Ikkinchi qism toshkent – 2023


Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati


Download 4.07 Mb.
Pdf ko'rish
bet155/165
Sana14.09.2023
Hajmi4.07 Mb.
#1678051
1   ...   151   152   153   154   155   156   157   158   ...   165
Bog'liq
TO\'PLAM II

 
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati:
 
1. O‘zbekiston respublikasining qonun hujjatlari to‘plami. — 2006 yil № 6. 99-M 
2. G‘oziyev E. G‘ “Psixologiya”. T. 2008 yil. 
3. G‘oziev E.G‘. “Ontogenez psixologiyasi”. nos’hir taxriri Ostida T. 2020-yil. 
4. Mendelevich V.D. “Psixologiya deviantnogo povedeniya”. M.:2016-yil 
5. G‘.Umarov B, Akramova F. “Yos’hlarda xulq og‘ishi va tarbiya buzilining 
oldini olish bo‘yicha psixologik maslahatlar”. Toshkent.:2015 yil 


611 
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QUROLLI KUCHLARI HARBIY 
XIZMATCHILARIDA VATANPARVARLIKNI KUCHAYTIRISHNING 
MA’NAVIY-MA’RIFIY OMILLARI 
 
Shoyimov Ilhom Qurbonovich,
Chirchiq Oliy tank qo‘mondonlik muhandislik bilim yurti
Malaka oshirish fakulteti katta o‘qituvchisi,
 
Isamatov Ravshan Sunnatovich
Chirchiq Oliy tank qo‘mondonlik muhandislik bilim yurti
Malaka oshirish fakulteti katta o‘qituvchisi 
 
Annotatsiya. Mazkur maqolada O‘zbekiston Respublikasi Qurolli kuchlari 
harbiy xizmatchilarida vatanparvarlikni kuchaytirishning ma’naviy-ma’rifiy 
omillari haqidagi fikrlar ilmiy jihatdan tahlil etilgan. Shuningdek, maqolada 
qurolli kuchlari harbiy xizmatchilariga hayotiy va professional ko‘nikmalarni 
ilm-ma’rifat asosida singdirish, mamlakatimiz hayotidagi real ijtimoiy-siyosiy 
o‘zgarishlar bilan uyg‘un ravishda ularning bilimlarini oshirib borish ichki va 
tashqi tahdidlarga qarshi mafkuraviy immunitetni mustahkamlash borasidagi 
fikrlar yoritilgan.
Kalit so‘zlar: mamlakat, jamiyat, mafkura, ichki ishlar, tahdid, birdamlik, 
milliy yuksalish, maqsad, manfaat.
 
Bugungi kunda ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish 
dolzarb vazifa hisoblanadi. Ayniqsa, dunyo miqyosida globallashuvning 
shiddatli avj olishi tinchlik va barqarorlikka nisbatan taxdid va xatarlarni 
kuchaytirib bormoqda. Ana shunday murakkab va taxlikali davrda ichki 
ishlar organlari tizimida ma’naviy-ma’rifiy soxada amalga oshirilgan 
ishlarni zamon talablari asosida takomillashtirishni taqozo etmoqda. 
Bugungi kunda O‘zbekiston respublikasi Qurolli kuchlari harbiy 
xizmatchilariga hayotiy va professional ko‘nikmalarni ilm-ma’rifat asosida 
singdirish, mamlakatimiz hayotidagi real ijtimoiy-siyosiy o‘zgarishlar bilan 
uyg‘un ravishda ularning bilimlarini oshirib borish, yon-atrof va jahonda 
ro‘y berayotgan ijtimoiy-siyosiy jarayonlarga milliy manfaatlarimizdan 
kelib chiqqan holda yondashish, ichki va tashqi tahdidlarga qarshi 
mafkuraviy immunitetni mustahkamlash muhim ahamiyat kasb etmoqda. 
Yangi O‘zbekiston taraqqiyotida jamiyatni ulug‘vor maqsad sari 
birlashuvida Qurolli kuchlari harbiy xizmatchilarida g‘oyaviy birdamlikni 
ta’minlashda aniq maqsadga yo‘naltirilgan ta’sirchan ma’naviy-ma’rifiy 


612 
targ‘ibot ishlarini amalga oshirish muhim ahamiyat kasb etadi. Bu borada 
mamlakatimizda ma’naviy-ma’rifiy ishlarning ta’sirchanligini oshirish, 
ma’naviyat sohasidagi ichki va tashqi tahdid hamda xavf-xatarlarga qarshi 
samarali kurashish, jamiyatda mafkuraviy immunitetni mustahkamlash 
borasida jiddiy fikrlashni taqoza etmoqda. Bu haqda O‘zbekiston 
Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev raisligida 2021 yil 19 yanvar kuni 
ma’naviy-ma’rifiy ishlar tizimini tubdan takomillashtirish, bu borada davlat 
va jamoat tashkilotlarining hamkorligini kuchaytirish masalalari bo‘yicha 
o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida ma’naviyat masalasiga alohida e’tibor 
qaratib o‘tgan edi. Bu xaqda Prezident Shavkat Mirziyoev: “Biz yangi 
O‘zbekistonni barpo etishga qaror qilgan ekanmiz, ikkita mustahkam 
ustunga tayanamiz. Birinchisi – bozor tamoyillariga asoslangan kuchli 
iqtisodiyot. Ikkinchisi – ajdodlarimizning boy merosi va milliy qadriyatlarga 
asoslangan kuchli ma’naviyat”[1]. Zero, dunyo miqyosida shiddat bilan 
kechayotgan tahlikali jarayonlar ijtimoiy hayotning barcha jabhalariga, 
jumladan, ma’naviy-ma’rifiy sohalarga ham jiddiy ta’sir o‘tkazmoqda. 
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 28 yanvardagi «2022 - 
2026 yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi 
to‘g‘risida»gi PF-60-son Farmonida harbiy xizmatchilarini ma’naviy-
ma’rifiy saviyasini oshirishga alohida e’tibor qaratilgan. Yangi 
O‘zbekictonning tapaqqiyot ctpategiyaci»ning ustuvor yo‘nalishlaridan biri 
ham «Ma’naviy taraqqiyotni ta’minlash va sohani yangi bosqichga olib 
chiqish»[2] asosiy vazifa etib belgilangan. Xususan, mamlakatimiz Qurolli 
kuchlarida ma’naviy-ma’rifiy ishlarning tashkil qilish va o‘tkazish bo‘yicha 
amaliy natijalarga erishilmoqda. Bugungi kunda globallashuv sharoitda 

Download 4.07 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   151   152   153   154   155   156   157   158   ...   165




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling