O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY TA’LIM, FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI
BUXORO DAVLAT UNIVERSITETI
Qo‘lyozma huquqida
UDK
XAYRULLAYEVA GULASAL FARHOD QIZINING
INGLIZ VA O’ZBEK TILLARIDA SO’Z MA’NOSI KUCHAYTIRISHNING LINGVOMADANIY XUSUSIYATLARI
70230101- Lingvistika: ingliz tili mutaxassisligi bo’yicha
Magistr
darajasini olish uchun taqdim etilgan
DISSERTATSIYA
Ilmiy rahbar: f.f.n, prof A.A.Haydarov
Buxoro-2023
“Ingliz va o‘zbek tillarida so’z ma’nosi kuchaytirishning lingvomadaniy xususiyatlar” mavzusidagi magistrlik dissertatsiyasi
ANONATSIYASI
Tayanch so’zlar: intensivlik, intensifikator, emotsionallik, baholash, obrazlilik, frazeologik birliklar, ekspressivlik, intensivlik kategoriyasi, lesik-semantik, fonetik, leksik, grammatik, morfologik, frazeologik kontekst, kvantor so’zlar, diminisherlar, emfesayzer, emplifayer, dauntoner, kvantativ birikma, turg’un iboralar, kompromayzer, minimayzer, miqdori kuchaytirish, kommunikativ munosabat, adresat, gradatsiya, intonatsiya.
Tadqiqot obyekti: Tadqiqot obyekti qilib ingliz va o’zbek tillarida so’z ma’nolari intensivligi olingan.
Ishning maqsadi: So’z ma’nolari kuchaytirishning lingvomadaniy xususiyatlarini genetik jihatdan noqardosh ingliz va o’zbek tillarida qiyosiy ochib berishdan iborat.
Tadqiqot metodlari: Tadqiqot masalalarini yoritishda tilshunoslikning sinxron, tasviriy, tavsifiy, qiyosiy-tipologik hamda semantik-stilistik usullardan foydalanildi.
Kutilayotgan ilmiy yangiliklar:
tilshunoslikda so’z ma’nolari kuchaytirish muammosi o’rganildi va ularga munosabat bildirildi;
intensivlik tushunchasi ekspressivlik va emotsionallik tushunchalari bilan chog’ishtiriladi va farqlandi;
intensivlik tilning fonetik, morfologik, leksik, sintaktik sathlarda namoyon bo’lishi ingliz va o’zbek tillarida misollar asosida dalillandi;
so’z ma’nolari kuchaytirshing stilistik hamda lingvokulturalogik xusussiyatlari ochib berildi.
Do'stlaringiz bilan baham: |