlakatini shul 
kishining vatani deyilur. Har kim tug‘ulgan, o‘sgan yerini jonidan ortiq 
suyar. Hatto, bu vatan hissi-tuyg‘usi hayvonlarda ham bor. Agar bir hayvon 
o‘z vatanidan - uyuridan ayirilsa, o‘z yeridagi kabi rohat-rohat yashamas, 
maishati talx bo‘lub, hap vaqt dilining bir go‘shasida o‘z vatanining 
muhabbati turar”[5]. 
Vatanparvarlik tuyg‘usi insonda quyidagi omillarni shakllanishiga 
xizmat qiladi: 


614 
yurtimizga nisbatan ichki va tashqi xavflarning oldini olishda 
mustahkam immunitet shakllanishida; 
insonlarni vatan ravnaqi va yurt tinchligi va xalq farovonligi uchun 
kurashga tashabbuskor bo‘lishga; 
vatanni sevish, uni ko‘z qorachig‘idek asrash, unga fidoiylik bilan 
xizmat qilishga; 
vatanning o‘tmishiga oid qadriyatlarni e’zozlash, yurtimizda bugungi 
kundagi kishilarning bunyodkorlik va yaratuvchilik faoliyati va ma’naviy 
salohiyatni avlodlarga yetkazishga; vatan uchun jonini fido kilgan 
shaxslarni xotirasini doimo yod saqlashga kishilarni ilhomlantiradi. Zero, 
vatanga munosib fuqaro bo‘lish insonda mas’uliyatni oshirib, unda milliy 
uyg‘onish ruhiyati kuchayadi. Tarix kishilarni vatanparvarlik, 
insonparvarlik, milliy g‘urur va iftixor yo‘lida tarbiyalab, ularda Vatanni 
sevib, unga sadoqat bilan xizmat qilish fazilatlarni ruyobga chiqaradi. Inson 
qalbida millat, Vatan, ajdodlar ruhi oldidagi burch va tuyg‘ular qanchalik 
chuqur joy olgan bo‘lsa, milliy mahdudlik o‘rnini milliylik g‘oyalari vujudga 
keladi. Mana shunday fazilatlarga ega bo‘lgan insonlarda kurashchanlik
tashabbuskorlik, o‘z-o‘zini anglash, millat va Vatan sha’ni va manfaatlarini 
himoya qilishdek muqaddas tuyg‘ular shakllanadi. Harbiy xizmatchilarni 
Vatanparvarlik ruhida ma’naviy-ma’rifiy tarbiyalash masalalarida quyidagi 
jihatlarga jiddiy e’tibor berish lozim: 
- harbiy xizmatchilarni ma’naviy-ma’rifiy va bilim darajasini 
kuchaytirish orqali ularning aql-zakovatining mukammal sohibiga 
aylantirish; 
-o‘z milliy qadriyatlari, urf-odatlari va millatimizning buyuk jahoniy 
e’tirofga sazovar bo‘lgan siymolarining ijodiy merosini puxta o‘rganish 
orqali mantiqiy tafakkurga ega bo‘lishi; 
-o‘z xizmat faoliyatida mas’uliyatli bo‘lish, mamlakat ijtimoiy hayotida 
ro‘y berayotgan o‘zgarishlar, olib borilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar 
mohiyatini chuqur anglab yetish va ularga xolisona baho bera olishi
-bugungi globallashuv sharoitida ilm-fan, texnika va axborot-
kommunikatsion texnologiyalarining yangiliklari va yutuqlaridan 
muntazam xabardor bo‘lish, chuqur va puxta bilimni egallash, o‘z ustida 
mustaqil ishlashi, ijodiy izlanishi rahbariyat tomonidan talab etiladigan 
ishlarni amalga oshirishning uddasidan chiqa olish. Bu kabi mas’uliyatli 
vazifalarning amalga oshirilishi natijasida ijobiy natijalarga erishish 
mumkin. Ma’lumki, har qanday millatning taraqqiyoti jamiyatda o‘zining 


615 
milliy g‘oya va qadriyatlariga bo‘lgan munosabati, uning ishonch va 
e’tiqodiga aylanishi bilan ham bog‘liq. 
Xulosa qilib aytganda, Davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoev: “Biz 
ma’naviyat va ma’rifat ishini vatanparvarlik ishi, vijdon ishi, deb bilamiz. 
Vijdoni, ma’naviyati bor inson Vatanni albatta yaxshi ko‘radi. Vijdon, 
ma’naviyat degani – xalqqa, Vatanga chin yurakdan xizmat qilish deganidir. 
Mana shunday qarash butun xalqimiz, ayniqsa, yoshlarimiz tomonidan keng 
va qizg‘in qo‘llab-quvvatlanayotgani ma’naviy tarbiyaning naqadar dolzarb 
ahamiyatga ega ekanini ko‘rsatadi”[6] , - deya ta’kidlashi ayni haqiqatdir. 
Binobarin, Vatan sha’ni, millat or-nomusi uchun jamiyat maqsad va 
manfaatlarini tushunib yetadigan, har tomonlama yetuk harbiy 
xizmatchilarni tarbiyalashda ma’naviyat eng ta’sirchan va qudratli qurol 
vazifasini o‘tashini bugungi davr va zamon taqoza etmoqda. 

Download 4.07 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   152   153   154   155   156   157   158   159   ...   165




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling